Navbatchilik
1-savol
"ONA"ning birinchisi ekanini ko'pchiligimiz ko'rganmizu lekin bunda qat'iylik yo'q ammo "Chumoli"ning 30-ekani aniq . Diqqat gap nima haqida ketyapti?
savol: uni 1 so`z bilan ayting
Javob: Bismillah,
ONA Fotiha surasi Qur'onning onasi deyiladi. Ulamolar Bismillahning fotiha ning 1-oyati ekanligi haqida ixtilofga borishadi lekin bizdagi Qur'onlarda Bismillah oyat sifatida olingan
Naml(Chumoli) surasida esa 30-oyatda hech qanday ixtilofsiz Bismillah kelgan.
2-savol
Savolda almashtirishlar bor:
20,75,70
bu raqamlarni birlashtiruvchi so`zni toping
Javob: daryo. Gap viloyatlar nomlari haqida ketdi. Sirdaryo-20, Surxondaryo-75, Qashqadaryo-70
3-savol
Biz alfani betta deb ataymiz. Aslida tizza ustida ishlatish mumin bo`lgan alfaga bettaning bir xususiyatiga ko`ra shunday nomlasak kerak, ehtimol.
Savol: alfani ayting
Javob: Noutbuk. laptopni buklanish xususiyatiga ko`ra noutbuk deb nomlasak kerak, ehtimol)
4-savol:
Aytishlaricha, inson uchun eng yoqimli narsalardan biri bu suygan insonining tabassumi ekan. Lekin undan ham yoqimli his bu ... .
Buni nima ekanligini siz ayting?
Javob: usha tabbasum sababchisi o`zi ekanligini bilishi
5-savol
Ikkita farg`onalik uchrashib qolsa
1-si:"Aka siz marg`ilonlimi yoki qo`qonlikmi". derkan.
Agar 2-si "Unisi ham, bunisi ham emas" deb javob bersa, unda qaysi ariqdansiz derkan)
Suhbat mantig`iga tayangan holda aytingchi, ikkita namanganlik uchrashib qolsa "ariq" so`zi o`rniga qaysi so`zni ishlatishi mumkin?
Javob: qo`rg`on. Uchqo`rg`on, To`raqo`rg`on, Yangiqo`rg`on ...
6-savol
Alfa haqidagi ilk qo`shiqlardan biri 1985-yilgi bir filmda ijro etilgan. Buni qarangki oradan vaqtlar o`tib, 2017-yilda yana bir xonanda alfasi bo`lsa tog`lar ham poyida qolajagini iddao qildi. Bu xonandani ismini ayting
Javob: Botir. Gap "Maftuningman" filmidagi Klara Jalilovaning "Do`ppi tikdim" hamda Botir Qodirovning "Do`ppi" qo`shiqlari haqida ketdi
7-savol
AQShlik Ebigeyl va Brittanilarning hayot yo'li turlicha bo'lsa-da ular ko'p jihatdan bir-biriga suyanib ish qilishgan. Ebigeyl va Brittanilar oliy ma'lumotli hisoblanishib alohida universitet diplomiga ega. Ular ikkalasi ham bitta maktabda matematikadan dars berishgan, ammo negadir ularga davlat 2 barobar kam maosh to'lagan. Diqqat savol ularga nega kam maosh to'langanini sababini ayting!
Javob: ular siam egizaklari bo`lgan
8-savol:
Bu bayram bir toifa odamlar uchun xalqaro bayram erur. Bundan tashqari ba'zi bir erkaklar ham boshqalardan faqrli ravishda har yili bu kunni o`z bayrami deb hisoblaydi va nishonlaydi.
Savol: nishonlash sababini ayting
Javob: tug`ilgan kun. Gap 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni haqida ketdi. Bu kunni tug`ilgan kuni bo`lgan erkaklardan boshqalar o`z bayrami deb hisoblamaydi. Savol raqami ham 8.
9-savol
Diqqat kitobdan parchani o'qing.
Biz U yerliklar haqiqatga ishlov berishga zap ustamiz.Bolalar yoshligidan otasi uyida spirtli ichimliklar saqlashini tan olmaslikka,do'kondorlar ramazon oyida mijozlarga do'koni ortida ovqat yeyish suv ichish uchun joy qilib berishga,Ashuro kunida diniy marosim bir qismi sifatida yosh yigitlar o'zini kaltaklashga va bu orqali yoqimtoy qizlar oldida o'zini ko'z ko'z qilish uchun bo'lsada aslida Alloh uchun to'planganini iddao qilishga o'rgangan.
Yuqoridagi matndan kelib chiqib kitob nomini emas gap qaysi shahar haqida ekanini ayting.
Javob: Tehron.
Ramita Navai qalamiga mansub "Yolg'onlar shahri" asaridan parchalar keltirilgan. Savoldagi islomga va shialar marosimiga ishoralar yordam edi.
10-savol
Ushbu savolni 1-savolga qo`ymoqchi edim. Bir hadisga tayanadigan bo`lsam, uni ham boshiga ham oxiriga qo`yishim kerak edi. Savol javobini 2 ta so`z bilan ayting
Javob: Assalomu alaykum
E'tiboringiz uchun rahmat!