June 1, 2025

𝐏𝐑𝐄𝐆𝐍𝐀𝐍𝐓

𝐏𝐑𝐄𝐆𝐍𝐀𝐍𝐓 | 10Eᴘ|31.05.2025

3 ᴋᴜɴᴅᴀɴ sᴏ'ɴɢ | ᴛᴏɴɢ.

Miyoung kichikroq muolajadan so‘ng to‘shakda yotardi. Uning oppoq yopinchiqqa burkangan jussasi sokin, ammo ruhiy azob ichida tolg‘onayotgan edi. Yuzlarini sovuq ter bosgan, kipriklari qaltirab, yelkalari sekin-sekin silkinardi go‘yo yuragini tilka-pora qilayotgan og‘ir, ayanchli tushlar ichida adashib yurgandek. U yostiqqa yuz burib, yopinchiqning chetini ko‘kragiga mahkam g‘ijimladi, go‘yo shu bilan o‘zini yovuz xotiralardan himoya qilmoqchi bo‘layotgandek.
Oyna bilan ajratilgan kuzatuv xonasida turgan doktor Kang xonim harakat qilmay, o‘zini beixtiyor muzday xotirjamlikka majbur qilgancha, qizning og‘riqli holatini jim kuzatardi. Uning nigohi chuqur, ammo yuzida hech qanday hissiyot ifodasi yo‘q edi bu beparvolik emas, balki ich-ichidan qattiq o‘zini tutishga majbur bo‘lgan professional qattiqlik edi.

Uning yonidagi, axvolga tomoshabin Jungkook qo‘lidagi psixologik baholov varaqalarini g‘azab bilan qattiq g‘ijimlab, tartibsiz nafaslarni amalga oshirdi. Yuragi taxlikali urar, Qizni shu azobli uyqudan darhol qutqarish istagi yuragini teshib chiqmoqda. Uning ko‘zlari oyna ortidagi qizga mixlangan.

- Bas! - nihoyat, yig‘ilgan xavotir tiliga ko‘chdi.

- Men uni bu holatda ushlab turolmayman… - deya yigit xonaga otildiyu, shifokorning unga to‘siq bo‘lishiga qaramay, qat’iy qadamlar bilan oldinga intildi. Har bir qadami Shoshilinch. Shifokor Kang uni kuch bilan to‘xtatmoqchi bo‘ldi, ammo Jungkookning yuragidagi og‘riq har qanday to‘siqdan kuchli edi.

-Jungkook, u... hammasini unutmoqda, iltimos, unga imkon ber,

shifokorning so‘zlari uni joyida to‘xtatdi.
Ayol ovozida yalinish emas, chuqur ruhiy anglash bor edi. U yigitning bilagini qattiq tutgancha, ko‘zlariga tikildi

- U har bir qadamdan titraydi. Har qanday erkakning yondashuvi uning tanasini dahshatga soladi. Hozir u o‘z ruhining ichki jangi bilan kurashmoqda. U xotiralarning eng qorong‘u tubiga sho‘ng‘ib, o‘sha dahshatli teginishlarni, qichqiriqlarni, o‘zni yo‘qotgan og‘riqli kechani unutishga urinmoqda. U o‘zini o‘zi tuzatmoqda... iltimos, bunga aralashma. Uni o‘zi bu jarayondan o‘tib chiqishga haqli.

Jungkook ko‘zini bir lahza ham Miyoungdan uzmadi.

- U... u titrayapti

dedi u nihoyat, lablari orasidan titrab chiqqan so‘zlar bilan.
Yotoqda yotgan qizning tanasi to'lganishni va mungli tovushlar chiqarishni to'xtatdi. Huddi og'riq qo'yib yuborgandek.
qizning nafasi tezlar ekan kipriklari bir ikki yelpib ko'tarildi, Miyoungning ochilgan ko'zlarini ko'rgan Psixoterapevt doctor unga yaqinlashib chuqur nafas oldi.

- Hammasi yaxshi tog'rimi?

yigitning baquvvat qo'li qizning mitti kaftini o'z ichiga oldi. Jungkook qattiq siqimlash bilan uning qolini qo'yib yubormadi.

Timeskip➡️

shifoxona oshxonasida kichik shovqinlar ko'tarilar ekan olamon ichida notanish qizning chexrasi ko'rindi. Uni quvavergan Doctor allaqachon charchagan. U toliqqan qadamlar bilan yaqinlashib qiz o'tirgan stol boshiga keldi.

-Achchiq taom yeyish man etilgan, lekin doim bu bezori bemorni oshxonada achchiq taom bilan birga ko'raman. - Jimin kesatiqli sozlari bilan qizning yonidagi stulni oziga surib, joylashdi.
Hammasini beparvolikka olib, ovqatlanishda davom etayotgan qiz, Kardiolog doctorning sabri bilan o'ynashmoqda go'yo.

-Muolaja vaqti bo'ldi. - Yigit guruch to'ldirilgan kosani qollari bilan chetga surdi.

-Ichmayman! O'sha bemaza dorilarni ichmayman!

g'azablangan qiz kosani yana ozi tarafga tortdi, biroq yigitning qo'li birdan harakatni to'xtatdi. U qizning asabiy qizargan puchuq burniga qarar ekan bazor kulgusini qisdi.

-Yaxshi, unda tekshiruvga kirasan.

Qizning og'zi chaynalishdan to'xtadi. Doctorga yuzlanar ekan qizning malumotnomalarini olib, o'rnidan turib ketayotgan erkakning oq xalatiga zudlik bilan ikki qoli orqali yopishdi.

-Qaysi dorini ichish kerak?

qizdan kelgan shoshilinch rozilik yigitni quvontrgandek, lab cheti kulimsirash bilan qiyshaydi.

Timeskip➡️

Bir-biriga zamin hozirlayotgan ikki singan ruhning, ayniqsa Miyoungning asta-sekin tiklanayotgan insoniyligining kichik, ammo muhim lahzasi.
Shifoxona. terapevtik xona. Tong allaqachon otgan.
Jungkook har tonggidek bugun ham Miyoung bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Qizning ovozi hali chiqmaydi, ammo harakatlari, nigohlari har bir qadamida jonlanayotganidan darak beradi.
Bugun logopedik mashq sal yumshoqroq tovushsiz lab harakatlari, nafasni bosish va artikulyatsion mashqlar.
Qiz mayin, betashvish ko‘rinishga harakat qilsada, ko‘zlarida charchoq yashiringan.

Jungkook qizga “Aaaa”, “Mmmm” “Eee” kabi tovushlarni lab orqali harflarsiz qaytarishni takidlardi
Uning o‘zi bemalol ko‘rsatadi, Miyoung esa xuddi aks ettiruvchi oynaday izchil takrorlaydi.

- "Siii " de

-"Sii..i " - qiz lablarini keng yoyib qaytardi. Doctor guvoh bolgan hodisasidan yengil jilmayar ekan, ko'zlariga qaradi.

Oyna ochiq, mayin shamolning kirib kelishidan uning sochlarini befarq o'ynatadi. Oddiy mashqlardan zerikkan qiz atrofga alangladi.
Miyoungning ko‘zlari Jungkookning yonginasidagi stulda ochiq qolgan sumkasining ichiga tushib qoldi.

Sumkaning ichki qopqog‘i ozgina ochilgan, undan esa sariq tusdagi bananli sutning plastik qadoqlari ko‘rinib turibdi.
Qiz hech narsa demasada, ko‘zlari to‘xtamay shu joyda turibdi.
Jungkook qizga mashqlarni o'rgatar ammo qaytarmayotgan qizga qaradi, bu nigohni darrov payqab, ozgina jilmaydi.

-Yoq, hayolingga keltirma. -deya bosh chayqadi.

-U muzlatkichdan olingan. Tomog‘ing og‘rib qoladi.

Ammo qiz beparvolik bilan, g‘alati injiqlik aralash nigoh bilan yana o‘sha joyga qarayverdi.
Go‘yoki bu javob uni qoniqtirmagan, yoki faqat issiqlik istayotgan yurak bu muloqotni bahona qilayotganday edi.
Jungkook chuqur xo‘rsindi.
Bu xo‘rsinish sabr, charchoq aralash.
U asta o‘rnidan turib, xona chekkasida turgan qora rangli sumkasi yoniga bordi.
Pastga egilib, sumkasini yopdida, ichidan bananli sutni oldi. Qayta Miyoung yoniga keldi.
Qiz qorachiqlari yigitning qo'lidagi idishdan uzmay boshini yostiqdan kotarib biroz siljidi.
Jungkook yotoqning bir chetiga tiz cho‘kib, uning orqasiga yostiq qo‘ydi va yengilgina boshi ko‘tarilishini ta’minladi.
Keyin qizning kaftini asta ochdi va iliq kaft ichiga bananli sut

qadoqchasini joylashtirdi.
Yigit qizning ko‘zlariga qaradi.
Bu safar ohangida buyruq emas, g‘amxo‘rlik yangradi

-Kafting orasida iliqlashgandan keyin ichishing mumkin.

Qiz ko'zlari porlab yaltiray boshladi.
U faqat qo‘lida ushlab turgan bu oddiy, ammo yuragiga iliqlik solgan bananli sutga qaradi.
Unga bu dunyoda hanuz iliqlik borligini eslatganidek....

Timeskip➡️

Qorong‘i ombor xona sovuq, vahimali sukunat bilan qoplangan. Devorlardagi chuqur tirqishlar go‘yo bu yerda o‘tmishda ayollar va qizlarning qichqiriqlari bilan yoriq ochgan, har bir silliq bo‘lakda ayanch va iztirob muhrlangan edi. Havo g‘oyat og‘ir temir hidi, chiriyotgan yog‘och, va insoniy g‘am-u faryod aralashib, nafasni siqardi.
Taehyung sovuq qiyofada, atrofni ko'zdan kechirdi. Kastyumi ichida bint bilan o‘ralgan qismi simillab og‘riq beradi, o‘pkasiga kirib chiqqan o‘qdan qolgan iz, ancha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, unutmagan, tinch qo‘ymagan jarohat. U og‘riqqa ko‘nikkan, lekin bugungi sahna bu og‘rini yana uyg‘otgan edi - go‘yo tanasi “ yara bor " deb ogohlantirganday.
Uning orqasida, bir necha qadam narida, jim turgan Eunwoo nigohi ogohlantiruvchi, tayyor holatda.
Taehyungning qarshisida turgan erkak Shin Yun, bu sukutni bo‘lib, lablariga ochiq-oydin jirkanch iljayishni olib chiqdi.

- Nega men bilan aloqalarni uzmoqchisan, “Shimol qo‘rquvi”?

dedi u, ta’nali ohangda, birdaniga uzoq yillik tanishlikni eslatgandek.
Shin Yun, hayotining qorong‘i tomonlaridan faxrlanadiganlardan. “Enter” nomli jinoiy tuzilmada, u faqat rahbar emas,balki jonzotdek qiyofasiz savdogar. U bugun ham navbatdagi "yuk" 60 ga yaqin voyaga yetmagan qizlarni chegara ortidan olib kelgan. Ular ba’zilari qorong‘ulikda horg‘in, sovuq temir panjaralar ortida siqilgan, ba’zilari esa allaqachon og‘rili jarayonlarga moslashishga urinayotgan edilar.
Uning so‘zlari ombordagi haroratni yanada pasaytirganday bo‘ldi.

- Axir seni shunday atashardi.

deya davom etdi u zaharli tabassum bilan.

- “Shimolning qo‘rquvi.” Hozir qani u? Qani men bilgan, yuraklarni muzlatadigan, izma-iz yuradigan o‘sha jonsiz ko‘zlar egasi?

U bu so‘zlarni aytgach, ko‘zlarini tikdi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Taehyungning yuziga. U esa bir lahza ham yuz ifodasini o‘zgartirmadi. Uning o‘tkir nigohi, erkakni zimdan kuzatdi.

-Men ko'rishni hohlayman.-gaplariga urg'u berdi Taehyung

-Bugungi hujumingni.

Erkakning sozlari sukunatni tamomlab zah bosgan xonadan jarangladi.

Omborning yashirin yer tolasining zanglagan temir darvozasi ochildi. Yertolaga tushish zinalari ifloslangan havosi dimligi sabab erkak yuzini asabiy burishtirdi. Ichkariga birin ketin qadam bosgan uch erkak bu yerda sodir bo'layotgan jirkanch* ishlarni guvohi bo'la boshladi.
Zanjirlangan temir panjaralar ortida, bir-biriga qisilgancha o‘tirgan qizlar va ayollar ammo ularning soni koproq voyaga* yetmagan qizlarni ko'rsatardi… ularning ba’zilarining yoshi endi 17-18ga kirgan, ba’zilar hali bolaligini tark etmagan, hanuz ko‘zlarida o‘yinchoqqa umid bilan boqadigan chaqaloq nigohlar bor edi. Endi esa bu nigohlar g‘amga belangan, ifloslantirilgan
Ularning ustidagi kiyimlar iflos va yirtilgan. Ko‘pchiligining yelkasi, tirsagi va tizzalari yara ichida bu yaralar zo‘ravonlik yoki qochishga urinish izlari, erkakning odamlari aytganiga qilmagan har bir asir bilan istagan ishini qilishiga davat bergan. Ayrimlari qattiq sovuqdan titrardi, og‘ir nafas olayotganlar ham bor.
Taehyung jirkanish bilan asabiylashdi.

- Bunday ishlarni hozir ko'nglim tusamaydi.- Qattiylik bilan gapida turdi

-Sen shu paytgacha menga hamkorlik qilding. - Irjayish yuzidan arigan erkak asabiylashdi.

-Endi esa yoq.

gapini tugatib oxirgi marta atrofga burishish bilan qaragan yigit zah zinalardan qayta tepaga kotarila boshladi.
Ortida esa himoyasiz qolayotgan ayollar..
Guvohi bo'lgan holati achinarli,Eunwoo Taehyungning ortidan ergashar ekan, kichik tirqishdan deyarli chamasi 10-11yoshlik qizning ovozi arang chiqishi qulog'iga chalindi. Ovoz to'ni pasaymoqda,Yo'q. Endi u balandlashgan, nimadinir quydirilgan hidi kelyabdi..balki bu qizchaga bosilayotgan qaynoq temirning chirrilashidir? bo'sh havoda erkaklarning qadamlari eshitilar ekan. Eunwoo tovush kelayotgan chap tomonga yuzini qaratdi.
U yerda devor bor. Biroq qattiq emas, xashak to'ldirilgan devor o'rtasi chirib, sezilmas yoriq hosil qilgan. Devorning orqa tarafida qorong'u xona, tirqishdan kichik ko'zlar ko'rinmoqda.

Eunwoo xonaning narigi tomonidagi eshikdan ichkariga qadam tashladi.
Qarshisida yerda o'tirgan qizcha, uning yuzlari biroz kir, ifloslangan oppoq fudbolkasida qon dog'lari bor,qizchaning burni qonagan, balki kuch ishlatish oqibatiga yoki bosim ostida, sababi yer to'laning xonalari ko'p, va ancha chuqurroqda joylashgan.
Eunwoo unga yaqin kelarkan ko'zi uning atrofida aylanib don yeyotgan tovuqlarga tushdi. Xonada tovuqlar bilan to'ldirilgan qafaslar ko'p, yerda ularning axlati, havoda esa yoqimsiz dimog'ni ranjitadigan hid.
yigit engashib yarim otirgancha nigohlarini yana qizchaga qaratdi. Qizning nigohlari undan o'tinch so'rardi goyo. Yosh kipriklarini chuqur ho'llagan,dona dona bo'lib ajralgan kipriklar ostidan tim qora yaltiragan qorachiqlar ko'rindi. Eunwoo tahminan 8-9 yoshlar atrofidagi qizchani

qo'llariga oldi. Erkakning yaqinlashuvidan cho'chigan qiz mitti barmoqchalarini yigitning yuziga tekkizb botirdi.

-Tisshh...tinchlan.

Eunwooning mayin yondashuvidan qizcha chuqur chuqur nafas olgancha tinchlanishga urunarkan ko'zlari buni qabul qilolmasdi, jo'shqin oqayotgan iliq yoshlar uning yuzidagi kirlikni yuvib iz qoldirar edi.
Eunwoo unga qaragan ondan boshlab ko'ksida urayotgan yuragi zirrilab ulgurgan edi. Yigit qizchaning boshini ko'ksiga bosganga xonadan olib chiqdi.
Bularni anchadan beri kuzatib turgan Taehyung yuzlari aljiragan Shin yunga o'qli nigohini tashlarkan

-Qizcha biz bilan ketadi. -Taehyung kastyumining chap kistasidan olovni olib chiqar ekan labiga qistirilgan tamakini bosh qismida mitti yong'in hosil qildi.

-Yaxshi, qarshiligim yo'q, - qari erkak o'ynoqi yuz ifodasi bilan qo'llarini orqasiga olib otdi.

-Kichik yoshdagilarga qiziqishingni aytganingda, balki oldinroq bergan bo'lardim.

Nojoyi gapdan Taehyung chuqur yutgan tamakining humorini Qari erkakning yuziga puflarkan, tutundan ko'zlari achigan erkak yuzini boshqa tomonga burdi.

*

Butun omborni tark etayotgan ikki erkakning birining ko'ksida qizcha yotadi, Eunwoo egasidan orqada yurar ekan qizchaning boshi Taehyungning yelkasidan ko'ringancha chayqalib ketardi.
Eunwoo boshini yaqinlashtirib qizchaning kipriklarida qolgan yoshlarni birinchi barmog'i bilan artdi.

Asirlikda xo'rlik chekayotgan voyaga yetmagan har bir qizning onasi ularni uyda intizorlik bilan kutadi...ba'zilari oilada eng erka qiz bo'lgan..ba'zilari esa hali bokira.
Dunyoda har 3 ayoldan 1 nafari hayoti davomida jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duch keladi.
Har yili 4 millionga yaqin ayol va voyaga yetmagan qizlar odam savdosi qurboniga aylanadi.
zo‘ravonlik orqali jinsiy qullikka jalb qilinishi. Ular ko‘pincha
Fohishalikka majbur qilinadi.
Pornografiya kontenti yaratishga majburlanadi.
Onlayn jonli efirda faoliyat yuritishga zo‘rlanadi. zo‘rlash guruhlari, BDSM ekspluatatsiyasi (barcha holatlarda majburlab) amalga oshiriladi.
Jinsiy a’zolarda yirtilish, qon ketish, bachadon shikastlanishi
Tushkunlik, o‘z joniga qasd qilish holatlari
Tanani matoh sifatida qabul qilish va insoniylik hissining yo‘qolishi. Bu ojizalarning barbod bolishi emasmi?ular qayta homilador bolish huquqidan ayriladi.
Ayollarning aybi ularning tanasi erkaklarni oziga to'rtganidami?
Yo‘q. Bu jirkanch so‘z hatto ayollarga zulm qilgan erkaklarning og‘zidan ham chiqsa ha bu eng jirkanchidir!!! Ayol a’zosiga ega bo‘lgani uchun aybdor emas erkak uni insonga emas, teshikka aylantirgan ong uchun aybdor.
Dunyoda urfda bo'lgan videolarda qichqirayotgan, yig‘layotgan, og‘riq ichida bo‘lgan holatda tasvirlanadi va bu tomoshabinga zavq sifatida sotiladi...bundan zavqlanish uchun inson hayvon bo'lishi kerak!
Darhaqiqat, ba’zida odamning vahshiyona shafqatsizligi haqida gapirish odat tusiga kirgan, biroq bu hayvonlarga nisbatan g‘oyat adolatsiz va haqoratlidir, hayvon hech qachon inson kabi shafqatsiz bo‘la olmaydi, ayniqsa insonning san’atkorona va mohirona shafqatsizligiga yetolmaydi.
Kuchli qiynoqlar tufayli bazilar xotiralarini yo'qotadi, bazilarda gapira olmaslik ya'ni logoped bilan bog'liq muammolar bazilarda esa o'lim. Ko'p hollarda bachadonga qattiq shikast yetish natijasida bir umr farzand ko'raolmaslik bilan yakun topadi.
zo'ravonliklar bu yil davomida 51,100 dan ortiq ayolning o‘limiga olib kelgan. Bu raqamlar ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va ekspluatatsiya global miqyosda keng tarqalganligini ko‘rsatadi. Har bir raqam ortida insoniy fojia...

𝐻𝑎𝑡𝑜𝑙𝑎𝑟 𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛 𝑠𝑜𝑟𝑟𝑦.
𝑘𝑒𝑦𝑖𝑛𝑔𝑖 𝑞𝑖𝑠𝑚 𝑦𝑒𝑡𝑘𝑎𝑧𝑖𝑙𝑖𝑠ℎ𝑖 𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛 𝑓𝑖𝑘𝑟 𝑞𝑜'𝑙𝑑𝑖𝑟𝑖𝑛𝑔.

𝗢𝗴𝗼𝗵𝗹𝗶𝗸 𝗱𝗮𝘃𝗿 𝘁𝗮𝗹𝗮𝗯𝗶❗️