𝐌 𝐀 𝐋 𝐈 𝐂 𝐈 𝐎 𝐔 𝐒
Dekabr oyi, havoning avzoyi buzuq buni kocha boshidagi telefon butkasining, oynali devorlari muzlaganidan va Jiwonning uchlari qotgan kaftidan bilsa bo'ladi. Faslning ta'siri tufayli osmonni erta kech qoplagan. Yerdagi yangi yog'ilhan qor aholining oyoq izlari bilan to'lgan. Terni jumbushga keltiradigan izg'irin shamol terni kesar darajada o'tkir. Oyning o'rtasi, payqash mumkinki tez orada shaxarda Rojdestvo bayrami bo'ladi. Kochaning ikki chetidagi yo'laklarni egallagan qaxva xona va turli xil kutubxonalar oynasida bayram uchun bezatilgan bezaklar va qorning aksi tushurilgan rasmlar bor, sarg'ish tusdagi chiroqlar qorong'u bo'lgan ko'chalarni yoritib qizga biroz bo'lsada tinchlantiruvchi his bermoqda. Aslida qorong'ulik doim ta'qib singari uni qo'rqitgan bo'lsada ayni vaqtda yo'laklarda odamlar ko'p, bunday muhitni xavfsizlik belgisi deb qabul qildi u. Qiz tez yurishga harakat qilgan sari yuziga ko'proq sovuq shamol uriladi, sekinlashsa shamol ham haroratni pastlatadi. Jiwon to'xtab bo'yniga o'ralgan oq rangdagi momiq sharfni tog'irlab teparoqqa ko'tardi, sovuqqan yanoqlari matoning iliq taftida yopildi. Endi uning o'g'ri qorachiqlari nolib atrofga qaradi.
- Bugun ertaroq qaytishim kerak edi, - uchi qizg'ish tusga kirgan burnini tortib qo'ygancha o'zini tergagan bo'ldi qiz.
Uygacha deyarli 5 metr piyoda yo'li qolgan, qadamlarini tezlatgancha shoshayotgan qizning telefonidan kutilmagan qo'ng'iroq ovozi keldi. Qiz to'xtab yelkasidagi tasmani tushirdi. sumka ichida bo'lganligi uchun past ovoz chiqargan telefonni qo'liga oldi.
Telefon yonar ekan, ekranda biroz avval qora ro'yxatga solingan raqamdan qo'ng'iroq bo'layotganini ko'rdi.
Qoshlari bir uyumga kelgan Jiwon bu safar shunchaki buni bee'tibor qoldirishni hohlaydi.
U yigitni qayta, qayta rad etishiga qaramay chiranayotgan yigit vaqt o'tishi bilan qizning ham joniga tekkan. U bilan 1yil munosabatda bo'lganiga qaramay endi katta bo'lib qolgan qiz bu rishtalarni yoshligidagi xatosi deb tushunadi.
Har kuni e'tiroz qilgan xabarlardan bezor bo'lgan qiz asabiy ko'zlarini yumib, tilidan gunohli so'zlar chiqmasligi uchun tishlarini mahkamladi.
- Damingni ol yigitcha.
Uyning tepa qismidagi xonada issiq choyshabga o'rangancha yotog'ida yotgan qiz fikrlarini jamlashga urunar ekan qo'lida ushlab turgan telefoniga qaradi.
so'ng oppoq qog'ozga qaradi. Ongida to'palon bo'lar ekan lablarini asabiy tishladi.
- Negadir bu o'xshamayapti - O'ziga o'zi pichirlagan qiz norozi yuz ifodasini qilgancha nigohi pastladi. Rostdan ham telefon ekranidagi va u qog'ozga chizgan sur'at bir biridan ancha farq qiladi.
Qog'oz boshiga chizilgan nigohlar ko'ngildagidek chiqmagani bois ustidan notog'riligini anglatuvchi chiziq chizilgan.
Qiz yana qalamni qattiqroq qisib qog'oz yuzasida ishonchsizlik bilan yurg'iza boshladi.
Chiziq hosil qilgancha ko'z yugurtirar ekan bu galgisi ham ko'ngliga yaqin kelmagandek. Ikki juft ko'zlari beo'xshov doiralarni eslatadi. Qizning sevgi borasida no'noqligi qalamiga ham ta'sir qiladi go'yo.
Birdan qizning telefon ekranida dugonasidan xabar paydo bo'ldi.
Bugungi rejalar haqida unutsang seni o'ldiraman "
Shunchaki jilmayib qo'ygan qiz, albomini yopib javonga joyladi.
Burchakdagi dumaloq yog‘och stol atrofida to‘rt kishi o‘tirgan. Stol ustidagi yashil mato ustida tarqatilgan kartalar yoritilgan joyda biroz jilvalanardi. Havoda qalin sigaret tutuni suzib yurib, lampaning xira nuri ostida quyuq pardadek turardi. Ular sarg'ish nurni kesmoqda.
Karton stullar biroz qarsillab, o‘yinchilar qo‘llarini cho‘zib kartalarni tortishar, barmoqlarining tez va aniq harakatlarida tajriba sezilardi. Atrof shovqin bo'lishiga qaramay kartaning stol ustiga tushishi har bir ovozdan ham balandroq.
Yon tomondan sekin ohangda chalinayotgan pianino tovushi o‘yinga g‘alati dramatizm qo‘shmoqda. Birinchi o'yinchi qora jilet kiygan, mo‘ylovli erkak. Kartani sekin stolga qo‘ydi va boshqa o‘yinchining ko‘ziga qarab, yengil istehzoli jilmaydi. Ikkinchisi labining chetida sigareta ushlab, kulini stakandagi muz bo‘laklari ustiga tushirib yubordi.
Stol yonida ichimliklar yarim bo‘sh viski shishasi, muz erib suvga aylangan qadahlar va yoqimsiz shovqin. Kartalar orasidan biri o‘rnidan biroz ko‘tarilib, yigitning qo‘lida uzoq turdi, bu uning eng kuchli kartasi. Atrofdagi uch nafar o‘yinchi uning harakatini ko‘zdan qochirmas, birortasi hatto nafasini ham ushlab qolgan.
Boshqa bir stolda o'yinni kuzatib o'tirgan ikki dugona kuzatish mobaynida qo'lidagi sharbatdan bir bir simirib qo'yardi.
Turli rangdagi o'ynoqi chiroqlar, jo'shqin musiqa va biroz salqin ichimliklar, Sovuq kunda ko'ngilga hamda qurigan tomoqqa kerakli zavq hissi. Barmen stoli oldida o'tirgancha raqs zalini tomosha qilib o'tirgan Jiwon, atrofdagi manzaradan allaqachon ko'ngli aynib boshlagan.
Bar ichi yarim qorong‘u, shiftga osilgan past chiroqlar oltinsimon, xira nur taratar, tamakidan halqigan tutun havoda suzib yurmoqda. Stol ustidagu birin ketin bo'shagan qadahlar, yarim ichilgan kokteyllar, erib borayotgan muz bo‘laklari muzika ostida sekin chayqaladi. Sahna chekkasida jazzga o‘xshash, biroq biroz g‘amgin ohang chalayotgan saksofon ovozi bar ichidagi havoni yanada og‘irlashtirardi.
Havo issiq va biroz nam, Alkogolning burinni achituvchi hidi miyyaning markaziga yoqimsiz signal bermoqda. Atrofda kulgular, sekin gaplashayotgan juftliklar, stul suyanchig‘iga beparvo tashlangan palto va ko‘ylaklar…
Jiwon nihoyat nigohlarini bar taxtasiga suyanib ko'zlarini yumib olgan Sohyonga qaratdi.
-Allaqachon ko'ppakdek mastsan, bu yerga sen bilan kelish xato.
Atrof shovqinligi sabab qizning ovozini eshitmagan Sohyon taxtaga tirnoqlarini maromli urgancha musiqa hirgoya qilar ekan Jiwon uning yonidan turgan sharob to'ldirilgan qadahni tortib oldi.
-Bas ketamiz, qani turaqol, - kichik buyruq bilan ketishga otlandi qiz .
- Axr endi kelganimizga 45 daqiqa bo'ldi, - sezilarli g'ingshish bilan bar taxtasini ushlab olgan qiz rad etdi.
Allaqachon stul chetiga ilingan paltosini egniga kiyayotgan Jiwon asabiy qarar ekan nigohlari sal nariroqdagi stolda qalig'i bilan o'tirgan tanish qiyofaga tushdi.
-Sobiq yigiting ham shu yerda ekan, - shim cho'ntagidan pul olib ichkilik oldiga qo'ydi Jiwon.
Birdan mastligidan ongi ustun kelgan Sohyon boshini peshtoqadan ko'tardi.
- Heejin? - ko'zlari izlash mobaynida to'xtaldi Sohyon, - bo'lishi mumkin emas, uning bu yerga kelishga sariq chaqasi ham yo'q.
- Yonida qalig'i ham bor ekan olaa, rashk qilmaysanmi, - yana bir bor qarab qo'ygan Jiwon oxirgi marta qadahni ko'tarib tomoq yo'lagini qizdiruvchi ta'mni his qildi.
Ko'zlari asabiylik va mastlikdan yumilib ketish arafasida.
- Taxminan ikki daqiqadan keyin bar zinasidan pastga tush, seni kutaman, - qalig'ining yuziga o'pich joylab lift tomon yurayotgan dugonasining yigitiga tikilgancha kichik yo'taldi Jiwon.
-Nega? nazarimda bu yerda lift bo'lishi kerak edi, - alkogol ta'sirida ongi xiralashgan Sohyon savolga tutdi.
- Endi u ishlamaydi, - Jiwon shunday degancha bar peshtoqidan uzoqlashdi.
Jiwon bar zinapoyasidan tushib, hali ham ichida yengil mastlik bilan lift tomon odimladi. Qorong‘u yoritilgan koridor devorlaridagi oynali panellar sokin chiroq ostida xira aks beradi.
Lift eshigi ochilishi bilan u ichkariga qadam qo‘ydi. Ortidan og‘ir, tanish, ammo yoqimsiz bir qadam ovozi eshitildi. Qarashga ulgurmasdan eshik yopildi Sohyonning sobiq yigiti u bilan birga kirganini ko'rgan qiz kichii tabassum bilan mamnunlikni sezdirb qo'ydi. Yigit bir og‘iz ham so‘zlamadi, faqat jilmayishga o‘xshash sovuq qiyofa bilan tikilgancha qizni kuzatmoqda.
Jiwon birinchi qavat tugmasini bosdi. Lift panellari silkinib asta pastga tushishni boshladi. Ichkarida jimlik hukmron, faqat lift mexanizmining g‘uvillashi eshitilmoqda. Qizning ortidan joy olgan yigit Jiwonning butun tana tuzulishini o'rganib chiqar ekan orqasida turib, yigit telefonini ohista cho‘ntakdan qiziqqonlik bilan chiqardi. naqadar ahmoqlik erkaklar doim hislariga qul bo'ladi. Ekran yorug‘ida uning qo‘li qaltiramasdi, u sekin, ehtiyotkorlik bilan telefonni Jiwonning kaltaroq paltosi etagining ostiga surdi.
Jiwon ko‘z cheti bilan lift eshigidagi tor oynada ularning orqasidagi aksni ko‘rdi. Aksda yigitning bukilgan beli, pastga qaragan telefon va uning tahdidli niyati aniq ko‘rinmoqda, ana endi buni maqsadga yaqin bir qadam deb atasa bo'ladi.
Jiwon hotirjamlik bilan yigitni bir soniya kuzatadi. Vanixoyat qaddini rostlagan yigit telefonidagi suratga kulimsirab qarar ekan, Lift to'xtab kerakli manzilga keldi.
Chuqur asabiy nafas olgan qiz yigit tomon sekin burildi.
-Telefonni ber, - qo'rs buyruq bergan qiz yuz ifodasini o'zgartirmadi.
-Nima? - osonlik bilan qolgan tushishiga ishonolmagan yigit hayratlandi.
Allaqachon ongi xiralashgan Jiwon yigitning bo'yinbog'idan mahkam ushlab, oziga kuch bilan tortdi.
Favqulloda vaziyatdan oldinga chalqalib ketgan yigit hamon tahlika ko'zlari bilan qaradi.
-Uzur xonim, niyatingizni tushunolmadim, o'zini oqlash payiga tushdi yigit.
Lift eshiklari ochilib pastki qavat uchun yo'l ochdi. Orqaga qarab yurgancha ozi bilan yigitni ham osonlikcha tortgan qiz endi tashqariga chiqib oldi.
-Telefonni ber, - qayta buyruq bergan qiz nigohini allaqachon bo'g'ilib borayotgan yigitga tikdi.
Chuqur yo'talishni boshlagan yigit deyarli eshik yaqiniga kelgan. Jiwon darxol uning qolida telefonni qoliga oldi,
metal eshikning chap tarafdagi sensor ekranida raqamlar birin ketin o'zgarar ekan lift eshiklari sekinlik bilan yopilishni boshladi.
-Shoshmang.. - metal eshiklar qisilishi bilan aksi yoqolgan yigit gap aytishga ulgurmasdan lift butunlay yopildi, metalning bir biriga urulishi eshitildi. Yigitning bo'ynbog'i hamon Jiwonning chalg'alida qolar kaftini sekinlik bilan bo'shatdi
Lift mexanizmi og‘irlik bilan ishga tushdi va tepaga harakatlana boshladi. Qiilib qolgan bo‘yinbog‘ning tortilishi bilan yigit tanasi keskin ko‘tarilib, temir shiftga urilganida o‘tkir tovush eshitildi. Lift eshiklari ortida esa faqat mexanizmning g‘uvillashi qoldi. Metal shiftga tiqilish tasirida kuch bilan harakatlangan panellar yigit go'shtini maydalab yubordi.
Qiz cho'ntagidan siyohli marker chiqarar ekan lift eshigiga hajmi kattaroq bo'lgan harflarda yozishni boshladi.
Bar tashqarisi kuchli shamol bilan ham sokin emasdi, ko'chaning qorong'u qismida mashina dvigitellarini o'chirgancha yigit tezlik moslamasini kerakli joyda ushlab turar ekan ikkinchi qo'li bilan qo'ng'iroqga javob bermoqda.
-Yaxshi, qayerdasan, - Telefon ortidan sokin ohangda so'roq qildi Taehyung , - Deyarli yaqinlashib qolganman.
- Tungi klubi yonidagi shaxobchada - avvaliga beparvolik bilan ma'lum qilgan yigit, yana bir bor ishonch hosil qilish uchun nigohini bar binosidagi yozuvga qaratar ekan nigohi eshikdan chiqib kelayotgan qizil tusli libosdagi qizga qaratildi. Sokin qarab qo'ygan yigit
mashina salonidagi chiroqchani yoqib o'ynadi.
- Qizil...- nigohini ishiga qaratgancha gaplarida to'xtaldi. - Buni rang deb bo'lmaydi.
-Nimadir dedingmi? - ovozni xira eshitgan yigit telefon ortidan ovozini balandladi.
Qiz hali ancha uzoq bo'lgan uyi tomon piyoda ketar ekan shamol to'zitgan sochlarini yuzidan olishga urunishi bilan tebrandi. Allaqachon mast holatga kelib bo'lgan. Alkogolga ta'sirchanligi sabab ongi xiralashib ulgurgan. Uyga kirishda qolga tushsa nima deyishni o'ylash miyaning chetidan uchqunlab o'tdi. Tunning sovuq harorati terini yirtishga tayyor edi. Egnida ikki yelkasidan o'tqizilgan libos tasmasidan boshqa hech narsa yo'qligi sabab tana izg'irindan titrasada ichki qizish sovuqni sezmaydi, kamiga ustki kiymi ham bar ichkarisida qolib ketgan. Jiwonning oyoqlari silliq asfaltdan metal ustiga kelganda temirning dag'aligini sezgancha sharshara ustida to'xtab qoldi. Chetidagi temir to'siq oldiga kelar ekan, tim qora ko'rinayotgan suvning har joyida chiroqlar aksi raqs tushmoqda, biroq qiz bunda boshqa bir narsa aksini ko'rmoqda.
Boshi aylanayotgan qiz sharshara to'sig'iga suyangandi, ho'l bo'lgan yerga qarar ekan oyoq barmoqlarini sovuqdan oyoqlari qattiq qisdi. Birdan sirpangan jussa suvga sho'ng'idi, kelasi soniyalarda esa qalqish ketidan kislarod yo'qolishi birdan sodir bo'ldi. Suvning sovuq harorati uni butunlay qoplab oldi. Suv qari qizni ko'proq tortar ekan, suv ichida tana muvozanatini ushlash mushkul, Jiwon kichikligidan suzishni o'rgangan bo'lsada mast holda qotgan ong hali cho'kayotganini ham anglamagan ko'rinadi. Mastlik hammasidan ustunlik qilmoqda. Suv ostida bir necha daqiqa nafas yetishmovchiligi sabab, ko'zlari yumila boshlagan qizning tartibsiz harakatlari to'xtadi..
Havo tanani kesar darajada sovuq, nam bo'lgan kiyimlar tunning havosida teriga yanada sovuq tegib kishini seskantirmoqda. Aslida faqat bir qavatli mato bo'lgan libos qizning tana shakliga moslashgan holda, va bunda hattoki tananing titrashini ham mato ustidan sezish mumkin. Qo'liga qizni ko'tarib olgan yigit o'zining uyi yoniga kelganda pastlab qizning yalang oyoqlarini yerga qoydi. Kiraverishda eshikka o'rnatilgan sensorga ekranchaga ochish parolini kiritar ekan ekan hanuz achchiq ichimlik va suv ostida o'tkazilgan kislarodsiz tipirchilashlar sabab boshi aylanayotgan Jiwon yigitning nuqsonsiz jag' muskullariga tikildi.
- Ablah mendan foydalanmoqchimisan, - sustlashgan ovozda so'radi qiz, - Seni politsiyaga beraman...
- Ishon, o'lib ketishinga qarab turmaganim uchun raxmat aytishingni kutgandim.
Yigit beparvo gapida tugallanib qizga, so'ng yana oyog'ini bazor bosayotgan qizni qo'llariga ko'tarib ichkariga olib kirdi. O'zining xonasidagi ulkan yotog'i ustiga qo'yar ekan, tizzasi bilan tayandi. Qizning uzun sochlari ho'l bo'lgani bois tanasiga naqsh singari yopishgan, ko'ksidan to bel qismga qadar to'lqinlanib mojiza yaratgandek go'yo.
Hamon holsizlangani uchmagan qiz kipriklarini og'ir qoqdi. Xonadagi toza bo'lgan havodan chuqur olingan nafaslar Jiwonning xiralashgan ongini tiniqlashtirmoqda.
Yigit tim qora ko'zlarini olib qochib shkaf eshigidagi ko'zgu yoniga yaqinlashdi. Sovuq suvning haroratida nam bo'lgan oq ko'ylagining tugmalarini ketma-ketlikda bo'shata boshladi. Asta sekinlik bilan o'zini tiklayotgan qiz tirsagiga tayangan holda boshini kotarib atrofga qaradi, yotoq yonidagi kichik javon ustidagi simdan ajralib qolgan elektr simulator ko'zni olar ekan nigohi bilan yigitga qaradi. Xona qorong'u bo'lsada derazadan ko'chadagi sarg'ish chiroqning nurlari kirib turar ekan yigitning ustidan sirpanib tushayotgan kiyim, gavdani to'liq ochgani bois yelkaning baquvvat muskullariga tushdi.
Keng yelka orqa tomonga qaratilgan. Qiz jim holda ko'z yugurtirdi. O'ng qo'liga tushurilgan tushunarsiz taturovkalar bilakkacha odimlagan, qalin bo'lgan bel sohasida nigohi qotar ekan birdan ortga burilib yaqinlashayotgan yigit qizni qo'rqitib yubordi.
Jiwon noqulay vaziyatdan ortga tisarilib shoshdi.
-Nimaga qaraganingni oynadagi aksingdan ko'rib ulgurdim, - yaqin egilib, ikki qoli bilan qizni qamagancha pichirladi.
- Nima deyotganingni tushunmadim, - holsizlik sezilib turgan ohangda dedi qiz.
- Tarbiyasiz ko'zlaring haqida gapirdim, - yigit shunday deya yaqinroq egildi.
Boyagi sarg'ish nurlar endi uning yaqin kelgan yuzida..nam sochlaridan pastga oqayotgan tomchilar yigit tanasiga sirg'almoqda. Benuqson yuz shakli, pastlagan ingichka lab va xavfli qora tusdagi ko'zlar.
-Sen..- qiz gapida tutilib, so'ng ongi yorishar ekan nima bolganini eslay boshladi. Birin ketin eshik ochgan xavfli fikrlar yurakdagi bong urishini qo'rqinchli tarzda tezlashtirmoqda. Bu insoni birinchi marta korib turishiga qaramay yaqin masofada turibdi. Jiwon bir zum biroz avval ko'rgan elektr simulatorga qorachiqlarini tashladi, menimcha bu ahmoqona fikr emas, tog'ri yigitning tanasi undan ancha kuchliligini aytib turibdi. Biroq harakatsiz turish bu qo'rqoq qo'zichoqning ishi.
Bir necha marotaba borib qaytgan nigoh zudlik bilan javon ustidagi ochiq simni qo'lga oldi.
Jiwonning tezligidan hali anglab ulgurmagan yigitning sonlari orasidagi nozik qismga mato ustidan elektr sim tegdi.
- Merosxo'rsiz qolishni istamaysanku tog'rimi? - titroq qollari biroz qalinroq bo'lgan simni qattiq siqimlar ekan yigit qoshlarini mazax qilgandek ko'tarib qo'ydi.
- Qo'rqmayman degin?- xotirjam ohangda ma'lum qilgan yigitning yuzi yaqinroq keldi - Bu menga yoqdi. - shivirlash ikki insoning ichida qotdi.
Yigit og'zidan chiqqan so'z qizning titrab ketishiga sabab bo'ldi. Agar bu qopqondan qochib chiqsa qayta bunday tavakkal qilmasligi aniq.
Hozirda ongda tartibsiz aylanayotgan yo'llar chuqur nafas olishga undamoqda.
Qizning mag'lubiyatli yuzini huzurli tomosha qilayotgan yigitning chap yuziga birdan o'tkir tirnoqlar yugurib ko'zining tagidan kichik chiziqcha hosil qildi.
Hech narsani eslolmayman, qanday qilib barmoqlarim uning yuziga yetganini ham. Ammo xonadan chiqishni ulgurdim.
Uzun zinalardan betoqatlik qilib yugurgancha tushgan qizning ko'zlari chiqish eshigini qidirar ekan, zina tugallanish qismida turgan itni ko'rdi.
Doberman turiga mansub qora rangli kuchuk shovqinni sezgancha uzun quloqlari qiz tomon buruldi.
Joyida qattiy to'xtagan qiz zina ushlagichlarini qattiq qisib oldi.
-La'nati, buni kuchugi ham bor ekan.