March 16, 2025

Please stay alive

Ep-2

Shu payt Jungkook ga qo'ng'iroq bo'ldi:
~Alo! Eshitaman. Ha men man. Hozirmi? Nega buncha kech.....
Shunday deng! Unda hozir boraman! Yaxshi. Ko'rishguncha...

Jungkook go'shakni qo'ydi va biroz tushkun kayfiyat bıkan Yujin tomon yaqinlashdi:
~Nimadir bo'ldimi? —dedi Yujin bir qoshini tepaga ko'tarib.
U qo'llari bilan Yujinning yelkasidan ohista ushladi:
~Kechirasan! Lekin tezda borishim kerak. Bormasam bo'lmaydi. Ertaga albatta gaplashamiz. Men sen b/n gaplashishni juda istagandim. Lekin eshitding. Ketmasam bo'lmaydi. Ovqatlanib ol! Keyin esa uhla. Meni kutma men kech qaytaman. Jungkook uning yelkalaridan sekin qo'lini oldi. So'ng Yujinning peshonasidan o'pdiyu, chiqib ketdi.
Ochig'i Yujin shokda qoldi.
Keyin chuqur nafas olgancha krisloga cho'kdi. U hammasini o'ylay boshladi. Butun 6 oyni....

6 oy oldin.....

.........Erta tong

Yujinning jarohatlari biroz og'riq bersada, u pastga tushdi.
Pastda yoqimli hid taralardi. Jungkook oshxonada chog'i.

Pov Yujin:
Zinadan pastga tushar ekanman, og'riq butun vujudimni qiynamoqda edi.
Hamma yerdan ovqat hidi taralmoqda.
Meni ko'rishi b/n Jungkook oldimga yugurib keldi;
~Hoy! Nega turding! Axir mumkin emas. Jarohatlari bitmaganku..
U meni dast ko'tardi. Men hayron qoldim Va bir tarafdan bu menga yoqmadi.
~Tushur meni pastga! — dedim jiddiy Va sovuq ohangda.
~Yo'q! Jarohatlar..i..ng....
~Nima eshitmadingmi?
U sekin meni yerga tushirdi.
Men o'z uyimdagidek harakat qilmoqda edim. Zero mening odatim shunday. Hamma joyda o'z uyimdagidek harakatlanishga o'rganib qolganman.
Jungkook esa bir muddat meni kuzatgach, gap boshlaydi:
~Hozir men senga nonushtangni olib kelaman!
~Kerak emas!— deb bir qo'limni ko'tardim.
~Axir....
Uning gapi bo'g'zida qoldi.
~Men takrorlashni yoqtirmayman.
Keyin bu yerga o'tir.
Qarshimdagi stulga ishora qildim:
~Meni yaxshilab eshit!

Bu gaplarni esingdan hech qachon chiqarma!
Menga umuman savol berma!
Nonushta, tushlik, kechki ovqat tayyorlashning esa keragi Yo'q!
Menga yordam berma va rahming kelmasin. Men o'zimni eplay olaman.
Menga yosh boladek g'amxo'rlik qilma!
Eng asosiysi. Men bilan bir xonada uhlamaysan! Narsalaringni pastki qavatga olib tush Va aslo tepaga chiqishni xayolingga keltirma!
Bularni aslo yodingdan chiqarma!

Jungkook biroz hayratlanib turgach;
~Bor yo'g'i shumi?
~Ha! Endi esa meni bezovta qilma.
Men keskin burilib tepaga chiqib ketdim. U esa hech narsa deya olmadi.

U aytganimni qilib narsalarini pastga olib tushdi. Garchi o'zi bo'lmasada, hizmatchidan tushlik berib yuboribdi.
Men esa rad etdim. Ko'nglimga hozir hech narsa sig'masdi. Na tushlik va na Jungkook. Fikru hayolim unda edi. Ahvoli joyidami, nimalar qilyapti, meni esladimi?
Yo'q! Endi u haqida o'ylashga ham haqqim yo'q. Men hozirda o'ylashim kerak bo'lgan yagona narsa bu — qasos.
Tezroq harakat qilmasam bo'lmaydi. Lekin nikoh marosimi o'tganiga endi 1 necha Kun bo'ldi. Jin ursin !

Shu hayollar bilan oradan yana 3 kun o'tdi. Hamon ahvol o'sha. U meni pastga tushishimni kutadi men esa uni ko'rishni istamayman.

O'sha kuni kechqurun men pastga tushdim. Jungkook esa uyda yo'q edi. Fursatdan foydalanib, hizmatchini oldimga chaqirdim va gapga soldim.

~ Xo'jayining qanday odam o'zi? U doim shunday ko'ngilchan, sodda, go'l Va hayolparastmi? O'zi u qayerda va kim bo'lib ishlaydi? Oilasi va yaqinlari bormi? Qani gapir?

U menga hayrat b/n qaradi. Albatta, bu tabiiy chunki, rafiqasi bo'la turib uy hizmatchisidan o'z eri haqida " u kim o'zi" deb berilgan savolning o'zi g'alati Va har qanday odam hayratlanishi aniq.

~Xonimim! Nahotki ular haqida bilmaysiz?
~Ortiqcha savol berma, shunchaki savolimga javob ber.
U biroz o'ylanib, keyin gap boshladi:
~Sohibim juda yaxshi odam! U faqat yaqinlarining oldidagina farishtadek, beg'ubor ko'rinadi.

Aslıda ish Va ma'suliyat masalasida juda jiddiy va talabchan. Tabiatan juda murakkab shaxs, shuning uchun do'stlari kam. Lekin jamiyatning har qanday qatlami ularni hurmat qiladi. Yaqinlariga kelsak bitta-yu bitta holasi bor. U chet elda yashaydi. Ota onasi esa janob 12 yoshligida zaharlanishdan vafot etishgan. O'sha vaqtlar janob uchun juda og'ir damlar bo'lgan. Bu aytilganichalik yengil tuyg'u emas. Janobning ota onasi mashhur doktor bo'lishgan. Janob ham bu sohada 8 yil tahsil olganlar. 3 yil ishladilar ham. Lekin nimadir sabab bo'lib, shifokorlikni tashladilar. Hozirda shahar markazidagi 1 raqamli shifoxonani boshqaradilar.
~Aytchi sen necha yildan beri bu yerda ishlaysan?
~17 yoshimdan beri.
~Tushunarli! Demak u haqida ko'p narsani bilasan.

~Xonim! Janobni ranjitmang! Bu mening iltimosim. Balki men bunday gap gapirish uchun munosib emasdirman. Ammo janob shundoq ham Juda ko'p qiynalgan. U yangi hayot boshlash uchun siz b/n turmush qurdi. Sizni sevgani uchun hammasiga rozi bo'lyapti. Bu ojizlik Va go'llik emas, bu sevgi.

~Nima? Axir men uni tuzukroq tanimayman ham. Qanday qilib u meni sevishi mumkin?
~Vaqti kelib bilib olasiz! Xonim men uyga ketishim kerak! Vaqt allamahal bo'lib qoldi.
~Yaxshi unda yaxshi bor! Ertagacha!
Hizmatchi tazim qilib sekin chiqib ketdi.
~Qiziq.
......

Pov avtor:

Yujin yana o'y hayollari bilan yolg'iz qoldi. Hizmatchining "sizni sevgani uchun hammasiga rozi bo'lyapti" degani quloqlari ostida tinmay jaranglardi.

U qattiq o'yga berilganidan hatto, Jungkook kelganini ham payqamadi.

~Yujin ahvoling joyidami? Ovqatlandingmi?
~Ha hammasi yaxshi. Xayrli tun! Ertagacha
deb yuqoriga ko'tarilarkan Jungkook ning gapi uni beixtiyor to'xtatdi;
~Hech bo'lmasa tanangdagi jarohatlar haqida aytib berarsan Yujin?
~Charchadim! U beparvolik bilan xonasiga kirib ketdi.

Yujin eshikni yopgach, o'zini kravatga tashladi. Haqiqatdan u juda charchagan.
Bu yoqda esa Jungkook ich etini yeb, nega Yujin unga bunday qilayotgani va nohaqliklar sababini izlab bularning oxiriga yeta olmaydi.
Tongning otishi, kuning botishi qiyin.

Shu tariqa kunlar o'tadi. Bu orada kichik o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Albatta kichik ko'ngilsizliklar ham.
Bulardan biri 2 Kun oldin sodir bo'ldi.

Yujin ovqatlanmay qo'yganidan, tobi qochdi, sillasi quriy boshlagandi. U kun bo'yi polda cho'zilib olgancha, harakatsiz yotardi.
Jarohatlar o'rni bitish o'rniga, ahvol og'irlashmoqda edi.

Xona doim berk,u hech kim bilan gaplashmaydi.
Kunlarning birida Yujin polda yotarkan, ko'z oldi qorong'ulashayotganini his qildi. U hushini yo'qotdi.

Jungkook undan havotir olar ammo, unga tepaga chiqish taqiqlangan. O'sha kun ko'ngli sezganday, tepaga chiqdi. Sababi Yujin Juda jim edi va bu jimlik yaxshilik alomati emas. Eshik qulflangan. U cho'ntagidan qo'shimcha kalitni oldi. Kalitni burab, eshikni ochdi hamki, ne ko'z bilan qarasa, Yujin yerda hushsiz yotardi. Jungkook uni ko'targancha, mashinaga yugurdi.

Kasalxona.....
~Kim bor! Yordaaam!. Yordam Bering.
Ikkita hamshira Va doktor yugurib kelishdi. Uni olib kirib ketishdi. Oradan yarim soat o'tgach, doktor ko'rinish berdi.

~Doktor uning ahvoli yaxshimi?
Doktor Jungkook ga savolomuz tikildi:
~Siz bemorga kim bo'lasiz?
~U meni rafiqam!
~Tushunarli!—deb doktor og'ir o'yga toldi.
~Bilasizmi bemorning ahvoli og'ir. Tandagi jarohatlarga infeksiya tushgan. Uning ustiga jarohatlar Juda chuqur. Keyin ancha vaqtgacha hech narsa yemagan, hatto suv ham ichmagan. Unda kuchli ruhiy Va jismoniy charchoq kuzatilmoqda. Nima Unga bosim o'tkazasizmi yoki atay och qoldirdingizmi? Buni qo'ya turing, uning jarohatlaridan xabaringiz bo'la turib uyda saqladingizmi? Ba'zi bir erkaklarga hech tushunmaymanda, mayli o'zingiz bilasiz. Unga yurish va ortiqcha hatti-harakat qilish mumkin emas. Iltimos. Uni yaxshilab parvarishlang. Qolgan hulosalarni keyingi tahlil natijalariga qarab aytaman.
Yana aybdor Jungkook bo'ldi. Lekin hech narsa demadi.

~Rahmat doktor! Ayting- chi uni ko'rsam bo'ladimi?
~Hozircha yo'q!
~Iltimos doktor atiga besh daqiqa! Faqat yo'q demang.

~Yaxshi 5 daqiqa undan ortiq emas.
~Rahmat doktor! Sizdan minnatdorman.
Jungkook Yujin yotgan xonaga asta sekin kirib keldi . Xonada og'ir sukunat hukm surar, Yujinning ahvoli bir ahvol edi.

Ranglari oqarib, ko'zining tagi ko'kargan. Juda ham ozib ketgan. Lablaridan rang qochgandi.

~Meni kechir! Turmush qurganimizga atiga 1 hafta bo'ldi, lekin seni kasalxonaga tushishingga sababchi bo'ldim. Meni kechir! Hayotingni barbod qilganim va xudbinligim uchun kechir meni. Mayli meni sevma, mayli hohlaganingcha haqoratla, tana qil, shart qo'y, shikoyat qil, mayli yuzimga qarama, faqat o'lib qolma. Iltimos tirik qol! Yashab qol!
Doktor eshik ortida bu gaplarni eshitar ekan. Hayratga tushib, pichirladi:
~Qiziq! Rafiqasini chindan sevar ekan, Lekin nega uni bu ahvolda olib keldi. Bu yerda boshqa gap borga o'xshaydi. Ha mayli, menga nima? Nega qiziqyapman?
Doktor biroz qiya ochilgan eshikni ohista taqillatdi;
~Janob! Chiqing 7 daqiqadan oshdi.
Jungkook chiqqisi kelmay sekin eshik tomon yo'naldi. Eshik oldida to'xtab, yana bir bor Yujinga qaradi. Keyin tashqariga chiqdi.

Pov Yujin:

Ko'zlarimni baz'ur ochdim. Yana o'sha jin urgur kasalxona. Tepamda doktor turibdi.
~Xonim! O'zingizni qanday his qilyapsiz? Boshingiz aylanmayaptimi? Hech qanday og'riq sezmayapsizmi?
~Yo'q! Men yaxshiman. Endi esa uyga borishim kerak.
O'rnimdan turmoqchi edim. Doktor yuzida qat'iylik va vajohat bilan menga tikildi;
~Buning sira imkoni yo'q!
~Nega endi?— dedim biroz jahlim chiqib.
~Ahvolingiz yaxshi emas, jarohatlar chuqur, yurish mumkin emas. Hozir faqat dam olish va to'yib ovqatlanishingiz kerak. Qolgan hech qanday narsa mumkin emas. Ortiqcha bemanilikni yig'ishtiring.
Meni battar jahlim chiqdi. Lekin o'zimni bosishga harakat qildim. Chuqur nafas olgach, doktorga yuzlandim;
~Xo'sh kim meni bu yerda ishlab tura oladi? Sizmi yoki shifoxonangizmi? Qolaversa meni o'zim ketishni istayapman.
~Qo'lingizdan kelganini qiling, baribir uyga ruxsat berilmaydi. Eng kamida 1 hafta yotishingizga to'g'ri keladi. Endi hohlaganingizni qiling.
Doktor meni ustimdan kulganday, zaharxanda kulib, chiqib ketdi.

~Jin ursin shivirladim. Nega doim shunday, nega men manashu lan'ati joyga kelib qolaveraman. Men baribir bu yerdan ketaman.

Men jimgina o'rnimga yotdim va qulay vaqt poyladim.
Bu orada Jungkook kelib qoldi. Qo'lida bir dunyo ovqat solingan qutilar.
~Ahvoling yaxshimi? Bilaman ovqat yemayman Deb qarshilik qilasan lekin, bugun hech qanday gapingni eshitmayman. Bularning hammasini yeysan!
~Nahotki! —dedim unga yuzlanarkanman.
Men o'rnimdan turib, Jungkook turga tarafga yura boshladim. U menga biroz shubha va qo'rquv bilan tikildi. Men esa o'ljazini yutib yuborishga shaylangan yirtqich kabi, uning ustiga bostirib bordim. U nima qilishi bilmay qotib qoldi. Men unga juda yaqin keldim. Hatto masofa qolmadi. U butkul o'zini yo'qotib qo'ydi.
~Ahvoling yaxshimi?
Men esa qo'limni uning ortida, stol ustida turgan ovqatga cho'zdim.
~Shunchaki nimalar olib kelganingni ko'rmoqchi edim. Nega ranging oqarib ketdi?
Jungkook hech narsa deya olmay, qotib turardi.
Men esa azbaroyi ochligimdan. Bezbetlarcha unga hatto o'tir ham demay ovqatlanish tushdim.
U menga hayrat bilan tikilib turardi

Ep-2 tugadi
E'tiboringiz uchun tashakkur!