Who's this best?!
Zo‘r! Hikoya ota-onalarning safarga ketishi bilan boshlanadi.
“Sizga ishonamiz… deganday” bo'ldik...
— Bizni yaxshi eshitib oling! — deya otasining jiddiy ovozi eshitildi.
Aeroportning biznes zalida ikki yosh oldilarida turgan ota-onalariga qarab turardi. Samolyotga chiqish vaqti yaqinlashayotgan edi.
— Kompaniya sizning qo‘lingizda, — dedi yigitning otasi. — Bir oy ichida hech qanday janjal yoki keraksiz raqobat bo‘lmaydi. Shunchaki biz yo‘q paytda hammasi yaxshi ishlashiga ishonch hosil qilamiz.
— Va iltimos… — dedi qizning onasi xo‘rsinib, — O‘zingizni bolalarcha tutmanglar!
Qiz beixtiyor jilmayib qo‘ydi va yigitga qaradi.
— Eshitdingmi? “Bolalarcha tutmanglar” deyishyapti. Bu gap senga tegishli bo‘lsa kerak.
Yigit og‘ir nafas oldi va sochlarini orqaga silkitdi.
— Agar kimdir bolalarcha tutsa, bu aniq sen bo‘lasan.
— Xo‘p, yaxshi, — dedi qiz kulib. — Keling, shartnoma tuzamiz: agar men senga bir oy ichida ishda g‘alaba qozonib, sendan yaxshiroq rahbar ekanligimni isbotlasam, sen menga hamma oldida “eng zo‘r” deb aytasan!
— U holda… nima xohlasang shuni qilaman.
Ota-onalar esa bir-birlariga qarab xo‘rsinishdi.
— Qizim, — dedi qizning otasi, — Iltimos, bu kompaniya sening musobaqa maydoning emas.
— O‘g‘lim, — dedi yigitning onasi, — Iltimos, faqat texnikaga e’tibor qaratib, hamma narsani jiddiy qabul qilaverma. Ba’zida odamlar bilan ishlash ham kerak bo‘ladi.
Lekin ikkovlon allaqachon bir-birlariga tikilib olishgan va bellashuvni boshlashga tayyor edilar.
— Yaxshi, — dedi yigit. — Ko‘ramiz, kim eng zo‘r!
Ota-onalar hech nima demay bosh chayqashdi. Bu bolalar qachon jiddiylasharkin?..
Lekin endi bu kompaniya ular qo‘lida
"Ishda birinchi kun: jang maydoniga xush kelibsiz!"
Qiz o‘zining yorqin, rang-barang kiyimlarida ofis eshigidan bemalol kirib keldi. Yuzida odatdagidek tabassum, qo‘lida esa katta latte kofe.
— Xo‘sh, ofisim qayerda? — dedi u resepshndagi kotibaga hazilomuz qarab.
— Xonangiz sizning yeringizda emas…
Shu payt boshqa tomondan yigit chiqib keldi. Egnida qora kostyum, qo‘lida noutbuk. U bemalol yurib qizning oldiga keldi va kalitlarni silkitgancha jilmaydi.
— Sen endi marketing bo‘limida o‘tirasan. CEO xonasi esa meniki.
Qizning labidagi tabassum birdan yo‘qoldi.
— Chunki bu IT bilan bog‘liq qaror. Kompaniyaning texnik tarafini men boshqaraman, ya’ni, men kompaniya yuragiman. Sen esa marketingda faqat chiroyli reklama qilasan.
— Oh-ho, demak shunday deng? Sen yurak, men esa shunchaki tashqi qobiqman-a?
Qiz kofesidan bir ho‘plam ichib, yonidagi stulga bemalol o‘tirdi.
— Xo‘p, yaxshi. Kelishdik. Lekin eslab qol, birinchi xatongda bu joy menga o‘tadi.
Qiz endi xonasiga yurmoqchi edi, ammo bir xodim yugurib keldi.
— Rahbarlar! Bizning rasmiy vebsaytimiz bugun ertalabdan ishlamayapti!
Yigitning yuzidan ohangrabodek jiddiylik yugurdi.
— Va bundan ham yomoni, — deb davom etdi xodim, — Bugun yirik mijozlarimizdan biri kompaniyamizni tekshirishga keladi!
— Oh-ho, azizim, kompaniyaning texnik qismi sening qo‘lingda edi, to‘g‘rimi?
Yigit lablarini qattiq tishladi. Bu endi raqibining kulgusi ostida qolish degani edi!
U shoshilinch ravishda kompyuteriga o‘tirdi.
— Xo‘sh, “eng zo‘r” bo‘lish oson emas-da!
— Jim tur, menga ishlashga halaqit berma!
Ammo qizning jim turadigan niyati yo'q edi.
"Texnik muammo va marketing hazili"
Yigit tezlik bilan noutbukini ochdi. U ishga shunchalik jiddiy sho‘ng‘idiki, hattoki qoshlarini chimirib, lablarini tishlab olgan edi.
Qiz esa xonada gavdalanib, go‘yoki xodimlarni chaqirib gapirayotganday harakat qildi:
— Hurmatli xodimlar! Bugun bizning kompaniyaning vebsayti ishlamaydi! Chunki bizning bosh IT mutaxassisimiz hali ham o‘zini “eng zo‘r” deb hisoblaydi!
Xodimlar jimgina o‘z ishlarini davom ettirishdi, faqatgina ichida kulib qo‘yganlari bilinib turardi.
— Juda kulgili, — dedi yigit nigohini kompyuterdan uzmasdan.
— Rahmat, harakat qilaman! — dedi qiz jilmayib. — Lekin baribir sening ilk kuning “shov-shuv” bilan boshlandi.
— Yo‘q, shunday qiziq bo‘lmaydi!
Yigit chuqur nafas oldi va oxiri serverga bog‘langan kodlarni tahlil qila boshladi.
Nihoyat yigit yana orqaga suyanib, kaftlarini bir-biriga urdi.
Xodimlar birin-ketin saytni tekshirib, tasdiqlay boshlashdi. Haqiqatan ham hammasi joyiga tushgandi.
Lekin qizning kulgili ovozi yana yangradi:
— Uh-hu, “eng zo‘r” bo‘lish uchun yarim soat vaqt ketdi! Yana bitta shunga o‘xshash muammo bo‘lsa, ishxonani yopishimizga to‘g‘ri keladi!
— Yetar endi! — dedi yigit charchagancha.
Qiz bemalol uning yoniga kelib, stuliga suyanib jilmaydi:
— Xo‘p, mayli, sen muammoni hal qilding. Lekin men hozirgina yana bitta yangisini yaratdim.
Yigit hayron bo‘lib unga qaradi.
— Hozirgina kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlariga “Bizning yangi rahbarlarimiz sizning savollaringizga jonli efirda javob beradi!” deb post tashladim.
— O-ha-ha! Endi sening barchaga “eng zo‘r” ekaningni isbotlashga imkoning bor!
Qiz esa bemalol stulga o‘tirib, kofesidan yana bir ho‘plam ichdi.