January 22, 2025

Please stay alive

Ep-1

13.01.2025
Ep-1
Kasalxona mening ikkinchi uyim desa ham bo'ladi. Aqlimni tanibmanki, nimadir bo'lsa darrov shu lanati joyga olib kelishadi. Lekin bu safar hech kim meni olib kelmadi. Men davolangani ham kelmadim. Shunchaki o'z o'limimni qarshi olgani keldim. Men o'limdan qo'rqmayman, chunki uning changaliga ko'p bora tushganman. Hafa ham emasman sababi yelkamdagi yukdan qutildim.
Pov avtor:
Yujin shu satrlarni yozarkan xonaga doktor kirib keldi:

#thyujin:
Dr Chaa Eun Woo

~Hosh honim ahvolingiz yaxshimi?
~Har doimgidek.
~Men hamma tahlil qog'ozlarni ko'rib chiqdim.Ahvolingiz.....

~Men hammasini yaxshi bilaman doktor. Menda bosh miyya saratoni bor. Miyyamdagi o'simta bulut kabi tarqalib ketgan. Na operatsiya qilib bo'ladi na muolajaa. Muolajaa olgan taqdirimda ham bular umrimni 1 nech kunga uzaytiradi xolos. Miyyamdagi o'simta yomon xulqli shuning uchun tez sura'atda rivojlanib menga yomon ta'sir o'tkazayapti. Shuning uchun menda tez tez bosh o'g'rig'i, ko'ngil aynishi, tutqanoq, ko'rish, eshitish kamiga nutq muommolari va xotira buzilishi bo'lib o'tyapti

••••••••
~Bularni qayerdan bilasiz? Yoki....
Yoki doktormisiz?
Men gapirmasimdan turib shuncha narsani gapirib tashladingiz qoyil!.....
~Kasb taqozisi
~Tushunarli...
~Baribir taslim bo'lmang. Saraton deganlari ishini inson ruhini sindirishdan boshlaydi.

Pov avtor:
Doktor xonadan chiqib ketdi.
Yujin kundaligiga hozirgi suhbatni ham qoraladi.
So'ng yotib uhlashga qaror qildi. Boshini yostiqqa qo'yishi b/n uhlab qoldi.

#thyujin:
#yujin uhlamoqda....

30 daqiqa o'tar o'tmas u kasalxona hovlisiga chiqdi va ochiq havoda o'tirdi.

Havo yaxshi mayin shamol esmoqda edi shu shamol b/n birga dumog'iga o'sha tanish ifor urildi.Shu payt kimdir uning oldiga o'tirdi.Orqasida kimningdir soyasi ko'ringach, sekin orqasiga burildi:
~Seeeen...
~Ha men ko'rib turganingdek!
~Bu yerda nima qilyapsan?
~Sen b/n gaplashib olmoqchiman
~Istamayman ket.
Yujin o'rnidan turib ketayotgandi, uni Jungkookning oxirgi gapi to'xtatdi: ~Baribir u kelmaydi, sen tirikligingni bilmaydi, seni hatto eslamadi ham...
Jungkook gapini tugatgach Yujin parvo qilmay ichkariga kirib ketdi.
........#3 soatdan so'ng
Pov Yujin:
~U keldi. Meni topdi. Lekin unga e'tibor ham bermadim har doimgidek, har doimgidek yuragini sindirdim
Shunday qilganim yaxshi. Nafratlansin mendan, sevmasin meni.

#thyujin:
#Yujin

Pov avtor: Jungkook taslim bo'lmadi. U har kuni kela boshladi.Yujin esa xonasidan chiqmay qo'ydi. Hamshiralarni ogohlantirdi. Ularga: ~ Kimdir meni so'rab kelsa, ko'rish uchun ruxsat bermang. Kunlar shu zaylda o'ta boshladi.
Pov Jungkook:
~Menimcha endi uning oldiga bormaganim yaxshi.

#thyujin:
#Jungkook

~Oldin ham meni qabul qilmagandi endi ham qilmasa kerak.

•••••••••

Pov Yujin:
~Bugun u kelmadi. Nihoyat hammasi yaxshi

Pov avtor: Yujin shu gaplarni aytib kundaligini ochdi va unga yoza boshladi. Lekin u hech qachon kundalik tutmagan. Kasalxonaga kelganidan boshlab yoza boshladi. Uni kimdir o'qishiga ham umid qilmaydi.

~Men o'sh mash'um kunni hech qachon unitmayman. Hech qachon......

#thyujin:
~ O'sha paytlar otam g'azabdan balki o'z maanfati uchun meni Jungkook ga turmushga berdi. Mendan so'rab o'tirmadi ham. Qo'limdan hech narsa kelmadi. O'shanda ilk bor o'zimni ojiz his qildim.

••••••••To'y kuni

Tanam og'riqdan zirqiraydi. To'y tugagach Jungkook meni xonaga olib kirdi:
~Men mehmonlarni kuzatib qo'yaman va ortimga qaytaman. Kelishdikmi.
U chiqib ketdi. Birdan qo'limdagi qonga ko'zim tushdi:~ Yo Hudoyim nima bu? Oppoq ko'ylagim bir pasda alvon rangga burkandi. Og'rib borgan sari zo'raymoqda.O'q orni hali yaxshi bitib ulgurmagan. Menga ko'p harakat qilish mumkin emas edi, aslida. Lekin otam atayin shunday qildi. Endi u ochiqchasiga o'yin boshlagandi.

•••••••••#1 hafta oldin

O'sha kun men yana otamni kuzatgani bordim. Jin ursin! Meni payqab qolishdi. Otamning ko'ppaklari izmga tushdi. Qo'qqisdan yelkamga kelgan 2 o'q.... Men to'xtamay yugurardim. Ortimga o'girilganimni bilaman yana bir necha o'q qorin va qo'l qismimga uchib keldi. Men esankirab qolgandim. Birdan kelib qolgan taksiga o'tirdim.....

Zudlik b/n uyga yetib borib derazadan oshib xonamga kirdim. Jarohatimni bir amallab bog'lab, yotib oldim. Xizmatchi meni ovqatga chaqirgani keldi. Unga tobim yo'q deb xonadan chiqarib yubordim. Yaxshiyamki, otam o'sha kuni uyga kelmadi. O'gay onamdan eshitishim bo'yicha safarga ketibdi. Bazo'r kasalxonaga yetib keldim. Doktor yaralarimni qayta bog'ladi Va menga hayrat b/n qaradi.
~Qanday qilib aqlimga sig'mayapti?
~Shunday bir amallab o'qni olib tashladim. Yaxshiyamki chuqur kirmabdi. Yalab o'tibti. Deya unga qaradim. U esa:
~Xonim bunday qilish uchun yo o'ta ketgan ahmoq yoki meditsinadan habardor bo'lishi kerak.
~Nima josusmisiz yoki yonlanma qotil? Qiziq.
~Hamma narsaga aralashaversangiz uzoqqa bormaysiz doktor. U bu gapdan keyin umuman savol bermadi. Ishini qilib bo'lgach xonadan tezda chiqib ketdi
Men 2 kun kasalxonada yotim keyin esa uyga qaytdim. Doktor ruhsat bermadi ammo men baribir ketdim.

Uyga kelganimda otam uyda edi. Meni xonasiga chaqirtirdi:
~Chaqirtirgan ekansiz...
~Ha o'tir.

Janob Xan

~Xullas 3 kundan so'ng nikoh marosimi tayyorgarligingni ko'r mana bu uzukni taqib ol

#Uzuk o'zila tassavur qivolasla

~Nima? Yana qanday nikoh marosimi nega men bu uzukni taqishim kerak? Tushunmayman yoki bu navbatgadi jirkanch rejalaringizdan birimi?

~Ortiqcha savol berma. Yoki sevgiling jahannamga ravona bo'lishini istaysanmi. Istamaysana? Aytganimni qil. Aqilli qiz bo'l uqdingmi?

~ Siz ham bir narsani bilib qo'ying agar uning boshidan bir tola soch to'kilsa, qasam ichaman. O'limingizga rozi bo'ladigan darajada azob chekasiz janob Xan.

Pov avtor:

Yujin uzukni olib xonadan chiqib ketdi. Janob Xan Yujinni nimaga shama qilganini tushinmadiyu, lekin uning qo'lidan har qanday telbalik kelishini yaxshi bilardi.

Pov Yujin:
~O'zi kimga turmushga chiqyapman. Uni ko'rmaganman ham. Mayli Janob Xan o'yin o'ynagingiz kelgan bo'lsa o'yin o'ynaymiz.

Nikoh marosimi kuni....

Bugun hamma xursand faqat mengina bu nikohdan mamnun emasman. Haroratim ko'tarila boshlaganini sezdim. Biroz o'tib kuchli og'riq meni qiynay boshladi. Marosim tugadi. Otam meni o'ziga tortib quchdi va qulog'imga pichirladi:
~Agar tomosha ko'rsatgudek bo'lsang oqibati senga ma'lum. Men otamni yanada yaqinroq tortdim va uning qulog'iga pichirladim:
~Havotir olmang. Lekin bilib qo'ying! Siz boshlagan o'yinga nuqtani men qo'yaman otajon...

Pov avtor:
Janob Xan qo'rqib ketdi. Yujinning tabassumi undanda daxshayli edi. Tan olish kerak uni qo'rqita oladigan yagona odam bu Yujin.
Jungkook va Yujin uyga kelishdi.
~Sen shu yerda o'tirib tur. Men hozir kelaman(Jungkook
~Yaxshi

Pov Yujin:
Jungkook chiqib ketdi. Birdan qo'limdagi qonga ko'zim tushdi.
~Yo Hudoyim nima bu? Yaralarim ular ochilib ketgan shekilli. Shu turgancha 10 daqiqa o'tdi. Ko'z o'ngim bir zumda qorong'ulashib yerga yiqildim. Og'riq zo'rayib, qaltiray boshladim. Ko'zlarim yumildi.

Tasavvur qililar o'sha ko'ylak(qidirib qidirib shuni topdim)

Shu payt Jungkook xonaga kirdi. Yujinning axvolini ko'rib o'zini yo'qotib qo'ydi. Zudlik b/n Yujinni kravatga yotqizdi va Yujinning kiyimini yechdi. Dorilar solingan qutini olib keldi. Bint qaychi va boshqa kerakli dorilarni olib keldi . Yaralarni vodorod pereoksid yordamida tozaladi. Keyin malham surdi va bint b/n yaralarni bog'ladi. Yaralarni bog'lab bo'lgach, unga og'riq qoldiruvchi dori yubordi.
~Yo Hudoyim unga hech narsa ish qilmasin. Iltimosss...

Oradan 2 soat o'tdi.....

Jungkook azbaroyi charchaganidan uhlab qolgandi

Pov Yujin:
~Ko'zlarimni ochganimda ahvolim yaxshi edi. Ustimda binafsha rang futbolka. Nima?
Kim meni yechintirdi? Bu nimasi?
Kravatga boshini qo'ygancha uxlab qolgan Jungkookga ko'zim tushdi. Yuzi Va qo'llarida qon qoldiqlari. Demak meni..
Birdan u uyg'ondi vahima b/n peshonamga qo'lini qo'ydi
~Istmang ancha tushibti. Ahvoling ancha yaxshi dori yaxshi tasir qilgan ko'rinadi. Biroz muddat o'rningdan tura olmaysan endi. U gapini tugatmasdan savol verdim:
~Qanday Dori?
~Og'riq qoldiruvchi
~Nima sen doktormisan?
~Yo'q
~Unda kim meni...
~Men yaralaringni tozalab ularga malham surdim va bog'lab qo'ydim.
Hayron bo'lma! Onam shifokor. Men bularni onamdan o'rganganman.
~Tushunarli
~Suv ichib ol
~Rahmat
~O'zing aytasanmi yoki o'zim tahmin qilaymi?
~Nimaga shama qilyapsan? Tushunmadim?
~ Tanangdagi jarohatlarni aytyapman.
~Shunchaki jarohat e'tobor qilma. Lekin nega ko'ylagimni yechding?
~Nima o'lishingga jimgina qarab turishim kerakmidi? Ustiga ustak bu oddiy jarohatlar emas. O'qdan qolgan jarohatlar. Qanday ishlarga aralashib qolgansan bilmaymanu lekin begona bo'lganingda ham shunday qilgan bo'lardim.
Keyin sen meni qonuniy xotinimsan.

Men kiyimlarimni almashtiraman sen esa uhla. Menimcha gapirish niyating yo'q !

Jungkook kiyimlarini almashtirib kravat qarshisidagi divanga yotdi

~Nima shu yerda yotmoqchimisan ?
~Ha
~Lekin
Jungkook kravat yomon yura boshladi va Yujinga yaqin keldi. Deyarli masofa qolmagandi
~Nima qilmoqchisan?(Yujin

~Hoy
Jungkook kulib yubordi
~Qo'rqma men shunchaki yostig'imni olmoqchiman

U yostig'ini olgach joyiga yotdi va ko'zlarini yumdi

~Uxla
Aslo o'rningdan turma....)

Keyinchalik uni yana o'zimdan uzoqlashtirdim.

Men kun bo'yi eshikni ustimdan berkitib xonada o'tirardim.

Men qochayotgandim...
Nimadan?... Albatta uni savollariga javob bera olmay qochayotgandim...

Men hotirjam ko'rinsamda, unga qilayotgan adolatsizligimdan hijolatda edim. Lekin nima qilay qo'limdan hech narsa kelmaydi.

Pov avtor:

Eshikning bir tarafida Yujin boshqa tarafda Jungkook bir birlarini tushuna olmay azob chekishardi.
Jungkook ishdan keldi va so'radi:
~ U hali ham xonasidami?
~Ha janob ( Hizmatchi
~Tushunarli
~Buni menga bering
dedi hizmatchining qo'lidagilarni olib tepa qavatga ko'tarildi va eshikni taqillatdi..
~Yujin eshikni och...
~Ket hech kimni ko'rishni istamayman..)
~Qaysarlik qilma necha kundan beri tuz totmading axir. Jungkook so'zlarida davom etdi:
~Unaqada kasal bo'lib qolasan ochaqol eshikni
~.......
Jungkook eshik tagidan ketmadi.
~Shunchaki taslim bo'lmayman. Ochmaguningcha shu yerdan hech qayerga jilmayman Han Yujin
~Unda o'tiraver qarshiligim yo'q

Pov Yujin:
Uni hazllashyapti deb o'yladim. Lekin u rostan ham ertalabgacha eshik tagida o'tirib chiqibti.
Men ham bo'sh kelmadim. Ochmadim.

Biz bir birimizdan battar qaysar chiqdik.

Baribir u meni ovqat yeyishga ko'ndirdi.

Ochligimdan sillam qurib o'zimni yo'qotdim

Ko'zimni ochganimda u yonimda edi

~Ahvoling yaxshimi ?

~Qanday kirdi....ng

~Eshikni buzishga to'g'ri keldi. Mayli buni qo'yib tur. Ovqatlanasan endi. Qarshilik qilsang o'zim majburlayman

~Qani og'zingni och..
Bo'laqol
Men og'zimni bazur ochdim.. Hato shunga ham zo'rg'a kuch topa yotgandim
~Yaxshi ana shunday....
Barakalla. Yana ozgina... yaxshi
O'zingni qanday his qilyapsan?
~Yaxshiman
~Jarohating. Ular ancha yaxshimi?
~Men yaxshiman dedim ket...
~Men buni o'z ko'zim b/n ko'rishim kerak.
~Nima..
U ustimdagi futbolkani ko'tardi va menga tikildi
~Ular ancha bitibti.
Ana endi biroz dam ol.
Men birozdan so'ng yana kelaman
Eshikni yopib olishni hayolingga ham keltirma. Qamalib olsang ham ocha olaman.

Men uni qancha o'zimdan itarmay u menga shuncha yaqin kelardi.

#thyujin:
Pov Yujin:
~Shu tariqa kunlar o'tar va biz katta uyning ikki burchagida qalin devorlar orasida bir birimizdan million chaqirim uzoqlikda edik. Bu masofalar....

●●●●●●●

U mendan havotir olar hol ahvol so'raydi. Nonushta, kech ovqat olib keladi. Albatta chiqmaganim uchun xonamda qoldiradi. Yemasligimni bilsada to'xtamaydi...

O'zi u nimani xohlaydi va nega birdan menga uylandi. Qiziq.. ba'zida unga ishongim keladi ammo....
Ichimdagi kuch yo'l qo"ymaydi.
U men uchun hamma narsa qildi. Qo'lidan kelgan barchasini. Ammo meni tushina olmasdi. Qanday tushinsin axir men uning savollaridan bittasiga bo'lsada javob bermayotgan bo'lsam...

U yomon bo'lsamda uni qalbini og'ritsamda, kulib turadi. U uyatchang yigit. Ammo unga qilganlarimni eslasam o'zimdan nafratlanib ketaman.

Biz 7 oy shunday hayot kechirdek...
Bu son juda ko'p ammo biz bir uyda bir birini tanimaydigan ikki begonalar edik va bu bir tarafdan ishonib bo'lmaydigan haqiqat bir tarafdan juda g'alati. Eng qiziqarlisi u menga 7 oy qanday chidadi.

Lekin uning men uchun qayg'urishi men xursand bo'lishim uchun astoydil harakat qilishi, ochig'ini aytaman unga nisbatan ichimda iliqlik paydo qildi.
Hali ham esimda o'sha kun...
Men o'sha kun qochib ketdim orqa derazan oshib katta ko'chaga chiqdim. Ancha vaqt sayr qildim. Doim boradigan joyimga bordim. O'tiraverib vaqt allamahal bo'lganini payqamabman. Bu yerdan hech ketgim kelmas, lekin otamning gaplari esimga tushib, ortga qaytishga qaror qildim

#thyujin:
Pov avtor:

Jungkook uyni ko'zdan kechirarkan Yujin uyda yo'q
~Jin ursin! U qayerga ketgan bo'lishi mumkin. Axir vaqt allamahal bo'ldi.

Jungkook kostyumini kiyib uydan chiqdi. Tezda mashinaga o'tirib Yujinni izladi. U ko'p joylarga bordi.

Ammo Yujinni topa olmagach uyga qaytdi.

~Qachon kelding...
~.....

Nima? dedi Yujin hayrat b/n Jungkook ga qarab.
~Seni qanchadan beri qidirayotganimni bilasanmi? Senga nimadir korhol bo'ldimi deb qo'rqib ketdim. Qanchadan qancha joylarga borib keldim. Hatto kasalxonaga ham bordim. Balki uyga qaytgandirsan deb uyga keldim. Mana 30 daqiqa o'tib bir ahvolda kirib kelyapsan. Bu nimasi axir? Nega bunchalar xudbinlik qilyapsan? Axir 5 oydan oshdi. Biz esa haligacha begonalardek, bir uyning ikki burchagida yashayapmiz

~Me.n.. nnnn

~Ochig'i sendan buni kutmagandim. Loqal telefon orqali meni ogohlantirmading?
Tushin. Men ham seni bu uyda mahbusdek olib o'tirishni istamayman. Men seni tushinishga harakat qilyapman, ko'ngling og'ritmaslikka, seni ranjitmaslikka lekin hammasi besamarga o'xshaydi....

Xayrli tun Yujin!

U tushkun ortiga ogirildi va zinalarda tepaga chiqib xonasi tomon harakatlandi. Men ham tepaga o'zimning xonamga chiqdim.

~Yo Hudoyim

Tug'ilgan kunim ekanligi esimda ham yo'q

#thyujin:
Men yig'lab yuboray deyotgandim. Birinchi marta kimdir men uchun harakat qilibdi. Qasos alangasi shunchalik meni egallab olgan ekanki, xatto tug'ilgan kunim ham esimda yo'q. Nafaqat tug'ilgan kun. Uyqu ovqat dam olish baxt sevgi men hamma yaxshi narsalarni unitib qo'yganman.

Sekin xonamdan chiqdim va Jungkook ning xonasi tomon harakatlandim. Eshikni sekin ochdim. U uhlayotgandi.

#thyujin:
Jungkook

Men uning kravatiga o'tirdim.
~Meni kechir...
Nima deyishimni bilmasdim..
~Hammasi uchun kechir. Ochig'i men buni istamagandim. Ya'ni seni qiynashni. Tushinishga uringaning va harakat qilganing uchun rahmat. Seni o'rningda boshqasi bo'lsa balki chiday olmasdi. Tez orada hammasini bilib olasan. Aytmoqchimanki, men haqimda...
Aytgancha! Sovg'alar uchun rahmat!
Ochig'i tug'ilganim kunim ekanligi yodimda yo'q edi...

#thyujin:
Yujin

Pov avtor:
Xonaga qadam tovushlari eshitilganini bilgan Jungkook tezda ko'zlarini yumib oldi. U Yujinning barcha gaplari eshitdi va ich ichidan quvondi. Shu payt u ayyorlik qilib birdan uning qo'lidan ushladi va o'ziga tortdi. O'zini uyqisirayotgandek ko'rsatib uni quchib oldi.

~Hoy bu nima qilganing?

Pov Yujin:

Meni uni quchog'idan chiqib keta olmadim. Keyin u tarafga o'girildim. Uning nafasi xuddi mayin shamolga o'xshaydi. Uning nafasi yuzimga uriladi. Mening ko'zlarim yumila boshladi va men uhlab qoldim

Erta uyg'ondim. Soat 4 lar chamasi. Qarasam qo'llarim Jungkookning bo'ynida. Yo Hudoyim nahotki men..
Qimirlay olmasdim u meni battar quchib oldi...

Uning boshi bo'ynimda edi. Issiq nafasi esa bo'ynimga uriladi. Men o'zimni boshqara olmayotgandim go'yo..
Yo Hudoyim nahotki men uni sevib qol....
Yo'q bo'lishi mumkin emas. Lekin u meni quchganda qarshillik qilmadim. Charchadim qachon tugaydi o'zi bu..

Oradan bir necha kun o'tdi......)

Men yana hammasini unitgandim garchi u b/n munosabatlarimiz iliq bo'lsada, tanamni qasos o'ti yondirardi...
Nima qilishimni bilmay qolgandim

Va men qaror qildim

Hammasini unga aytaman....
Keyin orani ochiq qilaman....
Ajrashamiz va buning hammasi tugaydi...

Men Jungkook ga qo'ng'iroq qildim va uyga ertaroq kelishini aytdim. U esa rozi bo'ldi. Men hayajonlanyotgandim. Buning oxiri qanday tugashi menga qiziq edi.

Nimadan boshlayman? Nima deyman? Qay biridan boshlasam ekan....
Men juda asabiylashayotgandim

#thyujin:
~Yujin

Shu payt pastdan Jungkook ning ovozi eshitildi.

~Yujin qayerdasan?

#thyujin:
~Bu senga.
U qo'lidagi gulni unga uzatdi.

~Xo'sh nimani gaplashmoqchisan men b/n?

~Men hozir....

Ep-1 tugadi etiboringiz uchun tashakkur...)