Lost star or Kitchen jokes
Taehyung Jinshoning oldida yutqazganini tan olgan bo‘lsa ham, ichida allaqachon reja tuzib bo‘lgandi. "Meni xizmatkor qilmoqchimisan? Bo‘pti, olifta, lekin meni osonlikcha mag'lub etolmaysan va bo'ysundirolmaysan!"
Jinsho esnadi va telefoniga qaradi. "Soat 20:30"... u derazadan tashqariga razm soldi, yo'lak hamon betartib hali hanuz tozalanmagandi. U biroz asabiylashidi
O‘rnidan turib, oshxonaga yo‘l oldi. Oshxonaga kirishi bilan hayratdan to‘xtab qoldi.
Taehyung stol yonida turgancha, unga qarab shirin jilmayib turardi.
~ Xayrli tong, xonim! Nonushta tayyor!
Stol ustida yangi damlangan qahva, va yangi uzilgan sabzavotlardan tayyorlangan salat turardi.
~ Bu... rostan sizmisiz Janob Taehyung? — hayron bo‘lib so‘radi Jinsho.
~ Albatta! Axir men sening xizmatkoringman, shunday emasmi?
Jinsho shubha bilan unga qaradi. "Bu yigit juda oson taslim bo‘lyapti... nimadir bo‘lishi aniq!"
Ammo qorni juda och edi, shuning uchun shubhalarni chetga surib, qahvadan bir ho'plam ichdi.. va birdan qattiq yo‘talib yubordi.
Taehyung jiddiy qiyofada unga qaradi:
~Achchiq qalampirli latte. Maxsus senga tayyorladim.
Jinsho jahli chiqib, unga tikildi.
~ Aytmoqchi edim... Men juda yomon oshpazman, shuning uchun ba’zan ovqatimda "kutilmagan" ta’mlar hosil bo‘lishi mumkin...
~Demak, siz meni aldab, ustimdan ochiqchasiga kulyapsiz shundaymi?
~ Yo‘q, yo‘q! Men faqat xizmat qilishga harakat qilyapman, Jinsho.
~ Xo‘p, unda kechki ovqatni olib keling!
Lekin Jinsho ichida o‘yladi: "Men ham sizni quruq qoldirmayman, Taehyung!"
Jinsho Taehyungning hiylasini kechirishni o‘ylab ham o‘tirmadi. "Sen meni achchiq latte bilan mehmon qilganmiding? endi navbat meniki!"****— deb o‘ziga va’da berdi
U hali hamon stol ustida ko'rinmayotgan kechki ovqatga ishora qilib dedi:
~Nima men ochdan o'ldirmoqchimisz Janob Taehyung?
Taehyung esa:
~Yo'q! Shunchaki men ishda edim va ovqatga biroz ulgurmadim: — tashqaridan baralla baqirib. Biroz o'tgach, oshxonaga kirib, qo‘llarini ishqaladi.
— Xo‘sh, bugun men senga ajoyib kechki ovqat tayyorlab beraman!
— Zo‘r! Sen ovqat qilguncha men biroz dam olaman, — dedi Jinsho tabassum bilan.
— Jinsho! Ovqat tayyor! — dedi Taehyung mag‘rur ohangda.
Jinsho stolga o‘tirdi va ovqatiga qaradi. Bu oddiy tovuq sho‘rva edi.
— Yaxshi ko‘rinadi, — dedi u. Ammo bu Taehyung tayyorlagan ovqat ekanini inobatga olsak… nimadir noto‘g‘ri ketishi aniq. Ya'ni meni fikrimcha falokat yuz beradi!
U shubhalanib, qoshiqni olib, sho‘rvadan bir qoshiq ichdi…
U birdan sakrab turdi va suvga yugurdi. Sho‘rva haddan tashqari sho‘r edi!
Taehyung esa xotirjam ohangda:
— E, kechirasan, tuzni sal ko‘proq qo‘yib yuborgan bo‘lsam kerak. Axir men yomon oshpazman-ku…
Jinsho unga tikildi. "Bu urush endi tugamaydi."
— Mayli, hechqisi yo‘q, — dedi u jilmayib. — Siz ham ovqatlaning, axir kechki ovqat siz uchun ham tayyorlanmaganmi?
— Yo‘q, men ovqatni faqat senga tayyorladim.
— Demak, endi sizning navbatingiz!
— Sin menga xizmat qilishingiz kerak, shundaymi? Unda, bugun OVQATNI MEN TAYYORLAYMAN!
Taehyung birdan hushyor tortdi.
— Yo‘q, yo‘q, kerak emas, Jinsho. Sen ovqat qilishni bilasanmi o‘zi?
— Albatta! Bugun men ovqat tayyorlab beraman sizga!
Jinsho oshxonada nima qilayotganini hech kim tushunmadi. Idishlar taqillab, har xil hiddar chiqib, Taehyungning yuragini siqib yubordi.
— Tayyor! — dedi Jinsho nihoyat.
U stolga chiroyli bezatilgan idish qo‘ydi.
— Bu… bu nima? — dedi Taehyung shubha bilan.
— Maxsus taomim! Butun yurakdan senga tayyorladim!
— O‘zi ichida: "Bu qasos ekanini bilib turibman…"
Taehyung chuqur nafas olib, qoshiq bilan taomni tatib ko‘rdi…
VA BIRDAN YALT ETIB TURIB OLDI.
— Tan olishim kerak, ajoyib chiqibti?!
— O, tashakkur Janob Taehyung!
Soat 23:04...
Kimdir tinmay uyoqdan buyoqqa chopadi. Oradan 5 daqiqa o'tadi. Yana eshik ochiladi. Kimdir yuguradi. Yana eshik...
Jinsho qo'li b/n og'zini berkitgancha piqqilab kuladi.
~Meninmcha, kechki ovqat o'z natijasini ko'rsatmoqda...
Jinsho qiziqib derazadan mo'raladi. Bu yuzlari bujrayib qornini ushlagancha xonasi va hojatxona o'rtasida serqatnov edi.
~Bechora! kuldi Jinsho.
Ammo buni kuzatish o'zgacha zavqli edi. Axir u qasos oldi. Lekin Taehyung sezib qolmasligi uchun tezda joyiga yotdi. Lekin u uhlolmayotgandi. Miyyasidagi 1000 lab savollarga javob izlardi
Lekin u bu savollarni bir chetga surdi.
Birdan hayolidan Taehyung o'tdi:
~"Nega u o'zi men b/n hazllashaveradi? Bu g'irt bemanilik-ku, Ya'na menga behurmatlik qiladi? Lekin men bekor bu ishni qildimmikan-a? E, yo'q Jinsho to'g'ri qilding! Axir uning o'zi o'yinni boshladi. Battar bo'lsin! Ahmoq....
Jinsho uyqudan turib, tashqariga chiqdi. Erta tong tashqaridagi arg'imchoqda holsiz o'tirgan Taehyungga ko'zi tushdi. Ko'zlarining tagi ko'kargan, rangi o'chib ketgan, bir axvolda, chamasi u bir kechada ozib ketgandek, go'yo...
Jinsho kulib yubormaslik uchun harakat qilardi.
Jinsho oxshonaga kirdi.
Shu payt Taehyung ham uning ortidan oshxona tomon yo'l oldi. Xuddi u Jinshoni oxshonaga kirishini kutib turgandek.
Taehyung jimgina oshxona burchagidagi stulga sekin o'tirdi va norozi gap boshladi:
~Tan olish kerak, ustasi farang ekansan!
~Nimani aytyapsiz?
O'zini jinnilikka soldi Jinsho.
~Gapni olib qochma! Ovqatga nima qo'shganding? Qani tezda ayt!
Jinsho ortiq chidab turolmadi. Kulib yubordi . U uzoq kuldi. Kulguning zo'ridan qornini ushlab stolga o'tirib qoldi.
~Ich soradigan dori Janob Taehyung......
Jinsho tinmay kulardi va davom ettirdi:
~Sizni yuzingiz dedi u mazahlab~dahshat, hojatxonaga qatganinggizni eslasam dediyu kulaverdi
~Xali shoshmay tur! —dedi pichirlab Taehyung
~Xozir nima dedingiz dedi Jinsho kulgudan to'xtab...
Jinsho Taehyungga tahdidomuz qarab turardi.
— Demak, yana onangizga shikoyat qilishimni istaysizmi?
Taehyung qo‘llarini ko‘tarib, xuddi taslim bo‘lgandek ko‘rsatdi.
— Yo‘q, yo‘q, Jinsho! Bunday qilma!
— Unda qoidalarni o‘zgartiramiz. Endi kimdir eng so‘nggi hazilni qila olmasa, u mag‘lub bo‘ladi.
Taehyung uni diqqat bilan kuzatdi.
— Va mag‘lub bo‘lgan odam nima qiladi?
— G‘olib nima xohlasa, shuni bajaradi!
Taehyung biroz o‘ylanib qoldi. "Men hazil qilish bo‘yicha Jinshodan yutqazmayman. Lekin u bilan urushayotganim sari unga ko‘proq bog‘lanib qolayotganimni his qilyapman…"
— Bo‘pti, Jinsho. Men tayyorman.
U orqasiga o‘girilib, xona tomon yurdi. Taehyung esa ichida g‘alati his-tuyg‘ularni sezdi. "Shu qiz bilan tortishish o‘ziga yarasha qiziq bo‘lib qoldi-ku…"
Ammo u shuni aniq bilar edi — bu jangni kim yutishidan qat’i nazar, u Jinshoni osongina yutqazib qo‘yishni istamayotgandi…
Taehyung va Jinsho o‘z xonalariga ketishgan bo‘lsa ham, ikkisi ham o‘ylab yotardi. Kim eng so‘nggi hazilni qiladi va bu urushda kim g‘olib bo‘ladi?
Jinsho barvaqt turib, oshxonaga bordi. Taehyung allaqachon u yerda edi va juda ehtiyotkorlik bilan biror narsa pishirayotgandi.
— Oho, bugun yana oshpazchilik qilyapsanmi? — dedi Jinsho unga yaqinlashib.
— Ha, lekin bu safar hech qanday tuzoq yo‘q.
Jinsho shubha bilan Taehyungga tikildi.
— Ishonmayman. Kecha menga mazzali taom o‘rniga sho'r tovuq sho'rva ichirganingiz esingizdami?
Taehyung jilmayib yelka qisdi.
— Bu hazil edi. Lekin bugun hech qanday hiyla yo‘q. Xohlasang, sen ham pishirishing mumkin.
Jinsho bu taklifni eshitib, ko‘zlari chaqnab ketdi.
— Zo‘r! Bugun men ham taom tayyorlayman. Kim yaxshiroq pishirsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi!
— Shartmi? — dedi Taehyung kulib.
— Ha, va yutqazgan odam g‘olibning xohlagan narsasini qiladi!
Taehyung juda chiroyli ko‘rinadigan koreys taomi — bibimbap tayyorladi. U buni mukammal qilib chiqarganidan ishonchi komil edi.
Ammo Jinsho… u shirinlik tayyorlagandi! Chiroyli bezatilgan, vanilli va shokoladli tort!
Ikkisi ham bir-birining taomini tatib ko‘rishdi.
— Ha, ta’mi yomon emas, — dedi Jinsho Taehyungning bibimbapidan bir qoshiq olib.
— Tort ham juda mazali ekan, — dedi Taehyung, shirinlikdan tatib ko‘rib.
Lekin bu degani kimdir g‘olib bo‘lishi kerak edi.
Shu payt Kimlar oilasining onasi kutilmaganda oshxonaga kirib qoldi.
— Voy, bolalar! Nima qilyapsizlar?
Jinsho va Taehyung bir-biriga qarab oldi va birdan jilmayishdi.
— Onajon, siz hakam bo‘lasiz! Kim yaxshiroq pishirganini hal qilib bering!
Onasi ikkalasining taomini tatib ko‘rib, ko‘zlarini yumdi.
— Hmm… juda qiyin tanlov… Lekin menimcha…
Jinsho va Taehyung taqdiriy javobni kutib qotib qolishdi.
— Nima?! — deb bir ovozda hayqirdi Jinsho va Taehyung.
— Ikkalangiz ham juda yaxshi pishirgansiz! Shuning uchun hech kim yutqazmadi!
Jinsho hafsalasi pir bo‘lib, qo‘llarini ko‘tarib yubordi.
— Demak, yana g‘olib aniq emas!
— Demak, bu urush davom etadi!
Ammo ich-ichida ikkisi ham endi bu urushga jiddiy qarashmay qo‘yayotganini his qilayotgandi…
Jinsho ertalab hech qanday bahs qilmay, tinchgina harakat qilayotgan edi. Taehyung hayron bo‘lib, unga tikildi.
— Betob bo'ldingmi Jinsho? Bugun nega hech qanday hiyla yo‘q?
Jinsho jilmaydi, lekin bu avvalgidek sho‘x tabassum emas edi.
— Charchadim. Endi bahslashish yoqmayapti.
Taehyung bunday g‘alati xatti-harakatdan shubhalana boshladi, lekin unga bosim o‘tkazishni istamadi.
Kun davomida Jinsho uyda ko‘rinmadi. U qayergadir yo‘qolgandi. Taehyung bunga katta e’tibor bermadi, chunki u Jinshoning shunchaki qishloq bo‘ylab sayr qilgani yoki do‘konga chiqqanini o‘yladi.
Taehyung divanda yotib, televizorni yoqdi. Bir kanal yangiliklarini berayotgan edi.
— Mashhur aktrisa va yakkaxon xonanda Xan Jinsho bedarak yo‘qoldi!
Taehyungning yuragi shuv etib ketdi.
Ekranda Jinshoning suratlari va qidiruv e’lonlari paydo bo‘ldi.
— Xonandaning menejeri aytishicha, u bir necha kunlar oldin g‘oyib bo‘lgan va politsiya uni izlamoqda.
Taehyungning qo‘llari titray boshladi. "Jinsho… mendan yashirinayotgan bo‘lsa kerak! U shunchaki jurnalist emas. Va bu yerga dam olish uchun kelmagan. Lekin nega qochadi shu.day mashhur odam. Qiziq!"
U tezda telefonini oldi va Jinshoga qo‘ng‘iroq qildi.
Ammo hech qanday javob bo‘lmadi.
Taehyung Jinshoning sirini bilib qolgan bo‘lsa ham, o‘zini hech narsadan xabarsiz qilib ko‘rsatdi. "Agar unga bilganimni aytsam, u yana qochib ketishi mumkin. Lekin nega u mashhurlikdan qochgan? Nima uchun bu yerda yashirinmoqda?" — deb o‘ylardi u.
Jinsho esa haqiqatdan ham juda charchagandi. U na Kimlar uyiga qaytdi, na biror kim bilan bog‘landi. Taehyung uni topish uchun qishloq bo‘ylab izlay boshladi.
Kech bo‘lishiga qaramay, u hammayoqni qidirib chiqdi. Miyyasiga kelgan hayoldan biroz sokin tortdi. Lekin zum o'tmay, ranggi oqarib, yugurdi. U qishloq chetidagi kichik ko‘l bo‘yiga yo‘l oldi. Va u yerda Jinshoni ko‘rdi.
Jinsho suvga tikilib, chuqur o‘yga cho‘mgancha o‘tirardi.
— Sen shu yerdamiding? — dedi Taehyung unga yaqinlashib.
Jinsho unga bir qaradi-yu, so‘ng yana suvga tikildi.
~Havotir oldim. Senga nimadir bo'ldimi deb
Jinsho birdan kulib yubordi:
~Hoy! Biz bu daraja yaqin emasmiz!
— Ba’zan hamma narsadan uzoqlashging keladi...
Taehyung uning yoniga o‘tirdi.
— Nega aytmay ketib qolding? — so‘radi u ohangini iloji boricha beparvo qilib.
~Men buni nazarda tutmadim— dedi jiddiy ohangda va qo'shib qo'ydi:
~Shahardan bu yerga nega qochib kelding
Jinsho bir lahzaga sukut saqladi, keyin kulib qo‘ydi.
— Shunchaki qiziq. Balki senga bu yerda qolishga sabab topishimga yordam berarman?
— Meni hech kim qidirib topolmasin deb o‘ylagandim. Lekin ular hali ham meni topishga harakat qilishyapti…
Taehyung ichida: "Albatta, chunki sen mashhur odamsan." deb o‘yladi.
Ammo u buni yuziga chiqarmadi. Aksincha, jilmayib dedi:
— Agar shu yerda yashashni istasang, men senga yordam bera olaman. Hech kim seni topa olmaydigan joyda yashashni istaysanmi?
Jinsho unga hayrat bilan qaradi.
— Sen menga rostdan ham yordam berasanmi?
Taehyung chuqur nafas oldi va jilmaydi.
— Ha, lekin buning evaziga sen endi menga nega qochganingni aytib berasan. Kelishdekmi?!
Jinsho biroz o‘ylanib qoldi. Balki unga bir kishining ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi kerakdir? Balki Taehyung bilan qolish haqiqatdan ham yaxshi g‘oya bo‘lishi mumkin?
U mayin jilmaydi va boshini qimirlatdi.
~Ammo bu yerda emas! qat'iy rad etdi Taehyung
Jinsho unga biroz hayrat b/n qaradi.
Taehyung ini sovuqqotganini ilg'ab:
~Buni kiyib ol— deb o'z plashini unga uzatdi
~Ketdik uyga! O'sha yerda bafurja gaplashamiz. Menga aytib berasan.
U Jinshoni issiq choyshabga o'radi va unga issiq sutli shokolad tutqazdi
Jinsho esa o'ylanib Taehyung dedi:
~Ishqilib bu ham zaharli emasmi?
~Yo'q! Mutlaqo! —dedi jilmaygancha Taehyung
U Jinshonining qarshisida devorga suyangancha unga qarab turardi
U Jinshoni gapirishini kutayotgandi. Jinsho buni bittada angladi. Va gap boshladi: