Lost star or kitchen joks
Oxirgi vaqtlar u dam olmayotgandi. Uning huquqlari poymol qilindi. U shunchaki pul keltiruvchi vosita xolos. –Bilasanmi! dedi prodyuser:–Muxlislar yangilik Kutishmoqda! Yana yangi film uchun seni taklif qilishyapti. Buyog'iga dam olish so'zini unutishga to'g'ri keladi azizam! Jinsho g'azablandi: —Men shundoq ham dam olmayapman. Robotdek ishlayapman. Uning ustiga davolanishim kerak. Prodyusser uning gapini bo'lib qattiq qarshilik ko'rsatdi: —Chidaysan. Noshukrlik qilma. Bu so'z uni battar g'azablantirdi: —Hazillashyapsanmi? Bir yilda 218 ta konsert u ham kamlik qilgandek, kino siyomkalar. Ovozim o'zgarganini sezyapsanmi? Bu ketishda uzoqqa bormayman! Prodyusser uni jirkib tashladi. Jinsho tushundiki unga tushuntirib bo'lmaydi. Buning hammasi uning joniga tegdi va qochib ketishga qaror qildi. Balki shunda biroz o'ziga keladi. Kechki payt hechkimga aytmay studiadan chiqib ketdi. Telefonini o'chirib tashladim. Mashinaga o'tirgancha, boshi oqqan tomonga haydadi. Uni hatto ota–onasi ham tushunmasligi, u bularni o'ylab battar siqildi. U tuni bilan uhlamadi. Maqsadi, shunchaki bu jirkanch shahar Va undagi mansabparast insonlardan uzoqlashish edi. Buni o'ylashni o'zi dahshat. Soat tonggi 4 chamasi, mashinasi buzilib qoldi: —Jin ursin seni! Lan'ati! baqirdi u. Keyin yayov yura boshladi shu payt uzoqda qishloq ko'rindi. U o'sha tarafga yura boshladi.
~Qayerga kelib qoldim o'zi?
U sekin yurdi. Odamlar oddiy va bu yer g'alati. Balki shaharlik bo'lgani uchundir.
U tunab qolish uchun boshpana qidirdi Va bir elonga ko'zi tushdi.
# Diqqat e'lon
"Uy ijaraga beriladi"
U umid b/n e'londa yozilgan raqamga qaradi. Qo'ng'roq qilmoqchi bo'ldiyu, lekin telefonini o'chirib tashlagani yodiga tushdi. Yaxshiyamki, e'londagi uy shu yerning o'zida edi.
U eshikni taqillatdi. Bir necha soniya o'tib, eshik ochildi Va yigit unga hayrat b/n qaradi:
"Bu qizni qayerdadir ko'rganman..."
~Ha! — dedi Taehyung. ~ Nima xizmat?
~E'lon masalasida kelgandim!
Taehyung ko'zlarini qisib UNGA yaxshiroq qaradi:
~Moboda aktrisa emasmisan?
~ Yo'q.. yo'q dedi Jinsho shoshilib.~ Men shunchaki jurnalistman! Ha, ha Yangi maqola yozish uchun kelganman!
Taehyung unga shubhali qaradi:
~ Jurnalistmi? Yaxshi!...Kel unda onam b/n gaplashamiz.
Pov Jinsho:
Uydan ichkariga kirdim. Yengil nafas oldim. Jurnalistlik? Ajoyib bahona! Agar kimligingni bõlib qolgudek bo'lishsa, tamomsan Jinsho.
Men uning ortidan uyga kirdim. Uy shinam, iliq va juda oddiy edi. Oshxonadan bir ayol chiqib, mexmonni kuzatib jilmaydi:
~Xayrli Kun! Men Kim xonimman. Keling! Bu yerga o'tiring.
Men sekin stulga o'tirdim.
Pov avtor:
U sekin stulga o'tirdi. Yigit esa oshxona burchagida suyanib olgancha, qo'llarini ko'kragiga chalishtirib turardi. Uning nigohi shubha Va qiziqish bilan qizga boqardi.
~Sizga ijaraga uy kerak shundaymi? deb so'radi ayol
~ Ha. Iloji bo'lsa uzoqroq muddatga, men bu yerda uzoq muddat qolishim mumkin.
~Albatta, muommo yo'q! dedi Kim xonim quvonib. ~Gaqat shartlar bor: uyimiz toza bo'lishi kerak. Bizda kechasi shovqin qilish mumkin emas va.....
Taehyung subhatga aralashdi
~ Va men bilan til topishib keta olishing kerak. Chunki men sening eng yaqin qo'shning bo'laman.
Jinsho Taehyung ga bir qarab qo'ydi. Uning yuzi va tabassumi "juda g'alati" edi.
~Onamni yodidan ko'tarilgan ko'rinadi. Men Taehyung. Shu yerda yashayman. Va sen endi meni qo'shnimsan
Jinsho yengil jilmaydi, yangi qo'shnisining bezbet va biroz bezori ekanini darrov sezdi.
~Yaxshi! Tanishganimdan xursandman! dedi beparvo. ~O'ylaymanki, yaxshi chiqishib ketamiz.
Taehyung ayyorona tabassum qildi:
~Ha albatta, Lekin aytib qo'yay, men zerikarli odam bo'lib yashay olmayman.
Bu Jinshoni biroz hayratlantirdi Va u ichida o'yladi:
"Menimcha u biroz aqldan ozgan"
Jinsho bamaylixotir xonaga kirdi va narsalarni joylashga kirishdi.
Jinsho yangi uyiga ko‘chib o‘tgan kuniyoq Taehyungning hazillari boshlanib ketdi. U ko‘pincha o‘zini "yaxshi qo‘shni" sifatida ko‘rsatardi, lekin bu faqat uning kulgili bezoriliklarini yashirish uchun edi.
Jinsho charchab turgan edi. Kecha juda ko‘p narsalarni joyiga qo‘ygan, shuning uchun yaxshi uxlay olmadi. Choy tayyorlash uchun oshxonaga bordi. Lekin choynakni ko‘targanida…
Ichidan bir narsa chiqib ketdi! Qora narsa, mayda va harakatlanuvchi!
Jinsho choynakni qo‘yib yubordi va ortga sakradi.
Shu payt eshikdan kulgi eshitildi. Taehyung eshikka suyanib turardi.
— Oh, buni o'z ko'zlarim b/n ko‘rmoqchi edim! — dedi u kulib.
— Bu nima edi?! — Jinsho unga qarab baqirdi.
Taehyung kulishdan to‘xtadi va qo‘llarini ko‘tardi.
— Tinchlan, bu shunchaki o‘yinchoq!
Jinsho unga ishonchsizlik bilan qaradi va choynakni ochib ko‘rdi. Ha, haqiqatan ham plastikdan yasalgan hasharot edi.
U yaqinlashib, Taehyungning yelkasiga qarsillatib urdi.
— Ey, ey, men faqat yangi qo‘shnimni kutib olish uchun kichik hazil qildim!
Jinsho lablarini tishlab, qovoqlarini soldi. Bu yigit bilan yashash unchalik ham oson bo'lmaydi, shekilli...
Jinsho Taehyungning qilig‘idan keyin shunchaki jim tura olmasdi.
"Mayli, hazil o‘ynashni xohlaysanmi? Unda o‘ynaymiz!"
Oradan bir necha soat o'tdi...
Jinsho qo‘shnining uyiga yashirincha kirib, Taehyungning xonasiga ozgina “sovg‘a” tashlab qo‘ydi—tirik qurbaqa!
Shundan keyin Jinsho o‘z uyiga qaytib, kutib turdi. Oradan o‘n daqiqa ham o‘tmay…
Taehyungning baqirgan ovozi butun xonaga eshitildi. Jinsho esa kulgidan qorni og‘rib, derazadan tomosha qila boshladi.
Taehyung xonasidan sakrab chiqib kelar, ustidagi ko‘ylakni silkitib, barmoqlari bilan havoda nimadir ushlamoqchi bo‘lardi.
— Bu nima edi?! — deb baqirdi u.
Jinsho eshik oldiga chiqib, hechnarsadan habari yo'qdek Taehyungga qaradi.
— Nima bo‘ldi? Muammo bormi, Taehyung?
— Xonamda… Xonamda bir jirkanch qurbaqa bor edi!
Jinsho kulgisini yashirishga harakat qildi.
— E, bilasizmi, xalqimizda ajoyib bir ishonchli gap bor. Agar kimningdir xonasida qurbaqa paydo bo‘lsa, demak, unga omad kulib boqadi!
— Qanaqa omad?! Yuragim to‘xtab qolay dedi!
— Siz hazillarni yoqtirasiz, deb o‘ylagan edim.
Taehyung tishlarini g‘ijirlatib, unga yaqinlashdi.
— Demak, hazillashging kelib qoldi, unda tayyor tur!
Jinshoni bu gaplar zarracha tashvishlantirmadi. U hotirjam javob qildi:
~Menimcha, ruhiy nosog'lomga o'xshaysiz janob. Axir o'zingiz emasmi choynakka o'yinchoq tashlab meni o'takamni yorgan. Qolaversa men bu yerda ijarachiman. Sizning o'rtog'ingiz emas!
~Meni ochiqchasiga haqorat qilyapsanmi? Shunda...
Jinsho boyagi hotirjam qiyofasini buzmay javob qildi:
~Bo'yingiz baland aqlingiz kalta demoqchi edim. Keyin meni senlab gapirmang! Hurmat b/n muomala qiling janob!
Taehyung nimadir deya olmay qoldi. Qiz uni boplab sharmanda qildi. U oddiy gap b/n uning yuziga tarsaki tortgandek bo'ldi.
~"Hali ko'rasan, o'zing o'z oyoqlaring b/n ketasan. Shaharlik oyimcha" — dedi u ichida
Ertasi kuni Jinsho uyg‘onib, vannaxonaga kirdi va…
U o‘zini ko‘zguda ko‘rib, dahshatdan baqirib yubordi. Butun yuzi yashil rangga bo‘yalgan edi!
Taehyung eshik ortida kulgidan bukchayib qolgancha turardi.
Jinsho eshikni ochdi va unga yovqarash bilan tikildi.
— Bu sizning ishingiz, shundaymi?!
— Yo‘q, yo‘q, bu tabiatning mo‘’jizasi! Bilasanmi, tunda butun vujudingga o‘z-o‘zidan yashil rang yopishib qolishi mumkin…
Jinsho vannaxonaga qaytib, yuzini suv bilan yuvishga tushdi. Lekin bo‘yoq oson ketmas edi.
— Hoy, unchalik xavotir olma, — dedi Taehyung bemalol. — U atigi olti soatda yuvilib tushadi.
Taehyung shishadan kichkina butilka chiqardi.
— Bu maxsus eritma. Faqat men buni berishim uchun… yutqazganingni tan olishing kerak.
Jinsho unga qattiq tikilib turdi.
— Qanday yutqazish. Nima men sizga musobaqa o'ynaylik deganmidim? Men shunchaki qilmishingizga yarashasini o'zingizga qaytardim holos. Endi esa ko'zimga ko'rinmang!
— Xo‘p, unda kuning yaxshi o'tishini tilayman, yashil mehmon
Taehyung kulgancha uydan uzoqlashdi.
Jinsho esa oynaga qarab, olti soat yashil yuz b/n yurishga majburligini o'ylab asabiylashdi. Keyin javondan yuz tozalovchi ko'pik va gidroyog'ni oldi.
Bulardan foylangach, yuzi biroz yaxshi holga keldi. Ammo asl holiga emas.
Jinsho jahl bilan telefonini qo‘liga oldi va Taehyungning onasiga qo‘ng‘iroq qildi.
— Alo, xonim? Men Jinsho, sizning uyingizni ijaraga olganman.
— Ha, Jinsho! Hammasi joyidami? Uygina emas, o‘g‘lim ham yaxshi qarayaptimi? — dedi onasi xotirjam ohangda.
Jinsho chuqur nafas oldi va ta’kidlab gapirdi:
— To‘g‘risi, Taehyung menga hech ham tinchlik bermayapti! U bo‘yoqlar, qurbaqalar, hazillar bilan meni tinimsiz bezovta qilyapti. Men bu yerga dam olish va xotirjamlik izlab kelganman, sirk tomosha qilish uchun emas!
Telefonning narigi tomonida bir lahzalik sukunat bo‘ldi. So‘ng Taehyungning onasi jilmayib dedi:
— O‘ho, mening o‘g‘lim hali ham bolalarcha hazillarini tashlamagan shekilli!
— Siz buni hazil deb o‘ylayapsizmi?! — Jinsho jahli chiqib javob berdi.
— Mayli, qizim, men bu masalani hal qilaman. Tinchlan.
Jinsho telefonni qo‘ydi va qarsillatib stolga tashladi. “Ko‘ramiz, endi nima bo‘larkin.”
Oradan yarim soat o‘tib, Taehyung eshik oldida paydo bo‘ldi. Lekin bu safar uning yuzi biroz tushkun edi.
— Eshitdim, shikoyat qilibsan.
— Ha, to‘g‘ri qildim! Menga bunday ahmoqona hazillar yoqmaydi, Taehyung!
— Xo‘p, xo‘p, — dedi Taehyung kamtar ohangda. — Onam menga yomon gaplar aytdi…
— Yaxshi bo‘libdi! Ayb o'zingizda Endi…
— Lekin u menga jazoni o‘zing belgilashingni aytib qo‘ydi.
— Ha, — dedi Taehyung yelka qisib. — Menga qanday jazoni loyiq ko'rmoqchisan?
Jinsho kulib yubordi. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy berish mumkin emas edi!
— Jazo shunday bo‘ladi: Siz endi menga xizmat qilasiz! Har kuni ertalab menga nonushta tayyorlaysiz, hamma ishlarimda yordam berasiz… va eng muhimi, bir oy hazil qilishingiz taqiqlanadi!
— Hozirgina “istagan jazoni tanlaysan” demadingizmi Janob Taehyung?
Jinsho xursand bo‘lib, qo‘lini qovushtirdi.
— Ajoyib! Demak, ertadan boshlab, siz mening rasmiy yordamchim bo‘lasiz, janob Kim Taehyung!
Jinsho esa jilmaydi. “Yana kim kimni afsuslantirar ekan...”
Taehyung reja tuzdi. U osonlikcha taslim bo'lmoqchi emas edi. U erta tongdan o'z rejasini amalga oshorishga kirishdi