Please stay alive
Men biroz ovqatlangach, menga hayrat bilan tikilib turgan Jungkook ga qaradim.
~Bu yerga kel!– dedim oyog'im b/ n stulni surib.
U sekin o'tirdi.
~Hammasi joyidami? so'radi hayrat b/n:
~Yo'q! Yordaming kerak! Aslo qo'limdan kelmaydi deya ko'rma!
~Oldin ayt! Nima bo'ldi o'zi?
~Meni bu yerdan olib chiq!
~Aqldan ozdingmi? Bu mumkin emas. Shundoq ham qaysarlik qilganing uchun doktor meni ayblab, tana qildi.
~Meni sevasanmi?–dedim. U esa keskin menga qaradi.
~Men...n... haligi....
~Gapni cho'zma! Ha yoki Yo'q!
~Albatta, Ha!
~Unda olib chiq!
~Yujin nega tushunishni istamaysan? Ahvoling yaxshi emas!
~Chiq! Xonadan chiqib ket!
Jungkook nigohida qat'iyat va biroz g'azab uyg'ondi.
~Yaxshi faqat bir shartim bor!
~Yana qanday shart?
~Uyda muolajalarni qoldirmay davom etasan va ortiqcha harakat qilmaysan! Agar yo'q desang, o'zing bilasan. Bu yerdan baribir chiqib keta olmaysan! Shunday ekan tanlov sening qo'lingda!
~Kelishdik! Qachon bu yerdan ketaman?
~5 daqiqadan keyin!
Oradan 5 daqiqa o'tgach, xonaga doktor va Jungkook kirib keldi.
~Xonim! Hozir sizga javob beraman. Lekin muolajarni davom ettiring. Aks holda oqibatiga eringiz javobgar bo'ladi.
~Yaxshi! Lekin bir narsani eslatmoqchi edim. "Menga ketolmaysiz!" degandingiz endi o'zingiz jimgina meni kuetishimni tomosha qiling!
Yujinning yuzida dahshatli tabbasum chaqnadi.
~Mayli doktor! Omon bo'ling! u doktorning yelkasiga urib, masharatomuz jilmaygancha kasalxona eshiklari uzra izsiz yo'qoldi.
*
Mashinada ketisharkan, o'rtada sovuq sukunat hukm surmoqda edi.
Lekin bu sukunatni Yujin buzdi:
~Rahmat!
Qo'qqisdan aytilgan bu iliq gap Jungkook ni biroz hayajonga soldi:
~Nima uchun?
~Olib chiqqaning uchun!
~Bu arzimas ish!
~Menga ko'rsatib qo'yish uchun bu ishni qildingmi yoki....
Yujinning gapi bo'g'zida qoldi.
~Sevganim uchun!
Bu gapdan keyin
Yujin ham Jungkook ham biroz og'iz gap gapirishmadi.
Shu jimlik ichida uyga ham yetib kelishdi.
Pov Yujin!
Jungkook ning "SEVGANIM UCHUN QILDIM" degan gapi hamon miyyamda charx urmoqda edi. Demak hizmatchi ayol to'g'ri aytgan. U meni yaxshi taniydi. U menga ancha yaqin inson bo'lgan. Esla Yujin! Esla! Uning ismi, boshida menga juda tanish tuyulgandiya....
Bu orada uyga yetib keldik.
U mashina eshigini ochib, meni ko'tarib oldi.
Men esa qarshilik qilmadim.
U meni tepa qavatga olib chiqdi va kravatimga yotqizdi.
Yostiqlarni to'g'irlab, ustimga choyshab yopdi.
Eshikning oldiga yetkach, to'xtadi va menga yuzlandi:
~ Kechga hamshira keladi. Muolajalarni davom ettirishing kerak. Aytgancha, biror narsa kerak bo'lsa, meni chaqirarsan.
Men ko'zimni yumib, "ha" ishorasini qildim.
U esa sekin eshikni yopib bu yerdan g'oyib bo'ldi.
Ochig'i bir yerda yotaverish jonimga tegdi. Men ishga borishim kerak. Balki shunda biroz chalg'irman. Yujin qaytmasang bo'lmaydi. Unutma! Seni hozir bekorchi va o'tkinchi narsalar haqida o'ylashga haqqing yo'q!
Yujinning ahvoli ancha yaxshilandi. Jarohatlar ham bitgan. Tanasi Yan kuch-quvvatga to'lgandi. Buning hammasi Jungkook ning mehnati. U Yujinning injiqliklari-yu kestiq gaplariga chidab, uning yonidan chilmay, hammasini o'zi nazorat qilib, u uchun jon kuydirdi.
*
Kechki ovqat payti. Yujin gap boshladi.
~Bilasanmi?! Men juda zerikdim. Uyda o'tiraverish jonimga tegdi. Men univermac ga qaytmoqchiman. Ancha bo'ldi ishlamaganimga. Beka bo'lish men uchun emas. Qolaversa, biroz chalg'irdim. Nima deysan?
~Qarshi emasman. Yaxshi o'ylabsan. Qachon ishga chiqmoqchisan?
~Ertagayoq boraman!
~Shu ahvoldami? -dedi Jungkook.
~Ahvolimga nima qilibdi?
~Sen uchun xarid qilgani borishimiz kerak. Liboslar sotib olamiz. Keyin biroz imedjingni o'zgartirsak nima deysan?
~Buni aytyapsanmi!? Bunga qarshi emasman.
~Lekin, baribir ertagayoq univermac ga bormasam bo'lmaydi.
~Yaxshi! Ertaga birga boramiz. Hozir esa ovqatingni ye!
~Sen u yerda nima qilasan?
~Ahir men ham aksiyadorman!
~Nima? Qanday qilib Sen?
~ Mana qanday:Otang menga 30% aksiyalarni sotgan.
~Yujinning qo'llari musht bo'lib tuguldi.
U beixtiyor stolga bir musht tushurgancha baqirdi:
~Jin ursin! Lan'ati!
~Yujin ahvoling yaxshimi? Nega bunchalar darg'azabsan?
~Ishing bo'lmasin! U stolni turtgancha tashqariga shiddat bilan otildi.
Pov Yujin:
Bu gapdan keyin butunlay boshqaruvni yo'qotdim. Axir bu univermac ga qancha mehnatim singan! U yaramas esa yo'qligimdan foydalanib, hohlagan ishini qilyapti. Ertagayoq univermacga boraman. Hozircha zavqlanib turishsin yaramaslar!
Men o'zimni sira bosa olmasdim. Onamdan faqat shu univermac gina qolgan. Endi esa o'sha lan'ati iblis buni ham ko'z ostiga olibdi.
Mayli hozircha qilganlaringdan zavqlanib. Baxtli hayot mayini ichib, osmonda sarmast suzaver!...
Vaqti soati yetganida, o'zim seni yerning tubiga uloqtirib jahannam azobini Portishead majbur qilaman.
O'shanda men tomosha qilaman. Sen esa azob chekasan....
Pov avtor:
Jungkook zinalardan tushib kelayotgan Yujinga qarab og'zi ochilib.
Uning ko'zlarida ishonch va nafrat alangasi yonardi. Yuzida esa jiddiylik. U haqiqiy businessman lardek kiyinib olgandi.
~Nega bunday kiyinding?– so'radi Jungkook.
~Bugungi kun og'ir o'tadi. Ortiqcha bezak va rang baranglikning keragi yo'q nazarimda.
~Unday bo'lsa kettik!
*
Univermac ning katta eshiklari qarshisida to'xtagan mashina hammaning diqqatini tortdi. Uning ichidan tushgan juflik esa hatto, og'iz juftlashga ham imkon qoldirmagandek edi go'yo.
Ular univermac eshigidan ichkari kirisharkan, hamma ularga hayrat bilan qara, tinmay ta'zim qilishardi. Hammaning yuzida qo'rquv va havotir yaqqol sezilib turardi.
Yujinni ko'rgan kotiba yugurib uning oldiga keldi:
~Salom xonimim! Sizni ko'radigan kun ham bor ekan-ku! Janob sizni ham ko'rganimdan boshim ko'kka yetdi.
~Men ham –dedi Jungkook biroz jilmayib.
Shu payt unga qo'ng'iroq bo'ldi:
~Kechirasiz xonimlar! Meni avf-u etgaysiz! 5 daqiqada qaytaman.
Yujin kotibani o'ziga tortdi:
~Univermac dagi vaziyatdan gapir. Keyin hol ahvol so'rayverasan.
~Bilasizmi Xonim?! Otangiz o'z hispbidagi askiyalarni sotib yubordi. Ko'plab hodimlarni ishdan bo'shatib yubordi va o'rniga o'z vakillarini qo'ydi. Moliyaviy ahvolimiz tang! Univermac qulash arafasida! Qarzga botdik! Xonim biror nima qiling!– dedi kotiba g'amga botib.
~Nega shuncha payt menga habar qilmading? Jimgina qarab turaverdingmi? Seni Nega ishga olganman o'zi? Hammangiz ga'lcha va bir ishga yaramaydigan kalamushlarsiz!
Bu orada Jungkook ularning oldiga qaytdi.
~Nega hodimlar ko'rinmaydi? Ular qayerda?– darg'azab so'radi Yujin.
~Majlis bo'layotgandi.
~Qayerda?
~Sizning shaxsiy zalingizda?
~ ..... Tushunlarli. Yuring Men b/n.
Yujin shiddat bilan xona tomon o'qdek ketayotgandi.
Xonadagilarning ovozi o'chgandi. Hammaning diqqati kalidor bo'ylab eshitilayotgan qadam tovushlariga qaratilgandi. Eshik shiddat bilan ochilib Yujin kirib keldi. Birdan hamma o'rnidan qo'zg'aldi.
~Hosh! Hosh!.... –dedi Yujin ularga diqqat b/ n razm solarkan:~ Nega to'xtab qoldingiz? Davom eting! Hohlasangiz men davo m ettiray! Keling univermac ni butunlay qulatib yuborish rejasini tuzamiz. Bu oson amalga oshadi. Axir u allaqachon qulamoqda.
Ffffffffffuuuuuu–deb havodan pastga qulayotgan samalyotning haraktini qilib, barmoqlarini stolga taq etib stolga urdi.
~Kotiba Choy! Menga hisobotlarni olib keling! Xodimlar ro'yxatini ham! Keyin Janob Xanga qo'ng'iroq qilib, qizingiz butun univermacni oyog'ini osmondan qilib barcha hodimlaringizni bitta bitta bo'shatib yuboryapti deng. Bo'ling! Bo'ling! Tezroq! Tezroq qo'ng'iroq qiling!
Janob Jeon siz meni yonimga o'tiring!
Yujinning vajohati va haraktlari ularni soqovga aylantirib qo'ydi. Ular qo'rquvdan qaltirab bir birlariga qarab pichirlashardi.
Bu orada Janob Xan yetib keldi. U juda g'azablangandi.
Yujin esa qarsak chalib uni kutib oldi.
~Kimlarni ko'ryapman! Otajonim! Ota bu yerga keling! Sizni juda sog'ingandim.
Jungkook Yujinga biroz shubha bilan qaradi. Chunki bu gaplarda hech qanday samimiylik yo'q edi.
~Hammaga hozircha ruhsat! Soat 11 da majlis hamma yig'ilsin!
Hamma bir varakayiga tarqalib, xonada faqat Jungkook Yujin va Janob Xan qolishgandi.
Yujin Jungkook ga muloyim jilmayib:
~Azizim! Meni biroz tashqarida kutib tura olasanmi? Otam b/ n gaplashib olishimiz kerak! O'ylaymanki, mendan hafa emassan!
Yujin sekin Jungkook ning yuzidan o'pib tashqariga kuzatdi.
~Hammasi joyidami?
~Ha! Meni pastda kut!
Tashqarida o'ylanib turgan kotibaning qo'lidan hujjatlarni oldi:
~Sen esa pastdagi majlislarni zalini tayyorla !
Yujin xonaga qaytib kirdi. Eshiklarni mahkam yopdi va Janob Xaning oldidagi stulga cho'kdi.
~Yana qanday maynavozchilik bo'ldi bu?
~ Buni sizdan so'rash kerak! - dedi cho'ntagidagi segaitani tutarkan.
~Nimaga shama qilyapsan!
~Sizni ogohlantirish uchun chaqirtirdim!
~Ho'sh! — dedi Janob Xan Yujinning gaplarini pisanda qilmay.
~Qaytib sizni univermac da ko'rmay, allaqachon o'z aksiyalaringizni sotib bo'lgansiz. Bu yer meniki. Sizning ishchilaringiz, sizning qarorlaringiz, sizning ahmoqliklaringie va sizning davringiz tugadi. Bu yer meni hududim. Bu yerda qarorlarni men qabul qilaman! Bu yerda kim qolib, kim ketishini, kim kirib, kim chiqishini Men hal qilaman. Bu yerda nuqtani men qo'yaman. Hatto har bir ishchi men hohlamasam nafas ham olmaydi. Shuning uchun mening ishlarimga aralashmang!
~Isbot bormi? Bu yer seniki ekanligi haqida.
Yujin stol ustidagi hujjatlarni Janob Xan tomon uloqtirdi.
~Bularni o'qing!
5 soniya o'tgach, Janob Xanning yuzi keskin o'zgardi.
~Endi aytingchi, sizda isbot bormi? Hujjatlaringiz qalbaki, agar politsiyaga buni aytsam, "tamom bo'ldim" deyavering. U jilmaygancha yana segaritasini tutatdi
Chorasiz qolgan Janob Xan o'rnidan turdi.
~Yaxshi! Men hozircha ketaman! Lekin bir kun yana qaytib kelaman! Hali hammasi tugamadi
~ Ha! Ha to'g'ri gapirdingiz hali tugamadi. Chunki men hali tugatmadim.
~Nimaga shama qilyapsan!– dedi baqirib Janob Xan.
~Tshshhh! Asabiylashmang! Sizga mumkin emas.
U tugab borayotgan segaritasini Janob Xanining ko'kragi ustidagi kichik cho'ntagiga tiqib, sekin qulog'i ostiga kelib, pichirladi:
~Siz boshlagan o'yinga nuqtani men qo'yaman! Otajon!
U Janob Xanning ko'ksiga sekin urgancha xonani tark etdi.
*
Pov Yujin:
Xonadan chiqib o'zimni yengil his qildim. Pastga tushdim. Bu yerda kotiba Choy va Jungkook meni sabrsizlik bilan kutayotishgandi.
~Xonim hammasi yaxshimi!
~Yujin ahvoling yaxshimi? Negadir uzoq qolib ketding!
~Otam b/ n dildan suhbat qurdik! Kutturib qo'ygan bo'lsam uzr!
Uni otam deyishga hazar qilaman. Naqadar jirkanchlik.
Men 11 bo'lishini sabrsizlik bilan kutayotgandim.
Pov avtor:
Hamma majlis honasiga yig'ilgan. Barchaning ko'zi Yujinda! Hamma havotirda. Chunki bu yerdagilarning ishda qolishi yoki ketishi faqat birgina Yujinga bog'liq.
Zalda Yujin ko'rinishi b/n oraga chuqur sukunat cho'kdi.
~Hosh! –deb qo'g'ozlarni varaqladi.
~Bugun ishdan ketadiganlar ro'yxatini olib keling! Kotiba Choy!
~Mana!
~Rahmat!
Qani boshladik:
Hisobchi:
Janob Lee Sook
Bo'lim boshlig'i
Janob Je Woon
Marketing bo'limidan:
Lee Soobin xonim
Loyihalashtiruvchi:
Park Jin xonim
Kompaniya ya'ni univermac ning yuzi bo'lgan model:
Chon Jian xonim
Dikertor:
Janob Min don Wook
Sotuv bo'limi boshlig'i
Janob Kim Jin
Univermac dizayneri va brend ustida ishlovchi:
Janob Xan Woon
Qolgan mayda- chuydalarni kotiba Choyning o'zi e'lon qilib, ishdan oladi.
Ism sharifini e'lon qilganlarim zalni tark eting. Kotibaning o'zi sizlar bilan hisob kitob qiladi. Hech qanday ortiqcha izoh va tushuntirishlarni eshtishni istamayman.
Marhamat qilib, bu yerni tark eting.
Xona yengil bo'lib qoldi.
~Qolganlar esa, ko'p ham hursand bo'lmang, siz ham ma'suliyatsiz bo'lsangiz, ularning boshiga tushgani siznikiga tushishi hech gap emas.Kotiba Choy bu yerga keling.
~Ha xonim!
~Otam ishdan olgan barcha xodimlarni ishga qaytaring. Ularning lavozimi va oyliklarini oshiring. Keyin esa e'lon bering! Bizga yangi kadorlar kerak!
Qarz va chiqimlarni hisobotini mening pochtamga jo'nating!
Endi esa ketishingiz mumkin!
U yana zaldagi xodimlarga yuzlandi:
~Bugundan boshlab har bir xodim va unining ishi, har bir qadami qattiq nazorat ostiga olinadi. Buni inobatga olgan holda, har bir qadamingizni o'ylab bosing. Aytgancha, bu Janob– deb Jungkook ga ishora qildi:
~Bu Janob Jeon. univermacning 30% aksiyadori, shu bilan bir qatorda mening sobiq turmush o'tog'im ham. Bugundan boshlab men yo'q paytda, uning ruxsatisiz ish qilamaysiz
Jungkook uchun bugungi kun rostmanasiga ajoyib bo'ldi. Yujini uning yuzidan o'pishi hammaning oldida uni "sobiq turmush o'rtog'im" deb e'lon qilgani. U hayrat ichra sevinib o'tirardi. Ochig'i hammasidan ham uning ishga bo'lgan munosabati, qat'iyligi. Uning o'zini tutishi va nigohlari uni butkul lol qoldirgandi. U endi rostdan ham Yujin oddiy inson emasligiga ishondi. Lekin shu bilan bir qatorda uning otasi bilan o'zaro munosabati yaxshi emasligi uni bir qadar o'ylantirdi.
Yujin gaplarini tugatib, hodimlarga ruhsat berdi va Jungkook ga yuzlandi:
~Sen ketaver! Meni qiladigan ishlarim bor. O'zim uyga boraman.
~Yaxshi! O'zingni ehtiyot qil! Faqat seni o'zim olib ketaman!
Jungkook ortiga burilib, shu zahoti yana Yujinga qarab:
~Yujin! Ochig'i seni bugungi qilganlaring meni batamom hayratga soldi. Sen haqiqiy dahosan!
Yujin hech narsa demay burilib ichkariga kirib ketdi.