Please stay alive
Unga kimdir qo'ng'iroq qildi menimcha u hursand gaplashayotgandi. 5 daqiqa o'tib u xizmatchiga xona tayyorlashini va hamma yerni tozalashni buyurib men tomon yura boshladi
~Yujin tayyorgarlik ko'r!
~Nega endi?
~Onam biznikiga mehmonga kelmoqchilar axir 7 oyga yaqin vaqt ularni ko'rmadim va ular sen b/ n yaqindan tanishmoqchilar...)
~Shuning uchun 1 necha kun rol o'ynab turaylik. Onam bizni bu ahvolda ko'rmasin...
~Yaxshi bu faqat onang uchun...
~Ko'p ham xursand bo'laverma...
Shkafni ochdim va o'zim uchun libos qidirayotgandim
Shu payt Jungkook tug'ilgan kunim uchun olgan sovg'a qutisini esimga tushdi
Hayriyatki tahminim to'g'ri bo'lib chiqdi.
~Yujin bo'laqol....
Pastdan Jungkook ning ovozi eshitildi.
~5 daqiqa
Oradan 20 daqiqa o'tdi Jungkook sabrsiz uyoqdan buyoqqa yurardi.
~Axir 20 daqiqa bo'ldi. Yu... Yu.. Jin.....
Men zinadan pastga tushar ekanman Jungkook ning butun diqqati menda edi.
~Nima yarashmabtimi?
~Yo'q! Unday emas aksincha sen bu libosni hech ham kiymasang kerak deb o'ylagandim
~Bolalar yaxshimisiz! Sizlarni juda qattiq sog'indim
~Biz ham
~Oyi sizni kutib olgani chiqa olmadik hafa emasmisiz?
~Nega endi! Unga qo'ng'iroq qilganimda men airaportda emas edim. Shuning uchun hijolat bo'lmang..
Yujin shu darajada mahorat b/n rol o'ynardiki...)
~Bilasizmi men siz b/n tanishishni intiq b/n kutayotgandim. Tasavvur qilganimdanda go'zalsiz.
~Rostanmi! Uyaltirmasangchi!
~Bu haqiqat oyi!
~Qanday ajoyib! Endi mening qizim ham bor. Xo'sh Yujin menga o'zing haqingda aytib ber. Hamma narsa shoshilinch bo'lganligi va uzoq muddat koreada bo'lmaganim uchun sen b/n Tanisha olmadim.
Bilishni xoxlardimki meni uyatchang tortinchoq eshakdek qaysar o'g'limni qaysi sabrli qiz sevib qolgani va unga turmushga chiqqishga rozi bo'lganini...
~Oyi oshirib yubordingiz... Kamiga meni eshakka o'xshatdingiz. Bu juda yomon..
~Hech ham. Keyin men Yujin b/n gaplashyapman sen bizning gapga aralashma!
~Qizim unga etibor berma. Yaxshisi o'zing haqingda gapir..
~Men 24 yoshdaman. Koreaning ...... universitetini tamomlaganman. Men detiktivman. Ya'na yapon ingliz nemis ispan va bir qator tillarni bilaman. Undan tashqari meditsinadan ham habarim bor. O'qib yurgan kezlarimda matimatika va ingliz tilidan maktabda dars ham berganman. Shu paytgacha mustaqil bo'lganman.Yana nimalarni aytib beray?
~Men sayohat qilishni sevaman! Senchi sayohat qilib turasanmi?
~Masalan qayerlarga borgansan?
~Xo'sh birinchi marta Yaponiyaga u yerda 5 oy yashaganman. U yer menga juda yoqqan. Keyin Italiyaga borganman adashmasam o'sha payt kollejda o'qib yurgan kezkarim edi. Amirekaga ham borganman. O'qishimning oxirgi ikki yilini o'sha yerda tamomladim. Angliya London u yerga universitet tomonidan ikskursiya sayohatiga borgan edim. Ispaniyada ham bo'lganman u yerda 1hafta sayohat qilganman. Mexico, Tailand, Mockva, Fransiya(Parij) Birlashgan Arab amirliklari va yana kichik shaharchalarga borganman. Mamlakatning eng mashhur va qadimiy joylarida ham bo'lganman.
~Ajoyib men shunday badavlat bo'la turib shuncha joyga bormaganman. Bilasanmi nima? Men tez yurtimni sog'inaman. Lekin Fransiyada unday emas. Lekin senga qoyil qoldim! Juda ajoyib qizga o'xshaysan xatto Jungkook tasvirlagandanda chiroyli ekansan
Yujin mavzuni boshqa tarafga burdi.
~Otangni tanirdim. Onang b/ n bitta universitetda o'qiganmiz. Onang uchun afsusdaman! Ammo onang senga o'z kuchi va tarbiyasini meros qilib qoldiribti...
~Onam haqida yana nimalarni bilasiz..) shoshilib javol berdi Yujin:
~Onang juda kuchli edi. Ota onasi o'qishiga qarshi bo'lsada nufuzli universitetga imtiyoz b/n o'qishga kirdi. U ham o'qib ham ishlardi. U juda iqtidorli edi. Rosti unga doim hasad qilardim to'g'ri ma'nosa albatta....)
Uni birinchi bor univermac ochayotganini eshitganimda qoyil qolgandim. U bir o'zi buni uddalagandi. Keyin u mashhur bo'lib ketdi va otang b/n tanishdi.
Ular turmush qurishdi va sen dunyoga kelding. Buyog'i hammaga ma'lum. U vafot etdi. Ochig'i bilasanmi men shubhalandim. Chunki u o'z joniga qasd qiladigan ayol emasdi. Aniq uni kimdir o'ldirgan.
~Oyi bunday gaplarni gapirishning mavridi emas...
~Kechirasiz! Kechirasan Yujin!
~Hechqisi yo'q men hafa emasman
Yujin mavzuni tezda o'zgartirdi
Ular ancha suhbatlashishdi
~Biror nima yeyishni istaysizmi? Axir yo'lda..
~ Yo'q men yuvinib uhlayman.
Jeon xonim bir chetda ularni eshitib o'tirgan Jungkookga ko'zi tushdi va:
~Menimcha u juda charchagan ko'rinadi dedi Jungkook ga ishora qilib va gapida davom etdi:
~ Yotib dam oling! Qolgan gaplarni ertaga gaplashamiz Xayrli tun bolalar!
~Oyi pastda uhlamoqchimisiz ?
~Yo'q tepada yotaman. U yer qulayroq..
~Yaxshi men yuklaringizni honaningizga olib borib qo'yaman.
~Aytgancha dedi Jeon Xonim:
~Hozir bir daqiqa. U qo'liga telefonini olib kimgadir qo'ng'iroq qildi.
~Alo Young hali ham shu yerdamisan?
~Yaxshi mashinadagi narsalarni bu yerga olib kel
~Oyi tinchlikmi? So'radi Jungkook
~Ha hammasi joyida
Haydovchi qo'lidagi qutilar va sumkalar b/n kirib keldi:
~Xayrli kech Janob Jungkook Jeon xonim
~Bularni qayerga qo'yay xonim ?
~Bu yerga olib kel. Yaxshi endi ketaver.
~Bu nima? Jungkook)
~Bularning hammasi senga Yujin! Tug'ilgan kuning b/n . Afsuski ishlarim ko'payib ketgani sababli tug'ilgan kuningga kela olmadim. Aybimni yuvish uchun bularni sotib oldim.
~Yo'q men hafa emasman! Ochig'i o'sha kun Tug'ilgan kunim ekanligi o'zimning ham yodimda yo'q edi... Faqat Jungkook... U menga syurpriz tayyorlabti... Bugun esa siz! Rostini aytsam juda xursand bo'ldim. Rahmat oyi
Jeon Xonim Yujinni mahkam bag'riga bosdi va:
~Sen bundanda ko'prog'iga loyiqsan!
~Rahmat oyi!
~Hoy menchi meni unitib qo'ydingizmi? Oyi men ham farzandizman axir..
~Kimni rashk qilyapsan? Menimi yoki Yujinni? kuldi Jeon xonim
~U sizni mendan qizg'onyapti oyi😂
~Mayl hazl o'z yo'liga bolalar. Vaqt ham allamahal bo'ldi. Borib uhlang. Qolgan harsalarni ertaga gaplashamiz. Xayrli tun!
~Xayrli tun oyi!
~Xayrli tun oyi!
Ular birin ketin zinadan ko'tarilib o'z xonalariga tarqalishdi.
~Nima qilyapsan ? Yujin)
~Nima qilibman?
~Meni xonamda ekanligingni aytyapman!
~Bu xona ikkimizga tegishli va Oyim ham tepadalar. Agar alohida yotgudek bo'lsak, o'ynagan spektakilimiz chipakka chiqadi.
~Yaxshi
~Lekin qoyilmaqom rol ijro qilding. Tuppa tuzuk aktrisa ekansan. Men esa bundan behabar yuribman. Eng ajablanarlisi sayohat haqidagi cho'pchak bo'ldi. O'zimni bazur ushlab turdim aks holda kulib yuborardim.
Jungkook to'xtamay kulardi:
~Bu cho'pchak emas dedi Yujin jiddiy ohangda.
~Men rol o'ynagan bo'lishim mumkin lekin.... O'zim haqidagi barchasi rost men aldashni yoqtirmayman. Birgina yolg'on sen b/n meni munosabatimiz..
Jungkook bir nuqtada haykaldek qotdi.
~Demak sen haqingda ko'proq bilishim uchun ko'proq onam b/n suhbatlashishing kerak ekan
~Vaqti kelib hammasini bilib olasan ya'ni men haqimda.
~Men o'sha kunni intizorlik b/n kutaman Yujin pichirladi Jungkook
~Men yuvinishim kerak
Jungkook hammomga kirib ketdi.
Yujin esa ko'ylagini yecha olmay asabiylasha yotgandi
~Jin ursin seni! La'nati! Nega shu ko'ylakini kiydim o'zi
Ortidan Jungkook ning soyasi ko'rindi:
~To'xta! Men o'zim!
~Yo'q menga yaqinlashma
~Axir yarim soatdan beri qiynalyapsan qaysarlik qilma! Bu yerga kel!
U Yujinning sochlarini olib bir tarafga tashladi va ko'ylakini yecha boshladi.
Uning qo'llari juda qaynoq uning ustiga uning qo'li tanamga tekkani sari meni qattiq hayajon bosyapti. Xuddi uning qo'llari tanam uzra o'rmalab musiqa chalyotgandek
~Bo'ldi
~Rahmat
Men yuvingani kirib ketdim. Xatto yuvina yotganimda ham titrayotgandim. Juda g'alati. Nega bunday bo'lyapti.
Sochlarimni quritib bo'lgach, joyimga kelib yotdim. Jungkook kravatning bir burchagida yotgandi Men esa boshqa burchagida. Doimgidek masofalar. Bunga esa men saababchiman. Men yon tarafga o'girildim va ko'zlarimni yumdim. Shu payt Jungkook qo'llarini mening ustimga tashladi.
~Hoy nima qilyapsan..
U menga yanada yaqintashdi masofalar qolmagandi. Uning boshi yelkamda. Bir qo'li boshimdan aylanib o'tgan yana biri belimdan.
U shunday nafas olardiki. Yuragim juda tez urayotgandi. Men butkul nazoratni yo'qotdim...)
Qancha harakat qilmay uning bag'ridan chiqib keta olmayotgandim.
Pov Jungkook:
U shunchalar chiroyliki... U ochilmagan sir, sayqallanmagan olmos, u o'zgacha, boshlardek emas..
Men uning oldida... Faqatgina uning oldida o'zimni ojiz his qilaman.
Buning sababini o'zim ham bilmayman...
Qaniydi har doim shunday bo'lsa...)
Qani endi doim sen b/n birga uhlolsam, seni to'yib qucholsam... Vaqt to'xtab qolshini istardim....
Va butun umr meni bag'rimda qolib kelib ketishingni hohlardim..
Sendan ajoyib hid taralyapti.
Men o'zimni mast bo'lib qolgandek his qilyapman. Umrim davomida hatto eng kuchli ichkilik ham meni bu darajada mast qilmagandi.
Senda qandaydir kuch bor Yujin. Meni sen tomon chorlaydigan. Men shuni bilamanki, men seni sevaman. Seni sevaman Xan Yujin....
Jungkook birdan ko'zlarini ochdi va hayratdan qotib qoldi. Ne ko'z b/n qarasinki ustida Yujin yotardi u ham yetmagandek uni qattiq quchib olgandi.
Jungkook ayyorona jilmaydi va ikki qo'lini Yujinning belidan aylantirdi.
Jungkook ko'zlarini yumib uhlashda davom etdi.
Pov Yujin:
Ko'zlarimni ochishimni bilaman Jungkook ning ustida yotibman kamiga u meni qattiq quchib olgan
~Yo Hudoyim endi nima qilaman degan savol qiynayotgandi...
Bir ammallab o'z joyimga keldim.
~Hayriyatki, deyishimni bilaman u qo'lini ustimga tashladi va yana meni quchib oldi...
Bu ikkinchi bor yuz beryapti...
Pov Yujin:
Erta tongdan yugurish uchun chiqib ketdim. 1 soatcha yugurgach uyga qaytdim. Dush qabul qildim. Toza kiyimlar kiydim va pastga tushdim. Nonushta tayyorladim. Bu uyda men ilk bor nonushta tayyorlashim. Jungkook birdan yonimda paydo bo'ldi:
~Xayrli tong!
~Xayrli tong..
~Nimalar qilyapsan?
~Nima ko'rmayapsanmi?
~Yo Hudoyim erta tongdan tilingdan zahar tomyapti? Mayli gapirmayman...)
~To'g'ri tanlov!
~Salom bolalar deb Jeon Honim stolga o'tirdi:
~Xayrli tong oyi!
~Senga ham
~Menimcha juda ko'p uhladim...
~Yo'q dedi Yujin stolga o'tirar ekan, ~Men juda erta turdim. Shuning uchun
~Shundaymi deb tabassum qildi Jeon xonim
~Nonushtaning isi dumog'imni qitiqlayapti
~Immm juda mazali dedi Jeon xonim
~Rahmat! Yoqimli ishtaha
~Sen rostan ideal ekansan! O'g'lim rafiqa tanlashda umuman adashmabti.
~Oshirib yubordingiz dedi Yujin biroz tabassum b/n
~Yaxshi! Kuldi Jeon Xonim va ikkilariga yuzlanib savol berdi:
~Bolalar asal oyini qayerda o'tkazdingiz?
~Asal oyi? Hayratlandi Jungkook.
Men uni oyog'ini bosdim. Menga shunaqa qaradiki.
~Yo Xudoyim! Hech qayerga bormadingizmi?
~Yo'q dedi Jungkook
~Bu nimasi? Yo'q yo'q bo'lmaydi. Men o'zim sizlar uchun chipta sotib olaman. Yo tavba 7 oydan oshdi. 7 oydan beri hech qayerga bormadingiz? Hayratlandi Jeon Xonim
~Oyi dedi Jungkook
Ortidan men ham ishimiz ko'p va juda bandmiz shu kabi bahonalarni aytib e'tiroz bildirmoqchi bo'ldik lekin Jeon Honim bizni eshitmadi ham. Va gapida davom etdi:
~ Bolalar! Birga vaqt o'tkazing! Sayrga chiqing! Sayohat qiling! Ish qochib ketmaydi. Ish siz bo'lsangiz ham bo'lmasangiz ham davom etadi. Lekin.... qo'shimcha qildi u:
~Vaqt ortga qaytmaydi! Bir biringiz b/n ko'proq vaqt o'tkazing! Biringizni tinglang va tushinishga harakat qiling! Bir biringizni qayta kashf qiling! Endi siz bir oilasiz! Kun kelib oila kattalashadi va mustahkamlanadi. Boya aytganimdek vaqt kutib turmaydi. U o'tib ketadi. Faqat hotiralargina abadiy yashaydilar. Shuning uchun dedi ko'z yoshdan o'zini zo'rg'a tiyarkan:
~Chipta olaman va siz sayohatga borasiz! E'tirozlarga o'zin yo'q....)
~Yaxshi dedik majbur bir ovozda.
Shu payt Jeon xonimga qo'ng'iroq bo'ldi:
~Aloo Ha Men! Voy bu sizmisiz? Mazur tuting! Tanimabman! Ha albatta. Bugunmi... Ha men Seuolda edim. Yaxshi unda zudlik b/n uchaman. Mayli! Xayr!
~Nima bo'ldi oyi?
~ Hechnarsa men chipta sotib olishim kerak!
~Nega nimadir bo'ldimi?
~Yo'q. Hamkorim u juda katta odam. Xullas u ertaga o'z davlatiga uchar ekan! Ob havo sabab erta kelibti. Men zudlik b/n uchishim kerak! Bu juda muhim ish Jungkook
~Unda men siz uchun chipta sotib olaman!
~Yaxshi. Men kiyimlarimni yig'aman. Ochig'i bir hafta sizlar b/n o'tkazmoqchi edim. Lekin afsus! Bormasam bo'lmaydi. Hafa bo'lmaysiz degan umiddaman.
~Yo'q! Oyi biz uchun muhimi sizning salomatligingiz! Keyingi safar siz emas biz sizning oldingizga boramiz dedim
~Juda yaxshi bo'lardi...)
~Men ham qo'shilaman dedi Jungkook
Jungkook chipta sotib oldi. Jeon xonim kiyimlarini yig'di. Men Jeon Honimga yordam berdim. Shunday qilib Jeon Honimni kuzatgani airaportga bordik. Uni quchdik! Salomatlik tiladik va u uchib ketdi. Shunday qilib Jeon honimning safari 1 nech kunga cho'zildi holos.
Bizning oramizda yana bo'shliq yuzaga keldi. Yana o'sha sukunat. Yana o'sha savolli nigohlar. Ma'noli qarashlar va bularning sababchisi menman.....
Bu tomosha qachon tugaydi o'zi...
Men tepaga chiqib ketayotgandim. Shu payt Jungkook ning gapi meni to'xtatdi:
~Qachongacha? Men tushunolmayapman... Qachongacha bunday yashash mumkin?
~Men yana parvo qilmay yura boshladim u esa:
~Qochma Xan Yujin! Bugun.... bugun qocha olmaysan....
U bu gaplarni baland ovozda aytdi. Men esa baribir xonamga kirib eshikni yopdim. 3 soniya ichida u xonada paydo bo'ldi.
~Qochma u keskin ustimga bostirib keldi.
~Nima istaysan mendan?
~Tushuntirib berishingni!
~Yaxshi. Tushinishing kerak bo'lgan yagona narsa bu hammasi befoyda
~Ochiqroq gapir!
~Urinishlaring! Harakating Men uchun qilgan barcha narsang va shu paytgacha bo'lgan barcha barchasi... Bulardan biror bir naf yo'q! Chunki seni sevib qololmayman...)
~Nega? Nega meni seva olmaysan? Nega menga imkon bera olmaysan...
~Bo'ldi! Ket...)
~Yo'q! Savolimga javob olmagunimcha bu yerdan bir qadam ham jilmayman. Shuncha vaqt! Deyarli 8 oy. Indamadim. Savol bermadim. Va jim yashadim. Hammasini ichimga yutdim. Lekin endi ortiq chiday olmayman. Tushunyapsanmi? U shunday gapirardiki. Men o'zimdan nafratlanib ketdim.
~ O'sha kun! Qonga belangan sen va seni jarohatlaring. O'zingni olib qochishing. Xonaga qamalib olganing. Meni yomon ko'rishing va umuman seva olmasliging. Doim savol bersam qochishing sababini bilmoqchiman. Gapir Yujin... Tushuntir menga hammasini! Tushuntir Xan Yujin. Nega?
Nega?
Bu savollar ich etimni yeb tashladi. Qiynalib ketim. Seni tushinishga tinmay harakat qilyapman. Ammo hammasi chalkash.... Hammasi mavhum..
Hozir javob berishning mavridi emasdi. Shuning uchun men uni o'zimga tortib undan bo'sa oldim. Uni bo'ynidan qo'llarimni aylantirdim. U ham javoban tinmay bo'sa olardi. U meni sekin kravatga yotqizdi. Bizning lablarimiz hanuz bir biridan ayrilmagandi. Bu yagona yo'lim edi. Keyin men:
~Jungkook kel kechki payt bafurja gaplashib olamiz. Hopmi! Men hozir juda charchadim. Dam olmoqchiman. Sen ham dam ol! Kechki payt gaplashamiz...)
~Yaxshi! Men buni kutaman
U xonadan chiqib ketdi. Men esa xayollarim va betartib fikrlarim b/n yolg'iz qoldim. Nima qilib qo'ydim? degan savol qiynardi meni. Aslida uni o'zimdan itaraman deb yaqinlashishiga imkon yaratganga o'xshayman. Jin ursin. Unga nima deyman. U haqiqatni bilsa ne kuyga tushadi...
Shu savollar qiynay boshladi meni...)
Keresloda o'ziga ga teskari otirgan, qo'lida qadah b/n derazadan tashqarini tomosha qilib Yujinni ko'rib uning qarshisiga o'tirdi
~Xo'sh men seni eshitishga tayyorman. Jungkook ichimlikni olayotib.
~Bilasanmi! Dedi Yujin hayolga cho'kib ketgan insondek:
~O'tmish insonni taqib qiladi. Har kun, har soat, har daqiqa va har soniya. Undan qutilishning iloji yo'q! Lekin o'tmishsiz bugun ham bo'lmaydi! Ana o'sha o'tmish meni hayotimga o'z soyasini solib bo'lgan. U menga soyadek ergashib yuradi.