Welcome to my Darkside 🖤
Agar soʼrasalar mendan u haqida.... Yuzimda paydo boʼlar tabassum.... Munosabatlar boʼlar ekan koʼp marta... Lekin u bilan boʼlsa boshqa mavzu
2024 yil Germaniya Puord aeroporti *Biroz qoʼrquv va hayajon bilan koʼzlarini aeroportdagi reyslar ketma ketligidan uza olmayotgan qiz oʼzining reysini sabrsizlik bilan kutardi
Lee Sohy 20 yoshda aqlli mustaqil oʼziga ishongan qizlardan 17 ga kirishi bilanoq yolgʼiz yashashga koʼnikkan kirishimli mehnatkash qiz Germaniyada Koreys oilasida dunyoga kelgan
-yo Xudoyim bunchalar vaqtning oʼtishi qiyin umrimda ilk bor tugʼilgan yerimdan oʼzga yurtga ketishim bu meni biroz tashvishga solyapti yaxshisi ayollar xonasiga borib oʼzimni yaxshilab kelaman
*Sohy ayollar honasiga kirib oynaga tikilib turdi keyin yuzini muzdek suv bilan yuvib tashladi
tabassum qil Sohy bu yomon emas oʼzimizga ishonch eng keraklisi
-Yo Xudoyim yana biroz qolsam aniq telba boʼlaman
-Huuuh yaxshi sen tayyorsan Sohy hammasi yaxshi boʼladi
*Sohy eshikdan sekin kutish zali tomon yurib borar ekan uning reys raqami baland qilib eshittirildi
GERMANIYA SEOUL YOʼNALISHIDAGI SAMALYOT UCHISHGA TAYYOR
-yoʼq yoʼq faqat bu emas faqat bu emaaas *qizning yuzlari jahl aralash qoʼrquv bilan qizarar ekan yoʼlak oxiriga oʼzini otdi hayoti davomida yugurmagan tezlik bilan yugurar ekan ulgurmagani uni ich etini yeyotgandi
-lanati ming lanat bu uchun 5 yil tinmay oʼqidim tengdoshlarim kabi kayf safo qilmadim ammo evaziga shuni olamanmii
*qiz koʼzida bilinar bilinmas koʼzyoshlar koʼrinarkan ularni tezda artib tashladi
-yoʼq men Lee Sohy hech qachon chekinmayman
*Sohy styuardessa lar toʼplanib turgan joyga bordi
-Hayrli kun bilmaysizmi 3 yoʼlakdagi samalyot qayerga qarab uchyapti
-ha lekin u shaxsiy samalyot bunday samalyotlar bir necha kunga shaxsiylashtiriladi unga chiqolmaysiz honim
-yaramas boyvachchalar baxtimni yarim qilishdi
*tavakkallari doim boshiga yetib yurgan Sohy yana tavakkalga qoʼl urdi 3-yoʼlakga oʼtib shaxsiy samalyot tayyorlanayotganini koʼrdiyu hayoliga oʼnlab fikrlar yogʼildi
-hozir hech kim yoʼqligida sekin ichkariga kirib olsam nima boʼladi ichiga hali hech kim kirmadiku bu tavakkallarim boshimni yemasa boʼldi bir kun .....mayli qilib koʼrmasam armon bilan oʼtaman
*Sohy goʼyoki reys unikidek samalyotga bemalol kirib ketdi kirishi bilan umidlari chil parchin boʼlib sindi aslida u oʼylaganchalik ichkarida hech kim yoʼq emasdi
Ichkarida rasmiy kiyingan sochlari tartibli taralgan tiniq yuz qora va ishonch toʼla boʼri koʼzli yigit unga hayron nigoh bilan bir qoshini koʼtargancha tunqiramay qarab turardi
Hayronligini yashirmay biroz qotib turgan Sohy birdan tilga kirdi
-janob meni kechiring Agar himmatli jasur mard qoʼrqmas oliyjanob boʼlsangiz iltimos bir qoshiq qonimdan keching va meni sizning samalyotingizda , Koreyaga ketishimga ruxsat bering
-barcha gapni bir nafasda aytib tashlagan Sohy Ana endi talqon yutgandek jim qoldi qoʼriqchilat ichkaridagi begona odam ovozini eshitib kirib kelishar ekan yigit ularga keting ishorasini qilishi bilan yana ular yolgʼiz qolishdi
Yigit asta oʼrnidan turib qizga 3 4 qadam yaqinlashdi
*yigit shunday deya Sohyga qoʼlini choʼzar ekan Sohy tushunmay yigitga qarab turardi
-himmat qildim omon qolasan *yigit istehzo tabassum qilib
-Lee Sohy tanishganimdan xursandman
*shundan soʼng oraga sukunat choʼkdi samalyot havoga koʼtarilgan Sohy oynada osmon va bulutlarni kuzatib ketardi shu bilan birga unga boshidan tikilib turgan nigohlarni ham sezib turardi
*Jeon Jungkook Jeon corparation ning yagona vorisi shu bilan birgalikda qora bozor , marihuanna oldi sotdisi boʼyicha aloqalari bor
Hayol)-menga seni taqdir yubordi mening orxideyam sen bilan hali juda koʼp qiladigan ishlarimiz bor
Seni ilk marotaba koʼrganimda 18 yoshda eding seni kuzatish uzoqdan hijronda termulish oson boʼlmadi Orxideya va shu kun yetib keldi endi barchasi uchun javob berasan
*Jungkook Shularni hayol qilib lablarini yalab qoʼyarkan koʼzlarini qizdan uzmasdi