September 13, 2024

Xon atlas haftaligi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida

O'zbekiston tarixi davlat muzeyi. 2024

Atlas - milliy tariximizning ajralmas qismidir. Undagi har bir bezak xalqimizning hayot tarzi, ayollarimizning latofati va ajdodlarimizning madaniyati haqida hikoya qiladi.

Yurtimiz bo'ylab har yili an'anaviy tashkil qilinayotgan "Xon atlas haftaligi" qadriyatlarimizni ulug'lash, milliy liboslarimizning go‘zal va o‘ziga xos dizaynini fuqorolar o‘rtasida ommalashtirish uchun juda muhim targ‘ibot tadbirlaridan biri sifatida xizmat qilmoqda. Bu yilgi Xon atlas haftaligi 9-14-sentabr kunlari o‘tkazilmoqda

Haftalikda faol ishtirok etayotgan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining go‘zal ayol-qizlari ham tariximizning ajralmas qismi bo‘lgan milliy kiyimimiz - Atlas ko‘ylaklarda ishxonaga tashrif buyurishni yaxshi ko‘radilar.

Xodjimurodova Gulshodxonim - muzey xodimasi

- Men bolaligimdan atlas kiyib katta bo‘lganman. - deydi muzeyimizning ko‘p yillik xodimasi Gulshod opa, - Hozirgacha atlasdan qulay va nafis kiyim ko‘rmadim. U ayol latofatini yanada oshiradi hamda kiyim egasining nazokatini ifodalaydi.

O'zbekiston tarixi davlat muzeyi. 2024

Muzeyga keluvchi ko‘plab xorijiy sayyohlar milliy kiyimlarimizga doim qiziqish bildiradilar. Shu sababli ham "Xon atlas haftaligi" xodimlarimiz orasida ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.