September 26, 2024

Qozog‘iston muzey kongressi bo‘lib o‘tdi

23-24 sentabr kunlari Ostona shahrida Qozog‘iston muzey kongressi o‘tkazildi. Kongresga turli davlatlardan nufuzli mehmonlar tashrif buyurdi.

Ji Xiaofen - Xitoy Milliy ipak muzeyi direktori
Jabroil Nukande - Eron Islom Respublikasi milliy muzeyi rahbari
Jannat Ismailova - O‘zbekiston tarixi davlat mujzeyi direktori
Amina Malikova - Ozarbayjon milliy gilamdo'zlik muzeyi direktori
Kamola Oqilova - O'zbekiston tasviriy san'at galereyasi direktori
Ainagul Risbayeva - Qirg'iz Respublikasi Milliy tarix muzeyi
Mirzoyeva Ozoda - Tojikiston Milliy muzeyi direktori va shu kabi boshqa nufuzli mehmonlar shular jumlasidandir.

"Qozog'iston Milliy muzeyida o'tkazilayotgan xalqaro kongress yuqori saviyada tashkillashtirilgan. Muzeyning o'zi esa jahon standartlariga javob bera oladigan zamonaviy muzeylardan biridir. Bu yerda yangi hamkasblar bilan tanishdik, Yangi loyihalarga yo'l ochildi, Xitoydagi Milliy ipak muzeyi, Fransiyadagi milliy yodgorliklar markazi bilan hamkorlik qilishga kelishildi" - dedi Jannat Ismailova

Kongres davomida Jannat Ismailova ham "Zamonaviy muzeylarda axborot texnologiyalari" mavzusida ma'ruza qildi.

Shuni ta'kidlash kerakki, yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan rivojlanish strategiyasi muzeylarni rivojlantirish va ularning moddiy-texnik bazasini yangilash bo'yicha bir qator maqsadlarni qo'ydi. Shuningdek, O'zbekistondagi muzeylar jamiyatning axloqiy darajasini oshirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-madaniy institut sifatida alohida o'rin tutishini hisobga olib, ushbu sohada raqamli texnologiyalardan keng foydalanish orqali uning dunyoning rivojlangan mamlakatlari muzeylari tizimiga integratsiyalashuvini yaxshilash muhim omil hisoblanadi.
O'tgan davrda ushbu yo'nalishda bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, O'zbekiston muzeylarining yagona portali tashkil etildi, ayni paytda 26 ta muzey haqida ma'lumotlar kiritildi. Bundan tashqari, muzeylar ma'lumotlar bazasini shakllantirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
Platforma uchun eng zamonaviy IT texnologiyalaridan foydalanish roundme.com Toshkent shahrida joylashgan muzeylar 3D formatida yangi sifat standarti – 12k o'lchamda ("virtual muzey"loyihasi) suratga olindi. Film 40 ta muzeyda suratga olingan va dunyodagi eng yirik platformada joylashtirilgan roundme.com, shuningdek uzbekistan360.uz va vrmuseum.uz. Masalan, Registon kompleksi 34 ta ip 4 (raqamli) DVR to'plamlari, 6 ta turniket to'plamlari (lazer sensorlari bilan) bilan jihozlangan, kompleks hududiga kirish uchun elektron to'lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan - deydi Jannat Ismailova.

Shuningdek Kongres davomida xalqaro darajadagi hamkorlik istiqbollari, fan, ta'lim, innovatsiyalar, muzeylar xususida zamonaviy tajribalar va shu kabi boshqa mavzular muhokama qilindi.

O'zbekiston tarixi davlat muzeyi Qozog'iston Respublikasi Milliy muzeyining 10 yillik yubileyi bilan qutlaydi va yangi loyihalarni qo'llab quvvatlashga hamda hamkorlikni kengaytirishga doim tayyor ekanligini mamnuniyat bilan ma'lum qiladi.