Mahorat darsi ko‘rsatuvlar turkumining yangi soni tasvirga olindi
Bugungi kunda o‘zbek adabiyotini yanada yuksaltirish, yozuvchi va shoirlarni qo‘llab quvvatlash, adabiyot saboqlarida "ustoz-shogird" an'analarining qo'llanilishini kengaytirish, yosh avlodda adabiyotga, she'riyatga mehr uyg'otish alohida e'tiborga molik jarayon. Albatta, adabiyotimiz darg‘alarini xalqqa tanishtirish ularning ibratli hayotini yosh avlodga keng targ'ib qilishda ommaviy axborot vositalarimiz, xususan, ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlarimizning o‘rni juda muhimdir. "Madaniyat va ma'rifat" telekanali orqali efirga uzatiladigan "Mahorat darsi" ko'rsatuvlar turkumi shunday muhim teleloyihalardan biri hisoblanadi.
Bugun, 17-sentabr kuni "Mahorat darsi" ko'rsatuvining navbatdagi soni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining filiali - Toshkent muzeyida, "Madaniyat va ma'rifat" telekanali hamda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tasvirga olindi. Ko‘rsatuvning bu galgi qahramoni - O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bo‘ldi.
Xurshid Davron - oʻzbek shoiri, dramaturgi, tarixchisi, yozuvchisi va tarjimoni. Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshgʻariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro „Oltin qalam“ mukofoti (2009), Ozarbayjonning „Mikoyil Mushfiq“ mukofoti (2013) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputati (2000). „Doʻstlik“ ordeni (1997) bilan mukofotlangan.
O'zbekiston tarixi davlat muzeyi yozuvchiga salomatlik va bundanda yuksak marralarni egallashini tilaydi hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikka doim tayyor ekanligini ma'lum qiladi.
Tasvirga olish ishlari yana 2 kun, ya'ni, 18-sentabr va 19-sentabr kunlari bo'lib o'tadi. Adabiyot ixlosmandlarini "Adiblar xiyoboni"da joylashgan Toshkent muzeyiga taklif etamiz.