September 19, 2024

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida online seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun, 19-sentabr kuni O'zbekiston tarixi davlat muzeyida "Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish" mavzusida online seminar tashkil etildi. Ma'ruzachi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori Mashhura Adiljon qizi Darmonova taklif etildi.

- Har bir tashkilotning o‘z arxivi bo‘ladi. Arxivdagi hujjatlarni kataloglashtirish ma'lumotlar xavfsizligi uchun juda muhimdir, - deydi Mashhura Darmonova.

Seminar davomida arxivning asosiy vazifalari, arxiv hujjatlarini kataloglashtirish tartib qoidalari, ma'lumotlarni saqlashda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish va shu kabi masalalarda muhim tajribalar to‘g‘risida so‘z bordi.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi rahbariyati foydali ma'lumotlarga boy ma'ruza uchun Mashhura Adiljon qiziga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

©️O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Axborot xizmati