Made in China
Bugungi kunda “Made in China” degan yozuvni dunyoning deyarli har bir nuqtasida uchratish mumkin.Telefon boʻlishi mumkin kiyim kechak,texnika hamda kundalik hayotda koʻp ishlatiladigan mahsulotlar ishlab chiqariladi.Xitoy arzon ishchi kuchi va tez ishlab chiqarish tizimi bilan mashhurdir.Shu sababli ham boshqa mamlakatlar mahsulotlarini Xitoyda tayyorlatadi.Bir necha yillar oldin “Made in China” deganda ko‘pchilik arzon va sifatsiz mahsulotni tasavvur qilgan lekin bugungi kunda bu fikr asta-sekin o‘zgarib bormoqda.Chunki Xitoy hozir yuqori sifatli texnologiyalar hamda zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqara boshlagan.Bu esa mamlakat tezlik bilan rivojlanayotganini koʻrsatadi.Ba’zi tovarlar sifatsiz boʻlishi yoki ekologik jihatdan zararli ham bo‘lishi mumkin. Ammo oxirgi yillarda Xitoy sifat nazoratiga, ekologiyaga va texnologik yangiliklarga juda katta e’tibor bermoqda.1990-yillarda Xitoyning dunyo bo‘yicha ishlab chiqarish eksportidagi ulushi juda past bo‘lgan yani 2,8% ni tashkil etgan.2010-yillarda esa 20 %ga oshgan.2001-yilda JST ga a'zo boʻldi.2025-yilda esa Xitoyning umumiy tovar eksporti 26 989,2 milliard yuanni tashkil etilgani qayd etilgan.Xitoy mahsulotlari ko‘pincha arzon bo‘lishi bilan mashhur bo‘lsa-da, ularning eksport hajmi va dunyodagi umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi tobora yillar davomida ortib bormoqda.Koʻprik Xitoyning faxri hisoblanadi.Bugungi kunda ulardan eng mashhuri — Siduhe osma ko‘prigi. Bu ko‘prik Xitoyning Xubey provinsiyasida joylashgan va 2009-yilda ishga tushgan.Uning balandligi, mustahkamligi va go‘zal tabiiy manzarasi uni nafaqat texnik inshoot, balki turistlar uchun ham diqqatga sazovor joyga aylanganini koʻrishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsam,Made in China yozuv orqasida katta mehnat, zamonaviy texnologiya va rivojlanayotgan iqtisodiyot turibdi.“Made in China” yozuvi bugungi kunda shunchaki ishlab chiqarilgan joyni emas, balki butun dunyo bozoriga ta’sir ko‘rsatgan ishlab chiqarish tizimini bildiradi.