ZULMATIMNI YORITGAN NURIM! TANISHTIRUV! Muallif: MIA
Yosh, chiroyli,aqlli.Oʻrtahol oilada katta boʻlgan.Birovdan yordam olgisi kelmaydi oʻz kuchiga ishongan qiz.
Universitetga ham oʻz bilimi orqali kirib,stipendiya yutib olgan.Oʻziga toʻq oilada tugʻilmagan boʻlsada kiyinishidan uni koʻrganlar boy oila farzandi deb oʻylashadi.Oʻqib ham ishlaydi.Oddiy qilib aytganda oʻziga ketadigan harajatlarni oʻzi qoplaydi.Lilly va Namra ismli dugonalari bor.
Sevgani yoʻq! Kelajakdagi orzusi oʻz kompaniyasini ochib uni baland choʻqqilarga olib chiqish!
Uch dugona universitetdan chiqib,darslarini qilish maqsadida kutubxonaga yoʻl olishdi.Y/ n va Namra kutubxonaga kirib oʻzlari uchun joy qidira boshlashdi.Bu vaqtda esa Lillyga telefon qoʻngʻirogʻi boʻlgani uchun kutubxonaga kirishdan oldin qoʻngʻiroqqa javob berishga qaror qildi.
—Alo.
—Alo bu Lilly honimni telefon raqamimi?
—Ha men Lillyman.Oʻzingiz kimsiz?
Shu vaqt telefon qoʻngʻirogʻi yakunlandi...
—Alo.Aloooo.
Lilly telefoniga qaraganda qoʻngʻiroq allaqachon yakunlangan edi.
—Kim boʻldi bu ahmoq? Gaping yoʻq ekan nega meni vaqtimni olasan? Ufff Y/n bilan Namrani endi qanday topaman kutubxonadan.Baxtimga yaxshiyamki kutubxona unchalik katta emas!–deya kutubxonaga kirdi.Y/n,Lilly va Namra birgalikda darslarini qilib boʻlishi bilan kafega borib biroz oʻtirishni rejalashtirishdi.Uch dugona kafega borib oʻzlariga qulay joy qidirib turgan vaqt,Lillyga kimdur turtilib ketdi.
—Hoy ahmoq nima koʻrmisan?
—Sen kimni ahmoq deyabsan?–deya yigit ortida turgan qiz tomonga burildi.Qiz yana yigitga gapirmoqchi boʻlganda yigitni koʻrib gapini ham unutib qoʻydi.Qiz yigitga termulib turar ekan.Yoniga dugonasi Y/n kelib uni turtdi.
—Lilly yur biz Namra bilan oʻtirishga joy topdik.Men ham biroz vaqtdan soʻng ketishim kerak?Yuraqolsangchi –deya dugonasini olib ketdi.Qizlar ketgan tarafga qarab qolgan yigitni yonidagi doʻsti yelkasidan turtdi va tezroq ketishlari kerakligini aytdi.Ammo oʻzi ham Y/n ga kafedan chiqib ketishlaridan oldin bir nazar tashlaganda qiz bilan koʻzlari toʻqnash keldi. Negadir Y/n ham eshik tarafga qarab turardi.Yigit chiqib ketishi bilan Y/n yana bor diqqat eʼtiborini dugonalarining suhbatiga qaratdi.
Telefoniga tinimsiz boʻlayotgan qoʻngʻiroqqa ana endi etibor bergan Y/n ishiga kech qilayotganini tushundi va qoʻngʻiroqni koʻtarib:
—Alo hozir boraman.Uzr bugunga darslar biroz choʻzilib ketdi?
—Tezda 10 minutda ishga yetib kel? Yoʻqsa seni ishdan haydayman. Meni tushundingmi?–deya telefon qoʻngʻirogʻi yakunlandi.Y/n dugonalari bilan hayrlashib kafedan chiqishi bilan unga sezdirmay ortidan bir inson kuzatib borardi......
Mana aziz obunachilar ff qahramonlari bilan tanishib oldilaringiz.Qolgan qahramonlarni ff davomida bilib olasizlar 🫠