ZULMATIMNI YORITGAN NURIM! 4- qism. Muallif: MIA
Honaga oʻqday kirib kelgan yigit hammaning eʼtiborini oʻziga qaratib boʻlgan edi. Qarshisida ustiga mato yopib qoʻyilgan qizning oldiga kelib,matoni asta koʻtardi.Ne koʻz bilan koʻrsinki bu— Y/n koʻzlarini yumgan holda yotardi.Jk unga biroz tikilib turdi-da yelkalaridan ushlab uni siltay boshladi.
—Sen shunchaki oʻlolmaysan?Koʻzlaringni och.Mendan osonlikcha ketolmaysan,eshityabsanmi?Sen meni yolgʻiz tashlab ketolmaysan?Meni zulmatimda yonimda boʻlishing,yoki meni bu zulmatdan yorugʻlikka olib chiqishing kerak edi.Hayotimga nur misol kirib kelib zulmatga meni tashlab ketdingmi?Men seni ilk koʻrgan kunim oʻsha kafedan kirishing bilan sendan koʻzlarimni uzolmaganman.Seni oʻsha lahzaning oʻzida oʻzimniki qilish istagi bilan yashadim.Taqdirni qaraki oʻzi seni men bilan uchrashtiribdi.Dadang seni menga yutqazib qoʻygan kuni seni bokira emasligingni aytganda shunchalar jahlim chiqdiki.Uyga kelishim bilan bor alamimni seni kaltaklash orqali oldim.Bu ham senga boʻlgan hohishimni va alamlarimni soʻndirmadi.Sen bilan aloqa qilgach shuni bildimki,dadang menga seni bokira emas deb aldagan ekan.
Meni kechir gulim seni hafa qilganim,koʻnglingga ozor berganim,seni sevsamda oʻzimni sevmagandek tutganim uchun barcha barchasi uchun kechir!Iltimos koʻzlaringni och,sen boʻlmagan dunyoda men qanday yashayman!?Har tunda seni quchish,iforingga mast boʻlish,goʻzal yuzingdan silash,lablaring bolidan totish baxtidan meni ayirma!
Jk Y/n ni oʻziga tortib qattiq quchib yigʻlayotganda uni uzoqda kuzatib turgan doktorlar ham Jk ning gaplaridan taʼsirlanib koʻzlari allaqachon namlangan edi.Birdan Jk Y/n yana joyiga yotqizib uning yuziga tarsaki tushura boshladi.
—Yoʻq.yoʻq.yoʻq....seeen.se-een oʻlmaysan koʻzlaringni ochasan!Sen hozir menga hazil qilib yotibsan.Men buni bilaman.och koʻzingni?Och.seeen se-een oʻlishing mumkin emas.Eshityabsanmi meni. ha.ha.seen meni eshityabsan–deya yuzida aqldan ozib qolgan insonlardek kulgusi bor va qizni yuziga toʻxtovsiz tarsaki tushirayotgan yigitni koʻrgan doktorlar qoʻrqa boshlashdi.Bir doktor kelib Jk ni Y/n dan uzoqlashtirmoqchi boʻlib:
—Janob bu qizning yuragi toʻxtaganiga 10 minutdan oshdi.endi u qayta koʻzlarini ochmaydi koʻksini yorib yuragini masaj qilsak ham foydasi yoʻq endi,chunki yurak allaqachon qon haydamay qoʻygan bu degani yurak qayta ishlashiga hech qanday umid yoʻq degani.
Jk doktorni gaplarini eshitar ekan gʻazabi qaynardi va doktorning yoqasidan ushlab uning yuziga musht tushirdi.Yuziga nogahon kelib urilgan musht tufayli doktor muvozanatini yoʻqotib yerga yiqilar ekan.Bir musht bilan kifoyalanmasdan Jk doktorning ustiga chiqib olib mushtlardi.
—Sen.sen....sen aybdorsan Y/n ning oʻlishiga!sen uni saqlab qolish uchun harakat qilmagansan,yuragi toʻxtasa ham harakat qilishing kerak edi uni saqlab qolishga!Agar hozir Y/nyim koʻzlarini ochmasa,uning ortidan sen ketasan butun qarindosh urugʻing bilan va manashu honadagi barcha doktorlar ham!
Hozir oʻrningdan turasanda qanday qilib boʻlsa ham Y/n ni hayotga qaytarasan?
.
.
.
.
Doktor oʻrnidan turib yordamchilariga defibliyatorni (agar hato yozgan boʻlsam uzr!aniq nomi esimda yoʻq?)olib kelishlarini aytib qizni koʻkrak qafasiga qoʻlini qoʻyib:
1.
2.
3.
Defiblyator 250.
Natija yoʻq.
1.
2.
3.
Yana 300.
Natija yoʻq.
1.
2.
3.
—Qizaloq dunyoga qayt.
Yana 320.
Natija yoʻq.
1.
2.
3.
—Hammaning taqdiri senga bogʻliq!Oʻzingga kel iltimos!!
Yana 360.
Natija yoʻq.
Doktor umidsizlik bilan qizning oldidan ketayotganda yurak pulsini bildiradigan apparatda signal paydo boʻldi.Zaif boʻlsada qiz hayotga qaytganligini bildirib turuvchi bu signal yuragi qayta ishga tushganini anglatardi.
Pov.Y/n:Oyim bilan qoʻl ushlashib ketar ekanman,judalar baxtiyor edim.Chunki barcha azoblardan qutuldim,endi oyim bilan birga boʻlamiz! Oyimni juda sogʻingandim.ularni har safar sogʻinganimda suratlariga termulardim,ammo endi qoʻlimdan tutib meni oʻzlari bilan olib ketmoqdalar.Yamyashil kenglik va atrofda turli tuman gullar ifori taralib barq etib ochilib turibdi.Oyim bilan ketar ekanman yelkalarimda ogʻirlikni his qildim huddiki kimdir meni qattiq ushlab siltayotganday?quloqlarimga esa gʻalati ovozlar kela boshladi?Bu kim boʻldi.Meni ketmasligimni va yonida qolishimni istayotgan insonning faryodi edi adashmasam.Lekin shu vaqtgacha dugonalarimdan boshqa hech kim menga mehr koʻrsatmagan,hattoki dadam ham.Toʻxtab qolganimni sezgan oyim yurishimiz kerakligini aytdi.Yoʻlda yurishda davom etarkanmiz oldimizdan bir shirintoy bolacha chiqdi.
—Oyijon sizni bu yerga kelishingizga hali ancha vaqt bor.Siz ortga qaytishingiz kerak!?
Men bir bolakayga bir onamga savol nazari bilan qarab oyimdan soʻradim:
—Oyijon meni ukam bormidi?
—Yoʻq qizalogʻim.Bu seni oʻgʻling!
—Nima qanaqasiga men hali turmushga chiqmagan boʻlsam qanday qilib oʻgʻlim boʻlishi mumkin.
—Qizim bu sen va ........
Quloqlarim ostida chiyillagan baland ovozdan oyimning soʻnggi soʻzlarini eshitolmadim.Atrofimga qarasam hech kim yoʻq edi.Gullar va keng maysazor oʻrnini qurib qaqshab qolgan butalar,atrof esa insonni jizgʻanak qilishga tayyordek kuydirar,yorugʻ osmon esa zulmatga burkangan va qarshimda menga tabassum bilan qarab turgan Jungkook qoʻl uzatib turardi.Undan qochmoqchi boʻlib ortga qadam tashlaganim sari oyoqlarim oldinga yurardi.Yoʻq men bu mahluqni oldiga borishni hohlamayman.Qancha urunmayin barchasi bekor ketar,oyoqlarim oldinga yurishdan toʻxtamas edi.
Qizning yuragi ishlab ketganini bilgan JK uning oldiga kelib qizni yana bagʻriga bosdi.
—Rahmat.Rahmat gulim yonimga qaytganning uchun!?
—Bemor hali toʻlaqonli oʻziga kelmadi janob!
—Bu bilan nima demoqchisiz?–deya Jk doktorga yana gʻazab toʻla koʻzlari bilan qaradi.
—Hali havf ortda qolmadi.Bemorga hozir tinchlik kerak.Hozir uni maxsus palataga olamiz va bir necha kun uni bezovta qilmasangiz degandim.Qizning hayotga qaytganining oʻzi bir moʻjiza janob!!
Jk doktorning gaplaridan jahli maksimal darajaga chiqqan boʻlsada ammo Y/n uchun bariga koʻz yumdi va Y/n ning peshonasidan oʻpib honadan chiqib ketdi.
Honadan chiqqan yigit mashinasiga oʻtirib uyiga bordi va honasiga oʻtkir ichimlik olib borishlarini aytib oʻz honasiga kirib ketdi.Yigit dushdan chiqqanida divan oldidagi stolchada oʻtkir ichimlik turardi.Yigit kiyimini ham alishtirmay dush halatida borib devanga oʻtirib ichimlik icha boshladi.Qizni ilk koʻrgan kunini eslab yuzida tabassum paydo boʻldi.
Jk Y/n ni ilk uchratgan kuni:
—Tae oʻsha aytgan qizingni hech tilingdan qoʻymaysan,bu ketishda aniq telba majnun boʻlib har bir koʻrgan qizingni oʻsha sevgilingga oʻxshatadigan boʻlib qolmasang boʻldi.
—Yoʻq Jk u dunyoda yagona!Men uni chin qalbim bilan yaxshi koʻraman.
—Senda qalb yoʻq deb yurardim.Toki oʻsha maqtayotgan qizingni sevib qolmaguningcha?
—Meni qoʻyatur oʻzing qachon qalbingni sohibasini topmoqchisan?
— Menga hech kimning keragi yoʻq!
—Axir dunyodan yolgʻiz oʻtmaysanku?Sendan keyin kimdur qolishi kerakku?Avloding davom etishi uchun?
—Davom etmasa ham mayli oʻsha sen aytayotgan avlod?
—Bu hayot qonuni doʻstim uni sen ham men ham buza olmaymiz!Sen ham kimnidur sevib qolganingda manashu soʻzlaringni aytaman!
—Men hech kimni sevib qolmayman.Chunki....
—Chunki sen uchun dunyodagi barcha ayollar hiyonatkor! Bu gapingni shunchalar koʻp eshitganingdan men ham bazida haqiqat boʻlsachi deb oʻylab qolaman!Lekin meni Lillyim boshqacha barbir!
—Oʻsha sevgilingni buncha maqtading meni ham koʻrging kelib qoldi.Sendek qoʻrqmas va hissis insonni oʻzgartira olgan oʻsha malak kim ekan.
—Unga qiziqma.U meniki faqat va faqat meniki Lilly.
—Voyboʻoʻoʼ buncha rashk qilding,nima osmondan tushgan farishta edimi.Shunchaki koʻraman deganimga namuncha.
—Ufff.hop yaxshi meni koʻndirding senga uni koʻrsataman lekin sevib qolmaysan yoʻqsa ayab oʻtirmayman seni Jk!
—Qoʻrqma sen sevgan qizni sevib qolmayman.
—Yaxshi.Qani tur oʻrningdan kafega boramiz!
—Yana qanaqa kafe.Men kafega borib kofe ichadiganlarga oʻxshab koʻrinyabmanmi senga?
—Jk kafega sevgilimni senga koʻrsatish uchun boramiz!U bugun dugonalari bilan kafega boradi.
—Nima sen qizni soyasiga aylanib olganmisan?Bunga qachon ulgurding-a?
—Ancha boʻldi uni soyasiga aylanganimga.Borasanmi yoki yoʻq?
—Mana turayabman.
Ikki yigit qizlar doimo uchrashishadigan kafega kelib qizlarning kelishini kuta boshlashdi.Bu vaqtda esa qizlar Universitetdan endi chiqishayotgan edi.
Uch dugona universitetdan chiqib, darslarini qilish maqsadida kutubxonaga yoʻl olishdi.Y/n va Namra kutubxonaga kirib oʻzlari uchun joy qidira boshlashdi.Bu vaqtda esa Lillyga telefon qoʻngʻirogʻi boʻlgani uchun kutubxonaga kirishdan oldin qoʻngʻiroqqa javob berishga qaror qildi.
—Alo.
—Alo bu Lilly honimni telefon raqamimi?
—Ha men Lillyman.Oʻzingiz kimsiz?
Shu vaqt telefon qoʻngʻirogʻi yakunlandi....
—Alo.Alooo.
Lilly telefoniga qaraganda qoʻngʻiroq allaqachon yakunlangan edi.
—Kim boʻldi bu ahmoq? Gaping yoʻq ekan nega meni vaqtimni olasan?Ufff Y/n bilan Namrani endi qanday topaman kutubxonadan.Baxtimga yaxshiyamki kutubxona unchalik katta emas!–deya kutubxonaga kirdi.Y/n, Lilly va Namra birgalikda darslarini qilib boʻlishi bilan kafega borib biroz oʻtirishni rejalashtirishdi.Eshikdan kirib kelgan qizlarni koʻrgan yigit sherigini turtib qaysi sevgilisi ekanini soʻradi.
—Tae qara sen aytgan sevgiling qaysi biri?
—Jk bu nechanchi haziling!?
Kelganimizdan buyon ustimdan kulib oʻtiribsan?Qara qaysi desang oʻzi qaragan men ahmoqman!Erkak kishini koʻrsatganingni –ku hali ham unutolmayabman oʻzi.
Taehyungga Jungkook kelganlaridan buyon eshikdan kirib kelgan har bir insonni sevgilingmi deya soʻrab joniga tegkan edi.Eshikdan kirgan inson hoh ayol yoki erkak boʻlsa ham.Lekin hozir kirib kelgan uchta qizning biri sevgilisi edi.Yigit hafa boʻlib ortiga qaraganda sevgilisini koʻrib koʻzlari porladi.
—Hursandligingga qaraganda ularning biri seni sevgiling shundaymi?
—Ha oʻrtadagisi –deya Lilly ni koʻrsatdi va oʻrnidan turib ular tomonga ketdi.
Jk doʻsti koʻrsatgani eshikdan oxiri kirib kelmagan qiz ekani uchun ichidan suyundi.Y/n dan koʻzlarini bir on ham uzmay uni kuzata boshladi.Taehyung toʻgʻri borib oʻtirishlari uchun joy izlayotgan Lilly ga turtilib ketdi.
—Hoy ahmoq nima koʻrmisan?
—Sen kimni ahmoq deyabsan?–deya Tae ortida turgan qiz tomonga burildi.Lilly yana Taega gapirmoqchi boʻlganda yigitni koʻrib gapini ham unutib qoʻydi.Qiz yigitga termulib turar ekan.Yoniga dugonasi Y/n kelib uni turtdi.
—Lilly yur biz Namra bilan oʻtirishga joy topdik. Men ham biroz vaqtdan soʻng ketishim kerak? Yuraqolsangchi –deya dugonasini olib ketdi.Qizlar ketgan tarafga qarab qolgan yigitni yoniga doʻsti kelib yelkasidan turtdi va tezroq ketishlari kerakligini aytadi.Ammo oʻzi ham Y/n ga kafedan chiqib ketishlaridan oldin bir nazar tashlaganda qiz bilan koʻzlari toʻqnash keldi.Negadir Y/n ham eshik tarafga qarab turardi.Yigit chiqib ketishi bilan Y/n yana bor diqqat eʼtiborini dugonalarining suhbatiga qaratdi.
Kafedan chiqishlari bilan uyiga bormoqchiligini aytgan Jk Tae bilan hayrlashib ajralishdi.Lekin Jk ning asl niyati uyiga borish emas balki Y/n ni kuzatish edi.Tae ketganidan soʻng mashinasida qizni chiqishini kutayotgan yigit yordamchisiga tel qilib qiz haqida surishtirishni aytdi.
Telefoniga tinimsiz boʻlayotgan qoʻngʻiroqqa ana endi etibor bergan Y/n ishiga kech qolayotganini tushundi va qoʻngʻiroqni koʻtarib:
—Alo hozir boraman.Uzr bugunga darslar biroz choʻzilib ketdi?
—Tezda 10 minutda ishga yetib kel? Yoʻqsa seni ishdan haydayman.Meni tushundingmi?–deya telefon qoʻngʻirogʻi yakunlandi.Y/n dugonalari bilan hayrlashib kafedan chiqishi bilan unga sezdirmay ortidan Jk kuzatib borardi....
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
4- qism tugadi.
Keyingi qism chiqishi uchun fikr va reaksiyalarni koʻp qilib qoʻyingizlar.
Yoqimli mutoala azizlar 🫠