April 29, 2025

ZULMATIMNI YORITGAN NURIM! 1-QISM. Muallif: MIA

ZULMATIMNI YORITGAN NURIM!

1- qism.

Bu hikoya yosh bir qizning boshidan oʻtkazgan voqealari haqida yozilgan boʻlib, boshiga kelgan musibatlarga togʻdek sabri, kuchli matonati orqali goʻzal baxtga va chin muhabbatga erishgani haqida yozilgan!

Kichkina bir shaharchada osuda va tinch hayot kechirayotgan hikoyamiz qahramonlari Y/N va JUNGKOOK bugun roʻzgʻorga kerakli narsalarni olish maqsadida bozorga borgandilar.Kerakli narsalarni harid qilishganlaridan soʻng mashinaga oʻtirib uyga qarab yoʻl olishdi.Mashinada hech bir soʻz demagan Jungkook, mashinani uyining oldiga toʻxtatib mashinadan yuklarni olib kelayotganda Y / n ga maqtangisi keldi.

Jungkook
Y/n

—Y/n koʻrayabsanmi ering qanchalik kuchli ekanini?
—Ha koʻrayabman,maqtanishingiz shart emasdi!?
—Bu maqtanish emas hotinjon!
Shunchaki sen kecha menga ishonmaganing uchun isbot!!
—Qayerdan ham sizdan yordam soʻradim-a?Endi bu yordamingizni hafta maqtansangiz kerak!?
—Men ham seni sevaman azizam!
—Men hali sizga sevaman demadim–ku?
—Seni aytishingni hojati yoʻq, chunki qalbing allaqachon menga aytib boʻlgan!–deya Jungkook qoʻllarida yuk bilan uyga kirib ketdi.
Ortidan qarab qolgan Y/n ham biroz turdida:
—Baxtimga yaxshi hamki sizni uchratgan man!–deya u ham uyga kirdi.

Jungkook qoʻlidagi narsalarni oshxona stoli ustiga qoʻyib,chanqagani uchun muzlatgichdan sharbat olib stakanga quydi.Albatta sevgilisini ham unutmadi u uchun ham stakanga sharbat quyib qoʻydi.Jungkook stakanga quygan sharbatni bir koʻtarishda ichib birdan yoʻtala boshladi.Y/n ham oshxonaga kirishi bilan yutalayotgan eriga qarab dakki bera ketdi:
—Jungkook sizga necha bora aytishim kerak,muzlatgichdan biror narsa olib ichmoqchi boʻlsangiz bir nafasda ichmang deb!? Axir sovuq narsani tez ichib boʻlmaydi?Mana endi yana tomogʻingiz ogʻriydigan boʻldi!?
—Y/n yim!! meni mehribon va menga har doim gʻamhoʻrlik qiladigan hotinjonim!
Qoʻrqma men axir yosh bola emasman!
—Siz yosh bola emassiz,shunchaki katta jussaga ega boʻlgan yosh bolani oʻzisiz!?
—Sen hozir meni yosh bola dedingmi?–deya Jungkook Y/n ga bir qoshini koʻtarib qarab turar ekan.Y/n mana endi eriga nima deb qoʻyganim oʻylab ogʻzini qoʻllari bilan yopdi.

Jungkook yuzida ayyorona jilmayish bilan Y/n tomon kela boshladi,hozir qochib qolmasa nimalar boʻlishini hayolidan oʻtkazgan Y/n hona boʻylab qochdi.Jungkook Y/n ni quvlay ketdi.
—Agar hozir mendan qochishdan toʻxtasang vada beraman senga hech narsa qilmayman hotinjon!
—Aldayabsiz?Sizga ishonmayman!?Meni tutib olishingiz uchun shu gaplarni aytayapsiz?
—Biror marta seni aldaganmidim?
—Koʻp bora meni aldagan siz!? Men esa sizga ishonib kechirganman! Bu safar yolgʻoningizga aldanadigan ahmoq yoʻq!?
—Shunaqa deng hotinjon!?
—Ha shunaqa!
—Endi menga ishonmaysan shundaymi!?
—Ha shunday!
—Yaxshi endi menga boshqa ishonma!

—Nima!?
Qiz ohirgi soʻzini aytib yigitga qarab tikilib qoldi.Bundan foydalangan yigit yana qizni chalgʻitib uni tutib olish uchun gapira boshladi:
—Menga ishonma!?
—Bu bilan nimaga shama qilayabsiz?
—Hech nimaga shama qilmayabman!shunchaki menga ishonishni hohlamas ekansan ishonma deyabman!–deya qizni chalgʻib turganidan foydalanib qizni tutib oldi.
Jungkook Y/n ni quchogʻiga mahkam ushlab turar ekan qiz yigitdan qutilish maqsadida tipirchilar edi.
—Qoʻlimga tushding–ku! Menga ishonma degandimku senga hotinjon!?Ana endi boya aytgan gaplaringni javobini berasan?
—Azizim men ham sizni sevaman!
Jungkook Y/n dan ilk bora sevaman soʻzini eshitishi bilan vujudini kuchli hayajon bosib qizni quchogʻidan ozod qildi.Qiz ham vaziyatdan foydalanib yana qocha boshladi.

Jungkook oʻtmishida Y/n ga bergan azoblarini eslar ekan bu qiz shuncha azoblarga bardosh berganiga va chidaganiga yana bir bora ayollarning sabru matonatiga tan berdi.Ammo bilmasdiki uning qora oʻtmishi hozirgi baxtli hayotiga soya solishini!?

Oʻtmishga Y/n va JUNGKOOK ning boshidan oʻtgan sinovlarni eslasak!

Qiz koʻzlarini arang ochib atrofga nazar soldi.Aslida kecha boʻlgan ishlardan keyin qizning tirik qolganining oʻzi bir moʻjiza edi.Koʻzlarini ham ochishga holi boʻlmagan qiz kechagi tunni eslar ekan, koʻzidan marjon singari yoshlari toʻkilib allaqachon yostiqni hoʻl qilishga ulgurgan edi.
—Qaysi qilgan gunohim uchun men bu jazo bilan jazolandim?
Axir hali yosh edimku, qanchadan qancha orzu umidlarim bor edi!
Hammasi bir kunda kul misoli havoga singib uchib ketdi.

—Chindan hali yosh ekansan va hech kimning qoʻli tegmagan bir gul!
Yigit honadagi divanda oʻtirgancha qizni uygʻonishini kutib turgan edi. Qiz oʻziga kelishi bilan yigʻlab gapirgan gaplarini jim eshitib turgandi.

Honada yolgʻiz emasligini bilgan qiz kim gapirganiga qiziqib boshini koʻtarmoqchi boʻldi lekin uddalay olmadi.Qoʻl va oyoqlarini qimirlatmoqchi boʻlganda esa oʻziga boʻysunmadi.Kechagi kaltakdan qolgan izlar koʻkargan,bazi joylari esa kamarning kuchli zarbidan qonagan va malham qoʻyilib bogʻlab qoʻyilgan edi.Bu kaltaklanish ham yetmaganiga qiz bilan qoʻpol aloqa ham qilingan buning natijasida esa qizning pastiga bir necha tikish tushgan.

Jungkook oʻrnidan turib yotoq tomonga keldi Y/n uni koʻrishi bilan yuzini teskari burib oldi.Jungkook lab chetida kulib:
—Menga qaramasang hohishing!Shuni bilib qoʻyginki bu uyda meni aytganim aytgan deganim degan,agar men belgilagan qoidalarimga amal qilmasang kechagidan ham yomon ahvolga tushasan!?
—Bundan ham yomon narsa boʻladimi?Siz mendan yaratgan sanʼat asaringizni koʻrib koʻzingiz quvonayotgan boʻlsa!?
Kecha menga qilgan ishlaringiz uchun oʻlib ketmaganimga afsuslanyabman!
Qizning gaplarini eshitgan yigit jahl bilan qizni iyagidan ushlab oʻziga qaratdi:
—Nima deding?Kecha oʻlmaganing uchun afsusdamisan!?Yaxshi demak sen oʻlishni hohlaysan shundaymi?Men seni shunday qiynayki bu dunyoga kelganingga,otang seni qimorda yutqazib menga sotgani ga,boshingga kelgan musibatlarga va manashu zahar tomib turgan tilingni tiyolmaganing uchun men tomondan beriladigan jazolarga afsuslan.

Yigit gapini tugatib tezda honadan chiqib ketdi,agar qolgudek boʻlsa qizga yana zarar berishi mumkin edi.
Kecha boʻlgan ishlardan soʻng Jungkook ayol doktor chaqirtirib,Y/n ni davolashini buyurdi.Doktor ham tezlikda oʻz ishini boshlab yubordi,agar tez tibbiy yordam koʻrsatilmasa qiz oʻlishi mumkin edi.Barcha kerakli muolajalarni qilib boʻlgach Jungkookning yoniga keldi:
—Janob qizning ahvoli ogʻir,hoziroq kasalxonaga olib borish kerak,yoʻqsa qiz oʻlishi mumkin.
—Hechqanday kasalxonaga olib borish kerak emas.Qiz shu yerda qoladi.Unga kerakli muolajalarni qilib boʻlgan boʻlsangiz mana hizmat haqingiz.Yana bir gap agar hozirgi voqeani ogʻzingizdan gullab qoʻysangiz oʻsha kunning oʻzida bu dunyodan ketasiz!?
Meni tushundingiz mi?
—H..hhaa j..jan...janob siiiznni tushundim.–deya doktor honim zoʻrgʻa javob berdi, Jungkook uzatgan pulni olib tezroq bu yerdan ketish maqsadida qadam bosa boshlaganda.Qizga boʻlgan bu shafqatsizlikka chidolmay yana ortiga qaytib:
—Janob sizga bir gapni aytmay bu yerdan ketolmayman.
—Nima gap tezroq gapiring? Ortiqcha boʻsh vaqtim yoʻq.
—Janob sizdan iltimos qiz bilan birga boʻlganingizda unga biroz muloyimroq munosabatda boʻling va yana u bilan kamida bir oycha yaqinlik qilmaganingiz maqul,nega desangiz qiz hali yosh va bunday munosabatlarni koʻtara olmasligi mumkin?
—Oʻzim bilaman.Gapingiz tugagan boʻlsa ana eshik ketishingiz mumkin doktor honim!–deya Jungkook teskari oʻgirilib ketib qoldi.

Yigit ketishi bilan ayol qizga achingan boʻlib:
—Essiz yoshgina qiz,salkam qizim bilan tengdosh boʻlsa kerak.Kechir qizaloq senga yordam berolmayman! Chunki oʻzimning ham oilam havf ostida qoladi.Senga sabr tilayman bu inson qiyofasidagi mahluqdan omon qolishing uchun!–deya doktor honim uyni tark etdi.

Jungkook ayolning gaplaridan soʻng Y/n ni yonida qolgandi.Negadur uni koʻrsa qalbidagi ogʻrigʻi bosilgandan hissiyotlar uni egallagandi. Tuni bilan uxlamay qizga termulib chiqqan yigit oʻziga nimalar boʻlayotganiga,avvallari bu kabi hislar unda umuman boʻlmaganligi haqida oʻyladi. Quyosh nurlari honaga tusha boshlagach qiz uyqusida biroz bezovtalana boshladi.buni sezgan Jungkook oʻrnidan turib oynaning yoniga bordi va pardalarni tortib quyosh nuri tushmasligi uchun oynani berkitdi.Yigit kam tun boʻyi uxlamay chiqqani uchun honadagi devanga borib oʻtirdi va koʻzlari yumila boshlaganda qiz uygʻonganini bildi.

Yigit oʻz honasiga kirib shularni oʻylar ekan qizga nisbatan oʻzidagi his tuygʻularni shunchaki achinish deya qabul qildi.Lekin bilmas ediki bu achinish hissi emas balki sevgining uchquni, bu uchqun esa kun kelib ulkan alangaga aylanishini.......

1-qism tugadi.

Yoqimli mutoala azizlar 🫠

FF ga fikr va reaksiyalar kelmas ekan keyingi qism ham chiqishi kechiktiriladi!!