UNUTILMAS LAHZA! Harin uchun atalgan mini ff.
Qiz uzun yoʻlak boʻylab yurib borar ekan yuragida oʻzgacha hissiyotlar joʻsh urardi.Nihoyat u orzu qilib kutgan kun keldi.U bu kun uchun qanchadan qancha toʻsiqlarni bosib oʻtishiga toʻgʻri keldi.Oldidan yengib boʻlmas qiyinchiliklar paydo boʻlsa ham oʻz maqsadlari sari olgʻa intildi.Bu mashaqqatlarni kuchli iroda va sabr bilan yengib oʻta oldi.Mana bugun undanda baxtiyor insonni topish qiyin.
Yurak shu qadar tez urar,oyoqlarda titroq balki bu kuchli hayajon natijasidir.Yuzida nim tabassum.Qizning ustida oppoq libos.Uni koʻrgan inson "samodan farishta yerga tushibdi "deb yuboradi.
Sochlari ajoyib oʻzgacha uslubda turmaklangan.Nozik qoʻllariga kichik guldasta ushlab,ohista va nozik qadamlar bilan oʻzi sevgan insoni tomon bormoqda.
Yigit qizni kelishini kutib turar ekan u ham barcha mehmonlar singari qizdan koʻzini ololmay qoldi.Yigit ham qizni ilk koʻrishida sevib qolgan,lekin buni qanday aytishni bilolmay juda qiynalgan. Har safar sevgisini qizga aytishga chogʻlangan mahal nimadir boʻlib gapirolmay qolib ketardi.Lekin bir kuni yigit oʻzida jasorat topib qizga koʻnglidagi bor hislarini oshkor qildi.Avvaliga biroz ikkilandi "meni rad etsachi" deb ,lekin hech narsa qilmay oʻtirgandan koʻra,bir bora boʻlsa ham urunib koʻrish kerak degan fikrga kelib.Sevgisini qizga tan oldi.
Qiz yigit tomondan aytilgan dil isxorini eshitib nima deb javob berishni bilmay turgan yerida huddiki tosh misol qotti.
Yigit qizni bu holatini koʻrib meni yaxshi koʻrmas ekanda deya ortiga qaytib ketayotgan on,qizning soʻzlari uni toʻxtashga majburladi.qiz koʻzlarida yosh bilan "Men ham sizni sevaman " deya takrorladi.yigit bu soʻzlarni eshitar ekan baxtdan yettinchi osmonda ucha boshladi.
Yigit shirin xotiralarini yodga olganda lablarida tabassum paydo boʻladiyu yana oʻzini jiddiyroq tutishi kerakligi yodiga tushib yuzida nim tabassum bilan turardi
Qiz yigitning yonidan joy olar ekan hamma ularga havas koʻzlari bilan boqib turishardi.bazilar "juda chiroyli juftlik "deyishsa yana bazi birlari "huddi uzukka koʻz qoʻyganday bir biriga mos" deya suhbatlashishar edi.
Nikoh mamuri ularning nikohini rasmiylashtirish uchun yigitga murojat qilib ha javobini olgach,qizning roziligini olmoqchi boʻlganida........
—Hoy ahmoq qiz hali ham uyqudan turmadingmi🤨senga har safar aytaman kech uxlamagin deb nega gapimga kirmaysan–a,shunaqa ham qaysar boʻladimi.Yana uxlamay dorama koʻrgandursanda.
Qiz alahsirab takror va takror "Ha" deya gapiraverganini eshitib oyisi: nega buncha ha deya takrorlab qolding,tur oʻrningdan –deya qizni uyqusini uchirib yubordi.Qiz oʻrnida nolib tura boshladi.
—Oyijon nega sal kechroq kelmadiz 😩endi baxtimni topgandim shuni ham menga koʻp koʻrdiz🥺😢
—Hoy qiz isitmang yoʻqmi🤔kamroq dorama koʻrish kerak edi😠Hayot bilan hayolni adashtirib qoʻymasding oʻshanda😌
Qiz oyisidan dakki eshitib ,yuz qoʻllarini yuvib oʻz ishlari qila boshladi.
Shu bilan ff tugadi sizlarga yoqdi degan umiddaman🫠.Yana bir bora tugʻilgan kuniz bilan Harin💋💋💋