July 3, 2025

WE ARE TOGETHER FOREVER 1-qism. Muallif: MIA

WE ARE TOGETHER FOREVER

1- qism.

~Kunlar qisqarib tunlar uzaya boshladi.Yaqinimizdagi oʻrmondan tunda har hil ovozlar kelar edi.Bu ovozlar esa kundan kunga yaqindan eshitila boshladi.Men negadur qorongʻulikdan qoʻrqaman.Bu qoʻrquv bolaligimdan men bilan birga.Kichiklik vaqtimda juda shoʻx va qaysar qiz boʻlgan ekanman.Doimo aytganimni qildirib kelganman.Ulgʻayganim sari shuni tushundimki qancha sen katta boʻlaboshlasang, sening masʼuliyating shuncha ortib borar ekan.Men hozirda endi 17 yosh boʻlsam ham,avvalgi shoʻx va qaysarligimni tashlolmadim.Yaqinda 18 yoshga toʻlaman va shu munosabat bilan ota onam men uchun katta ziyofat berishmoqchi.Qirolligimizga qoʻshni boʻlgan qirolliklardan va yaqin oʻrtadagi zodagonlarni oʻgʻillarini bazmga taklif qilishgan.Faqatgina bir qirollikdan tashqari.Aytishlaricha u qirollik bilan yoshlik vaqtimda urush boʻlib ajralishgan ekanmiz.Oʻsha vaqtlardan buyon biz ham ular ham hech qachon koʻrishishmaganmiz.

Qiziq oʻsha qirollikda ham men tengimi yoki mendan katta,mayli yoshi mendan kichik boʻlsa ham malika bormikin.Hizmatkorlardan oʻsha qirollik haqida soʻrasam har safar menga bu haqida aytish taqiqlanganini aytishadi.Oʻrtalarida qanday voqea sodir boʻlganki urushib yuz koʻrmaslik darajasiga olib keladigan.
Mana yana oʻsha ovozlar qulogʻim ostida jaranglamoqda.Toʻgʻri bu ovozlarni faqat men eshita olaman.Lekin atrofidagilarga aytgudek boʻlsam meni jinni boʻlib qolibsan deb mazax qilishadi.Ammo bu ovozni men ham eshitishni hohlamayman.Har safar tunda shu ovoz meni quloqlarimda jaranglaydi.Qizigʻi shundaki kimdur meni chaqirayotgandek boʻladi.U meni yoniga chorlaydi.Bir kuni oʻzimni bilmay oʻrmongacha borib qolibman,yaxshiyamki hizmatkorlardan biri meni koʻrib qolib soqchilarga habar berishgan va meni oʻrmon ichkarisiga kirmasimdan avval topishgan.Agar topisha olishmaganda aniq bilamanki oʻrmondagi yovvoyi hayvonlarga yem boʻlgan boʻlar edim.Yaqinda ham bir insonning jasadini oʻrmon ichidan topishibdi.Aytishlaricha uni boʻyin qismidan boʻgʻizlashgan.Bu yovvoyi ayiq yoki yirtqich yoʻlbars yokida boʻri ham boʻlishi mumkin ekan.Har kuni tundagi ovozlarni deb uxlolmay man va oʻzim yoqtirgan mashgʻulot bilan shugʻullanadigan boʻldim.Yani rasm chizish va raqsga tushish.Kunduzi esa uxlayman.Tunda yonimda ikkita hizmatkor va eshigim oldida ikkita soqchi turadi.Bechora hizmatkorlarga juda rahmim keladi bazida.Men bilan raqsga tushishlariga majburlay man.Agar koʻnishmasa ularni nima kutib turishganini bilishadi.

Meri meni eng yaxshi koʻrgan hizmatkorim.U faqatgina hizmatkor emas mening sirdoshim,dardlarimni eshitadigan suhbatdosh,menga maslahatlar beradigan maslahatgoʻy,biror narsaga tushunmay qolsam har safar undan soʻrayman.Meni injiqliklarim va erkalik larimni koʻtara oladigan yagona jon dugonam.Aslida u mendan uch yosh katta.Lekin men unga har safar tengdoshimdek muomala qilaman.U esa meni oʻz singlisidek qabul qilgan.Sevgan insoni bor ismi Daniel.Meri hizmatkor boʻlgani uchun ham haligacha sevgisini sir tutib kelmoqda.Daniel esa bizning qirollikdagi boy amaldorning oʻgʻli va meni oshigʻim.Har safar gullar yoki biror narsa berib yuborgan boʻlsa,men ularni Meriga beraman.Aslida Meri ham Danielni meni yaxshi koʻrishini biladi,lekin sevgisidan voz kecholmaydi.Chunki unga oʻzim aytganman.Menga Daniel umuman yoqmaydi.Meri bu maqtanchoq bolaning nimasini yoqtirib qolganiga haligacha aqlim hayron.

Qanday boʻlmasin albatta Meri va Daniel ni birga boʻlishlariga yordam beraman.
~Ana yana oʻsha ovoz.Bugun juda yaqindan eshitildi.Men juda qoʻrqib ketayabman Meri.Kundan kunga bu ovoz juda yaqindan eshitilayabdi.

Ameliya qoʻrquv aralash nigohlari bilan Meriga qarab turardi.Meri asta Ameliyani yoniga kelib qoʻlidan moʻyqalamini oldi va rasm chizilayotgan taxtacha yoniga boʻyoqlarning oldiga qoʻyib,qizni bagʻriga bosdi va sochlarini asta silab,mayinlik bilan qizni ovutishga harakat qildi.
~Mia qoʻrqma men yoningdaman!Albatta bir kuni bu ovozlarni hech qachon eshitmaysan!
~Ammo oʻsha kun qachon keladi?
~Oʻsha kun qachonligini bilmadim kuya lekin aniq ayta olaman bir kuni bu ovozlar albatta soʻnadi va seni qaytib bezovta qilmaydi!
~Oʻsha kun tezroq kelsa edi.Bu ketishda aniq aqldan ozib qolaman.Bilasanmi Meri huddi kimdir meni yoniga chaqirayotgandek tuyuladi va har safar shu ovozni eshitganimda esa boʻynimda ogʻriq paydo boʻladi🥺Kimdur meni majburlab boʻynimdan ushlab olib ketmoqchidek tuyuladi.Juda qoʻrqib ketayabman Meri😢.
~Mia sen kuchli qizsan.Men bilgan va tanigan Ameliyam bunday qoʻrqoq emas.
~Seni ham har kuni quloqlaring ostida turli ovozlar paydo boʻlsin.Oʻshanda koʻramiz holingni Meri.
~Yaxshiyamki bu ovozlarni faqat sen eshitasan.Bilasanmi nima balki kimdir seni jodulab oʻzi bilan olib ketmoqchidir.Oʻsha oralaringiz buzilgan qoʻshni qirollik shahzodasi seni jodu qilayotgan boʻlsaya!?
Meri gaplarini tugatib kulib yubordi.Lekin Ameliyaning koʻngliga allaqachon gumon urugʻlari sochilgan edi.
.
.
.
.
.
.

Eslatma!
Mia bu Ameliya ismining qisqartirilgan varianti.
.
.
.
.
.
.
Mia tuni bilan uxlamay tasavvurida paydo boʻlayotgan insonni rasmini chizdi ammo toʻliq emas,hayolida hira tasvir singari paydo boʻlayotgan bu obraz,u tomonga qarab turgan holati lekin yuzini toʻliq koʻraolmayotgan edi.Kunduzi uxlaganda yonida doimo Meri oʻtirar va Ameliyaning tushlarida alahsirashlarini eshitar va qirol va qirolicha nima eshitgan boʻlsa hammasini aytib berar edi.Bugun ham huddi oʻsha tushlardan yana birini koʻrayotgan Mia tushida yana alahsirab gapira boshladi.

~Iltimos.Iltimos oʻtinaman bunday qilmang!Men sizga nima yomonlik qildim?Men hatto kim ekaningizni ham bilmayman!
Yoʻq.Yoʻq.Yoʻq.Faqat bu emas?Yoʻoʻoʻoʻoʻoʻoʻoʻoʻq!

Mia uxlab yotgan oʻrnidan baqirgancha uygʻonib ketdi va oʻziga kelib olishi uchun atrofdan suv qidira boshladi.
Meri ham Mianing bu holatini ilk bora koʻrib turgani uchun u ham juda qoʻrqib ketgan edi.

~Mia.Mia yaxshimisan!Yana yomon tush koʻrdingmi?

Miaga suv uzatar ekan savollar ham bergan Meri,malikasining ahvoli kundan kunga yomonlasha yotganini bilib yuragi ezilayotgan edi.

Meri Mianing biroz boʻlsada oʻziga kelganini koʻrib uni yoniga boshqa hizmatkor qizni qoldirdi va oʻzi qirol huzuriga ketdi.

~Gapir qizimni ahvoli yaxshimi?

~Haligi...Qirolim.

~Yana oʻsha yomon tushlarini koʻrayabdimi?

~Ha.Lekin....

~Nima lekin.Yana qancha kutishim kerak gapirishingni?

~Meni kechiring hazrati oliylari!
Ammo malikamizning ahvollari kundan kunga yomonlashmoqda!

~Buuu..buuuu..bu bilan nimaga shama qilayabsan,bashorat amalga osha boshladi demoqchimisan!
Bu..buuu..buuu boʻlishi mumkin emas!Axir 12 yil oldin bu bashoratni oldini olgan edikku.

Qirolicha hizmatkorining gaplarini inkor qilgan holda.Malika uchun yaqinlashib kelayotgan havfni tan olgisi kelmas edi.
Qirol boʻlsa vazminlik bilan,chuqur oʻyga tushgan edi.

~Qirollikdagi eng yaxshi bashoratchini yonimga olib keling!

Qirol buyrugʻiga muvofiq qirollikdagi eng yaxshi bashoratchini qidirishdi,afsuski 12 yil oldin qizining ayanchli taqdiri bashorat qilingandan soʻng,qirol qirolligidagi barcha bashoratchilar va sehr jodu bilan shugʻullanadigan larni oʻgʻdirishga hukm qilgan edi.Bu qarordan soʻng barcha bashoratchilarning qarindoshlarigacha oʻz jonini saqlab qolish maqsadida qoʻshni qirolliklar tomonga qochishgan.Qirollikdan hech qanday bashoratchini topisha olishmagach,qirol qoʻshni qirollikdan bashoratchini oʻgʻirlab olib kelishlarini buyurdi.
Yollanma askarlar oddiy fuqaro kiyimini kiyib qoʻshni qirollikka malika uchun bashoratchini olib kelishga ketishdi.
.
.
.
.
.
.
.
Keyingi qismda..!

~Janob meni qoʻyib yuboring iltimos! Bolalarimni mendan boshqa qarovchisi yoʻq?

~Joning omon qoladi.Qoʻrqma!Bolalaringni yoniga sogʻ omon qaytishingga vada beraman!

~Qirolim malikamiz tez orada 18 yoshga toʻlar ekan.Bu bashorat esa huddi oʻsha kuni yani 18 yoshga toʻlgan kuni ijobat boʻladi!

~Buni oldini olsa boʻladimi!?

~Albatta!Lekin buning uchun bir jonning evaziga sizdan boshqa jon berishingiz talab qilinadi?

~Tushuntiribroq gapir?

~Yani malikaning joni evaziga boshqa bir jon qurbon qilinishi lozim!