May 28, 2025

TASODIF YOKI TAQDIR 22- qism. FINAL! Muallif: MIA

TASODIF YOKI TAQDIR

22- qism. FINAL!!

Yuzimda tabassum yurakda qaygʻu.
Ahvolim soʻrashsa "yaxshiman" deyman.
Qalbimning qanchalik ogʻriyotganin?
Oʻzimdan oʻzgaga ayta olmayman!

Jk kech boʻlishi bilan yana uyga qaytdi.Honasiga koʻtarilib ichkariga kirgan yigit hali hamon oʻrnidan turmasdan uxlab yotgan rafiqasini koʻrib jilmayib qoʻydi.Dush qabul qilib chiqib kiyimlarini alishtirib yotoqqa rafiqasining oldiga kelib joylashdi.Zimdan rafiqasiga nazar tashlar ekan.Uni nima uchun bu qadar sevib qolganiga ishonolmayotgan edi.U siz oʻtgan bir necha haftasining soatlari ham asrlarga tengdek oʻtgani.U deb hattoki telba boʻlib qolayotganini eslar ekan,qoʻllari beixtiyor qizning sochlari tomon yoʻnaldi.Sochlarini mayinlik bilan silab rafiqasini uygʻotib yubormaslik uchun juda ehtiyotkor harakatlanayotgandi.Qizning yuziga tushib chiroyini yashirib turgan bir tutam sochlarini astalik bilan qulogʻi orqasiga qistirib qoʻyib,yuzini siladi.Yuzida begona qoʻllarni his qilgan qiz nogohon koʻzlarini ochar ekan.Yigit dovdirab nima deyishi haqida oʻylayotganda qiz:
—Keldingizmi?Qachon keldingiz?
—Keldim!Bir necha daqiqa boʻlib qoldi!
—Yaxshi!–deya Mia Jk ni bellaridan qoʻlini oʻtkazib koʻksiga bosh qoʻyib yana uyquga ketdi.Rafiqasidan bunday hatti harakatini kutmagan Jk biroz hayron boʻlib turdi.
Pov.Jk:Bu rostan ham Miami yoki men tush koʻrayabmanmi!?Yoʻq yoʻq hatto tushimda ham Mia bilan tortishgan boʻlar edim.Lekin unga nima boʻldi?Hozir menga qarshilik ham qilmay meni oʻzi quchib oldimi!?
Nahotki u ham meni sevib qolayotgan boʻlsa!Men bu lahza hech qachon tugamasligini istar edim.U bilan qancha vaqt boʻlsa ham shu holatda qolishni istayman!

Mia
JK

Jk shu oʻylar bilan rafiqasini quchib uyquga ketdi.
Asta sekinlik bilan oralaridagi rishtalar mustahkamlayotgan bir vaqtda,ularni ajratish rejalarini tuzayotgan Taehyung odam yollab Mia va Jk ni kuzatayotgan edi.

—Alo Jay nima boʻldi ularni kuzatayabsanmi?
—Ha janob Kim.Ular kechayu kunduz kuzatuvimiz ostidalar.
—Yaxshi ularni har bir hatti harakati haqida menga habar berishni unutma Jay!
—Hop boʻladi janob Kim.
Tae telefon qoʻngʻirogʻini yakunlangach yotogʻiga Lili ni yoniga qaytdi.
—Azizam hali ham uxlamadingmi?
—Sizni kutdim sevgilim!Sizsiz koʻzimizga uyqu kelmadi –deya ancha bilinib qolgan qorniga ishora qilib uni silab qoʻydi.
—Axir men senga aytganman vaqtida dam olishing kerak bu bolamiz uchun ham yaxshi boʻladi!Lekin sen har doim meni gaplarimni teskarisini qilib kelasan!
—Sizga meni qizigʻim yoʻq,siz faqat bolamiz uchun men bilan birgasiz shundaymi?
—Bu gapni yana qayerdan olding ,men ikkingizni ham yaxshi koʻraman.Menga ikkingiz ham birdek Aziz sizlar sevgilim!
—Rostanmi!?–Lili koʻzlarida paydo boʻlgan yoshlari birin ketin yotoq ustiga tushar ekan.Taehyung uni tinchlantirish uchun yoniga oʻtirib yuzini qoʻllari yordamida oʻziga qaratib koʻz yoshlarini arta boshladi:
—Azizam yana bir oy, sen va men ota ona boʻlamiz!Sen meni qanchalik baxtiyor ekanimni hattoki tasavvur ham qila olmaysan.Shunday ekan koʻz yosh toʻkishni bas qil hop.Men sen va bolamizni judalar yaxshi koʻraman!
Sen menga dunyolarni bergandek baxt berayapsan sevgilim!

Tae Lilini yotoqqa qulay yotqizib oʻzi yoniga yotib Lilining qorniga qoʻlini qoʻyib astalik bilan silay boshladi.Bola ham dadasini tanigandek toʻpalon qilib onasining qorniga tepib qoʻyardi.Buni sezgan Lili:
—Tae sevgilim bolamiz ham siz kabi toʻpalonchi boʻladi shekilli!
—Nega unday deyabsan azizam?Mendek toʻpolonchi boʻlsa yaxshi emasmi?Kunduzi oʻgʻlim kechqurun esa men sen bilan birgalikda shoʻxliklar qilamiz nima deysan –a!?Tae qoshlarini uchirib bir koʻzini Liliga qisib qoʻyib kulib turardi.
—Men ham insonman,men ham charchaymanku axir?Agar kechqurun shoʻxlik qilmoqchi boʻlsangiz unda oʻsha kuni kunduzi bolaga siz qaraysiz!Kelishdikmi!Shunda men ham siz ham charchamaymiz!
—Siz nima desangiz shu honim!Taehyung Lilini quchib yotar ekan Lili yana gap boshladi.
—Taehyung.
—Ha azizam.
—Menga vada bering!
—Nima deb?
—Avval siz vada bering,keyin aytaman sababini!
—Sababini bilmay qanday vada berolaman azizam!?
—Taehyuuuung!
—Hop .hop.hop.senga vada beraman!
—Mobodo menga biror narsa boʻlgudek boʻlsa,bolamga yaxshi qarang va oʻgay onasi qoʻlida qiynalishini istamayman!
Vada bera olasizmi🥺!?
—Azizam bu nima deganing?Bolamizni ikkimiz tarbiya qilamiz!
—Yoʻq Tae.Meni yuragim sezayabdi,men tugʻruqdan chiqa olmasligim mumkin?
—Bunaqangi gaplarni qayerdan oʻylab topasan azizam!?
—Har kuni yomon tush koʻrayabman!Tushimda Onam meni oʻz oldilariga olib ketmoqchi boʻladi.Qoʻrqib uygʻonib ketganimda esa yonimda siz uxlab yotganingizni koʻrib yuragim ancha tinchlanadi!
—Ana oʻzing aytganingdek bu shunchaki yomon tush holos!Sen siqilmagin bu bolamiz uchun ham yomon boʻladi.
—Hop–Lili gʻamgin tabassum qilib yana Tae ni quchib oldi va koʻzlarini yumdi.Taehyung ham qalbida Liliga achinish hissini sezib yuragi ezildi.Taehyung Lilini tugʻruqdan chiqa olmasligini bilsada oʻzini bilmagandek tutdi.Chunki Lili siqilsa bu bola uchun ham zarar.Yokida siqilishdan tugʻruq ertachi boshlanib ona ham bolaning ham hayoti havf ostida qoladi.Taehyungning rejasi : Lili vafot etgach bolasi bilan Miani olib bu yerlardan butunlayga ketish edi.

Mia bugun erta turib eri uchun oʻz qoʻllari bilan nonushta tayyorlamoqchi boʻldi.Oshxonaga kirgan qiz biroz atrofni kuzatdi va non boʻlakchalarini tostrda qizitib olib ustiga saryogʻ,murabbo surtib gilos va qulupnoy qoʻyib qoʻydi.Tuxum qovurmoqchi boʻlib tovaga yogʻ quydi.Ishiga berilib ketgan qiz ortidan kelgan insonni sezmadi.Jk asta kelib Miani choʻchitib yubormaslik uchun belidan qoʻllarini oʻrab olib,boʻyniga yuzini koʻmib rafiqasining iforidan toʻyib hidladi.Bu hodisadan Mia hayajonlanib ketdi.Goʻyoki ichida nozik kapalarchalar uchayotgandek edi.Asta ortiga oʻgirilmoqchi boʻldi,lekin Jk bunga yoʻq qoʻymadi va:
—Nima qilayabsan?Men uchun maxsus nonushtami!–deya Jk tabassum qilib qoʻydi.
—A. Haligi. Ha siz uchun nonushta tayyorlamoqchi edim!
Mia boshini biroz egib,ayb ish qilib qoʻygan bolaga oʻxshab pastki labini tishladi.Jk Miani yuzini koʻrish uchun yon tomondan egilib qaradi.Bundan Mia yanada uyalib yuzi qizara boshladi.Jk qizni bu harakatini baxtiyorlik bilan kuzatib uni yanada bagʻriga bosdi:
—Rahmat senga!
—Nima uchun rahmat aytayapsiz ? –Mia Jkning gaplariga ajablanish bilan boshini koʻtardi.
—Barchasi uchun!Eng avval meni kechirganing uchun hayotim!
—Kim aytdi men sizni kechirdi deb?
—Nima ? Unda shuncha harakat kim uchun?
—Toʻgʻri nonushtani siz uchun tayyorlaganman,lekin men hali sizni kechirganim yoʻq!Shunchaki sizga bir imkon bermoqchiman.
—Yani sen aytmoqchisanki?
—Siz bilan bir oila boʻlishga harakat qilib koʻrmoqchiman! Keyinchalik afsuslanmaslik uchun.Ammo bu imkoniyatdan foydalana olmasangiz boshqa hech qanday imkon berilmaydi!
Jungkook oʻzini Mianing soʻzlaridan yettinchi osmonda uchayotgandek hisqilib qizni koʻtarib aylantira boshladi.Toʻxtovsiz " Rahmat va minnatdorlik " aytayotgan yigitning qoʻllarida rafiqasining boshi aylanib qayd qilgisi kelib ogʻzini qoʻllari bilan yopib olgani ham koʻrinmas edi.Jk Miani yerga qoʻyishi bilan Mia boshi aylanib yiqilib tushishiga oz qoldi.Jk yonida ekani uchun uni ushlab qolgan edi.Mia qoʻllari bilan ogʻzini yopib hojatxonaga bormoqchi boʻldi lekin yana qadam bosishi bilan boshi aylana boshladi. Buni sezgan Jk Miani yetaklab hojatxonaga olib bordi va rafiqasi qayd qilib olgunicha sochlarini yigʻib tepaga qilib turdi.Qayt qilib boʻlgach yuz qoʻlini yuvmoqchi boʻlib borgan Mia juda holsizlanib qolgan edi.Kecha ham ovqatlanmasdan kun davomida uxlagan qizning kasal insonlarga oʻxshab darmoni yoʻq edi.

JK va Mia

Jungkook Miani darmoni yoʻqligini sezib uni koʻtarib oldi va yotoqxonasiga olib borib sekinlik bilan uni yotoqqa yotqizib,oʻzi kiyimlarini alishtirish uchun qoʻshni honaga ketdi.Qaytib kelgan yigit yotoqda hali ham holsiz yotgan rafiqasini shifohonaga olib borishga qaror qildi va Mia kiyib olishi uchun garderobidan koʻylak olib kelib berdida oʻzi teskari oʻgirilib turdi.Qiz kiyimini ming hijolatda almashtirib boʻlgach, Jk yana qoʻllarida koʻtarib pastga tushdi. Qoʻriqchilar Jk ni koʻrishi bilan mashinasini olib kelishdi.Jk Miani ol oʻrindiqqa joylab,oʻzi haydovchi oʻrindigʻiga oʻtirib mashinani haydab ketdi.Shifohonaga kelishgach mashinadan tushib Mia oʻtirgan tarafga aylanib keldi,eshigini ochib qizni ehtiyotkorlik bilan yana qoʻllarida koʻtarib oldi va mashina eshigini yopib shifohonaga kirib ketdi.Ularni deyarli soyasiga aylanib olgan Jay tezlikda hoʻjayiniga telefon qilib vaziyat haqida habar berdi. Tae esa unga kuzatishda davom etishini va nima uchun shifohonaga kelishganligini aniqlashni aytib qoʻngʻiroqni yakunladi.Miani tekshirishlari uchun shifokorlar maxsus honaga olib kirib ketishgan edi.Bir soatlardan soʻng doktor chiqib keldi.Buni koʻrgan Jk darhol doktorni yoniga borib Miaga nima boʻlganligi haqida soʻroqqa tutdi.
—Doktor rafiqam ahvoli yaxshimi?Unga nima boʻlibdi?Jiddiy havf yoʻqmi doktor?
—Men bilan honamga yuring!Barcha savollaringizga javob beraman.
Jk doktor bilan uning honasiga kirishib,oʻrindiqlarga oʻtirishgach doktor gap boshladi:
—Janob Jungkook sizni tabriklayman yaqinda dada boʻlasiz!
Rafiqangiz sogʻlom,ishtahasi boʻlmaganligi uchun ovqatlanmagan boʻlsa kerak,shu sabab holsiz boʻlgan.Qayd qilishiga kelsak bu holat tabiiy hol.Hech qanday havotirga oʻrin yoʻq!
—Doktor hozir siz dada boʻlasiz dedingizmi!?
Jungkook dada boʻlishini eshitib koʻzlariga yosh aylandi.
—Doktor rafiqamni koʻrsam boʻladimi?Uni oldiga kirmoqchiman!
—Ha.Rafiqangizni koʻrishingiz mumkin!Faqat hozir hamshiraga rafiqangizga quvvat boʻlishi uchun osma ukol qilishini aytgandim.Ukoli tugagach uyingizga ham olib ketishingiz mumkin!
—Rahmat doktor. Rahmat!
Jk doktorning honasidan chiqib Mia yotgan palataga kirdi.Jk kirgan vaqtda Mia qoʻlida osma ulangan holda uhlab yotardi.

Jk Mianing yoniga kelib oʻtirdi.Asta qoʻlini qoʻli bilan ushlab kafti ustidan oʻpib qoʻydi.Mia ham sekin koʻzlarini ochar ekan unga mehr toʻla biroz yoshlangan koʻzlar bilan Jk qarab turardi.
—Menga nima boʻlibdi?Doktorlar bilan gaplashdingizmi?
—Ha gaplashdim hayotim!
—Hoʻsh ular nima deyishdi? Kasalim jiddiy ekanmi?–Qiz soʻzlarini yakunlab hafa boʻlgandek eriga qarab turardi.
—Yoʻq. Jiddiy kasallik yoʻq ekan.Faqat....
—Nima faqat tezroq aytsangizchi?
—Haligi.Buni senga qanday tushuntirsam ekan.haligi....
—Jungkook gapni choʻzmasdan tezroq ayta qoling endi?
—Yaxshi. Unda meni diqqat bilan eshit! Biz yaqinda ota –ona boʻlar ekanmiz va sendagi bu holatlar homiladorlik vaqtida boʻladigan hodisalar ekan!
—Nima dedingiz?Men ona boʻlamanmi!?
—Ha hayotim sen va meni farzandimiz boʻladi!
Qiz eridan eshitgan gaplarini miyasida tahlil qilishga urinar ekan bir nuqtaga qarab tikilib qolgandi.Jk Miani bu holatini koʻrib yuzini oldida qoʻlini siltadi.Qiz oʻziga kelishi bilan Jk yana gapira boshladi:
—Hoʻsh malikam! nima yegingiz kelayabdi.Sodiq qulingiz amringizga muntazir.Nima desangiz hozirni oʻzida muhayyo qilaman!
—Hech narsa yegim kelmayabdi.Shunchaki uyga ketmoqchiman!
—Hop boʻladi malikam!Siz nima desangiz shu.Ukolingiz tugashi bilan oʻzim sizni qanday shifohonaga olib kirgan boʻlsam.huddi shunday usulda olib chiqib ketaman!
—Hohishingiz! Tezroq ketsak boʻldi!
—Hop hayotim!– Jk Miani ukoli tugaguncha yonidan bir qadam ham jilmay oʻtirdi.Ukoli tugashi bilan Miani yana qoʻllarida koʻtarib olib shifohonadan chiqayotganlarida hamma ayollarni Mia ga havasi kelishdi.
Mashinaga oʻtirib uylari tomon ketishayotganda Miani qovurilgan tovuq oyoqchalari (KFS 😋)yegisi kelib qoldi.Jk mashinani yoʻl chetida toʻxtatib,yoʻlni narigi tomoniga oʻtib olib kelmoqchi boʻldi.Kassa yoniga kelgan yigit buyurtma qilgan tovuq oyoqchalari olib ketayotganda,yoʻlda gul sotib turga amakiga koʻzi tushdi.Borib amakiga pul berib gullarini Mia uchun sotib oldi.Yuzida tabassum bilan yoʻldan oʻtib kelayotgan yigit unga yaqinlashib qolgan mashinani sezmay qoldi...
Sotib olgan narsalari yerda sochilib oʻzi butunlay qonga belanib yotgan yigitni oldiga rafiqasi kelib,atrofdagilardan toʻxtovsiz yordam soʻrab yolvorardi.Tez yordam mashinasi kelib Jk ni olib ketayotganda Mia ham mashinaga chiqib oldi.Kasalxonaga kelishlari bilan tezda operatsiya honasiga olib kirib ketishdi.Besh soatdan buyon operatsiya honasi yonidan bir qadam ham ketmagan Mia,oʻzini yomon his qilayotgan edi va hushidan ketib qoldi.Hamshiralar kelib uni ham palataga olishdi.Qiz koʻzini ochgan vaqtda yonida Taehyung bor edi.Mia oʻrnidan turib Jk ni koʻrish uchun bormoqchi boʻldi.Lekin Taehyung bunga yoʻl qoʻymadi.
—Mia sabrli boʻl !
—Tushuntiribroq gapiring? Nima boʻldi erim yaxshimi? Jungkook ga hech narsa qilmadi u tirik shundaymi!Gapirsangizchi akaaa!?
—Mia doktorlar qoʻlidan kelganini qilishdi lekin uni saqlab qola olishmadi .
—Yoʻq.yoʻq.yoʻoʻoʻoʻoʻoʻoʻq. siz meni aldayabsiz Jungkook tirik!U oʻlmagan eshityabsizmi? U tirik!
—Afsuski operatsiya vaqtida joni uzildi.
—Aldayabsiz!Siz meni aldayabsiz!?Men uni koʻrishim kerak!Meni uni oldiga olib boring!
—Yaxshi olib boraman!Lekin sen tuzalib ol.
—Hoziroq uni koʻrishim kerak!
Uni palatasi qayerda!?
—U oʻlganiga bir necha kun boʻldi va uni allaqachon dafn qilishdi.
—N..niiiiimmmaaaa.Nnniiimmmaaa dedingiz!
QANAQASIGA AXIR BUNDAY BOʻLISHI MUMKIN EMAS.U TIRIK U OʻLMAGAN!SIZ MENI ALDAYABSIZ AKA!?
—Seni aldashdan menga nima foyda? Menga ishonmayotgan ekansan unda seni oʻzim uning qabriga olib boraman!
Mia akasidan Jk ning oʻlganligini eshitib jinniga oʻxshash boʻlib qoldi va mashina urib ketganda uni qonga belangan tanasi ustida yigʻlaganlarini eslardi.
Taehyung vaʼdasida turdi Miani Jk ning qabri oldiga olib bordi va uni yolgʻiz qoldirib uzoqroqdan kuzatib turdi.

Mia Jk ning qabri yoniga kelib koʻzlarida ushlab turgan yoshlariga erkinlik berib yerga oʻtirgan holda tinimsiz yigʻlardi.
—Nega ? Nega meni tashlab ketdingiz Jungkook! Axir doimo yoningda boʻlaman,seni himoya qilaman,koʻzingdan yosh oqishiga yoʻl qoʻymayman degandingiz?Qani bergan vadangiz,bajarolmas ekansiz nega vada berib meni ham umidlantirdingiz!?Endi menga yordam kerak boʻlganda,bir oʻzim yolgʻiz qolganimda kim yonimda boʻladi.Mana hozir ham koʻz yoshimga siz sababchisiz? Nega meni yolgʻiz latib ketdingiz! Mia koʻzyoshlarini qoʻllari bilan artib:
—Siz yoʻq bu shaharda men ham bir daqiqa qolishni istamayman!Mening TAQDIRIMdagi shirin TASODIFim boʻldingiz JEON JUNGKOOK!!
Sizni hech qachon unutmayman!Sizga vada beraman farzandimiz hoh oʻgʻil hoh qiz boʻlsin uni koʻz qorachigʻiday asrab avaylayman!Bu sizning menga bergan eng katta sovgʻangiz boʻldi!

Mia asta oʻrnidan turib qabr oldidan yiroqlashdi. Tae oldiga kelishi bilan unga Amerikaga ketish uchun chipta olib berishini aytdi.Tae ham shu kunning oʻziga chipta olib Mia bilan Amerikaga uchib ketishdi.

.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
ORADAN 6 YIL OʻTDI.

AEROPORT.

Amerika va Korea yoʻnalishi boʻyicha uchgan samalyot,Korea aeroportiga kelib qoʻndi.Barcha yoʻlovchilarga minnatdorchilik bildirgan holda eson omon qoʻnib olishganliklari bilan tabriklaymiz!
Operator barcha yoʻlovchilarni tabriklab boʻlgach yoʻlakcha boʻylab roʻyxatdan oʻtishlarini aytdi.Mia yoʻlakcha boʻylab kelar ekan 6 yil avvalgi aeroportdagi holati yodiga tushib tabassum qildi.
Bolakay yugurib borar ekan teskari boʻlib turgan insonga borib urildi.
—Voy kichkintoy oʻzing yolgʻiz nima qilib yuribsan.Oying va dadang qani?
5 yoshli bolakay mitti qoʻlchalari bilan oyisiga ishora qilib uni koʻrsatdi.Yigit ham bolakayni oyisiga topshirish maqsadida kelayotganda uni chaqirib qolishdi va bolakayga:
—Buyogʻiga oʻzing bora olasanmi? Meni chaqirishayabdi bormasam boʻlmaydi kichkintoy !
—Rahmat amaki!
Oyijonnn!
Suno baqirib oyisini chaqirganda Mia oʻgʻli tomonga qaradi va oʻgʻlining yonidan ketayotgan yigit koʻziga tanish boʻlib tuyuldi.Orqa tarafidan Taehyung qizalogʻi Liani olib kelardi.
—Nega ketib qoldilaring?
—Sunoni yoʻqotib qoʻygandim!Oʻzlaringiz nega qolib ketdilar ingiz?
—Lia honimni deb albatta!
—Lia qizalogʻim kel ikkalamiz birga ketamiz!
—Voy oyijon menchi!
Hafa boʻlib lablarini burishtirgan Suno qoʻllarini chalishtirib teskari qarab oldi.
Taehyung kelib Sunoning oldiga bolakayni boʻyi tengi boʻlib turib :
—Ayollar birga ketaverishsin oʻgʻlim!Biz ikkimiz birga ketamiz rozimisan!?
—Ha
Taehyung Sunoni koʻtarib olib chiqish eshigiga qarab yurib ketdi.Tae va Suno ketishi bilan Mia ham Lianing qoʻlidan tutib yura boshladi.Lekin boya oʻgʻlining yonida koʻrgan insoni koʻz oldidan hech ham ketmasdi va asta pichirlab:
—U tirik! Bu aniq Jungkook edi?Lekin qanday qilib.....
.
.
.
.
.
.
.
.
.22- qism tugadi.

Mana FF ham oʻz nihoyasiga yetdi.Shu vaqtgacha men bilan birga boʻlganlaringiz uchun kattakon rahmat azizlar🫠
Eʼtiborlaringiz uchun rahmat!

Yoqimli mutoala ❤️