May 13, 2025

TASODIF YOKI TAQDIR 19- qism. Muallif: MIA

TASODIF YOKI TAQDIR

19- qism.

Qalbimni ezadi sogʻinch azobi.
Koʻksimda yuragim yonmoqda,yomon.
Men sening qarshingda turganim bilan,
Qalbing qulfi men uchun ochilar qachon?

Bu voqealar sodir boʻlganiga ham bir oycha boʻlib qoldi.Mia shifohonadan chiqqach 3 kundan soʻng Jk bilan unashtiruv lari boʻldi.Maktabni ham tugatib olishdi va boʻlib oʻtgan ishlarni hech kim gapirmasligini va Miaga ogʻriq beruvchi hodisani eslatishmasliklarini Jk hammaga aytgan edi.
Mana bugun esa Jungkook va Mianing toʻy kuni.
Toʻy hona juda goʻzal va nafis tabiiy gullar bilan bezatilgan. Oq gullar atrofni huddi ertaklar shahriga aylantirgan dek qilib taxlanib chiqilgandi.

Tasavvur uchun

Hamma kelin va kuyov kelishini intizorlik bilan kutishmoqda.
Toʻyga faqatgina yaqin insonlar taklif qilinishgan.Bu ham Jk ning iltimosi tufayli chunki koʻpchilik boʻlishini hohlamagandi.Kuyov kelib oʻz joyini egallar ekan negadir haligacha kelindan darak yoʻq edi.Mia kelin libosida koʻzgu qarshisida turar,pardozchilar allaqachon ishlarini tugatishgan.Lekin Mianing bu honadan chiqish niyati yoʻq edi.Koʻzlarida paydo boʻlayotgan yoshlarni yashirishga urinmasin buning ilojini qilolmadi.Eshik ochilib honaga Kim honim kirib keldi.Qizini toʻy libosida koʻrgan Kim honim koʻzlaridan yoshlari oqa boshladi.
—Mening goʻzallikda tenggi yoʻq jajji Qizalogʻim!Haligacha ishongim kelmayabdi nahotki seni bugun oʻzga bir inson qoʻliga topshirsak!?Qachon ulgʻayishga ulgurganingni ham bilmay qolibman!
Mia oyisining gaplarini eshitar ekan koʻzyoshlari yanada kuchayib oyisini qattiq quchib oldi.
—Hohlasalaringiz sizni, dadamni tashlab ketmayman va toʻyni bekor qilamiz!Meni ham sizlarni tashlab ketgim kelmayabdi oyijon!
—Sen qiz nimalar deyabsan–a? yana qanaqa toʻyni toʻxtatish haqida gapirayabsan.Bu toʻy boʻladi sen shunchaki haqiqiy uyingga ketmoqdasan!Bizlardan havotir olma oppogʻim,dadang va men seni koʻrish uchun boramiz,hohlasang sen ham tez tez kelib turishing mumkin.
—Lekin oyijon men turmushga chiqishni istamayman!?
—Qizalogʻim bu har bir qizning boshida bor.Turmushga chiqish.Agar ilk kechangni oʻylab qoʻrqayotgan boʻlsang,bundan qoʻrqishning umuman keragi yoʻq oppogʻim!Kuyovim aqlli va seni tushunadi deb oʻylayman! U seni qiynab qoʻymasligiga ishonaman va u seni albatta baxtli qiladi.Seni doimo himoya qiladi va qoʻllarida koʻtarib yuradi.Jungkookning senga mehr toʻla,sevgi bilan qarashini oʻzim guvohi boʻlganim uchun ham senga bu soʻzlarni aytayapman!.
Qani endi koʻzyoshlaringni artda men bilan yur!Kuyovim seni ancha vaqtdan buyon mehrob oldida kutmoqda.Yuraqol oppogʻim!!
Mia onasining soʻzlaridan soʻng qancha gapirsa ham bari befoyda ketishini tushunib koʻz yoshlarini artib onasi bilan honadan chiqishdi.Honadan chiqishlari bilan ularni dadasi janob Kim kutib turar edi.Janob Kim qizining qoʻlini qoʻliga qoʻyib mehrob tomon yurishga ishora qildi.Mia ham dadasi bilan mehrob tomon harakatlanar ekan ichidan "hozir sevgilisi kelsayu,toʻyni toʻxtatib qizni oʻzi bilan olib ketishini"juda istayotgan edi.Mia mehmonlar orasidan sevgilisini qidirar ekan,u hech qayerda koʻrinmas edi.
Mia hayolida:Nega meni shunchalik oson berib yuborasizmi?Qayerdasiz,men sizni sevganchalik meni sevmaganmidingiz.Toʻyga kelib janjal qilib boʻlsa ham meni olib ketishga harakat qilsangiz,men ham jon deb siz bilan ketishga tayyor edim.Faqat siz kelsangiz boʻlgani sevgilim!

Mia turgan hona tomon boradigan yoʻl
Tasavvur uchun
Mia va dadasi mehrobga shunday bezatilgan yoʻldan yurib bormoqda

Janob Kim mehrobning ohirida ularni kutib turgan JK ning yoniga kelib qizini qoʻllarini uning qoʻllari bilan tutashtirdi va:
Jungkook qizim Miani senga topshiryabman.Unga bizdanda yaxshi munosabatda boʻl ,chunki u mening koʻzimning oqu–qorasi.Yagonam birdonam meni malikam boʻladi.Uni senga ishonib topshirmoqdaman!Agar uning koʻzidan bir tomchi yosh koʻrgudek boʻlsam yoki unga qoʻl koʻtargudek boʻlsang dadangni doʻstim ekanligiga ham qarab oʻtirmay,dunyoni boshingga qulataman.Meni malikamni hafa qila koʻrma meni tushunding degan umiddaman!–deya Miani qoʻllarini Jungkook ning qoʻllariga topshirdi.Jungkook ham jonob Kimning gaplariga tasdiq maʼnosida boshini hop deya qimirlatdi.

Janob Kim ularning oldidan ketib rafiqasining oldiga borib oʻtirdi.Qiziga qarab uni oq libosda turgan holatini koʻrib koʻzlariga yosh oldi,lekin erkak kishi uchun yigʻlashni zaiflik maʼnosida tushunishmasin deya koʻz yoshlarini yashirdi.
Jk va Mianing nikohlari nikoh mamuri tomonidan tasdiqlanib,kelib kuyovdan boʻsa olishi kerakligini aytganda Mianing yuragi notinch ura boshladi va Jk bilan boʻlgan ilk boʻsasini esladi.Jk Mianing hayol surib qolganini sezib va koʻpchilikni oldida uyalmasligi uchun uni lablaridan emas balki peshona qismidan sekingina oʻpib qizdan uzoqlashdi.Mia JKni yana labidan boʻsa oladi deb oʻylayotgan vaqt peshonasiga tekgan lablardan ichida oʻzgacha bir hissiyotlar paydo boʻldi,goʻyoki ichida turfahil kapalaklar uchyotgandek edi.

Jk va Mia

Toʻy tugab hamma kelin kuyovni qutlashgach Jk Mianing qoʻllaridan tutib uni mehmonlar oldidan olib mashinasiga oʻtirishib oʻzlari uchun maxsus tayyorlangan uylariga ketishdi.

Uylariga kelishgach Jk Miani honada oʻzini yolgʻiz qoldirib chiqib ketdi.

Qiz koʻzlarida yosh bilan koʻzgudagi oʻz aksiga qarar ekan, bugun boʻlib oʻtgan barcha ishlar shunchaki tush boʻlishini istardi.Eshik ochilib turmush oʻrtogʻi honaga kirganda –bu tush emas balki haqiqat ekanligi uchun oʻziga nisbatan kechirolmas darajada nafrat tuygʻusini his etdi.
Jk Mia tomon asta yaqinlashib kelayotganda Mia oʻrnidan turib orqaga qadam bosardi.

Jk Miani honada qoldirib pastga tushib bir shisha spirtli ichimlik ichib olgan edi va tepaga oʻz honasiga kelganda qarshisidagi rafiqasini koʻrib uni oʻziniki qilish hissi yanada kuchaygan edi.Mia orqaga qarab yurayotib devorga borib harakatdan toʻxtadi.Buni bilgan JK qizni ikki yonidan qoʻllarini qoʻyib qizni qochishi uchun boʻlgan imkoniyatni ham yoʻq qildi.Jk asta egilib qizni yuziga yaqinlashdi.Shundoqqina qarshisida erining oʻtli nafasi badaniga tegkanda Miani ichki qoʻrquvi yanada kuchayib notekis va chuqur nafas olardi.Jkni oʻzidan uzoqlashtirish maqsadida qoʻllarini oldinga qilib koʻksidan itardi.Lekin shu vaqtda Jk Mianing ikki qoʻllarini qoʻllari bilan tutib koʻksidan asta pastga qaratib harakatlantirdi.Oq koʻylagidan ham bilinib turgan mushaklar ustidan qizning qoʻllari asta harakatlanar ekan qizni oʻzgacha hissiyotlar oʻz qurshoviga olib boʻlgandi.

Jk Miaga yaqin kelib turgan holati

Mia yuzlari olmadek qizara boshlar ekan Jk yanada qizga yaqin kelib boʻyniga biroz egildi va quloqlari oldida quloqqa hush yoqadigan mayin ovozda lekin biroz dadil ohang hamohangligida pichirladi.
—Bugun bizning ilk kechamiz!
Men seniki,sen esa meniki boʻladigan ilk tunimiz!
Shu on qiz oʻzida kuch topib yigitni oʻzidan uzoqlashtirib.
—Hechqachon!! eshityabsizmi?
HECH QACHON SIZNIKI BOʻL–MAY–MAN.
Mia ohirgi aytgan soʻzlarini baqirib aytgandan.Jk ham unga qarab:
—MEN SENING TURMUSH OʻRTOGʻINGMAN BUNGA KOʻNISHING KERAR ENDI.
—MEN BU TURMUSHNI TAN OLMAYMAN! MEN SEVGAN INSONIM BILAN BOʻLSAM TAN OLAMAN.SIZDAN ESA NAFRATLANAMAN!
Qizning oxirgi soʻzlaridan yigit gʻazabi toshib,qizni yotoqqa itarib oʻzi ustiga chiqib oldi.Bir soniyada nimalar boʻlganini bilolmay qolgan qiz ustida sher kabi vajohat bilan gʻazablanayotgani koʻzlaridan maʼlum boʻlib turgan erini koʻrib koʻzlarini har tarafga olib qochar edi.Jk Miani ustiga chiqib olib ikki qoʻlini tepaga qilib qoʻllari bilan yotoqqa qattiq bosib,qizga yanada gavdasi bilan egildi.Mia chuqur nafas olar ekan koʻkraklari har yuqoriga koʻtarilganda Jk ning koʻksiga tegardi.
Jk Miadan boʻsa olish uchun lablariga tomon harakatlanayotganda,qiz yuzini burib oldi.Jk esa qizning boʻyin sohasiga avval lablarini tekkizib soʻng tishlarini botirdi.Bu hodisadan soʻng qizning ilk nolasi ogʻzidan chiqarkan Jk magʻrurlangancha yuzida tabassum bilan qizni boʻyin sohasini tishlab turgan joyini soʻrdi va lablarini olib qaraganda yaratgan sanat asarini ustidan oʻpib qoʻyib qizning quloqlariga yaqin kelib:
—Bu belgi seni menga tegishli ekaningni bildiradi!Endi har safar koʻzgu qarshisida kelganingda bu belgini koʻrsang menga tegishli ekaningni his qilasan azizam!
—Hechqachon!?Bu belgingiz uzogʻi uch toʻrt kunda yoʻqoladi!
—Eh meni soddagina sevgilim!
Bu belgi yoʻqolmasidan men senga yana yangi belgilar qoʻyaman!.– deya qizga shahvoniy nihoglari bilan qarab turardi....
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
19- qism tugadi.

Hurmatli obunachilar ff uchun 2 qator fikr yozish shunchalik qiyin ish ekanligini bilmagan ekanman!Meni ff gim sizlar uchun qiziq boʻlmasa aytingizlar🥺Men ham vaqtimni yoʻqotib ff yozmayman😊
Keyingi qism chiqishi nomalum qachon koʻnglimdagi dek fikrlar kelsa shunda chiqadi ungacha hayr❤️

Etiborlaringiz uchun rahmat.
Imloviy hatolar boʻlgan boʻlsa uzr soʻrayman😊
Yoqimli mutoala azizlar 🫠