August 4, 2025

TASODIF YOKI TAQDIR 17-qism. Muallif: MIA

TASODIF YOKI TAQDIR

17- qism.

Sensiz kunlarimning nuri boʻlmaydi.
Sensiz tunlarimning tongi boʻlmaydi.
Sen yoʻq olam aslo kerakmas menga.
Sensiz hayotimning rangi boʻlmaydi!

Qiz oʻz hayollariga berilib umuman begona boʻlgan joyga borib qolgandi.Bu ham yetmagandek telefonining ham zaryadi 10% qolgan.
—Eeey shu yetmay turgandi,faqat sen ham oʻchib qolma iltimos. Qaysi tarafga yurishim kerak,kimdan soʻrasam ekan-a,atrofda ham hech kim koʻrinayin demaydiya.Uyga yoʻlni qanday topaman endi.Bu yerlar menga begona,kimdur menga yordam berganda edi.
Qiz qaysi tarafga qarab yurishni bilmayotgandi.Atrofda ham hech kimsa koʻrinmas,yordam soʻray desa telefonining ham zaryadi kam qolgan.Yetmaganiga qiz juda uzoq yoʻl yurgandan kun ham yarmidan oʻtay deb qolgan.Kech tushguncha uyiga qaytib borishi kerak. Shu vaqt telefoni jiringlab qoldi. Qiz kim telefon qilayotganiga ham etibor bermay telni koʻtarib yigʻlay boshladi.
—Alo
—Men adashib qoldiiiiiiiiim.qiz darhol yigʻlab yubordi.
—Hozir qayerdasan?
—Bilmaymaaaan?
—Yaxshi avval tinchlanib ol hop.
—Qanday tinchlanish mumkin. Men adashib qoldim axir!
Men kech tushguncha uyga borishim kerak!
—Hop. Men senga vaʼda beraman kech tushguncha uyingda boʻlasan. Endi yigʻlashni toʻxtat!
—Meni bu yerdan tezroq olib ketiiiing. Qoʻrqib ketyabman atrofda ham hech kim yoʻq.
—Hozir oldingga boraman, yigʻlama.

Mia

Yigit yana gapirmoqchi edi afsuski qizning telefonining zaydadi tugab oʻchib qoldi.

Yigit qizni topish maqsadida haker topib qizning telefon raqami orqali qayerda joylashganini surishtirishga harakat qilar ekan,telefonning oʻchib qolganligi sabab uni topish biroz vaqt olayotgan edi.
—Yana qancha vaqt izlamoqchisan?
—Agar telefoni ishlab turganda hozir qiz oldingizda boʻlgan boʻlardi.Telefon suhbatingiz vaqtiga qarab tekshirayabman,bu esa biroz vaqt oladi.
—Meni boshqa kutishga vaqtim yoʻq senga 10 daqiqa vaqt topsang topding yoʻqsa mendan yaxshilik kutma!?

—Shu vaqtgacha topolmasang seni oʻzingni hech kim topa olmaydigan joyga yuboraman!?
—Manzilini aniqladim!Huuuh belgilagan vaqtingizgacha topdim janob!U hozir @826&_!:#($)shu manzilda ekan!
—Yaxshi men kettim!
—Lekin janob u yerlar juda havfli deb eshitganman.
—Bu bilan nima demoqchisan?
—Yani u yerlarda jinoyatchilar koʻp aniqrogʻi makoni desam ham boʻladi?Qiz nega u yerlarga borib qoldi.

—Buyogʻi sening ishing emas,yordamchimga aytsang pulingni beradi.
—Hop janob!
Yigit manzilni olib mashinasini katta tezlikda haydab ketti,yuragi negadir notinch edi.

Qiz atrofga nazar solar ekan oʻzidan biroz uzoqlikda ikki erkakni koʻrdi,koʻrinishidan yaxshi insonlar boʻlib koʻringan bu yigitlar aslida jinoyatchi va qizlarni sotish bilan shugʻullanishar edi.Ularning navbatdagi oʻljasi esa Mia.Oʻz oyoqlari bilan boʻrining inigacha kelgan qoʻzichoq edi.

Mia koʻrgan ikki yigit

Qiz yigitlarning oldiga borib yordam soʻrash umidida gap boshladi.
—Kechirasizlar bu yerdan avtomobil yoki aftobusmi oʻtadimi?
—Bu yerlarda avval boʻlmagansiz mi?
Gapimni notoʻgʻri tushinmang,sizni avval koʻrmaganman shunga soʻradim?

—Ha men qanday tushuntirsam ekan,adashib qoldim.Shu yaqin oʻrtada biror telefon butkasi bormi yaqinlarimga tel qilsam kelib olib ketishardi!?
—Eeeh afsuski bu yaqin oʻrtada telefon butkasi tugul,insonlarning oʻzini ham topishingiz qiyin!-birinchi yigit qizga achingan boʻlib.
—Istasangiz biz bilan yuring!?

Sizga yordam beramiz!Yaqinlariz kelgunicha biznikida mehmon boʻlib turasiz!?
Ikkinchi yigit yuzida ayyorona kulgisi bilan qizga qarab gapirganda qiz yigitlarning niyati yaxshi emasligini tushunib:
—Yoʻq rahmat.Voy yodimga tushdi hozir yigitim kelishi kerak !Biroz tortishib qolganimiz uchun u bilan gaplashganim yodimdan chiqibdi!Hozir kelib qoladi men chetroqda kutib turaqolay yana sizlarni urub biror joylaringizni jarohatlab qoʻymasin!?
Qiz yigitlarni oldidan ketmoqchi boʻlib burilib bir ikki qadam bosishi bilan yelkasida begona qoʻlni his qildi.
—Qayoqqa goʻzalim!?
Biz bilan qolishni istamay qoldingmi?
—Men sizlarga yaxshi boʻlsin deb uzoqroqqa ketmoqchiman!Chunki yigitimning jahli juda yomon.
—Yigiting kelguncha sen zerikib qolishing mumkin.Qolaversa biz ham tayyor oʻljani boy berib qoʻyadiganlardan emasmiz goʻzalim!?
Qiz yigitlarning soʻzlarini eshitib boshiga kelgan bu muammodan qochibgina qutulishi va tutib olishmasligi uchun yaxshiroq yashirinadigan joy topishi kerakligini oʻylab,yelkasidan tutib turgan yigitga kulib qaradida,oyoqlarining orasiga bor zarbi bilan tepgan on,yigitning joni ogʻrib qizni yelkasidan tutib turgan qoʻlini olib oyoqlari orasini ushlab yerga bukchayib yiqilgancha dodvoy sola boshladi.Qiz vaziyatdan foydalanib yigitlardan qutulish maqsadida orqasiga qaramay qocha boshladi. Ikkinchi yigit esa na doʻstiga yordam berishni va na qizni ortidan quvlashni oʻylab turganda,sherigi :
—Nega qarab turibsan,bor qizni tut. U bu qigan ishi uchun hali javob beradi.Uni maktab oʻquvchisi yosh deb biroz qiynab keyin sotmoqchi edim.Endi oʻzidan koʻrsin uni toki osti yirtilib ketmaguncha shunchalik qiynayinki oʻlimini soʻrab yolvoradi!?
Bor uni menga tutib kel?

Qiz oʻziga mutlaqo begona boʻlgan koʻchalar boʻylab yugurib borar ekan,kimdur kelib uni qutqarishini iltijo qilib borardi. Agar bu yigitlar tutib olsa uni biror narsa qilishlari aniq .Jon hammaga shirin tuyulganidek qiz ham omon qolish maqsadida bir koʻrimsiz boʻlgan uyga kirib berkinib oldi. Uni topib olishmasliklari uchun hansirab nafas olayotganda ogʻzini qoʻllari bilan yopib iloji boricha tovush chiqarmaslikka harakat qildi. Biroz vaqtdan soʻng yugurib kelayotgan qadam tovushlari eshitilib qiz berkingan uyning yonidan oʻtib ketti.

Biroz vaqtdan soʻng yana qadam tovushlari uyning atrofidan eshitildi.Qiz yashiringan yeriga yanada berkinish maqsadida ichkariroq kirishga harakat qilib bukchayib qoʻllarini ogʻzidan olib tizzalarini quchib oldi.

Eshik qiya ochilib ichkariga bezori yigitlardan biri kirib keldi.ichkariga kirib biroz turgan yigitning ortidan sherigi kelib:
—Bu yerga nega kirding.Bu yerda hech kim yoʻq!Qani kettik u hali uzoqqa ketib ulgurmagan menimcha!?
—Menimcha esa biz izlayotgan inson shu yerda boʻlishi mumkin!?
—Nimalar deyabsan!?
Yoki shu yerga kirganini koʻrdingmi?
—Yoʻq koʻrmadim. Lekin taxmin qilayabman. Chunki bundan boshqa yashirinishga joy yoʻq. Koʻp yugurganidan charchab shu yerda yashiringan boʻlsa kerak deb tahmin qilayabman?

—Qoʻysangchi u ketgan bu yerdan topishimizni bilib uzoqroqqa qochgani aniq kettik!-deya ikki yigit uydan chiqib ketishdi.Mia ham biroz turib ular ketganiga ishonch hosil qilgandan keyin yashiringan joyidan chiqib asta tashqariga chiqish uchun endi eshikni ushlaganda:
—Doʻstim men senga nima degandim?Qushcha oʻz inidan chiqdi!
—Aqlinga qoyil qoldim lekin,toʻgʻri aytgan ekansan.Endi qushchamizni bir sayrataylik!
Menimcha bu qushchamizning ovozi juda yoqimli boʻlsa kerak.Oʻzi ham koʻzni quvnatib turibdi chiroyi bilan.

Yigitlar gaplashib turganda Mia yana qochishga harakat qildi lekin uni ushlab olishib qoʻl oyoqlarini bogʻlab qoʻyishdi.
—Yana qayoqqa qochmoqchi san qushcham,boya qilgan ishing uchun javob bermaguningcha hech qayerga qoʻyib yubormayman seni.

—Doʻstim bu qushchaning ovozini men ham eshitmoqchiman!? Mendan qizgʻonmassan?
—Kel unda ikkimiz ham bir vaqtning oʻzida bu qushchaning kuyidan bahramand boʻlamiz!–deya birinchi yigit sherigiga qarab kuldi. Ikkinchi yigitga ham bu gaplar yoqib tushib qiz tomon shahvoniy kulib yaqinlasha boshladi.Qizning qoʻl oyoqlari bogʻlanganligi uchun qochishga qancha harakat qilib qimirlasa ham hech bomasdi.
—Tipirchilashni bas qil qushcham seni bu yerlardan hech kim qutqara olmaydi.Kelishganda ham kech boʻlgan boʻladi chunki hozir qilmoqchi boʻlgan ishimizdan tirik qolishing amri mahol,mobodo tirik qolsang ham oʻzim seni oʻldiraman! Menga qilgan ishing uchun aslida oʻlim ham senga yengil jazo boʻladi.Lekin men senga yaxshilik qilib seni oʻldiraman!!
Shu gaplarni aytib yigit qizning yoniga kelib kiyimlarini yecha boshladi,yonidagi sherigi ham kiyimlaridan birin ketin halos boʻlar ekan.Qiz koʻzlarini yumib olib yordam soʻrab baqib yigʻlardi.
—Kim bor iltimos yordam bering! Meni ikki yigit zoʻrlashmpqchi? Kim boooooor!yooooordaaaaam!Iltimos meni kechiringizlar.Unday qilmangizlar iltimos!
—Baqir qushcham!Baribir hech kim seni eshitmaydi!–deya qizga yopisha boshladi.Qizning ham kiyimlarini bittalab yecha boshladi.
—Senlar ham insonmisanlar,senlarni ham opalaring yoki singillaring bordir. Senlarni ham ayol dunyoga keltirgan-ku, hozir qilmoqchi boʻlgan ishlaringni koʻrganda qanday ahvolga tushardi.

—Oʻchiq ovozingni?- deya birinchi yigit qizning yuziga tarsaki tushirdi. Qiz tarsaki zarbidan yuzi olov kabi yonayotgan boʻlsa ham hozir boʻladigan ishlarni oʻylab bundan oʻlgani ming marotaba yaxshi boʻlishi haqida oʻylardi......

17- qism tugadi.

____________________________

Yoqimli mutoala 🫠