ZULMATIMNI YORITGAN NURIM! 3- qism. Muallif: MIA
Taehyung ham Jk ketgandan soʻng uyiga ketdi.
—Qizni kuzatayabsanmi?
—Ha janob aytganingiz dek uni soyasiga aylandim!
—Oʻzingni sezdirib qoʻyma!
—Hop janob!
Tae yordamchisi bilan gaplashib boʻlgach,telni oʻchirib dush qabul qilgani kirdi 30 daqiqalarda dushdan chiqqan yigitning telefoniga yordamchisidan SMS kelib turgandi.
Janob men honimni aytganingizdek kuzatdim.Honim dugonasi bilan kafeda oʻtirishganda ularni yoniga dushmaningiz Suga keldi. Va ular qadrdonlardek uchovi ham kulishib oʻtirishdi.Endi nima qilay janob? Honimni kuzatishda davom etaveraymi?
Tae SMS ni oʻqishi bilan jahli chiqib telefonni yotoqqa qaratib otib yubordi. Yana qayta telefonni qoʻliga olib yordamchisiga habar yozdi.
"Kuzatishda davom et! Agar biror shubhali narsani sezsang menga habar ber".
Tae SMS ni yordamchisiga yuborib:
—Lilly nima boʻlsa ham dushmanim Suga bilan aloqang boʻlmasin?Yoʻqsa seni oʻzim oʻldirishimga toʻgʻri keladi!?
Qoʻlida turgan telefonni yana qayta yotoqqa otib yubordi.
Tae qattiq uh tortib qoʻllari bilan boshini orqa tomon biroz egib turdi.
—Yoʻq men bu ishni qilolmayman.Ikki oʻt oʻrtasida qoldim?Doʻstlik yoki sevgi qay birini tanlashga boshim qotgan!?Sevgimni tanlasam Jk bilan shuncha yillik doʻstligimizni uzgan boʻlaman!
Jk ni tanlasam qalbimda endi kurtak ochib,unib kelayotgan sevgimni oʻz qoʻllarim bilan yulgan boʻlaman!?
Aqlim doʻstlik desa—Qalbim sevgi deb turibdi!
Yigit qaror qabul qilish uchun qiynalar ekan,yotoqda turgan telefoni jiringladi.Telefonni olib ekraniga qaraganda yordamchisidan ekanini koʻrib tezda javob berdi.
—Nima boʻldi?
—Janob Lilly honim...
—Ogʻzingga talqon solgan kabi jim turmay gapirsangchi?
—Lilly honimning uyiga dugonasi va Suga birga kelib ichkariga kirib ketishdi.
—Nima deding?
—Suga bilan dugonasi hozir ichkarida Lilly honimning yonida.
—Yaxshi.Sen kuzatishda davom et.
—Hop janob.–deya yordamchisi qoʻngʻiroqni yakunladi.
Tae esa:
Lilly men seni chindan sevgandim!Sevgimni tanlamoqchi boʻlibman!Endi seni mening qoʻlimdan hech bir kimsa qutqara olmaydi.Ajaling yolgʻiz oʻzim boʻlaman yagonam!
Bu vaqtda Lilly ning uyida Suga,Namra va Lilly birgalikda suhbat qurishayotgandi.
Lilly: Y/n kim oʻgʻirlab ketganini topdingizmi?U hozir qayerda ekan!?
Namra:Boʻldi tinchlan dugonajon Y/n ni albatta topamiz! Bu turishda senga ham biror narsa boʻlmasin! Siqilma dugonajon.Janob Sugani odamlari uni qidirishyabdi –deya Namra Suga tomonga qaradi.
Suga:Odamlarim Y/n ni qidirishyabdi.Shaharning har bir burchagigacha qarashlarini buyurganman.Dugonangizni albatta topamiz!
Lilly tezroq topingizlar iltimos.Yagona umidim sizdan janob Suga.Chunki politsiya idorasiga murojaat qilganimizda ular yordam bera olishmasliklarini va dugonamiz biror yigit bilan qochib ketganligini aytishdi.Lekin dugonam shu vaqtgacha hech bir yigitga qaramagan.
Soʻzlarini yakunlagan qiz koʻzlarida ushlab turgan yoshlariga erkinlik berdi.Namra dugonasini qiynalayotganini koʻrib yoniga borib uni bagʻriga bosib koʻnglini koʻtaradigan soʻzlar bilan ovuta boshladi.
—Yigʻlama dugonajon, Y/n ni albatta topamiz dedimku.Yana uchalamiz birga boʻlamiz!Mana koʻrasan!
Namra dugonasiga dalda berar ekan,oʻzi ham ich ichidan dugonasi yoʻqolganligi uchun ezilayotgandi.Buni bildirmaslik uchun esa oʻzini kuchlidek koʻrsatdi.
.
.
.
.
.
.
Suga ikki dugonani bir chetda turib kuzatar ekan negadir Namraga nisbatan oʻzgacha hislar uni qalbini egallayotgandi.
Toʻsatdan Suganing telefoni jiringladi.Telefonga javob berish maqsadida qizlarni yolgʻiz qoldirib honadan chiqdi.
—Topdinglarmi?
—Ha janob.
—Qiz qayerda ekan?
—Qizni "Demon"ni odamlari olib ketishibdi!
—Demon dedingmi?
—Ha janob.Kamera yozuvlari orqali topdik.Bir koʻcha kamerasida tushib qolishibdi.
—Yaxshi unda Demonni kuzatinglar.U qizni biror yerda saqlayotgan boʻlishi mumkin.Agar qiz haligacha tirik boʻlsa?
—Sizni tushundim janob –deya telefon qoʻngʻirogʻi yakunlandi.
Suga.pov.Demon demak sen oʻgʻirlagan ekansanda.Qanday tasodif.Men uylanmoqchi boʻlgan qizning dugonasi senga nega kerak boʻlib qoldi ekan.Qiziq sen qizlarga qaramasdingku.Seni yoʻq qilish uchun tayyorlangan yollanma qizlarni oʻldirib yuborarding.Oddiy qizlar senga yoqishini bilmagan ekanman.
Yoki shu qiz orqali seni yoʻq qilsammikin.
Suga oʻylanib turganda yoniga Namra keldi:
—Janob Suga kim sizga telefon qilibdi.Yoki dugonam topildimi.
—A..haligi Namra menga telefon qilgan odamlar Y/n ni topaolishmayotganini aytishdi buni senga qanday tushuntirishni bilmay oʻylanayotgandim.
—Mayli.Muhimi dugonam sogʻ–omon topilsa boʻlgani.
—Albatda dugonangni topaman senga vaʼda beraman.
—Rahmat sizga!
—Dugonangni topganimdan soʻng rahmat aytasan!
—Yoʻq barbir ham rahmat.Chunki dugonamni topish uchun hech boʻlmaganda harakat qilayabsiz –ku!?–deya
Namra Sugaga qarab mayin tabassum qilib qarab turardi.Shu on Suganing qalbida esa sevgining ilk uchqunlari chaqnay boshladi.
Suga muhim ishi chiqib qolganini bahona qilib Namraning oldidan ketib mashinasiga oʻtirib haydab ketdi.Yoʻlda yordamchisiga telefon qildi:
—Menga Y/n haqida bor maʼlumotlarni topib kel.Senga ertagacha muhlat.
—Lekin janob hozir tun yarmidan oʻtdi ertagacha qanday topaman barcha maʼlumotlarni.
—Endi bunisi sening muammoying.
—Hop janob ertagacha barcha maʼlumotlarni topishga harakat qilaman.
Suga telefon oʻchirib yonidagi oʻrindiqqa otib yubordi.
—Namra sen menikisan!
Suga mashinaning tezligini yanada oshirib yelday haydab ketdi.