April 21, 2025

TASODIF YOKI TAQDIR 15-qism. Muallif: MIA

TASODIF YOKI TAQDIR

15- qism.

Hayotingizda shundayin tub burilish sodir boʻlishi mumkinki.U sizni baxt tomon boshlaydimi yoki baxtsizlik bu faqat oʻzingizga bogʻliq boʻlib qoladi.

Mia oʻz oʻy hayollari bilan boʻlib yoniga kelib turgan insonni koʻrmagani va koʻrgandan keyin esa dadasining bu qaroriga qarshi chiqishi uchun ancha kech boʻlgan edi.Chunki allaqachon ikki yoshning toʻylarini qilishlari va unashtiruv marosimi esa tez kunlarda boʻlishini elon qilib boʻlishgan.

Mia goh dadasiga goh oʻzi sevgan insoniga umid koʻzlari bilan boqar,lekin biri juda quvonayotgan boʻlsa ikkinchisi esa ichida goʻyoki dunyolari yoʻq boʻlganday his qilar edi.Taehyung Miani shunchaki oʻzini sevganday koʻrsatib u orqali amakisidan qasos olmoqchi boʻldi.Yaʼni Miaga uylanib uni azoblash orqali amakisini ham azob chekishini istagan edi lekin barcha oʻylagan rejalari teskarisiga ketti.Mia endi boshqa bir insonga yani yana bir dushmani deb hisoblaydigan insonning oʻgʻliga turmushga chiqadi. Bu esa yigitni yanada nafrat va gʻazabini kuchaytirar edi.Taehyung Miani yoshlik davrida shunchaki oʻsmir bolalarda uchrab turadigan hislarga berilish,uni sevmasligini oʻziga uqtirib keldi.Lekin har safar qizni koʻrgandagi yuragi urushi,uni vujudini bosadigan oʻzgacha bir hayajon,kulgisini koʻrganda beixtiyor yuzida paydo boʻladigan tabassum,koʻzlari toʻqnash kelgan ondagi hissiyotlar bu barchasi bemaʼnilik va shunchaki qizga bogʻlanib qolish deya hisoblardi.Afsuski bilmas edi u qizga allaqachon telbalarcha oshiq boʻlib qolganini.

JK va Mia
Ularning toʻylari boʻlishini eshitgan Taehyung
Sevgan qiziga akasi uylanishini eshitgan Sunghoon

Taehyung oʻzini qoʻyarga joy topa olmay tezlikda bazm boʻlayotgan joydan jahl qilib ketib qoldi va toʻgʻri tungi klubga borib oʻsha joyda mast boʻlib qolgunicha ichib bir qiz bilan tunni oʻtkazdi.

Taehyung ni mehmonlar orasida yoʻq ekanligini koʻrgan Mia oʻzini zoʻrgʻa yigʻlashdan tiyib turardi.Koʻzlari allaqachon yoshga toʻlgan boʻlsada qalbida qon-qon yigʻlayotgan edi. Barcha orzulari,umidlari,kelajak haqida tuzib qoʻygan rejalari,turmush oʻrtogʻi bilan boʻladigan tortishuvlari va bolalarining ulgʻayishini birga kuzatadigan insoni yani sevgilisi emas balki oʻzga bir odam ekani,hattoki uni yaqindan bilmasligini oʻylagan sari yanada alamli yoshlari kelaverar edi.

Ikki yoshning toʻylari haqidagi maʼlumotni eshitgan mehmonlar qarsak chalib tabriklay boshlashdi. Ayollar oʻrtasida esa qizgʻin suhbat boshlandi.
—Ularga havasim kelayabdi bir birlari uchun yaratilgandek,huddi uzukka koʻz qoʻygan kabi bir-biriga juda mos juftlik boʻlibdi!Haqiqiy sevishganlar menimcha!?
—Hechhamda ular sevishganlarga oʻxshamaydi? –birinchi ayolni gapini inkor etgan boʻlib ikkinchi ayol.
—Koʻrmayabsizmi qizning koʻzlaridagi yoshlarni,ularni zoʻrgʻa ushlab turibdi.Menimcha qiz bu toʻydan hursand emasga oʻxshaydi yana ham bilmadim.
—Qoʻysangizchi bunaqa bemano gaplaringizni kimsan Janob Jeon ga kelin boʻladiyu nega endi hafa boʻlishi kerak ekan. Yigitni qarang koʻrkamligini qancha unga tikilmayin desam ham boʻlmayabdi. Shu yoshga kirgan boʻlsamda unga oʻzim turmushga chiqqim kelib ketti!
Uchinchi ayolning bu gaplarini eshitgan qolgan ayollar hammasi kulib yuborishdi.
—Nega kulasizlar men shunchaki haqiqatni aytdim.
—Shu yoshingizda yosh yigitga achinmaysizmi?axir salkam 50 ni qarshilaysiz yaqinda!
—Nima qilibdi 50 ga kirayotgan boʻlsam.Muhimi koʻngil yosh hali ham! Hatto hozir ham yigitning yoniga borib turgim kelayabdi!
—Endi bunisi oshib tushdi Le honim axir eringiz borku?

Uyalmay aytayotgan gapingizga qarang,Bu gaplaringizni eshitgan inson uylanadigan oʻgʻli bor demaydi sizni?
—Bunchalik menga yopishib oldingiz siz.Meni uylanadigan oʻgʻlim yoʻq!U Le Jongning birinchi rafiqasining oʻgʻli. Meni oyi deb ham atamagandan keyin

nega men uni oʻgʻlim deyishim kerak.
—Boʻldi bas qilingizlar.Mehmondorchilikka kelib ham bir biringizni tinch qoʻymaysizlar.Uyalmaysizlarmi tortishgani kapkatta ayol boʻlaturib ham.Le honim chindan ham oshirib yuboryabsiz.Avval Janob Jeon ni ilintirmoqchi boʻlib qancha yugurganlaringizni hammamiz yaxshi bilamiz!Endi navbat oʻgʻliga kelibdida -a? Sizchi Kang honim Le honimni bir gapdan qolmasligini bilaturib ham tortishganiz -tortishgan.
—Uzr Min honim!-deya Kang honim Min honimdan tazim qilgancha uzr soʻradi.

Hamma oʻzi bilan oʻzi ovora,kimdir lar gʻiybat bilan yana kimdir lar ajoyib yangilikdan hursand boʻlgan bir vaqtda bir chetda oʻtkir taʼmli oq vino quyilgan qadahlarni birma bir boʻshatayoqgan yigit bilan hech kimni ishi yoʻq edi.

Yigit shu qadar koʻp ichgandiki birinchi bora ichishi boʻlsa ham hali hamon hushyor insondek koʻrinardi.Yana bir qadah boʻshab keyingisini ichish uchun ogʻziga qarab olib borayotgan on yoniga sinfdosh qizi kelib unga yoqish maqsadida noz karashmalar qila boshladi.Yigit unga qarayvermagach unga yaqin kelib yelkalariga qoʻlini qoʻyib ohista silab gap boshladi.
—Bu yerda yolgʻiz ichmasdan menga sherik boʻlsangiz boʻlmaydimi?
—Bu nega kerak menga?
—Shunchaki yolgʻizlikni sharobdan emas yoningizdagi sherigingizga dardizni aytib ketkazsangiz ham boʻladi!
—Meni dardim bor deb senga kim aytdi?
—Hop dardingiz yoʻq ekan nega unda bunchalik koʻp ichayabsiz?
—Senga hisob berishga majbur emasman bor yoʻlingdan qolma,oʻzingga boshqasini top!
—Sizni anchadan beri kuzatdim va yoningizga kelib dardingizga biroz boʻlsada malham boʻlmoqchi edim!Miaga qanday qarayotganingizni bilmaydi deb oʻylaysizmi?Uni akangizga turmushga chiqayotgani esa sizni yanada ruhan sindirmoqda shundaymi?Hohlasangiz men orqali sizni qiynayotgan azobdan halos boʻling!

Sarhush holatda deb tasavvur qiling
Uning oldiga kelgan qiz

—Yani
—Men bilan tun oʻtkazishingiz mumkin!
—Aqldan ozdingmi sen qiz?
—Ha aqldan ozdim sizni birinchi bora koʻrgan onimdan boshlab aqldan ozgan man! Menga etibor bermay oʻsha qizga qaraganingizda,u bilan suhbatlashganingizda, hattoki hozir ham u qizni deb shu yoshgacha ichkilik ichmagan bola boʻkkuningizgacha ichganingizga hamma hammasi ga men qanchalik qiynalib,yuragim parchalanishini bilayabdizmi? Sizni butun maktab qizlaridan qizgʻonardim menga bir bora qarashingiz uchun nimalar qilganimni bilganingizda edi....

Qiz shu soʻzlarni aytib yigitni yonidan ketmoqchi boʻlganda yigit qoʻllaridan turib qoldi.
—Kechir! Seni hafa qilish niyatim yoʻq edi. Meni chindan ham dardimga malham boʻla olasanmi?
—Hatto siz meni sevmasligingizni bilsamda sizning dardingizni unuttirish uchun hamma narsaga tayyorman!
Qiz soʻzlarini yakunlar ekan yigit asta qoʻllaridan tutib tashqariga olib chiqib ketti va qiz bilan bir hashamatli mehmonxonaga borib qabul boʻlimidan band qilingan hona kalitini olib lift yoniga borishdi.Lift kelishini bildiruvchi tugmani bosib uni kuta boshlashdi.Qizning bellaridan tutib turgan yigit qizga hirsga toʻlgan nigohlari bilan qarab turganidan,qiz mana endi nimalar qilib qoʻyganini va endi qanchalik azob chekishini oʻylab tanasi qizishib peshonasida terlar paydo boʻla boshladi.

Lift kelib toʻxtashi bilan eshiklari ochilib ular ichkariga kirishdi va oʻzlariga kerak boʻladigan qavatning tugmasini bosib eshiklar yopilishi bilan lift kerakli qavat tomonga harakatlana boshladi.Lift kerakli qavatga kelib toʻxtashi bilan eshiklari qayta ochilib yigit bilan qiz oʻzlari uchun maxsus band qilingan hona tomon yura boshlashdi.Xar bir hona raqamlariga qarab borayotgan qiz borgan sari hayajoni oshsa oshar ediki aslo kamaymas edi.Ichida allanechuk qoʻrquvi ham bor edi.Yigit kerakli honani oldiga kelib eshikka maxsus kartani tutgach eshik ochildi.Yigit ortiga nazar tashlaganda undan ancha uzoqda qolib ketgan qizga qarab kel degandek qoʻl siltadi.Qiz ham qadamlarini ikkilanish va qoʻrquv aralash asta bosib kela boshladi va honaning oldiga kelib ichkariga kirmay toʻxtab qoldi.
—Nega ichkariga kirmayabsan?
—Qoʻrqayabman?
—Nega ?
—Bu hato balki qaytib ketarmiz?
—Shuncha yoʻlni men ortga qaytib ketish uchun bosib kelmadim?
—Nima?
—Endi seni oʻzimniki qilmaguncha bu yerdan hech qayerga ket-may-san!Meni tushundingmi?
—Lekin men buni hohlamay qoldim.Men uyga ketishni istayman!?
—Endi kech azizam! Bazmdagi jasorating qayerga yoʻqolib qoldi?
—Men....men haligi....meeen....
Qiz shu soʻzlarni aytib nima demoqchi ekanligini bildirolmay duduqlanar ekan,yigitning ortiq kutishga sabri yetmay biroz egildiyu qizni koʻtarib ichkariga kirdi.Ichkaridan qizni qoʻllaridan qoʻymagan holda eshikni qulfladi va yotoqxona tomon harakatlandi. Yotoqxonaga kirgach qizni yotoqqa qoʻyib oʻz ishini boshlab yubordi.Yigit koʻp ichganidan nima qilayotganini bilmas edi.Yonidagi qiz esa uning koʻziga oʻzi sevib qolgan qiz boʻlib koʻrinar,toʻxtashini iltimos qilib yolvorishlari esa yigit uchun huddi kuy misoli quloqlariga hush yoqayotgan edi.
(Avval ham aytganimdek MEN HOT YOZMAYMAN!meni maʼzur tutingizlar!oʻzlaringiz tasavvur qilib olaverasizlar hohlaganlaringizdek qilib!!!)

Bu kecha yigit uchun unitilmas bir oqshom boʻlib oʻtgan boʻlsa,qiz uchun juda azobli tun boʻldi.

Janob Kim va Janob Jeon bolalarining yonlariga turib kecha boʻlgan suhbatlarini eslashdi.

____________________________

Bir kun oldingi kechi vaqtdagi suhbat:

Janob Kim:Gapni ochigʻi nimadan boshlashni bilmay turibman. Chunki hozir aytadigan bu habarim baʼzi birlaringizga yoqmasligi mumkin......
Shu payt Janob Kim ning telefoni jiringlab qoldi.Telefonni qoʻliga olib juda muhim qoʻngʻiroq ekanligini aytib stoldan turib ketdi. Hech kim gaplarini eshitmasligi uchun honasiga kirdi va telefonni qulogʻiga olib borib gaplasha boshladi.
—Eshitaman.
—Men fikrimdan qaytdim.
—Nimalar deyabsan,axir qanaqasiga fikringdan qaytishing mumkin.
—Shunaqa boʻlib qoldi.
—Bu gaping bilan qizimni kelin qilmoqchi emassan shundaymi?
—Yoʻq unday emas.
—Unda fikringdan qaytish sababi nima?
—Men qizingni kichik oʻgʻlimga emas,balki kattasiga soʻramoqchiman.
—Nima?
—Katta oʻgʻlimga qizingni turmushga berasanmi?
—Oldinroq shunday demaysan mi?Fikrimdan qaytdim deb gap boshlamasdan.
—Bu gaping bilan roziman demoqchimisan?
—Albatta roziman.Kattasiga berdim nima-yu–kichigiga berdim nima. Muhimi senga kelin boʻlayabdiku qizim doʻstim!
—Rahmat doʻstim unda ertaga bazmda buni eʼlon qilamiz. Oilangga ham aytmay tur surpriz qilamiz nima deding!?
—Mayli doʻstim men roziman bu habarni ertaga elon qilamiz.
—Ertaga koʻrishguncha unda
—Hayr doʻstim.
Janob Kim doʻsti bilan gaplashib yana kelib joyiga oʻtirib ovqatlanishda davom etti. Taehyung esa amakisi nima demoqchi boʻlganligini bilish uchun gap boshladi.
Tae: Amaki biroz oldin gap boshlagan edingiz gapingizni davom ettirmaysizmi?
Janob Kim:Qanday gapni aytayapsan?
Tae:Biroz oldin bizlarga aytmoqchi boʻlgan gapingizni da
Janob Kim :Ertaga kechki bazmda bilib olasan-deya kechligini yeyishda davom etdi.

________________________________

15- qism tugadi.

Hato va kamchiliklari boʻlgan boʻlsa uzr😌

Yoqimli mutoala azizlar🫠