May 25, 2025

TASODIF YOKI TAQDIR 20- qism. Muallif: MIA

TASODIF YOKI TAQDIR

20- qism.

Sensizlikni — sen ketganingdan keyin tushundim!

Taehyung kasalxonada Miani koʻrgani borganidan soʻng u bilan uchrashish uchun biror marta kelmadi.Chunki:

Taehyung Mia yotgan honadan chiqqanidan soʻng zinalardan tushib kelib shifohonadan chiqib ketaverish eshigi oldida yetganida yonidan behush bir ayolni olib oʻtib ketishayotganda nogohon ayolga nazar tashladi.Avvaliga ishonolmagan yigit tez yordam mashinasida olib kelingan ayol haqida qabul honadan soʻrashga qaror qildi.
—Kechirasiz honim hozir bir ayolni tez yordam mashinasida behush holatida olib kelishdi.Menga u ayol haqida maʼlumot bersangiz.
—Kechirasiz siz u ayolga kim boʻlasiz? Biz faqatgina bemorlarni yaqinlariga bemor haqida maʼlumot bera olamiz!
—A..haligi...me-een..
Yigit nima deyishni bilolmay duduqlanar ekan...
—Uzr janob siz bemorga yaqin emas ekansiz.Biz sizga hech qanday maʼlumot berolmaymiz!
—Iltimos hech boʻlmasa u ayolni ismini ayta olasizmi?
—Yoʻq janob.
—Iltimos bu men uchun juda muhim!Hozir keltirilgan ayol meni tanishimga juda oʻxshar ekan.
—Uzr janob biz hech qanday maʼlumot berolmaymiz mazur tutasiz!
—Yaxshi!
Yigit qabulxona oldidan ketayotib yana ortiga qaytdi.
—Hech boʻlmasa u ayolning ismi Park Lili emasmi shuni bilib bersangiz!?
— Immm..hop.Janob hozir keltirilgan ayol chindan ham Park Lili ekan.Siz u ayolga kim boʻlasiz?
—Nn....niiimmaa.Siz hozir nima dedingiz?
—Hozirgi ayolni ismi Park Lili ekan.Aeroportda hushidan ketibdi va tez yordam orqali bu yerga olib kelingan.

Yigit Lili ismini eshitishi bilan yuragida qandaydir ogʻriq paydo boʻldi.
—Hozir Park Lili qaysi palataga joylashtirildi.Men uni koʻrishim kerak.
—Bir daqiqa kutib turing hozir bilib beraman –deya hamshira hozir keltirilgan bemorga masʼul shifokorga telefon qildi.
—Janob Park Lili honim 315 - honaga joylashtirilibdi.Lekin avval shifokor bilan uchrashishingiz kerak ekan.
—H...hop.Shifokorni honasini ayting.
— 2- qavat chapdan oxirgi hona.
—Rahmat!
Tae qizga rahmat aytib ikkinchi qavatga chiqib yoʻlak oxiridagi chap eshik oldiga kelib uni taqillatdi.Ichkaridan kirishi mumkinligini eshitgach honaga kirdi.

Taehyung shifokor bilan gaplashayotgan holati

Shifokor Tae ni koʻrishi bilan oʻtirishiga ishora qildi.Tae oʻtirgach gap boshladi.
—Park Lili honimga kim boʻlasiz?
—Sevgan yigitiman.
—Ha .Shunaqa deng.Ismingizni bilsam boʻladimi?
—Taehyung.Ismim Taehyung.
—Janob Taehyung Lili honim sizga biror marotaba sogʻligidan shikoyat qilganmidi?
—Yoʻq.Har doim yaxshi kayfiyatda yurardi.Tinchlikmi oʻzi doktor yoki uni sogʻligida biror muammosi bor ekanmi?
—Hozircha hammasi yaxshi! Ammo keyinchalik sogʻligida muammolar boʻlishi mumkin?
—Tushuntiribroq gapiring doktor yana qanday muammo?
—Lili honim bilan oxirgi bora qachon uchrashgan edingiz?

—Amerikada 2 oy oldin uchrashgan edik.
—Tabrikliman!Lili honim homilador.Siz yaqin oylarda ota boʻlasiz janob.
—N...n....ni...ma.Siiiz hozir nima dedingiz.
—Siz ota boʻlasiz!
—Rostanmi doktor!Men yaqinda ota boʻlamanmi!?

Tae ota boʻlishini eshitib quvonchi ichiga sigʻmay oʻrnidan turib doktorni quchib oldi.

—Rahmat!rahmat doktor.
—Lekin janob Taehyung sizga yomon habarim ham bor.Lili honimga homiladorlik mumkin emas,uning sogʻligi homiladorlikni koʻtara olmaydi?
Yani tugʻruq jarayoni ogʻir oʻtishi yoki oʻlim bilan tugashi mumkin!Kam holatlarda ona va bola tirik qoladi.Shunda ham bemorga yaxshi parvarish boʻlsagina,yoʻqsa tugʻruqqa ham yetib borolmasligi mumkin.
—Doktor biror ilojini qilsa boʻladimi?
—Afsuski kech!Lili honimning homilasi allaqachon abord qiladigan davrdan oʻtib boʻlgan.
—Ona va bolani saqlab qolishning biror bir yoʻli bordir doktor?
—Ularni moʻjiza qutqarib qolishi mumkin!Yaxshi parvarish boʻlsa bolani tugʻruqqacha olib borsa boʻladi.lekin Lili honim vafot etadi afsusdaman.Biz faqatgina bolani saqlab qola olamiz!Afsuski ona va boladan ham ajralib qolmasangiz edi deb qoʻrqaman.Chunki Lili honim jismonan nozik va zaif ekanlar.Tugʻruqjarayonigacha ham yetib borolmasliklari mumkin.

Taehyung doktorning honasidan chiqib Lili yotgan palata oldiga bordi,lekin ichkariga kirishga jurati yetmay oyna orqali palataga qarar ekan.Yuragi otashda jizgʻanak boʻlayotgan kabi ogʻriq berayotgandi.
Pov.Taehyung.Men aybdorman hammasiga men sababchiman.Seni shu ahvolda yotganingga men aybdorman.Kechira olsang meni kechir Lili.Lekin men sening ham va Mia ning ham kechirimiga arzimayman!Men shunchalar koʻp gunoh qilganimdan jabrini murgʻakkina bolam va sen tortayabsan Lili.Qasos olish istagi kuchliligidan koʻzlarim koʻr,quloqlarim kar boʻlib qolgan ekan.Men bir begunoh qizning hayotini barbot qilish orqali amakimdan qasos olmoqchi edim.Mia meni chin qalbidan sevib qolganini bilsam ham men uning tuygʻularini oʻyin qilmoqchi boʻldim.Miani oʻzgaga turmushga berishlarini eshitib oʻzimni qoʻyarga joy topolmay qoldim.Boshida bu shunchaki unga oʻrganib qolganim uchun deb oʻyladim.Lekin keyin men shuni tushunib yetdimki men Miasiz bir soniya,hattoki nafas ham olmasligimni endi tushundim.U mening hayotimning mazmuni,yashashimning sababchisi,oq–qora hayotimning turfa xil ranglari,yuzimda tabassum paydo qila oladigan yagona insonim —bu Mia.Lekin endi siz ikkingiz oʻrtangizda qoldim!Men kimni tanlashni bilolmayman?Kech anglab yetgan haqiqiy sevgimnimi?yoki hali tugʻilib ulgurmasidan nobut boʻlishi mumkin boʻlgan jismimning bir boʻlagi bolajonimnimi!?

Mia sevgilim sen meni yana biroz kut men hozir bolamga kerakman va ularni qarovsiz qoʻyolmayman!?Men albatta seni Jungkookdan qaytarib olaman!Faqat sen ungacha men uchun oʻzingni asra yagonam!!

____________________
Taehyung shu kundan soʻng Mia bilan uchrashmay qoʻydi.Mianing toʻyi boʻlayotgan kuni Lilini shifohonadan olib oʻz uyiga olib bordi.Unga yoqadigan narsalar qilishga harakat qildi.Lilini sevmasada tugʻulajak farzandi uchun ham unga gʻamhoʻrlik qilardi.

—Sevgilim siz meni sevasizmi yoki oʻsha bevafo qizni?
Lilining kutilmaganda bergan savolidan nima deyishini bilolmay qolgan Taehyung,qiz asabiylashmasligi uchun uni aldashga qaror qildi.
—Albatta seni sevaman azizam bunga shubha qilmasang ham boʻladi. U qizga kelsak u meni maqsadlarimga erishishim uchun bir vosita edi!Men doimo sizlarni oldilaringizda boʻlaman sevgilim!Tugʻilajak bolamiz sogʻlom boʻlib dunyoga kelishi uchun sen koʻp asabiylashmasliging kerak!Asabiylashish bola uchun zarar shunday ekan hech narsa haqida oʻylashing shart emas.Agar zerikayotgan boʻlsang tayyorlan seni biror joyga aylanishga olib boraman,yoki ovqatlanishga borishimiz mumkin nima deysan!Men bilan borasanmi?
—Albatta boraman.Sizni oʻzingizni koʻchaga yolgʻiz qoʻyib yubormayman!Qanchalar chiroyli hotiningiz borligini hamma koʻrib qoʻysin!
Men hozir kiyinib chiqaman.Ketib qolish hayolingizga ham kelmasin!Yoʻqsa sizni ogʻir jazo kutadi!?
Lili soʻzlaridan magʻrurlangancha honasiga kirib ketdi.
Taehyung hayolida:
Meni kechir Lili men hudbinlik qilayabman,seni yoningda faqat bolam tufayli yuribman!Yoʻqsa allaqachon Miani toʻyini ham boʻlishiga yoʻl qoʻymay uni oʻgʻirlab ketgan boʻlardim.Bizlarni hech kimsa topa olmaydigan joylarga.Afsuski bolam dunyoga kelgunicha seni yoningda qolishga majburman.Bolam dunyoga kelgach Miani Jungkookdan tortib olaman.Bunga juda oz vaqt qoldi.Mia sen meniki boʻlsan yagonam yana bir necha oy va biz birga boʻlamiz!
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
20- qism tugadi.

Yoqimli mutoala azizlar 🫠