May 27, 2025

TASODIF YOKI TAQDIR YARIM FINAL! 21- qism. Muallif:MIA

TASODIF YOKI TAQDIR

YARIM FINAL!

21- qism.

Sensizlikni — sen ketganingdan keyin tushundim!
AFSUS !!!!

Jungkook oʻsha kuni Miani ixtiyoriga qarshi holda u bilan birga boʻldi.
Erta tong yigit boshida biroz oʻgʻriqlar bilan koʻzlarini ochganda,unga teskari qarab choyshabga oʻranib yigʻlayotgan Miani koʻrdi.Kecha nimalar boʻlganini eslay boshlagan yigit,hammadan asrab avaylashga uringan gulini oʻzi uzib topdaganini oʻylab oʻzidan nafratlana boshladi.Nafsining qurboni boʻlgan Jungkook qancha afsus qilmasin endi kech vaqtni ortga qaytarib boʻlmaydi.
Sekin va mayin ovozda :
—Kechir!..Kecha oʻzimni tutib turolmadim afsusdaman!Kechirolsang kechir!Lekin aslida kechirimingga ham arzimasligimni bilaman!
Jungkook soʻzlarini tugatishi bilan dushga kirib ketdi.Dushdan chiqqanda hali hamon oʻrnidan turmagan qizga nazar tashladida garderobdan kiyimlarini olib qoʻshni honaga oʻtib kiyinib uydan chiqib ketdi.

Mia koʻzyoshlari yuzini silab birin ketin pastga tushar ekan,ichki olami butunlay vayron boʻlgan edi.
Pov.Mia:Nega ? Nima uchun aynan men? Nega meni taqdirim bunday boʻldi? Axir qanchadan qancha orzu umidlarim bor edi.Kecha tunda bari shisha misoli chilparchin boʻldi? Endi men nima qilishim kerak! Meni oʻziniki qilgan erimni tanlaymi?yoki sevgimni?Endi Taehyung ham meni bu holatimda qabul qilmasligi aniq!

Jeon Jungkook sizdan nafratlanaman!

Jungkook kompaniyasiga oʻzi uchun maxsus tayyorlangan honasiga kirib kechgi vaqtda hamma ishdan ketar on chiqib keldi.Mashinasiga oʻtirib klubga bordi va barchasini unutish uchun ichmoqchi boʻldi,lekin birdan fikridan qaytdi chunki kecha tunda ham ichgan vaqti oʻzini bilmay qolgandi.Uyiga borsa albatta Miani koʻradi va uni koʻzlariga qanday qilib qarashini oʻylab mehmonxonaga ketdi.
Mana bir necha hafta boʻldi Jungkook esa biror marta ham uyga kelmadi kelgudek boʻlsa ham uy ichiga kirmas,narsalarini hizmatkorlar olib chiqib berar edi.Jungkook kelganda bir necha bora deraza orqali pardalar ortidan bildirmasdan kuzatgan qiz negadur erini bu holatidan hafa boʻla boshlagan edi. Balki bu Mianing Jungkookga nisbatan qalbida uygʻonib boshlagan his tuygʻularidir.

Mia

Jungkook ham oʻz honasi derazasi tomon qaraganda Miani bir bora tasodifan boʻlsa ham koʻrib qolish istagi bilan boqar,ammo qiz parda ortida boʻlganligi bois uni JK sezmas va narsalarini olib yana ketib qolar edi.

Jk

Pov.Jk: Mana Miani koʻrmaganimga ham bir necha hafta boʻlibdi.Uni tasodifan boʻlsa ham bir bora koʻrib qolish istagida narsalarimni bahona qilib bordim.Lekin uni atrofdan qidirmay koʻzim uni qancha izlamasin koʻrolmadim.Balki derazadan qarab turgandir degan umid bilan honamni derazasiga qarasam ham uni koʻrmadim.Uni juda qattiq hafa qildim endi u meni hech qachon kechirmaydi.Oʻsha tunda nima uchun ham ichdim,endi afsuslarimning hech birini foydasi yoʻq.Uni oʻziga kelib olishi bunchalik qiyin boʻlmasa.Sogʻligi,kayfiyati qanday ekanligini doimo hizmatkorlardan bilib turaman.Shu ham meni ancha quvontiradi,chunki u hozir meni uyimda.Asta sekin oʻziga,avvalgi holatiga qaytayotganidan judalar hursandman.Lekin uni koʻrolmaganim uchun meni qanchalik azob ichida oʻrtanayotganim,olov ichida jizgʻanak boʻlayotgandek yuragimning ezilayotganini bilganida edi.Uni deb telbadan farqim qolmadi.Hayollarim,yuragim,butun vujudim faqat uni soʻraydi.Sahroda qolgan inson suvga qanchalar tashna boʻlsa,men ham senga shunchalar balki undan-da ortiqroq tashnaman Mia!?

Jungkook ketishi bilan Mia ham deraza oldidan ketib yotogʻiga oʻtirib oldi.
Mia:Nega kirmadi?Bir bora boʻlsa ham kelib mendan ahvoling qanday?Yoki meni kechir!Oʻsha kungi qilgan ishi uchun pushaymon ekanligini aytsa boʻladiku?Barchasini boshidan boshlashini aytsa balki....
Balki men ham unga imkon bergan boʻlardim!
Ammo janob olifta doimgidek haqlar!?
Nega uni har safar kelsa yashirincha parda ortidan kuzatayabman oʻzi!
Lekin ancha oʻzini oldirib qoʻyganga oʻxshaydi.Sogʻligi yaxshimikin,kayfiyati yoʻqligi yuzidan ham bilindi.Endi yana qachon kelar ekan?Men bilan uchrashmaslik uchun ataylab uyga ham kirmaydi.Uyga kirsang yeb qoʻymasdim!Men ham oddiy insonman,odamxoʻrmasmanku?
Eeeeyyy.Menga nima kirmasa kirmasin bu uning qarori.U siz ham hayotim ancha yaxshi!
Lekin nega uni sogʻinyabman!
Uni har safar koʻrsam bu yurak oʻzini qoʻyarga joy topolmay qolgandek uraveradi.Menga nimalar boʻlayabdi!
.
.
.
.
.
.

Yuna bazmga borib kelganidan keyin,kayfiyati oʻzgarib qolgani uchun uydagilari uni soʻroqlay boshlashgandi.
—Qizim dugonamni tugʻilgan kuniga boraman deding.Mayli deya ruhsat berdik.Lekin sen oʻsha tunda uyga kelmading,sababini soʻrasak dugonamnikida qoldim deding!Lekin oʻsha bazmga borib kelganingdan buyon mana bir necha oy oʻtdi.Ammo sen avvalgi Yuna emassan!?Senga nima boʻldi qizim!
—Oyijon men hali ham oʻsha Yunaman.Shunchaki biroz charchaganman xolos.Buni esa hech qanday vahimali joyi yoʻq.oʻziz bilasiz yaqinda chet elga ketaman.Sizlarsiz begona davlatda qanday yashayman axir.
—Voy meni mehribon qizalogʻim!Sen hali shuni oʻylab siqilib yuribsanmi?Seni koʻrish uchun borib turamiz!Sen ham taʼtillarda kelib turasan!
—Barbir ham oyijon,sizlar har kuni yonimda boʻlmaysizlarku?
—Bizni sogʻinsang telefon qilib turasan,hozir zamon rivojlanib ketgan boʻlsa bir birimizni koʻrib gaplashaveramiz!
—Lekin meni hozirgidek kim quchoqlaydi,kim bagʻriga bosib shirin qizim deb erkalaydi?
Yuna oyisining quchogʻida erkalanib gapirardi.Ammo hayollari boshqa narsada edi.
Pov.Yuna: Sunghoon men seni unutish uchun uzoqlarga ketyabman!Oilamni tashlab,buning barchasiga esa sen aybdorsan! Meni shu holga solgan sensan.Kun kelib mendan qilgan ishing,qalbimni parchalaganing va hudbinlik qilib meni shu holga tushirganing uchun albatta kechirim soʻrataman! Mana koʻrasan hali!
Ona va qiz dardlashib boʻlishgach,qiz chemadonini olib ketish uchun pastga tushib barcha yaqinlari bilan hayrlashdi.Mashinani orqa oynasidan qoʻl siltagancha yuzida gʻamgin tabassumda boqqan qiz,yaqinlaridan ancha uzoqlashgach oldinga qarab,ushlab turgan koʻz yoshlariga erkinlik berdi.Aeroportga kelishlari bilan mashinadan tushib,uchib ketish maqsadida roʻyxatdan oʻtish uchun ketdi.Yarim soatlardan soʻng havoga koʻtarilgan samolyotni oynasidan pastga qarab:
—Men albatta qaytaman! —deya oʻzi eshitadigan darajada shivirladi.

Jungkook kompaniyada ishlab oʻtirganda, telefon jiringladi.Telefon ekranida esa OYIJON! deb yozilgandi.
—Alo oyijon!
—Oʻgʻlim yaxshimisan,qizim Mia ham yaxshimi?
—Ha biz yaxshimiz oyijon.Oʻzingiz ham yaxshimisiz.Sogʻligingiz yaxshimi?Kechiring ishlar bilan boʻlib sizni koʻrgani ham bora olmadim.
—Men yaxshiman oʻgʻlim.Senlar kelmagan boʻlsalaring men oʻzim borib ikkingizni koʻrib kelaman!
—Q...Qaa..aachoon.Yani qachon kelmoqchi siz oyijon!Ovvora boʻlmang biz ikkimiz boramiz!
—Toʻylaring boʻlganiga ham bir necha hafta boʻldi,lekin shu vaqtgacha telefon ham qilganing yoʻqku,men bormoqchi boʻlganimda oʻzimiz boramiz deysan!Yoki meni uyingga borishimni istamayabsanmi?
—Unday emas.Kelavering.Istagan vaqtingizda kelishingiz mumkin oyijon!
—Bugun boraman va sizlar bilan kechlik qilmoqchiman,dadang va ukangni ishlari bor ekan shunga oʻzim yolgʻiz boraman.
—Hop oyijon unda men keliningizni ogohlantirib qoʻyaman!Sizni kelishingiz haqida!
—Mayli oʻgʻlim!Oʻzingni ehtiyot qil.Ish bilan boʻlib kelinimni unutib qoʻymagin a !?.
—A...Hop.Koʻrishguncha oyijon!
—Koʻrishguncha oʻgʻlim!
Jungkook oyisi bilan gaplashib boʻlgach,darhol uydagi hizmatkorlariga kechlik tayyorlashlarini va Miani ham ogohlantirishlarini,bugun uyda birga oilaviy kechlik qilishlarini aytdi.

Mia honasida zerikib ketganidan toza havoga chiqmoqchi boʻlib hovlining orqa tarafida maxsus tayyorlangan argʻimchoqqa borib oʻtirdi.Oldida esa har hil gullar ekilgan kichik bogʻdan turfa xil iforlar kelib turardi.Argʻimchoqda oʻtirib hayollar ogʻushiga suzayotgan qizning oldiga hizmatchi qiz kelib,oilaviy kechlik boʻlishi va Jeon honim mehmon boʻlib kelayotganliklari uchun Mia ham tayyorgarlik koʻrishi kerakligini va Jungkook aytganligini aytdi.Mia ham qaynonasi kechlikka kelishini eshitib tayyorlanish uchun honasiga chiqib ketdi.

KECHGI OQSHOM!
Mehmonhona oʻrtasida uzun qilib tuzalgan dasturxon atrofida Jeon honim,Mia va Jungkook ovqatlanishib oʻtirar ekan.Birdan Jeon honim gap boshladi:
—Mia qizim.
—Labbay honim.
—Voy endi men senga honim emas,oyingman qizalogʻim!Meni ham oʻz oying kabi oyijon deb chaqirishing mumkin!
—Hop.Oyijon!
Mia Jeon honimga nim tabassum bilan kulib qarab qoʻydi.
—Qizim oʻgʻlim seni hafa qilmaydimi?
Mia bir Jeon honimga bir Jungkookga qarab :
—Yoʻoʻoʻq. Yoʻq oyijon!
—Agar hafa qilsa menga ayt hoʻpmi qizim!Oʻzim uni qulogʻini burab qoʻyaman. Kelishdikmi qizim!
—Hop oyijon!
Jungkook oyisining gaplarini eshitib oʻzini yolgʻondan hafa boʻlgandek koʻrsatib:
—Oyijon!Menchi.Nima qizli boʻldim deb meni unutishmi endi? Sizlar yolgʻiz emassizlar bu yerda men ham borman!

Hech boʻlmaganda men yoʻq vaqtda bu gaplarni aytsangiz boʻlardi!Koʻngliga tegadi ham demaysizlar!Hafa boʻldim ikkingizdan ham.
Jungkook yuzlarini yosh bola singari burishtirib teskari qarab oldi.Oʻgʻlining bu harakatini koʻrgan Jeon honim va Mia birdan kulib yuborishdi.Ularga qoʻshilib Jk ham kular ekan.Mia unga tikilib qolgan edi.
Pov.Mia:Men bu odamni olifta desam,yosh bola ekan.Arazlaganinichi.Ulgʻaygan boʻlsada hali hamon yosh bolani oʻzi.Lekin....Lekin kulganda juda yoqimtoy boʻlib qolar ekan.Nega buni avval sezmagan ekanman.
Mia tabassum qilib Jk va qarab turgan vaqt Jk ham Mia tomonga qaradi va koʻzlari toʻqnash kelgach Mia Jk ga tikilib qolganini bilib koʻzlarini olib qochdi.Miani qiliqlarini koʻrgan Jk unga tabassum qilib qarab turardi.Kechlik qilishib boʻlgach Jeon honim shu yerda qolishini aytib, yoshlarga hayrli tun tilab dam olish uchun ikkinchi qavatga chiqib ketdi.
Jk va Mia bir biriga nima qilamiz degandek tikilishib qolishdi.
—Oyim shu yerda ekanlar,demak bir honada qolishga majburmiz!
—Nima hech qachon?Men bunga rozilik bermayman!
—Shunga majburmiz!Oyim bizni baxtli oila deb oʻylayotgan ekan bu sahnada rol ijro etishga majburmiz!?
—Lekin...
—Lekini yoʻq.Men ham aslida sen bilan bir honada qolish niyatim yoʻq!Lekin oyim uchun majburman!
Jk oʻrnidan turib honasiga chiqib ketdi.Mia asabi buzilib oʻziga oʻzi gapira boshladi.
—Nima dedi hozir?Men bilan bir honada qolishni istamasligini aytdimi? Hhh aslida kim ,kim bilan qolishni istamas ekan.Meni ham koʻzim uchib turgani yoʻq siz bilan bir honada qolishga?Siznimi hali shoshmay turing!Men bilan bir honada qolish qanday boʻlishini koʻrsatib qoʻyaman!
Mia ham oʻrnidan turib jahl bilan zinalardan koʻtarilib,honasiga kirganda honada Jk yoʻq edi.Ammo dushdan suvning ovozi kelayotgandi.Mia JKni dushdan chiqishini kutib oʻtirdi.Jk dushdan chiqishi bilan Mia dush qabul qilgani ichkariga kirib ketdi.Mia dushdan banni halatda chiqib kelib oynani qarshisiga oʻtirib yuzi va qoʻllariga krem surta boshladi.Jk esa yotoq ustida yarim holatda yotgancha telefonga qarab,goh gohida Mia tomonga nazar tashlab qoʻyardi.Mia ham yotoq yoniga keldi va:
—Siz bu yerda yotmaysiz!Turing oʻrningizdan?
—Nima?Nega men bu yerda yotmas ekanman!Bu meni ham joyim,shunday ekan men ham yotaman!
—Hechhamda bu yer menga tegishli! Siz oʻzingizga boshqa joy toping!?
—Menga shu yer qulay!
—Ana boring yerda yoting!
—Nega yumshoq yotoq turganda yerga yotishim kerak?
—Oʻzingiz aytdingizku men bilan bitta honada faqat oyingiz uchun qolayotganingizni!Shunday ekan men bilan bir yotoqda yotishga haqqingiz yoʻq va borib yerda yoting!
—Men yerda yotolmayman va yotmayman ham?Men bilan birga yotish niyating boʻlmasa ana oʻzing borib bemalol yerda yotishing mumkin?
—Nima uchun ekan?Nega siz turganda men yerda yotishim kerak?
—Chunki.....chunkiii...
—Hoʻsh. Nima chunki?
Jk nima deb bahona qilishni bilmay:
—Chunki meni belim ogʻriydi!Yerda yotsam belim ogʻrib chiqadi!
—Hih sizni janob olifta desam,tegma nozik ekansizku?
—Nima deding?
Jk Miani qoʻlidan tortib yotoqqa yotqizib olib bir deguncha ustiga chiqib oldi va:
—Senga tegma nozik qanday boʻlishini koʻrsataymi xotinjon!
—Y..yoʻq.
—Nega?Yoki qoʻrqayabsanmi?
Mia Jk ni ustida itarib yubordi.
—Mayli yotsangiz yotavering,ammo chegaradan oʻtish yoʻq eshitdingizmi?
Mia yostiqlardan Jk va oʻzini oʻrtasiga chegara yasab qoʻydi va teskari yotib oldi.Jk Miani bu hatti harakatidan oʻzini zoʻrgʻa kulib yubormaslik uchun tutib turardi.Ammo ich ichidan Mia bilan bir hona va bir yotoqda qolgani uchun hursand edi. Jk uhlab yotar ekan toʻsatdan koʻksida paydo boʻlgan qoʻldan choʻchib uygʻonib ketdi.
—Chegaradan oʻtish yoʻq emish? Ertalab shu holatini oʻzi koʻrsa qay ahvolga tushar ekan?
Mia Jk ni koʻksidan qoʻlini oʻtkazib yelkasiga bosh qoʻyib shiringina boʻlib uxlab yotardi.Jk ham Miani quchib yana uyquga ketdi.

Erta tong qiz koʻzlarini ochar ekan,erining quchogʻida ekanini koʻrdi.Endi baqirmoqchi boʻlib turganda yostiqlar Jk ning ustida ekanligini koʻrdi.Oʻzi esa erini quchoqlab olgan.Mia barcha ayb oʻzida ekanligini bilib oʻrnidan turmoqchi boʻldi,eri uygʻonmadimi deya har harakat qilganida eriga qarab qoʻyayotgan qiz.Jk ni yoqimtoy boʻlib uxlab yotganini bilib uygʻotib yubormaslik uchun yana joyiga qayta yotib koʻzlarini yumib, erini quchib olib oʻzini uxlab yotganga soldi.Ammo bilmas ediki Jk allaqachon uygʻonib Miaga tikilib turganda,Mia uygʻonayotgani uchun oʻzini uhlab yotganga solganini!

Telefon jiringlashidan koʻzlarini ochgan yigit ishga kech qolayotganini tushundi.Oʻrnodan turmoqchi boʻlganda hotininig qoʻllari boʻyniga oʻralganini koʻrib,qoʻllarini astalik bilan oldi.Dush qabul qilib kiyinib uydan chiqib ketdi.Mia koʻzlarini ochar ekan yotoqda yolgʻiz oʻzi ekanligini bildi.
—U qachon uygʻondi?Uyqum shunchalik ham qattiq boʻladimiyey?Hattoki ketganini ham sezmay qolibman!Hhhh
Menga nima ketsa ketar,lekin meni ham uygʻotsa boʻlardiku? Birga nonushta qilar edi?
Nonushta.... A yyy axir qaynonam shu yerda edilarku? Endi meni uyquchi ekan deb oʻylaydilar?Shu vaqtgacha ham uxlaydimi odam degan!Nega uxlab qoldimaaaa!
Mia yuz qoʻllarini yuvib pastga oshxonaga nonushta qilish uchun tushganda.Vaqt allaqachon abet boʻlgan edi.Oshxonada esa Jk ham Jeon honim ham yoʻq edi.Hizmatkorlardan soʻraganda esa JK nonushta ham qilmay ketganini,Jeon honim esa zarur ishi chiqib qolganligi uchun u ham erta tongdan ketganligini bildi.Mia yolgʻiz oʻzi nonushta qilgisi kelmaganligi va bir haftadan buyon ishtahasi yaxshimasligi uchun nonushta qilmadi.

Bir haftadan buyon ishtahasi boʻlmayotgan Mia yaxshi ovqatlanmas va koʻp uxlar edi.....
.
.
.
.
.
.
.
.
21- qism tugadi.
Keyingi qism FINAL azizlar!
Yoqimli mutoala 🫠