June 6, 2025

Sen uchun men Ep.2

My heart beats for you, even if yours doesn't acknowledge it

Amaya rad etishga qancha bahona to'qimasin, u kishi qizning har gapiga javob topib berardi. Ishdan javob bermasliklarini va ortiqcha vaqti yo'qligini aytganida boshliq bilan o'zi gaplashishini aytib vanihoyat ko'ndirdi. Amayani rad etayotganidan Yeonhu mamnun jilmayib o'tirardi. Qiz roziligini bildirganida uning mamnun qiyofasi tundlashib ketdi. Erkak o'rnidan turib tashrif qog'ozini qizni qo'liga tutkazib:
- Ertaga tunda siz shu manzilda kutaman, - dedi
- Nega tunda?, - Amaya uni gapidan hayratlanib darhol so'radi
- Qo'rqmang, men suratlarimni tunda chizishni yoqtiraman. Menga asosan kechasi ilhom keladi, - deb kuldi qizni qo'rqib ketganini ko'rib.

[ Parallel time ]

Jang boshlanganidan buyon u yerdagi tomoshabinlar lahzaga ham nigohlarini uzmay, bor diqqatini qafas ichidagi ikki insonga qaratishgandi. Joshua shavqat qilish, ayash nimaligini bilmay Jaesungni do'pposlardi. Har musht tushirganida ichidagi maxluq uyg'onib, uni ko'proq narsaga undardi. Uni ko'z oldiga Jaesungni Aranga qanday qaragani, qanday tabassum qilgani kelib, nafrati kuchayib borardi. Go'yoki barcha narsa Jaesungga qarshi edi. Ayniqsa bu qonunsiz jang bo'lgani uning aksiga ishlardi. Hech kim ularni ajratishga urina olmasdi. Barchaga bu qafasdan kimning tirik yoki o'ligi chiqishi qiziq edi.

Aran ichida faqat Jaesung uchun duo qilardi, u singlisi uchun yashashi kerak edi. Aran hech kimni ularni ajratishga urinmayotgani taajjublantirardi. Bir odamni o'lib ketishiga jimgina qarab tura olmasdi. Qafas yoniga yugurib kelib:
- Hoy, kimdir ularni ajratsin, hozir o'ldirib qo'yadi, - deb qafasni urib baqirishni boshladi. Atrodagilar: "Bu jangda qoida yo'q", "Bizga aynan kimning o'lishi qiziq" degan ovozlar keldi.

Joshua Aranni ko'rib, Jaesungni mushtlashdan to'xtab, qulog'iga egilib:
- Agar singling yashashini istasang.. Arandan uzoq yur, - deb o'rnidan turib qafas eshigiga bordi. Eshikni tepib ochib pastga tushdi, qafas yonidagi Aranni yoniga kelib yelkasidan oshirib ko'tarib oldi. Aran nima bo'layotganini tushunishga ulgurmasidan bir begonaning yelkasida paydo bo'ldi. Aran tipirchilab tushishga harakat qilardi, ammo qizning kuchi baquvvat erkakning kuchi oldida deyarli bir has edi.
- Ey, kimsiz? Meni tushuring, menimcha adashdingiz, - deb tipirchilash barobarida baqirib gapirardi. Kiyinish xonasiga yetib kelgan Joshua eshikni ichkaridan qulflab, qizni tushirib devorga tirab:
- Hayotimdagi eng to'g'ri tanlovimsan. Barcha narsada adashgan bo'lsam ham seni tanlashdan hech qachon adashmaganman, - dedi ko'zlariga tikilib.
- Meni qayerdan taniysiz? Men sizni ilk bor ko'rishim, - Aran o'zini ortga tortib, tobora devorga jipslashib borardi, ko'zlarida ilg'ab bo'lmas qo'rquv aralash hayajon aks etardi
- Endi har kuni ko'rasan!
- Iltimos nari turing..., - yuziga yaqin kelayotgan yigitni ko'ksidan itarib
- Nega?
- Shunga. Tushunmayapman bu yerda o'zi nimalar bo'lyapti? Siz kimsiz, meni qayerdan taniysiz?
- Ismim Joshua. Hozircha shuni bilsang yetarli, qolganini baxtli turmushimiz davomida bilib olasan, - deya qitmir kulgu bilan gapirdi. Aran uni bor kuchi bilan o'zidan itarganida Joshua o'z xohishi bilan unda uzoqlashdi.
- Gapirayotgan gaplaringizni qulog'ingiz eshityaptimi? Nimalar deyapsiz o'zi? Mendan nima istaysiz? Nega meni bu yerga olib keldingiz?
- Faqat seni istayman boshqa hech nima, - Aran uni gapidan kulishni boshladi:
- Juda yaxshi hazil bo'ldi, meni ishontira oldingiz. Endi ijozatingiz bilan men ketsam, - deb eshikni ochishga qo'l cho'zganda, Joshua qo'lidan tortib uni yana o'ziga qaratdi:
- Nima hazillashayotganga o'xshaymanmi?, - qizni yuzlarini bir qo'li bilan siqib, ikkinchi qo'lini beliga qo'ydi. Belidan qattiq chimchilab:

- Har bir qadamingdan xabarim bor, shunday ekan bosayotgan qadamingni o'ylab bos. Ertaga kechki payt mashina jo'nataman tayyor bo'lib tur. Ortiqcha gap-so'z qilmay, shunchaki aytganlarimni bajar, yo'qsa atrofingdagi insonlarga ancha qiyin bo'ladi. Qolgan masalalarni ertaga gaplashamiz, meni tushundingmi?, - Aran og'riqdan Joshuani qo'lini ushlab tushirishga urinardi. - Eshitmadim..?, - dedi Joshua belidan oxirgi marta qattiq siqib. Aran:
- H.ha tushundim, - deganidan keyin qo'lini belidan tushirdi, ammo yuzidan emas. Ikki yuzi siqilishi natijasida jo'janing tumshuqchasiga o'xshab qolgan lablariga o'zini lablarini bosdi. Bo'sa paytida Aran qo'llari bilan itarib qarshilik qilayotgani uchun Joshua bir qo'li bilan uning ikkala qo'llarini birlashtirib boshi uzra ko'tarib devorga tirab turadi. Joshua bo'sada chuqurlashsa chuqurlashardiki, ammo to'xtashni bilmasdi. Agar hozir to'xtamasa, keyin umuman to'xtay olmasligini his qilib majburan qizni lablaridan uzildi. Xonada ikki insonning yurak urishi bilan birga hansirab nafas olayotgani eshitilardi. Joshua ko'zlarini yerga tikib yig'lamoqchi bo'lgan qizni iyagidan ko'tarib o'ziga qaratib:
- Yig'lama, biz hech qanday yomon ish qilganimiz yo'q, - dedi. Aran boshi tepasida turgan qo'llarini bo'shatishga uringanida Joshua uni qo'llarini ozod qildi
- Ha, men emas sen yomon ish qilding. Sen meni ruhsatimsiz meni o'pding, - deya yigitni ko'ksiga urib o'zidan uzoqlashtirishni boshladi. - Menga kim bo'libsanki buyruq berasan?
- Kim bo'lishimni istaysan?, - qizni qo'llarini yana o'z qo'llari orasiga olib
- Hech kim, eshitdingmi hech kim?! Sendek razilni tanishni ham istamayman
- Afsus bu tilaging amalga oshmasligidan xursandman, - dedi Joshua qizni qo'lidan o'ziga tortib. - Meni nafaqat taniysan, balki endi hayotingni qolgan qismini men bilan o'tkazasan
- Nima seni aytganlaringni qilaman deb o'ylaysanmi?, - endi Aran ham uni ko'zlariga jiddiy nigohlar bilan qarab, u bilan teng olishardi. Joshua balandroq ovozda kulib, Aranni qo'llarini qo'yib yuborib, ortidagi shkafga tiradi:
- Shu no'xotdek miyang bilan nimalarni reja qilayotgan bo'lsang ham bari bekor, hech biri sen o'ylagandek ketmaydi. Bari meni chizgan chizig'im bo'yicha ketadi. Shunday ekan ortiqcha harakatlaringni yig'ishtir, axir seni kasringga boshqalar qolishini istamaysanku to'g'rimi, farishtam?, - barmog'ini qizning yuzi, bo'yni va ko'ksi bo'ylab yurgizib, so'zlarini aniq va ravon gapirardi. - Yoki nima dugonangni hayotiga achinmaysanmi aa?, - yuzida iflos kulgu bilan bir qoshini ko'tarib qizning javobini kutardi. Aran og'zini ochishga ham urinmadi. Ha, u taslim bo'ldi. Hayotidagi yagona yaqin insonining joni uchun o'zining shirin jonini fido qildi.

- Barakalla, farishtam. Sukutingni rozilik deb qabul qilaman, - gapini tugatib Aranni peshonasiga labini bosdi. Aran faqat unsiz ko'z yosh to'kardi. Hayolida doim aylanadigan: Men hech qachon baxtli bo'la olmayman, degan fikrga endi iqror bo'lgandi.

Joshua uni o'sha yerdagi o'rindiqga o'tirgizib, o'zi yuvinib, kiyimlarini almashtirishga kirib ketdi. Aran qo'llarini qovushtirib, endigi hayoti qanday bo'lishini o'ylardi. Oradan 15 daqiqa o'tar o'tmas Joshua tayyorlanib chiqdi. Aran 'ketdik' deb eshikni ochdi. Bino tashqarisida Jeonghan bilan qo'riqchi yigitlar ularni mashinalari yonida kutib turardi. Joshua Jeonghanga:
- Men o'zim uni tashlab keyin uyga boraman, sizlar ketaveringlar, - dedi. Jeonghan do'stini kasalligini bilgani uchun indamay ortidan borishga qaror qildi. U doim shunday qilardi, chunki Joshuani humori xohlagan paytda tutib qolishi mumkin. Shuncha mol-dunyo unda qayerdan? Albatta, u o'zi savdo qiladigan o'sha zahardan o'zi ham iste'mol qilardi. Bu zahar allaqachon uni hayotining bir qismiga aylanib ulgurgandi. Jeonghan faqat uni davolatish haqida o'ylardi, Joshua esa barchasini aksini qilardi. Joshuaning bir bo'lagiga aylangan shu zahar uni shunday ahvolga keltirgandi. U nafaqat tanasini balki ongini ham egallab olgandi. Shuning uchun uni soniyaga ham yolg'iz qoldirolmasdi.

Yo'l bo'yi Aran boshini mashina oynasiga tirab ko'chaga termulib ketdi. Joshua har-har zamon unga qarab mag'rur jilmayib qo'yardi. Qo'lini uzatib sochlaridan silab qo'yardi, Aran esa hissiz qo'g'irchoqdek uni barcha qiliqlariga tishini tishiga qo'yib indamay ketardi. Nihoyat uyga yetib kelishgach Aran indamay mashinadan tushib yugurib uyiga kirib ketdi. Joshua qizni ortidan qarab 'yovvoyi kiyikcha' deb, telefonidan unga xabar yozdi:
- Ertaga kechki mahal seni olishga kelaman, o'qishdan keyin ishga borma, yo'qsa oyoqchalaringga achinmay jazolayman. Xayrli tun, yovvoyi kiyikcham! Aran uning xabaridan ensasi qotib, telefonini yotog'iga uloqtirib yubordi.

Restoranning ish vaqti tugab, Amaya ham uyiga qaytardi. Qizni uyiga kirib ketganini ko'rib ko'ngli hotirjam tortgan Yeonhu endi boyagi chala rassomning ishi bilan shug'ullanishga kirishdi. O'ziga tegishli odamlarga uni topib eski yer to'laga olib kelishlarini buyurib, o'zi ham o'sha yerga yo'l oldi.

Amaya Aranni uxlab qolganini ko'rib uni bezovta qilmay 'ertaga gaplashamiz' deb qo'ydi. Aran Amayani savollariga javob berolmasligini o'ylab o'zini uyquga solib olgandi. Tongda ham erta uyg'onib Amayani savollaridan qochish maqsadida uydan chiqib ketib: Zarur ishlarim bor edi, keyin gaplashamiz deb xabar qoldirdi. Aran shu kuni o'qishga ham bormay, ko'chada aylanib yurdi. Kechga yaqin Amayani o'qishdan to'g'ri ishga o'tishini bilgan Aran tushda uyga qaytib keldi. Uyga kirishi bilan eshik taqilladi. Aranni yuragi gupirlab urishni boshlab, qo'llari titrab eshikni ochdi. Eshik tagida faqatgina bir o'rtacha kattalikdagi quti bilan kichikriq quti turardi. Aran ular olib uyga olib kirib ochdi. Avval katta qutini ochganida ichida qaymoq rang ko'ylak bilan ustida bir parcha qog'ozda xat turardi.

Xat

Bugun oqshom seni shu libosda ko'rishni istayman, farishtam

Aran 'ko'nglimni ko'chasi' deb xatni uloqtirib yubordi. Baribir o'sha ko'ylakni kiyib Joshua kelishiga tayyorlanib o'tirdi.

Amaya restoranda o'z ishlari bilan shug'ullanib yurgan paytda telefoniga begona raqamdan xabar keldi: "Suratingizni chizishni intizorlik bilan kutyapman". Amaya surat so'zini o'qishi bilan gap nima haqida ketayotganini tushunib, ketishga tayyorgarlik ko'rishni boshladi. Boshlig'idan sassiq gaplar eshitishini kutgandi, ammo boshlig'ining bugungi muomalasi uni butkul hayron qoldirdi.


Aran asabiylikdan kaftlarini bir-biriga ishqalab o'tirgan payt eshik taqillagani eshitildi. Aran kim ekanligini sezib bir yo'la sumka va telefonini ham o'zi bilan oldi. Ha, eshik ortida u kutgan, biroq ko'rishni istamagan o'sha kimsa turardi. Qizga boshdan oyoq razm solib:
– Sevgan yor va ko'ylak tanlashda adashmaganimni isboti, - dedi. Uning bunday mulozamatli so'zlaridan Aranni tobora jahli chiqardi. – Ketdikmi, azizam?, - deb qo'l cho'zganda:
– Siz bilan faqat o'sha hayotimdagi yagona yaqin insonim sababli birgaman. Mendan bir og'iz ham shirin so'z va yaxshi gap kutmang, - deb yonidan o'tib ketdi.
– Albatta, hali sen bilan ancha ter to'kamiz, bunday yovvoyi xarakteringni yo'qotish uchun, - deya pichirlab gapirib haydovchi o'rindig'iga joylashdi

Ular yetib borgan restoran juda hashamatli va klassik uslubda qurilgan edi. Yana bir hayratli tomoni ichkarida hech kim yo'q, faqat 2 tagina ofitsiant bir bezatilgan dasturxon atrofida turishardi. Ular joylashgandan keyin ofitsiantlar ovqatni dasturxonga qo'yib ko'zdan g'oyib bo'lishdi. Aran hech bir hissiyotsiz oldidagi salat solingan likopchani sanchiqi bilan titib o'tirardi. Uni bu qilig'idan Joshua'ni jahli chiqib:
– Kavlamasdan ye, - dedi qat'iy ohangda. Aran uni yuziga ham qaramay sanchiqisiga ilingan narsani og'ziga soldi. Joshua Aran titib o'tirgan salatni oldidan olib o'rniga steyk qo'yib:
– Yoki hozir shu ovqatni yeysan yoki men kechki ovqatga seni yeyman, - deganida Aran qaddini ko'tarib o'tirib, oldidagi ovqatni odamga o'xshab yeyishni boshladi. Joshua qilgan ishidan mamnun bo'lib, Aranni har bir harakatini kuzatib o'tirdi. Tan olish kerakki hech bir ish unga bu qadar yoqmasdi. Bu uning eng sevimli mashg'uloti. Iloji bo'lsa hayotini har lahzasini uni tomosha qilish bilan o'tkazsa.


Amaya xabarda aytilgan joyga yetib kelganda bu yer oddiy bir uy ekanligini ko'rib hayron bo'ldi. U qandaydir rassomlarning galereyasiga kelishni o'zicha hayol qilgandi, ammo barchasi uni hayollariga teskari. Telefoniga qarab xabarda ko'rsatilgan 112-uyni ro'parasiga kelib to'xtadi. Eshikni taqillatishga ikkilanib turgan payt 'ichkariga kiravering' degan xabar keldi. Amaya halidan beri ushlab turgan nafasini qo'yib yuborib, eshik tutqichini pastga bosdi. Kun allaqachon o'z o'rnini qorong'u tunga bo'shatayotgan payt bu uyni ichi ham zulmatdek qop-qorong'i edi. Faqatgina o'sha kirish eshigi qarshisidagi eshikni tagidan yorug'lik ko'rinardi. Amaya eshikni yopib oldinga qadam bosganda kimdir uni og'zini berkitib, belidan tutdi. Qulog'iga egilib:
– Shh, mitticha, qimirlama! - dedi. Qo'rquv ichida qolgan qizni yuragi har yeridan urardi. Ortidagi insonni gaplarisiz ham birgina harakatining o'zidan joyidan siljiy olmay qolgandi. Qizni belidagi qo'l tobora oldinga surilib qornida to'xtadi. Uchinchi barmoq uchi bilan qizni qorin bo'shlig'ini silashni boshladi. Uni bu harakatidan qiz ham noqulay bo'lardi, ham qitig'i kelardi, ammo hammasidan ustuni bu qo'rquv hissi. Yigit ishini maroq bilan davom etarkan sabr kosasi to'lgan qiz uni qo'lini ushlab to'xtatdi. Shunda yigit uni o'ziga tortib ikki tanani birlashtirdi:
– Shu eshik ortida kim borligini bilasanmi?, - savolga javob kelmadi. – Ko'rishni istaysanmi?, - dedi qulog'iga issiq nafasi bilan pichirlab. Amaya'ni avvalgidan ko'proq qo'rquv bosgandi. Eshik ortida kim borligini bilishni ham istardi, ammo bilishga qo'rqardi ham.
– Y.y.ooq, - shu bir og'iz gapni duduqlanib bazo'r gapirdi. Yigit qizni sochini qulog'i ortiga olib qulog'iga labini bosib:
– Men istayman, - dedi. Boshini ko'tarib "eshikni ochinglar" deb buyruq berganida eshikni ichkaridan kimdir o'ziga tortib ochdi.

Eshik ochilishi bilan xona o'rtasidagi stulga bog'langan kechagi rassomni yuzi ko'rindi. Uni yuz-ko'zi juda abgor ahvoldaligini bildirardi. Amaya ko'zlari ko'rib turgan vaziyatni anglolmasdi. Kelganidan buyon ortidagi insonni o'sha rassom deb o'ylayotgandi:
– Nega hayron bo'lyapsan? Kimni kutganding?, - deganida Amaya o'sha turishi bilan ortiga o'girildi. Unga tepadan qarab turgan insonga ma'yus ko'zlarini ko'tarib qaradi. Xira qorong'ida, ammo juda yaqindan uni tanidi:
– S.siz?
– Ha, men, - dedi Yeonhu jilmayib.
– Kimsiz o'zi? Nega bunday qilyapsiz?
– Yaxshi savol. Men ham birinchi shuni so'ragan bo'lardim. Ammo hozir bizni hal qilishimiz kerak bo'lgan ishimiz bor, - to'g'ridagi xonada o'tirgan erkakga tegishtirib gapirib, qizni yana eski holiga qaytarib qo'ydi:
– Hozir sen bilan ajoyib tomosha ko'ramiz. Menimcha bunaqasini hech qachon ko'rmagansan, - Yeonhu rassom yonida turgan ikki yigitga ishora qilishi bilan yigitlar rassomni ustidan qandaydir suyuqlik quyishni boshlashdi. Biri rassomni ustidan quysa, boshqa biri atrofga separdi o'sha suyuqlikdan. Amaya avvaliga tushunqiramay qarab turdi, so'ngra dimog'iga o'tkir benzin hidi urilgandan keyin hozir nima bo'lishini tushundi.


Joshua Aran'ni ovqatini tugatishini kutib o'tirardi. Fonda ham restoran muhitiga mos sokin, klassik musiqa eshitilib turardi. Barchasi Joshua'ni rejalari bo'yicha ketayotgan edi. Hech bir kichik detall ham nazaridan qolmasdi. Aran'ni bunchalik oson ko'nadi deb o'ylamagandi, biroq bu ishga Amaya'ni ismi qo'shilgan ekan boshqa hech bir chorasi yo'q. Shuncha qiyinchiliklarda yiqilmay tik turgan qiz ayni paytda butunlayga singandi. U hech qachon bunday muhabbatni orzu qilmagan. Hayot uni hech ham ayamadi.

Aran yeguligini tugatganidan keyin Joshua uni oldiga kelib qo'lini cho'zdi. Aran bir qarshisida turgan yigitga, bir uni qo'liga qarardi:
– Sen bilan ilk raqsimizni tushmoqchiman, - deganida Aran:
– Raqs tushishni bilmayman, - dedi
– Men ham bilmayman, birga o'rganamiz
– Meni majburlamang, xohlamayman
– Xohlaysanmi demadim, tushmoqchiman dedim, - Aran unga gapi o'tmasligini bilsa ham urinib ko'rardi, go'yo.
– Yoki hozir turasan yoki sen bilan haqiqiy raqsni uyimizda tushamiz, - deb jiddiy ohangda ammo yuzida samimiy tabassum bilan aytdi.

Raqs mobaynida Aran undan o'zini uzoq tutishga harakat qilardi, lekin Joshua uni o'zi bilan jipslashtirishga urinardi. Aran qanchalik ko'zini olib qochmasin baribir o'g'ri nigohlari uni nigohlari bilan to'qnashdi. Joshua ayni shu lahzani kutayotgan edi. Qizni belidan ko'tarib bo'sh stolga joylashtirdi. Uni ikki oyog'ini ochib, o'zi ular orasiga joylashdi. Atrofdagi barcha narsa o'z ahamiyatini yo'qotgandi. Ularni qulog'iga na musiqa tovushi va na ko'chadagi shovqin eshitilardi. Restoranning barcha pardalari tushirilib, ko'cha va restoran ichidagi aloqani uzib qo'ygandi.