April 14, 2025

Qalbim egasi

Tsukiyama Miizumi

Yeji nima deyishini bilmay faqat barmoqlarini o'ynardi. Hislarini ochiqchasiga tan olishga uyalardi. Albatta, u umridagi ilk sevgi izhorini eshitmayapti, ammo o'zi ham sevgan insonining dil izhorini qabul qilishga ham qo'rqardi. Xuddi, u buni qabul qilsa nimadir noto'g'ri ketadigandek, biroq rad etishni ham istamaydi. Yeji boshini pastga qaratib, nima deb javob berishini o'ylardi. Xonaga bir muddat og'ir sukunat cho'kdi. Faqat ikki insonning nafas olishi va ularning hayqirib urayotgan yurak tovushlari eshitilardi. Yeji oxiri o'ylab-o'ylab, javob berish uchun boshini ko'tarib Lian'ga qaradi. Lian zumga ham ko'zini uzmay unga termulardi. Yeji boshini ko'tarib unga qaraganda, ko'zlarida allaqanday uchqun porladi. Yeji fikrini bir joyga jamlab, chuqur nafas olib:
– Balki, hozir buni mavridi emasdir? Men hali bunday munosabatlarga tayyor emasman. Qolaversa, men o'qishni istayman, - gaplarini tez va pala-partish gapirdi. Lian uning javobidan labi chetida jilmaydi. Uni rad qilmagani uchun ichidan sevinib,
– Unda mavridini kutamiz, - dedi Yeji'ni yuziga yaqinroq egilib. Qiz yigitni qahvarang ko'zlariga g'arq bo'lgan on, Lian uni peshonasiga labini yengil bosdi. Yeji bir lahzaga ko'zlarini yumdi-yu, o'zini xuddi o'lib jannatga tushgandek his qildi. Lian labini uzib,
– Nonushta qilamizmi?, - deb jilmayib bir qoshini ko'tardi. Yeji shunchaki bosh irg'adi. Lian o'rnidan turib, qo'lini Yeji'ga uzatdi. Yeji hayron ko'zlari bilan qaraganda Lian shunchaki tabassum qilib turardi. Unga tutilgan qo'lga qo'lini tutgan lahza, ilk bor qaytadan oshiq bo'lgandek his qildi o'zini Yeji. Ikki yurak ham ayni damda maromidan ortiq urardi. Lian qizning qo'lini to nonushta dasturxoniga yetib bormaguncha qo'yib yubormadi.

Nonushta payti hech kimdan sas-sado chiqmasdi. Yeji endi Lian'ni yonida o'zini noqulay his qilardi, undan uyalishni boshlagandi. Shuning uchun faqat likopcha va kosasiga nigohini qaratib o'tirardi, boshini ko'tarib yigitga qarashga jur'ati yetmasdi. Lian esa uni qizarayotganini ko'rib rohatlanardi. Avvallari Lian Yeji'ni ko'p maqtardi, yaxshi ko'rishini aytardi. O'sha paytlarda ham Yeji uyatdan qizarardi, ammo hozirgi holatchalik emasdi. Chunki u paytlari hali bola edi va bu gaplar unga shunchaki maqtov bo'lib eshitilardi. Axiyri bu sukunatni Lian buzib:
– Bugun Seoulga ketamiz, - dedi.
– Q.qayerga? Nega?, - deya hayron bo'ldi.
– Meni ishim Seoulda, bu yerda seni o'zingni tashlab ketolmayman
– Ammo.. o'qishimchi?
– Seouldagi universitetga topshirasan
– Seoulda narxlar qimmat. Agar universitetga shartnoma asosida qabul qilinsam, pulni qanday to'layman?, - hijolat bilan gapirdi.
– Hech kim sendan pul so'ramadi. Sen faqat o'qishni o'yla, qolgani meni ishim, - deb gapga nuqta qo'ydi. Ammo Yeji Lian'ga og'irligi tushishini istamasdi.
– Men sizdan pul ololmayman
– Nega ololmaysan?
– Shartnoma puli qimmat
– Meni pulim bu seni ham puling demak. Men kim uchun ishladim, axir?, - deya mayinlik bilan gapirardi. Lian Yeji'ni qo'lini kaftlari orasiga olib:
– Mendagi barcha narsa seniki. Menga faqat sen kifoyasan, - ko'zlari to'la mehr bilan gapirardi.

Nonushtadan so'ng ular yo'lga tushishdi. Avtobus bekatiga borishdan avval, Lian Yeji'ni qabristonga olib bordi. Yeji Lian'ni onasini qabri tomon qo'lidan ushlab olib bordi. Uzoq vaqtdan buyon endi onasini yoniga tashrif buyurgan yigitni vijdoni qiynalardi. Qabr toshida onasini ismini ko'rib, yuragi og'rib ketdi: Kim Hesoo.

Qabr yoniga cho'kkaladi, yoniga Yeji ham o'tirib:
– Xola, sizni qochoq o'g'lingiz qaytib keldi, - dedi.
– Oyi, bo'lajak keliningizni tili juda biyronda, uni erkalatib yuborgansiz, - deya Yeji'ni uyaltirdi.
– O'g'lingiz Amerikada yurib juda ham o'zgariptilar. Menga har xil bo'lmag'ur gaplarni aytyaptilar, - Yeji ham bo'sh kelishni istamasdi.
– Bu gaplarni faqat senga aytaman, - o'tirgan joyidan Yeji'ni yuziga yaqin kelib.
– Ana ko'ryapsizmi, xolajon?, - o'zini orqaga olib, shikoyat qildi.
– To'ydan keyin senga haqiqiy Lian'ni ko'rsataman, - ayyorona jilmayib.
– Men hali sizga turmushga chiqishga rozilik bermadim, - ensasini qotirdi Yeji.
– Rozi bo'lsang ham, bo'lmasang ham meniki bo'lasan, - deb tahdidli ohangda gapirdi.
– B.biz bu yerga suhbatlashish uchun kelmagandik, - oxiri Yeji'ni tili aylanmay, mavzuni o'zgartirdi. O'rnidan turib:
– Sizlarni yolg'iz qoldiraman, - deb o'z onasi qabri tomon ketdi.

– Oyi, meni kechiring. Yoningizga kelolmaganim uchun kechiring. Sizni juda sog'indim. Siz bilan o'tgan xotiralarim menga tinchlik bermadi. Uyimiz sizsiz huvillab qoldi. Har tarafdan meni bo'g'ishni boshladi. Bir muddatga 'jinni bo'lib qoldim' deb ham o'yladim. Sizsiz uy men yutib yuborgudek bo'ldi. Shuning uchun ketishni afzal ko'rdim. Ammo, baribir shu qiz uchun qaytib keldim, - uzoqroqdagi qabr oldida nimadirlarni gapirayotgan qizga nigohlarini qaratib. – Oyi, siz to'g'ri aytgan ekansiz, men uni sevaman. Sevgim qalbimga sig'may ketyapti. Bilasizmi, bugun unga sevishimni aytdim? U roziligini aytmadi, lekin rad ham qilmadi. Uni uyatdan qizarishini ko'rsangiz edi. Men qachon uni sevib qolganimni anglolmay qoldim. Oyi, siz doim uni kelin qilishni xohlardingizku, mana niyatingiz amalga oshyapti. Mina xolam ham vafot etibdilar. Bu xabarni kecha eshitdim. Oyi, siz xavotir olmang, endi uni hech kimga xafa qildirmayman. Bugun biz Seoulga ketyapmiz. Endi o'sha yerda yashaymiz. Uni yolg'iz qoldirolmayman. Sizni va Mina xolamni yoniga tez-tez kelib turamiz. Sizni yaxshi ko'raman, oyi, - deb o'rnidan turdi.

Yeji'ni yoniga yaqinlashganda uni yig'layotganini eshitdi:
– Yaxshiyam-ki, Lian keldi. U meni o'zi bilan Seoulga olib ketyapti. Oyijon, agar yoningizga tez-tez kelolmasam mendan xafa bo'lmang, maylimi? Vaqt topishim bilan kelaman, - deganida:
– Mina xola, o'zim uni tez-tez olib kelaman. Siz qizingizdan xavotir olmang. Unga o'zim ko'z-quloq bo'laman, - deb qo'shildi Lian. Yeji'ni yelkalaridan ushlab, o'rnidan turgizdi. Uni o'ziga qaratib, ko'z yoshlarini artdi.
– To'g'ri, sen har qanday holatingda yoqimlisan, ammo yig'lashingni istamayman, - qizni ovutishga urinib, erkalab gapirdi. Yeji nigohlarini pastga qaratib, ko'z yosh to'kishda davom etardi. Lian uni bag'riga tortib, sochlarini siladi.

Avtobus bekatiga borib, Seoulga ketadigan avtobusga o'tirishdi. Yeji'ni qorni ochib qolmasligi Lian do'kondan Yeji'ga o'zi tanlagan narsalarni olib bergandi. Yeji yo'l bo'yi shularni yeb, Lian'ni so'roq qilib ketdi:
– Xo'sh, Amerikada nimalar qildingiz?
– O'qidim, ishladim, - qisqa javob berdi, ko'proq e'tiborini uni yoqimtoyligiga qaratib.
– Qaysi soha bo'yicha?
– Arxitektorlik, - barmog'i bilan Yeji'ni labi chetiga tekgan sandwich sousini artib. Yeji ham endi o'zini erkin tutishni boshlagandi, xuddi oldin qanday bo'lgan bo'lsa shunday.
– O'zingiz qiziqgan kasb, demak..
– Ha..
– Seoulda nima ish qilasiz?
– Bir nechta kompaniyalar bilan shartnoma tuzganman. Shularga loyiha chizaman
– Ohho, demak hamma narsani hal qilib qaytgansiz Koreaga, shundaymi?
– Shunday, kichkina xonimim, - dedi uni yoqimtoyligiga chidolmay yuzidan chimchilab.

Yo'l yarimiga kelganda Yeji'ni ko'zi ilindi. Lian uni boshini o'z yelkasiga qo'yib, uxlashi uchun qulaylik yaratdi.

Vanihoyat ular manzilga yetib kelishganda Lian Yeji'ni uyg'otdi.
– Hoy, kichkina yoqimtoy, uyg'on yetib keldik, - dedi uni yuzini silash barobarida. Yeji ko'zini ochib, xuddi boshqa olamga tushib qolganday hayron tutardi o'zini. Lian uyqusi chala bo'lgani uchun bir nuqtaga termulib o'tirgan qizga qarab, o'zini kulishdan tiyib, yuzidan o'pib uyqisini qochirishga harakat qildi. Yeji hali beri nima bo'lganini anglamasdi. Bu usul yordam bermaganini bilgan Lian qizni yuzini o'ziga qaratib, labiga labini bosdi. Bu bo'sa uzoqga cho'zilmadi. Lian labini uzib qaraganda Yeji'ni katta ko'zlari unga tikilgan edi. Lian qilgan ishidan mamnun jilmayib:
– Uyqing ochildimi?, - dedi. Yeji tez-tez boshini irg'ab, labini tishladi.
– Yetib keldik, shu yerda tushamiz, - deya o'rnidan turdi Lian. Chamadon va sumkalarni olib avtobusdan tushishdi. Ular avtobus bekatidan taksiga o'tirib yana yo'lga tushishdi. Yeji qayerga ketishayotganini tushunmay Liandan:
– Qayerga ketyapmiz?, - deb so'radi. Lian qisqagina qilib:
– Borganimizda bilasan, - deb qo'ydi.

Mashina chiroyli qilib qurilgan ko'p qavatli uylar joylashgan hududda to'xtadi. Yeji taksidan tushib, atrofga boshqacha ko'z bilan qarardi. Seoulga kelishni juda xohlardi, ammo Mina xonim hech ham unamasdi. Begona shaharga qizini yolg'iz jo'natishni istamagan. Taqdir taqozosi bilan baribir keldi. Lian mashinadan yuklarni tushirib, Yeji'ni yoniga keldi. Uni qo'lidan tutib, o'sha qarshisida qad rostlagan ko'p qavatli uy ichiga boshladi.

Liftda 3-qavatga ko'tarilishdi. Lian yonidan kalit chiqarib, uy eshigini ochib:
– Marhamat, - deb qo'li bilan Yejiga kirishga ishora qildi. Yeji boshini egib uy ichiga qaradi, so'ng yana Lianga yuzlanib:
– Bu kimni uyi?, - deya so'radi.
– Bizni
– Bu yana qanday hazil?
– Hazil emas, ichkariga kir, qolganini uyda gaplashamiz. Qo'shnilar chiqishsa nima deb o'ylashadi, - yana ichkariga ishora qilib.

Yeji uy ichidagi hamma xonalarni ko'zdan kechirdi. Uyning shinamligi, xonalarning kengligi, derazaning ko'chaga qaragan tomoni tomoni va ranglardagi uyg'unlik xuddi uning didiga mos edi.

– Uy senga yoqdimi?, - dedi Lian, xona o'rtasida turib olib, hamma yerni ko'zdan kechirayotgan qizga qarab.
– Juda, - ichidagi mavj urayotgan hissiyotlarni go'yoki bir so'z bilan ifodalashga urinib. – Chindan ham sizni uyingizmi?, - dedi qo'llarini beliga tirab.
– Bizniki, - qoshlarini iste'hzoli ko'tarib javob berdi.
– Sotib oldingizmi?
– Ha
– Shuncha pulni qayerdan oldingiz?, - qiz qoshlarini chimirib qaradi.
– Yeji, men ishlayman, - deb kuldi.
– Bu uyni qachon sotib oldingiz?
– Koreaga uchib kelishimdan avval
– Tushunarlii... Men qayerda yashayman?
– Shu yerda
– Unda siz qayerda yashaysiz?
– Men ham shu yerda
– Nima birga yashaymizmi?
– Boshqa taklifing bormi?
– Yosh yigit va qiz bir uyda turolmaydi
– Nega?
– Odamlar noto'g'ri o'ylaydi
– Ularni gapiga tupurganman. Seni yolg'iz yashashingga ruxsat bermayman, - deb shu joyda gapiga nuqta qo'ydi.

Yeji'ga xonasini ko'rsatib, joylashishini aytdi. Yeji narsalarini joylab bo'lganidan keyin Lian unga shahar aylantirishni taklif qildi. Ular kechki ovqat qilib, Seoulning mashhur joylarini aylanib uyga bozorlik qilib qaytishdi. Yeji'ni xursandchiligini ko'rib Lian undan ko'proq sevinardi.

Sevgi shunday ekan, u his qilgan narsani sen ikki barobar his qilasan. Sevgini sevgi ekanligi ham aslida shunda. Hayotingda ma'no yo'qolgan payt, u hayotingni asl ma'nosiga aylanib kirib keladi qalbingga. Sevgisini topgan inson, o'zligini topgan bo'ladi. Sevgi bu - o'zlik demakdir.

Bugun quvonchli va charchoqli kundan keyin ular o'z xonalariga kirib uyquga ketishdi.

Yeji tongda turib, nonushta tayyorlash uchun oshxonaga kirganida, bir qiz oshxonaning baland stuliga o'tirgancha oyoqlarini o'ynatib sharbat ichardi. Yeji unga hayron tikilib turganida ortidan Lian'ni ovozi eshitildi.

Episode 3