Amamiya🌧
Saroyga borib imperatorni yangi qo'shin askarlarini ko'zdan kechirishga taklif qilib dojoga qaytdim. Dojoda imperator bilan yangi askarlarni tekshirgandan keyin muhim ishlarimni hal qilishga kirishdim. Birinchi Daikini ishi bilan shug'ullanishni afzal ko'rdim. Souta uchun alohida reja tayyorlayotgandim. Daikini masalasiga hech kimni aralashtirmay o'zim shug'ullanishni lozim topdim. Daikini uyiga odam jo'natib, tumandan ancha chekkaroqdagi bir ovloq joyga olib keltirishni buyurdim. Uni olib kelishgandan keyin soqchilarimni ketkazib yubordim. Ikkovimiz yolg'iz qolganda suhbatni boshladim.
- Xo'sh, xotinimni jonajon* akasi demak, umring tugashiga ham sanoqli soatlar qolibdi-da, - dedim uni bu yerga nima maqsadda olib keltirganimni tushuntirgan bo'lib.
- Axir men o'g'irlamadim-ku, xotiningizni topibsiz, mendan yana nima istaysiz?
- Seni o'g'irlamaganingni bilaman, ammo undan avvalgi qilmishlaringni shunday qoldiradi deb o'ylaganmiding? Sen hali meni xotinimga qilgan ishlaring uchun yetarlicha javob bermading. Bugun ayni vaqti va men seni eshitishga tayyorman. Endi esa gapir, nega unga urgansan, bu vakolatni kim bergan senga?
- Men uni urmaganman, hatto qo'limni tekkizmaganman.
- Meni shu safsatalaringga laqqa ishonadi deb o'ylaysanmi?
- Rost aytyapman.
- Ho'p mayli, ishondim ham deylik, lekin nega ota-onang uni kaltaklaganda qutqarmading?
- Ota-onam uni urmagan. Axir aytishdi-ku, uni o'zi doim yiqilib yurardi deb.
- Nima undagi jarohatlarni ajratolmaydigan darajada ahmoq deb o'ylaysanmi meni? Bilib qo'y har bir yolg'oning jazoyingni og'irlashtiradi, shuning uchun menga haqiqatni gapir, yosh bola ham ishonmaydigan cho'pchaklaring o'zingga siylov. Yoki hozir barchasini aytasan yoki.. Mayli qolganini o'zing ko'zing bilan ko'raqolasan, nafaqat ko'rasan balki tanang bilan his qilasan ham, - deb, oldindan tayyorlab qo'ygan qalin tayoqni olib urishni boshladim. Uni og'riqdan baqirgan, yalingan ovozidan rohatlanardim. Ayash, to'xtash degan so'zlarni ma'nosi o'z o'rnini yo'qotgandi men uchun. Meni Kaoriyim ham shunday yalinganda ular achinishganmi? Yo'q. U gapirolmay to'xtashlari uchun qon yig'lab oyog'iga yiqilganda to'xtashganmi? Yo'q. Nega endi men unga achinishim kerak?! Men sevgan ayolga ozor bergan birorta ham inson menga hisobini bermay o'lmaydi, har biri meni qo'limda jon taslim qiladi. Qo'limdagi tayoq bilan xotinimni urgan qo'llariga tinmay urardim. Oxiri jahlimni tiyolmay, qo'limdagi tayoqni otib yuborib, uni oyoqlarim orasiga olib yuziga musht tushirardim. Ikki qo'lini ham ketma-ket sindirdim. Singanini bildirgan tovushlar chiqganda yengil bo'ldim-ku, lekin yana tanasidagi izlar ko'z oldimga kelib, uni o'ldirgim kelardi. Ongimni faqat undan o'ch olish fikri qamrab olgandi, hatto baqirgan ovozini ham eshitmasdim. Ustidan turib kuchim boricha tepkilashni boshladim. Qo'li singani uchun og'riqdan qimirlata olmasdi, menga qarshilik qilolmasdi. Soqchilarimga bir necha soatdan keyin keling deb buyruq bergandim. Ular kelib meni ajratishga urinishdi. - Qo'yib yuboringlar, uni osonlikcha o'lishga haqqi yo'q. Men hali hammasini hisobini so'ramadim, - deb siltanib baqirdim.
- Qo'mondonim u menimcha hushidan ketdi yoki o'ldi. Endi foydasi yo'q, - deb meni chetga olishdi. Soqchilarni biri meni ushlab turardi, ikkinchisi borib Daikini bo'yin tomiriga barmog'ini bosib menga qaradi, - Tirikmi?, - dedim.
- Ha tirik, nafas olyapti, - dedi.
- Ertaga uni markazdagi ustunlarga qo'lidan osib, tiriklayin yoqib yuboringlar, - deb meni ushlab turgan soqchini qo'lidan siltanib chiqib ketayotganimda, - Lekin imperatorga nima deymiz?, - dedi.
- Imperatorga o'zim javob beraman, sen buyruqni bajar, - deb u tashlandiq joydan chiqib ketdim. Uyga borib Kaorini ko'ziga bu ahvolda ko'rinmaslik uchun boshqa hammomda yuvinib, toza kiyim kiyib oldiga kirdim.
Erim tayinlab ketgani uchun xonadan chiqmay faqat yotoqda o'tirdim. Juda ham zerikarli o'tdi kunim. Yotoqda kitob o'qib o'tirganimda xonaga erim kirib keldi. Yonimga kelib o'tirib, peshonamdan o'pdi.
- Hech qayering og'rimayaptimi?, - deb menga egilib gapirganda, uni savolidan uyalib pastga qarab, boshimni silkib yo'q ishorasini qildim.
- Ertaga seni sayrga olib chiqishimni istaysanmi?, - deganda xursandchiligim ichimga sig'may ketdi.
- Chindanmi?
- Seni hech aldaganmidim?
- Yo'q.. lekin ikki oy avvalgi ishlardan keyin uydan tashqariga chiqmayman deb o'ylayotgandim.
- Endi faqat men bilan chiqasan. Qayerga istasang o'zim olib boraman, - dedi.
- Qayerga istasam hammi?, - deganimda iste'hzoli kulib, yuzimga juda yaqin kelib,
- Qayerga istasang ham olib boraman. Faqat bir shartim bor, - deb mendan uzoqlashdi.
- Qanday shart?
- Sen ham men istagan narsalarni bersang, men ham seni istagan yeringga olib boraman, - dedi qo'llarimni ushlab. - Ya'ni menga kechagi sovg'ang juda yoqdi. Men hech kimni sovg'asini qabul qilmaganman, lekin bu senga kelganda istisno qiladi, - dedi qo'limni silab.
- Sovg'a faqat qandaydir muhim kunlarda beriladi, - dedim uni javobiga qiziqib.
- Sen sovg'a berishing uchun har kuni tug'ilaman istasang, - dedi meni yotoqga bosib. Uni gaplariga gap topa olmay qolaman ba'zida.
- Avval siz menga sovg'a berasiz, keyin men sizga, - dedim negadir erim bilan yaqinroq bo'lishga harakat qilib.
- Kelishdik, unda ertaga sovg'a alishamiz, - deb labimdan bo'sa olishni boshladi. Bo'sa davomida ustki kiyimimni yechib meni yengil kiyimda qoldirdi. Bag'rida yotganimda boshqa kiyimdaligiga e'tibor berdim.
- Ertalab bu kiyimda emasdingiz-ku, - deb so'radim.
- Mashg'ulotda kiyimlarim iflos bo'ldi, seni oldingga bunday kirishni istamadim, - dedi sochlarimni silab. Ming hijolat bilan qo'limni yuziga olib borib yuzini silashni boshladim. Qilgan ishimdan erim mamnun jilmayib qo'limdan o'pib qo'ydi. Ikki ko'zimdan o'pib, so'ng yana lablarimga ko'chdi. Negadir kundan-kunga uni bunday odatlari menga yoqib borardi. Agar kuni bo'yi uni ko'rmasam, uni yonimda his qilmasam biror muhim narsamni yo'qotib qo'ygandek yuragim o'rtanardi. Tongda ko'zimni ochishim bilan hayolimga kelgan ilk narsa sayrga chiqishimiz bo'ldi. Biroz erimga termulib yotib, uyg'onishini kutdim.
- Yuzimda nima bor ekan, bunchalik tikilyapsan?, - deganda cho'chib ketdim. Nima u ko'zi yumiq bo'lsa ham meni ko'ryaptimi?
- Hech nima, shunchaki uyg'onishingizni kutayotgandim.
- Nega? Doim men kutardim-ku.
- Sayrga chiqmaymizmi?
- Chiqamiz, lekin oldin sen meni sovg'amni bermaysanmi?
- Nima.. hozirmi?
- Hozir bo'lmasa qachon?
- Unday sovg'alar tunda berilmaydimi?
- To'g'ri-yu lekin men xohlagan paytimda olishim mumkin.
- Avval siz meni sovg'amni bering. Axir navbat sizniki, sovg'a berish.
- Shundaymi?
- Ha.
- Ho'p mayli roziman. Lekin bu safar menga ko'proq sovg'a berasan, munchog'im, - deb labimni tishladi. Bu sayr menga qimmatga tushishidan qo'rqishni boshladim. Nonushtadan keyin erim ikkovimiz sayrga chiqdik. U mendan qayerga borishni xohlayotganimni so'radi, o'ylab ham o'tirmay "ko'l bo'yi" dedim. Ko'l bo'yida o'qish uchun kitob va darsliklarimni o'zim bilan olgandim. Ko'l sohilida erimni bag'riga kitobimni o'qib o'tirardim, erim esa menga termulgancha nimalarnidir o'ylardi. Uydan chiqayotganimizda havo bulutli edi. Menga negadir shunday havo yoqardi. O'zimni hotirjam his qilardim. Qancha o'tirdik bilmayman, ammo yomg'ir yog'ishni boshladi. Orzuyim edi yomg'ir ostida o'tirish. Erim,
- Yomg'ir yog'ishni boshladi, uyga ketamiz shamollaysan, - dedi. Hech ham uyga qaytgim kelmasdi, biroz shu havodan bahra olgim kelardi.
- Yomg'irni biroz tomosha qilaylik, - dedim iltimos qilib.
- Bo'lmaydi, shamollaysan dedim.
- Shamollamayman, iltimos yana ozgina, - deb yalinishga tushdim. Oxiri ko'ngandek, yopinchig'ini olib meni yomg'irdan to'sib qo'ydi. Qo'li bilan belimdan siqib ushlab, menga qarab o'tirdi. Men esa yomg'ir tomchilari zarbidan yerga to'kilayotgan daraxtning gullarini tomosha qilardim.
Birozdan keyin erim meni majburlab ko'tarib uyga olib ketdi.
Kaori bilan sayrdan keyin uyga qaytganimizda, xizmatchilar menga imperator meni chaqirtirganini aytishdi. Imperator saroyiga borib huzuriga kirdim.
- Sizni nima maqsadda bu yerga chaqirganimni bilgandirsiz?!
- Ha, imperatorim.
- Xo'sh, menga nima sababdan bunday qilganingizni izohlab bera olasizmi?
- Izohga hojat yo'q, janob imperator. Shunchaki u qilgan qilmishiga yarasha javob oldi.
- Bunchalikka boradigan darajangizda sizga nima yomonlik qildi-ki, siz uni eng ayanchli jazo bilan o'ldirdingiz.
- Bu meni shaxsiy ishim.
- Bilsak bo'ladimi, o'sha shaxsiy ishingizni, sizni bunchalik vaxshiylikka olib borgan ishni?!
- U meni xotinimga tuxmat qildi. Bu ham yetmagandek, yoshligidan to menga turmushga chiqgunicha uni ayovsiz kaltaklashgan. Ularni qilgan bu ishlari uchun menimcha bu juda yengil jazo, imperatorim.
- Qo'mondon Ryu, adolatli inson ekanligingizga ishonaman. Shuning uchun sizni qo'mondon qilib saylaganman va sizga ba'zi bir sizni xizmat vazifangiz orasiga kirmaydigan ishlarni ham topshirganman. Hamda shuning uchun sizga qo'shimcha vakolatlar berganman. Bir insonni bekordan bekorga jazolamasligingizni ham bilaman, ammo jahlingizni jilovlab olishgizni ham qat'iy tayinlayman, - deganda boshimni egib, - Ruxsatingiz bilan ketsam?
- Ruxsat, - dedi.
Saroydan chiqib dojoga bordim. U yerda yangi askarlarni jismoniy salohiyatlarini sinovdan o'tkazadigan imtihon haqida ogohlantirib, imtihon sinovlarini tuzib chiqdim.
Erim ishdan qaytgandan keyin birga kechlik qildik. Keyin choy ichib, unga kitob o'qib berishimni so'radi. Kitobni o'qiyotgandimda, qo'limdan kitobni tortib yopib, - Bugunga yetadi, - deb meni ko'tarib yotoqga olib bordi.