April 29, 2025

Sen uchun men Ep.2

Xonaga Jeonghan kirib keldi, shunda Joshua haligi yigitga ketishi mumkinligini aytdi. Jeonghan officedagi divanga o'tirib, oyoqlarini chalishtirgancha Joshua'ga yuzlandi:
– Xo'sh, bu yigit kim va bu yerda nima ishi bor? Yana nimani boshlash payidan bo'lyapsan?
– Aytarli hech nima. Shunchaki ba'zilarga birovni mulkiga ko'z olaytirish qanday oqibatlarga olib kelishini ko'rsatib qo'yishim kerak
– Ya'ni?
– Kelasi hafta men bilan bir joyga borsang bilib olasan
– Qayerga?
– Ko'cha jangida o'zimni sinab ko'rmoqchiman, - ayyorona kulib.
– Josh.. Hozir hazilni payti emas, sendan jiddiy so'rayapman
– Men ham jiddiy aytyapman
– Nima o'sha ko'cha janglaridan keladigan sariq-chaqaga qarab qolgan joying bormi?
– Pul uchun borayapman dedimmi?
– Aran uchun bormayotgandirsan?
– Undan boshqasi uchun hatto barmog'imni ham qimirlatmayman
– Sen esingni yeb qo'yibsan
– Ha esimni yedim, uni hatto olayotgan nafasidan qizg'onyapman. Nega tushunmaysan axir, ishqida telba bo'lyabman. Ko'zimga hech nima ko'rinmayapti. Kim o'ylapti deysan bir kichkina qizaloqga bunchalik darajada oshiq bo'lishimni, - oxirgi gapini bosiqlik bilan gapirgan bo'lsada, ammo undan avvalgi gaplari bari jahl ustida edi.
– Bir oddiy qiz o'zingni bunchalik qurbon qilishingga arzimaydi
– U men uchun oddiy qiz emas. Og'zingdan chiqayotgan gaplarga e'tiborli bo'l
– Men seni o'ylayapman. Agar u seni sevmasachi?
– Majburlab bo'lsa ham sevdiraman
– Bir qizni majburlab ko'nglini qozona olmaysan, Josh..
– Qolgani meni ishim. Sen men bilan borasanmi yoki yo'q, shuni ayt?
– Qachon seni yolg'iz qoldirgandimki, endi yolg'iz qoldirsam
– Bu boshqa gap
– Xo'sh, jang kim bilan?
– Bir yigit ismini Jaehyunmi, Jaesungmi dedi. Menga kelgan xabarlarga qaraganda u meni beozorgina farishtamni atrofida o'ralashayotgan emish. Unga saboq berib qo'yishim kerak, axir dunyodan shunday o'tib ketmaydiku, to'g'rimi? Qolaversa, u hali shu paytgacha yengilmagan ekan, yutishni bilgan odam yutqazishniyam bilishi kerakku?
– Sendan boshqasiga yutqazsa ham bunchalik alam qilmasa kerak, - mazaxlab.
– Meniki bo'lganlarga tegishlarini yoqtirmayman. Menikimi tamom. Bo'lishmayman
– Mayli senga gap ta'sir qilmasligini bilaman. Aqllilik ham qilmoqchimasman. Faqat o'ylab ish qil
– Balki bugun kechki ovqatga borarmiz, agar qizlaring bilan uchrashuving bo'lmasa?, - kesatiqli ohangda.
– Ular bilan uchrashuvga kechki ovqatdan keyin ham boraveraman
– Unda seni soat 19:00 da farishtam ishlaydigan restoranda kutaman, - deganida Jeonghan jang haqida eslab:
– Sen jangga tayyorgarlik ko'ryapsanmi?, - dedi to'satdan.
– Mashg'ulotlarsiz kunim o'tmasligini bilib turib so'rayapsanmi?
– Shunchaki kechki vaqting sevgilingni makonida o'tayotganiga mashg'ulotga bormayapti degan fikr paydo bo'lgandi menda, - deb o'rnidan qo'zg'aldi.
– Bugun juda ko'p bidirlab yubording. Qizlaring vaqt o'tkazib yurishing yaxshi ekan, qulog'im tinch bo'lardi
– Men ham senga o'xshab birini topsam senga o'xshab aqlli bo'lib ketsam kerak?
– Senga uchraydigan qizga faqat rahmim keladi
– Meni ham rahmim kelyapti sendek mijg'ovga uchragan qizga, - deb ensasini qotirib, eshik tomon yurdi.
– Hali ko'ramiz kim mijg'ovligini. Eshikni orqasidan yopib ket, ‐ deganida Jeonghan ataylab eshikni ochiq qoldirib chiqib ketdi.

[ Koryo University ]

Ma'ruza xonasida o'tirgan ikki qizning yoniga boshqa fakultetda tahsil oladigan malla sochli qiz kelib joylashdi. Qiz Aran va Amaya bilan tanishib, ancha til topishgandan keyin asl maqsadini bayon qilishni boshladi:
– Sizlarni universitet bazmiga taklif qilish uchun kelgandim, aslida
– Qanday bazm?
– Universitetda har o'quv yili boshida o'tkazilarkan. Menga birinchi kursdagilarni taklif qilishni aytishgandi
– Biz bu haqida eshitmagandik, - gapga Amaya ham aralashdi. Haligi qiz sumkasidan 2ta taklifnoma chiqarib qizlarga uzatib:
– Bu yerda barchasi yozilgan, sizlarni kutaman, - deb o'z joyiga qaytishdan oldin Jaesung'ga qarab ko'z qisib qo'ydi. Dars boshlanib bu mavzu keyinga qoldirildi.

Oradan 1hafta ko'z ochib yumgandek o'tib ketdi. Qizlar bu vaqtda faqat ish va o'qish bilan band bo'lishdi. Bu vaqtda Joshua bilan Jaesung jangga puhta tayyorgarlik ko'rishardi. Ikkisini ham o'ziga ishonchi shu darajada baland ediki, mag'lub bo'lish hayolini chekkasini ham kesib o'tmasdi. Joshua Jaesung'ga 'birovni mulkiga osilish' yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini uqtirishga urinish uchun tayyorgarlik ko'rardi. Jaesung esa qalbida kurtak yozishni boshlagan sevgisini shu yo'l orqali ko'rsatmoqchi edi, go'yo.

Nihoyat jang kuni keldi. Qizlar ishdan javob so'rashga urinishganda katta menejer faqat Aran'ga javob bera olishini tushuntirardi:
– Seni ishingni men eplab tura olaman, ammo bilasan kechgi paytda mijozlar ko'payadi. Boshqa ilojim yo'q, qolaversa bugun dam olish kuni, oilaviy keladigan mijozlar talaygina
– Janob.. bor yo'g'i bir soatda qaytib kelamiz, - Aran ko'ndirishga urinib so'zlardi
– Istasangiz shu, - deya oshxonani tekshirish uchun kirib ketdi menejer.

Aran xo'rsinib qo'llarini ko'ksiga bog'lab, Amaya'ga yuzlandi. Amaya yengil jilmayib:
– Sen boraver, meni o'rnimga ham dam olib qaytasan, - dedi
– Sensiz borgim yo'q, - ga'mgin nigohlarini yerga tikib gapirdi Aran
– Menga u yerda nimalar bo'lganini uyda aytib berasan, - dedi uni ko'ndirish uchun.
– Sensiz u yerda nima qilaman?
– Boshqa talabalar bilan tanishasan, qolaversa biroz madaniy hordiq olasan, - Amaya uni qo'llarini silab
– Balki ishdan bo'sharmiz?, - dedi Aran birdan ko'zlari yorishib. Amaya qiqirlab kulib:
– Hozirgi paytda bunday ish topa olmaymiz. Hech bo'lmasa bittamizda bazmga borish imkoni bor. Baribir men unday joylarda o'zimni noqulay his qilaman, sen borganing yaxshi, - deganida Aran katta menejer kirib ketgan oshxona eshigiga qarab, – Yaramas, - deb yer tepindi. Amaya uni qilig'ini ko'rib, jilmaygancha, – Boraqol, - deb orqasidan turtdi. Aran ketishdan oldin Amaya 'uyga birga qaytamiz' deb xabardor qildi.

Aran uyga borib yaqinda yarim oylik maoshiga sotib olgan yangi kiyimlarini kiyib bazmga tayyorgarlik ko'rardi.

Aran's outfit

Aran'ning ko'ngli nimadirdan g'ash bo'lib, yuragi orqaga tortardi. Aran Amaya'siz borayotgani uchun shunday bo'lyapti deb, ko'nglidagi g'ashlikni bee'tibor qoldirdi.

Bazm bo'ladigan joyga yetib kelgan Aran bino tashqarisini ko'rib biroz ikkilanishni boshlardi. Binoni tashqi tarafi bu joy hech qanday restoran yoki klub emasligidan dalolat berardi. Bino eshigidan kirayotgan insonlar orasida universitetdagi tanish chehralarni ko'rib, 'demak to'g'ri kelibman' deb o'ziga tasalli bergancha eshik tomon yurdi. Eshik yonidagi barzangidan farq qilmaydigan ikki erkak qiz uzatgan taklifnomaga qarab, u Jaesung ogohlantirgan qizligini bilib, yo'lni bo'shatib eshikni ochishdi.

Bino ichida Aran tasavvur qilganidan umuman teskari muhit hukm surardi. Har yerga bir bir nazar solayotgan qiz universitetda undan katta kursda o'qiydigan yigitlarni ko'rardi, ammo birorta qiz bola ko'rinmasdi. Nima qilishni bilmay faqat hayron tikilib turgan qizning yoniga Jaesung keldi:
– Salom, - dedi Aran bilan nigohlarini to'qnashtirib
– Salom, - Aran miyasida charx urayotgan savollarga javobni shu insondan topishidan umid qilib muloyim javob qaytardi. – H.haligi bu yerda bazm bo'lmayaptimi?, - dedi atrofidagi muhitga ishora qilib
– Bu yer bazm uchun biroz noqulay joy emasmi?, - Jaesung qo'llarini ko'ksiga bog'lab
– Aynan.., - dedi Aran ham qo'llarini u kabi bog'lab. – Menimcha bu yerda boshqa gap bor, - Aran biroz qoshlarini chimirib gapirdi, yigitni bamaylixotir iste'hzoli tabassumini ko'rib
– Tanlovda adashmaganimni sezgandim, - Jaesung o'sha hotirjamligini yo'qotmagan holda gapirardi. Uni bunday o'zini hotirjam tutishi Aran'ni jig'iga tegishga ulgurgandi. Ayni damda Aran'ni hayolida o'zi nega oyog'i tortmagan joyga kelgani va nega bu yerda undan boshqa qiz zoti ko'rinmayotgani tinmay charx urardi
– Seni bu yerga kelishingni men istadim, - dedi Jaesung
– Nega?
– Bugun men uchun muhim kun va shu kunda men sevgan qiz yonimda bo'lishini xohladim
– Balki kinoyali gapirishni yig'ishtirib, aniq maqsadga o'tarsiz?, - Aran jahlini ochiq ko'rsatib
– Bu yerda birozdan so'ng jang bo'ladi, - orqasiga ishora qildi Jaesung. Aran xuddi ahmoqga qaragandek unga qaradi va u ishora qilgan tomonga yurishni boshladi. Aran bino balkonidan pastga qaraganida uni gaplari hazil emasligini tushundi. Pastda ko'pgina odamlar kattagina temir qafas atrofida turishardi. Ular bir-biri bilan bugungi jangda kimlar g'olib bo'lishi haqida bahslashishardi. Pastgi qavatni taajjublanib kuzatib turgan qizni yoniga Jaesung kelib:
– Bugun jangda men qatnashaman, - dedi. Aran endi nigohlarini yigitga qarata:
– Axir bu jinoyat, bu g'irt ahmoqlik, - deb ham jahl, ham achinish bilan gapirdi.
– Men shunga majburman, - Jaesung Aran'dan nigohlarini olib qochib
– Nima uchun? Bunday ishlar majburlikdan qilinmaydi
– Boshqa yerda bunchalik tez topa olmayman katta miqdordagi pulni, - Jaesung endi ovozini balandlatishni boshladi
– Odamlarga jarohat yetkazib pul ishlaysizmi?
– Boshqa ilojim yo'q, axir
– Nega, nega? Bu dunyoda ilojsiz narsaning o'zi yo'q, - dedi qiz ham endi ovoz tonini ko'tarib.
– Singlimni da'volatishim kerak, bunga katta pul kerak. Xo'sh, shunday katta pulni sen menga bera olasanmi?, - ko'zlari yoshlanib, so'zlari bo'g'ziga tiqilib chiqdi
– M.menda katta pul yo'q, a.ammo to'g'ri yo'l bilan ham pul topsa bo'ladi, - Aran yigitga joni achishib gapirardi
– Yaxshi, men bu ishni tashlayman. Bugun oxirgi jangimni o'tkazaman, faqat sen ham shu yerda bo'lasan, kelishdikmi, - Jaesung rozi bo'lishidan umidvor bo'lib so'radi. Aran jilmayib:
– Roziman, - dedi. Shunda Jaesung'ni lablari keng ochilib jilmayib:
– Yana bir shartim bor, - deya qoshini qashlab qo'ydi. Aran kulib:
– Bugun tug'ilgan kuningizmi juda ko'p shart qo'yyapsiz?, - deganida Jaesung:
– Yo'q, ammo ertaga seni tug'ilgan kuningda men bilan aylanishga borasan, - dedi.
– S.siz buni qayerdan bilasiz?
– Ertangi uchrashuvimizda barchasini aytaman agar kelsang, - Jaesung Aran'ni ko'zlariga yaqindan tikilib aytdi.

Eshikdan kirgan Joshua Aran'ni ham shu yerdaligini ko'rib, beixtiyor jag' suyaklari qimirlab ketdi. Uni Jaesung bilan birga turgani battar qonini qaynatardi. Jeonghan Joshua'ni nimalar qila olishini bilgani uchun darhol qo'lidan ushlab qolib:
– Josh.. sizlar hozir baribir qafas ichida yolg'iz bo'lasizlar. Barcha alamingni o'sha yerda olasan, u yerda qonun yo'q, - deb tinchlantirishga harakat qilardi. Joshua qo'lini siltab kiyim almashtirish xonasiga kirib ketdi. Uning ortidan Jeonghan va ularning odamlari keldi. Joshua jahl va g'azab bilan ko'ylagi tugmalarini yecharkan, odamlaridan biri:
– Janob, Jaesung Aran xonimni ertaga uchrashuvga taklif qildi, - deganida Joshua'ni qo'llari harakatdan to'xtadi. Jeonghan'ga qarab telbalarcha kulishni boshladi:
– Egizagim.., sen ham eshitdingmi, meni farishtacham tug'ilgan kunini o'sha churvaqa bilan o'tkazmoqchi emish? Bu yerga kelgani yetmagandek, mana endi uchrashuvga ham chiqarkan, - kulgusi orasida gapirib. Jeonghan uni harakatlariga faqat hayron bo'lardi. Xonadan barchani chiqarib yuborib, o'zi Joshua'ga yaqin keldi:
– Josh... senga nima bo'lyapti? O'zingdamisan? Nega bunday qiliqlar qilyapsan?, - deb xavotir bilan gapirdi
– Yo'q, o'zimda emasman. U nega bu yerda, nega aynan u bilan men bilan emas, nega anavi bilan uchrashuvga chiqmoqchi?
– Axir, sen hali unga qorangni ham ko'rsatmading, yana nima kutyapsan?
– Bugun u bilan tanishamiz va bu tanishuv butun umrga xotirasida muhrlanib qoladi, - deya suhbatni shu joyda tamomlab, chala qolgan ishini davom ettirib ketdi. Kiyimlarini almashtirib chiqganida Jaesung allaqachon qafas ichida edi. Joshua ham qafasga kirib, jangga tayyorgarlik ko'rishni boshladi. U Jaesung'ga qaraganida Jaesung qayta-qayta nigohlarini Aran'ga qaratardi.
– Bu yigit yashashi uchun o'zida imkon qoldirmayapti, - Joshua gaplarini ichida aytib, chuqur nafas oldi. Aran'ga nazar tashlaganda uni telefonida jilmayib bir nimalar yozayotganini ko'rdi

Parallel time

Amaya restoranda mijozlarga xizmat ko'rsatish bilan bir vaqtda Aran bilan xabarlashardi. Aran xabarda 'Bu yerda seni hayolingni chekkasiga ham kelmaydigan ishlar bo'lyapti' deganida Amaya'ni ichi qiziqish bilan to'ldi. So'ng Aran'ga 'Nima bo'lganini menga oxirigacha aytmasdan turib uxlamaysan' deb xabar jo'natib yana ishiga qaytdi. Uni yuzida tabassum bilan yurishi Amaya sababli shu restoranning doimiy mijoziga aylangan birining rashkini keltirardi. Mijozlarga qilayotgan muloyim muomalasi, shirin so'zi barchasi ichidagi bir mahluqqa jon baxsh etardi go'yo. Shundoqqina yoniga kelib joylashgan mijozga xizmat ko'rsatish uchun kelgan qizga u inson boshdan oyoq razm solib chiqdi. Ko'zida go'yoki uchqun porladi. Uning yuzidagi o'zgarishlarni sezib turgan yigit o'zini arang o'rindig'iga bosib o'tirardi. Qiz buyurtmani olib ketayotganda haligi mijoz unga endi yanayam sinchkovlik bilan qaradi. Yigit bor g'azabini qo'liga yig'ib ushlab turgan suv to'la stakanni qattiq siqib uni sindirishga muvaffaq bo'ldi. U o'sha qahrli nigohlarini bir zumga bo'lsada qo'liga qaratmadi, go'yoki hech nima bo'lmagandek o'tirardi. Singan shishalar unga zarracha og'riq bermasdi. Amaya uning yonidan o'tib ketayotganda dasturxonga tekkan qizil dog'ni ko'rib yigitni qo'liga qaradi.
– Janob qo'lingiz qonayapti, - deganida yigit ko'z qorachiqlarini Amaya'ga qaratdi. Amaya'ni gaplarini qulog'i eshitmasdi, go'yo. Amaya yugurib borib dori qutisini olib keldi. Dori qutidan paxta va spirtni olib paxtani namlab qon oqayotgan joyga bosganida achishishdan yigitni yuzi chimirildi. Shundagina qo'liga e'tibor qaratdi. Yigitni yuzimi chimirilganini ko'rib Amaya qo'liga puflashni boshladi. Uning labini shishirib puflashi yigitdagi umuman boshqacha hislarni mavjlantirib yubordi. Yigit Amaya'ni tik oyoqda turganini ko'rib orqaga surilib, Amaya'ga o'tirishiga ishora qildi. Amaya biroz ikkilanib baribir o'tirdi.

Yigit qo'liga kirgan shisha bo'laklarini barmoq uchlarida olib tashlab, tozalab, bog'lab qo'ygunicha qizni kuzatib turdi. Qiz ishlarini tugatib:
– Janob qo'lingizni yana bir shifokorga ko'rsatishingiz kerak, - dedi
– Ha ha rahmat sizga, - deya jilmayib bog'langan qo'lini unga uzatib:
– Yeonhu, - dedi. Amaya unga tushunarsiz qarab turganida:
– Meni ismim Yeonhu, sizniki.., - deb oxirgi so'zini biroz cho'zibroq aytdi. Qizni ismini o'z og'zidan eshitishni xohlardi. Shunda Amaya uni tushunib qo'lini uzatdi. Jarohatlangan qo'lini og'ritmaslik uchun ohista ushlab:
– Meni ismim Amaya, - deya tabassum bilan javob qaytardi. Yeonhu Amaya bilan suhbat qurishni istardi, ammo gapni nimadan boshlashni bilmasdi. O'rnidan turib ketayotgan qizga:
– Sizdan minnatdorman, - dedi bog'langan qo'lini ko'rsatib. Amaya esa o'sha chiroyli lablarini yoyib:
– O'zingizni ehtiyot qiling, - deb yana o'z ishiga ketdi.

Yeonhu'ni yonidagi boshqa stolda o'tirgan erkak Amaya'ni ancha kuzatganidan keyin uni chaqirtirdi. Amaya'ni qarshisiga o'tirishga taklif qilganida Amaya 'mumkin emas'ligini tushuntirib rad etdi. Amaya'dan ham ko'p Yeonhu uni nima deyishiga qiziqardi. Nihoyat erkak maqsadini ochiqlashni boshladi:
– Men rassomman, balki tanisangiz kerak. Bu meni tashrif qog'ozim, - deb kichik qog'ozni uzatdi qizga. Amaya esa:
– Ma'zur tutasiz, ammo men bunday narsalarga qiziqmayman, - dedi biroz hijolat tortib.
– Ha bu tabiiy hol, - erkak uni gaplarini to'g'ri qabul qildi. – Sizga taklifim bor edi, - deganida Amaya qoshlarini iste'hzoli ko'tarib qaradi
– Ya'ni menga bir suratim uchun model kerak, shunga sizni taklif qilmoqchi edim
– Janob, meni modellikdan xabarim yo'q, kechirasiz
– Men chizishni rejalashtirayotgan suratdagi personajni aynan sizda ko'rdim. Menga professional model bo'lishingiz shart emas, shunchaki suratni chizishim uchun menga biroz vaqt ajratsangiz kifoya, - deb qizni ko'ndirishga urinardi
– L.lekin...
– Iltimos yo'q demang, - endi yalinish ohangida gapirishga o'tgandi erkak. Uning gaplari Yeonhu'ni jahlini tobora chiqarardi

Fikr va reaksiyalaringizni kutamanπŸ’—