Qalbim egasi
Yeji ko'zlarini asta ochdi-yu nima bo'layotganini ilg'amay, yana uyqu zo'ridan ko'zlarini qayta yumib, yonboshiga o'girildi. Uni qimirlashidan Lian cho'chib labini qizdan uzib qaradi. Qiz hech nima bo'lmagandek yoniga o'girilib indamay uxlayotganini ko'rib, yuragi tinchlandi. Qiz tomon egilib, uni rostdan uxlayotganiga ishonch hosil qildi. Ustini yopib xonadan chiqib ketdi.
Oshxona stuliga o'tirib, hozirgina nima ish qilib qo'yganini miyasida tahlil qilardi. Barmog'ini labiga qo'yib, o'sha lahzani yana his qilgandek yuragi tez urardi. Lian endi ko'proq narsalarni istardi. O'zini rad etishga, hayolini boshqa joyga burishga qancha harakat qilmasin, aylanib baribir o'sha lahzaga qaytardi.
Oshxona stoliga bosh qo'yib uxlab qolgan yigitni qarshisiga kelib Yeji o'tirdi. Lian qo'lini ustiga boshini qo'yib uxlayotgandek, u ham shunday boshini qo'yib yigitga termulib yotdi. Yuziga sinchikilab qarayotganida ko'zi Lianni labiga kelib to'xtab qoldi. Shunda ko'z oldiga bugun ko'rgan tushi keldi. Tushida Lian uni uxlayotgan xonasida o'payotgan edi. Yeji chuqur nafas olib chiqardida:
- Koshki tushim ro'yoga aylansaydi, meni o'ngimda ham shunday o'psangiz edi, - pichirladi, ko'zlariga yosh qalqib. - Sizni qanchalik sog'inganimni bilsangiz edi. Menga juda kerak bo'lgan paytingizda, mendan juda olisda edingiz. Ammo yana yonimga qaytdingiz. Sizga sevgimni izhor qilishga ojizlik qilaman. Balkim Amerikada allaqachon birini topgandirsiz, - deya ko'z yoshlarini to'kishni boshladi. Ko'z yoshlari burunchasi uzra sidirilib, qo'liga oqardi. Yeji qo'lini Lianni sochi tomon uzatib, silashni boshladi. Sevgilisini uyg'otib yuborishdan cho'chib, barmoqlari uchida ohista silardi.
Lianni yonida yana bir necha daqiqa o'tirgan qiz turib nonushtaga unashni boshladi. Lian olib kelgan narsalar ichida o'zi yaxshi ko'rgan yeguliklarni ko'rib quvondi. To Yeji nonushta tayyorlab bo'lgunicha Lian qimir etmay uxladi. Uzoq yo'l charchog'i va kechasi micha qoqmay chiqgani uchun qattiq uxlardi. Nonushtani tayyor qilib dasturxonga qo'ygan qiz endi Lianni uyg'otishni boshladi:
– Lian uyg'oning, nonushta tayyor, - deb balandroq ovozda gapirardi. – Uyg'oning, - bir necha marotaba uyg'otishga uringan qiz oxiri qitmirlik qilishga o'tdi. Sochlaridan bir tutam olib Lian'ni burnini qitiqlashni boshladi. Lian burnini qashlab, uxlashda davom etardi. Rejasi o'xshamagan qiz hafsalasiz uyni ko'zdan kechirib chiqdi. Ko'zi rakovinaga tushib, lab uchida ayyorona jilmayib, borib stakanga muzdek suv to'ldirdi. Suvni olib kelib Lian'ni boshidan quyib yuborganida yigit boshidan quyilgan muzdek narsadan seskanib uyg'onib ketdi. Qarshisida stakan ushlab turgan qizni ko'rib nima bo'layotganiga tushunishga harakat qildi. Yeji qo'lidagi stakanni qattiq siqimlab, ortga yurishni boshladi, chunki uni bu hazili javobsiz qolmasligini bilardi. Lian ho'l bo'lgan sochlarini barmoqlari bilan orqaga tarab, o'rnidan turib Yeji tomon bamaylixotir qadam tashlardi.
– Xo'sh, - Lian Yeji tomon qadam bosib oradagi masofani qisqartirarkan gapirdi, Yeji borib oshxona stoliga(kuxnya) urildi. Yeji'ni ko'zlarida endi kulgu o'rniga qo'rquv aks etardi. Uni Amerikada yurib ancha o'zgargan deb o'ylab, bir zumga qilgan ishidan pushaymonlikni his qilib,
– M..men...
– Sen, - gapini takrorladi Lian.
– S.shunchaki.. sizni uyg'otmoqchi edim, - dedi lablari titrab.
– Uyg'otishni boshqa yo'lini topa olmadingmi?, - jiddiy ohangda, ammo kulishdan o'zini bazo'r tiyib turardi. Yeji'ni ilk marta bunday ahvolda ko'rib, chuqurroq hazillashishni istadi.
– Masalan, - dedi Yeji qo'rquvini bildirmaslikka urinib, Lianni ko'zlariga tik qaradi. Lian bir qoshini iste'hzoli ko'tarib, ko'z qorachiqlarini Yeji'ni labiga tikdi. Yeji qarshisida turgan yigitning ko'zlari uni labiga qadalganini sezib, kafti bilan labini yashirdi. Lian endi ko'zlarini Yeji'ni ko'zlariga tikdi. Yeji'ni kafti ortiga yashiringan labidan,
– Nima qilyapsiz, - degan ovoz chiqdi.
– Uyg'otmoqchi eding-ku, hali to'liq uyqim ochilmadi. Balki shu lablaring bilan erkalab uyqimni qochirarsan, - dedi labi ustidagi qo'lga ishora qildi, yuziga egilib. Yeji o'zini ortga olib, undan uzoqlashdi.
– Amerikadan juda yomon yigit bo'lib qaytibsiz, - deya yig'lamsirab gapirdi.
– Qanday ma'noda, - qo'lini ikki yonidan o'tkazib, xuddi qizni asirga olgandek.
– U.uyatsiz yigit bo'libsiz, - Yeji o'zi gapirgan gapdan o'zi uyalib ketdi. Lian uni ko'rinishidan, gaplaridan kulib yubormaslik uchun tishini tishiga qo'yardi.
– Oldin qanday edim?, - qoshlarini chimirib.
– Yaxshi edingiz..
– Bir o'psang hech nima qilmaydi
– M.menmi?
– Meni qarshimda hozir sendan boshqa hech kim yo'q. Demakki sen..
– Qo'yib yuboring, - deb qo'llari orasidan chiqib ketishga uringan qizni belidan ko'tarib oshxona stoliga o'tkazdi.
– Qayerga qochmoqchisan? Axir bu o'yinni o'zing boshlading..
– Men hazillashgandim, - dedi qiz boshini pastga egib
– Men esa yo'q, - deb qizni labiga yaqinlashishni boshladi. Yeji bo'layotgan ishlardan yuragi ko'ksidan chiqib ketar darajada tez urardi. Yeji Lian'ni ancha o'zgarib, yomon xulqli yigitga aylangan degan xulosaga kelgandi. Lian'ni sevsa ham endi undan qo'rqishni boshlagandi. Lian yuziga yaqin kelishni boshlaganda ko'zlarini chirt yumib oldi.
Yeji'ni qilgan qilig'idan Lian kulib yubordi. Uni kulishini eshitgan Yeji ko'zini ochib hayron tikildi. Lian kulishdan to'xtab Yejiga qaradi. Yeji yig'lamoqdan beri bo'lib unga qarab turardi. Lian qattiq hazil qilganini tushunib, unga afsuslanish bilan undan uzoqlashdi.
– Yeji men shunchaki hazillashgandim..
– Bu juda qo'pol hazil, - dedi-yu oshxona stolidan tushib, xonaga kirib ketdi. Lian yuvinish xonasiga kirib, o'zini biroz suv tagiga tutdi. Qilgan ishidan chin dilidan afsuslanardi. Sevgan insonini ko'ngliga ozor berganidan o'zini la'natlardi. Suv tagida turib, Yeji bilan qanday yarashish haqida o'ylardi.
Birozdan so'ng dushdan chiqib, kiyimlarini almashtirgan yigit Yeji'ni nonushta qilmaganini ko'rib ichidan bir nima uzilgandek bo'ldi. Yeji kirgan xona eshigini taqillatganida hech qanday javob kelmadi. Keyin sekinlik bilan eshikni ichkariga ochib kirdi. Yeji xona burchagida tizzalariga boshini ko'mib o'tirardi. Lian astalik bilan uni yoniga borib o'tirdi. Ikki chakkasidan ushlab qizni boshini ko'tardi. Yeji'ni yuzi ko'z yoshlari sababli nam bo'lgan edi. Lian barmoqlari bilan yuzidagi namlikni sidirib tashladi.
– Meni kechir, men ham shunchaki sen bilan hazillashmoqchi edim, - pushaymonlik bilan.
– Siz juda yomonsiz, - Yeji erkalanib, labini shishirib gapirdi.
– Bilasanmi, meni bunday hazil qilishimga o'zing sababchisan?
– Men?..
– Hada, chunki doim lablaringni shishirib olasan. Seni unday holatda ko'rganimda doim o'pgim keladi. Nahot senga bo'lgan hislarim akalik mehri emasligini ko'rmasang?, - dedi Lian hislarini yashirishga urinmay, ularni ochiqchasiga tan olishga harakat qilardi.
– B.bu bilan n.nima demoqchisiz?
– Men hech qachon senga akalik ko'zi bilan qaramaganman. Men doim senga sevgi bilan qaraganman. Seni ilk ko'rganimdan boshlab, yuragim senga talpinib uradi. Seni yoningda bo'lib, seni sog'inaman. Senga ozor berishga jur'atim yetmaydi. Seni xafa qilishni ham istamayman. Meni senga bo'lgan hislarim oddiy tuyg'u emasligini Amerikada yurgan paytimda tushundim. Bu yerga ham faqat seni deb qaytdim. Sensiz hayotimni tasavvur qila olmasligimni anglab yetdim, - sevgisini ortiq berkitishni istamay, ichidagi barcha gaplarni dona-dona qilib aytardi. Yeji sevgisi bir tomonlama emasligidan ichidan mamnun edi. Unga tomon qaratilib, aytilayotgan dil izhoridan yuragi qinidan chiqgudek tez va qattiq urardi. Lian'ni har bir so'zini yuragi bilan tinglardi. Yeji uyalib boshini pastga qaratganda, Lian uni iyagidan ko'tarib o'ziga qaratdi takroran:
– Senda ham menga nisbatan shunday hislar bormi?, - iltijoli tikilib so'radi.