☠𝑶‘𝑳𝑰𝑲 𝑩𝑶‘𝑺𝑨💋
𝓗𝓲𝓼𝓵𝓪𝓻 — 𝓫𝓾 𝓽𝓪𝓷𝓪𝓰𝓪 𝓮𝓶𝓪𝓼, 𝓺𝓪𝓵𝓫𝓰𝓪 𝔂𝓸𝔃𝓲𝓵𝓰𝓪𝓷 𝓳𝓪𝓻𝓸𝓱𝓪𝓽𝓵𝓪𝓻. 𝓤𝓵𝓪𝓻𝓷𝓲 𝔂𝓪𝓼𝓱𝓲𝓻𝓲𝓼𝓱 𝓶𝓾𝓶𝓴𝓲𝓷, 𝓪𝓶𝓶𝓸 𝓾𝓷𝓾𝓽𝓲𝓫 𝓫𝓸‘𝓵𝓶𝓪𝔂𝓭𝓲.
Tong
Barcha uchun yangi boshlanish...
Yotoq ustida uxlab yotgan Jin yuziga tushayotgan quyoshning nurlari sabab norozi boʻlgancha uygʻona boshladi... Koʻzlarini ochar ochmas ayolining joyini paypaslab uni qidirdi.... Topa olmagach koʻzlarini ishqalab oʻrnidan turdi... Toʻliq oʻziga kelishga ulgurmasdan pastga tusha boshladi... Zinalardan pastlar ekan ayolining oshxonada yoqimli ovozda qoʻshiq hirgoyi qilayotganini eshitib bir zum koʻzlarini yumib lab chetida tabbasum qildi... Soʻng sekin oshxona eshigidan ichkariga moʻraladi... Kutganidek ayoli nonushta tayyorlayapti...Sekin qadamlar bilan borib ayolini ortidan quchdi... Toʻsatdan beliga oʻralgan baquvvat qoʻllari sababli Minsu bir seskanib ketdi ammo oʻzini aynan oʻsha lahzada hotirjam his qildi.
Minsu:Jiiinnnn...(Tabbasum bilan ishq olishda davom etar ekan erkalangan boʻldi)Jin yuzini Minsuning boʻyniga koʻmib olgan... Huddi och yirqichdek toʻyib toʻyib hidlardi...
Minsu:Ana boʻldi nonushta tayyor... Meni qoʻyib yuboring ovqatlanamiz Seokjin...
Seokjin: Istamayman...
Minsu:Erkalik qilmasangiz chi... Ishga borishingiz kerak... Shuning uchun nonushta qiling...
Seokjin:Bularni yeyishni istamayman...
Minsu:Nima yeyishni hohlaysiz... Ayting tayyorlab beraman... (Hiyol yuzini ortga oʻgirib gapirdi)Jin esa shart Minsuni oʻziga oʻgirdi va "seni "deya javob qildi... Minsuning qoshlari biroz chimirildi va bir nima demoqchi boʻldi yu ulgurmadi....Boʻsa..
Jin oʻz rafiqasidan erkalab boʻsa olgancha koʻtarib yuqoriga olib chiqib ketdi....
Hayot ajoyibotlarga toʻla... Kim bilibdi deysiz... Katta Mafiyaning qizi...Harbiy bir inson bilan turmush qurishini...
//////////
Politsiya idorasi
Tong boʻlishiga qaramasdan Ari ishga koʻmilib ketgan... Shu qadar band ediki hatto xonaga kirgan qizni ham payqamadi... Jaewon Arining xonasiga kirar ekan uni kim bilandir telefonda judayam muhim masalada gaplashayotganini koʻrdi va qoʻlidagi amerikano qahvasi va ertalab oʻzi tayyorlagan nonushtani sekin ish stoli ustiga qoʻyib Arini bezovta qilmasdan chiqib ketdi...
Ari:Sizni tushundim... Ekspertiza xulosalari chiqqach menga xabar qilishni unutmang...(Degancha qoʻngʻiroqni yakunladi... Biroz vaqt qotillikka oid dalillar osilgan doskadan koʻzini olib ortiga oʻgirildi) Koʻzi stol ustiga tushar ekan... Tezda derazadan pastga qaradi... Maktab formasidagi qiz politsiya idorasini tark etayotganini koʻrib mehrli tabbasum ila"jinni qiz shu yergacha kelibdiya"dedi...Soʻng qahvani olgancha tashqariga odimladi...
Akasining yordamida hamma uxlayotgan vaqtda xonasidan chiqqan qiz... Qoʻllarini choʻntagiga solgancha oʻzi borishni istamaydigan bir manzil tomon qadam tashlab ketar ekan... Yoniga kelib toʻxtagan mashinaning signali tufayli choʻchib tushdi.... Mashinaga qaradi... Tanimadi... Qovoqlarini solgancha yana yurishda davom etmoqchi edi... Lekin uni tanish ovoz toʻxtatib qoldi....
Jin:Hoy romanlarning kushandasi...(Mashina oynasini tushurib singlisidek boʻlib qolgan qizni chaqirdi) jaewon shart ovoz kelgan tomonga qaradi...
Jaewon:Jin amakiiii...
Jin:Heyyy amaki dema degan edimkuuu....
Jaewon:Voy uzr yodimda chiqibdi...(Biroz hijolatli ovozda)
Jin:Mayli... Arining yoniga kelgan edingmi?
Jaewon:Ha tongda nonushta qilmaydilar bilaman shuning uchun nonushta olib kelgan edim
Jin: Haaaa... Oʻtir... Maktabingga tashlab qoʻyaman...
Jaewon:Yoʻq... Shart emas...sizni bezovta qilishni istamayman...
Jin:Oʻtira qol... Senga yana kitoblar berishim kerak (dedi... Mashinaning orqa eshigiga ishora qilib) Jaewon ham biroz oʻylanib turdiyu... Kitoblardan voz kecha olmaganligi tufayli mashinaga oʻtiridi... Oʻtirdiyu koʻzlari oʻziga farishtadek yuzli bir ayolni tabbasum qilganini koʻrdi... Hayajonlana hayajonlana... Salomlashdi..
Jaewon:Hayrli tong xonim...(Deya biroz boshini egib taʼzim qildi va tezda Jinga kim bu degandek qaradi)
Jin:Ha aytgancha bu goʻzal xonim sen sevib oʻqiydigan romanlarning muallifi... Va mening rafiqam (Jinning aytgan bu gaplaridan keyin Jaewon rosmanakasiga shoshib qoldi)
Jaewon:Ni..nima?... Men haligi... Men mening ismim Jaewon... Siz... Rostdan ham oʻsha asarlarni muallifimisiz?...(Deya bir shoshib bir sekin va duduqlanib gapirar ekan.Minsu yanayam keng tabbasum qilib uning qoʻllaridan tutdi)
Minsu:HAAA...
Jaewon:Yo Xudoyim (hayratlangancha qoʻllarini bilan ogʻzini yopib oldi)Jin mashina oynasidan ularga qarab qoʻyar ekan sekin kulib mashinani harakatlantirdi...Minsu esa yana bir Jaewonning qoʻllaridan tutdi...
Minsu: Jaewon... Hammasi joyida... Bunchalik hayajonning keragi yoʻq men ham sendek insonman... Hammasi joyida...
Jaewon:Siz haqiqiy farishtasiz... Sizning barcha asarlaringiz judayam ajoyib... Ayniqsaaaa Qishning sokin musiqasi va Oʻlik boʻsa... Men sizning ashaddiy muxlisangizman...(Hech kim bilan gaplashishni istamaydigan bu qiz...Nega bu goʻzal ayolning yonida tinmasdan gapirayotganini hech tushunmas edi)
Jaewon:Ha aytgancha... Kitobingiz... Uni hozir(deya ryugzagini ichidan chiqarar ekan minsuga qarab )Mana u (deb Minsuga uzatdi)... Minsu sekin kitobni qoʻliga oldi va Jaewonga qarab"yoqdimi"deb soʻradi...
Jaewon:yoqish ham gapmi?..Butun umrlik unutilmas xotira boʻlib qoldi...
Minsu: Hursandman... (Degan edi hamki Jin)
Jin: Jaewon keldik dedi...(Jaewon ham tezda mashinadan tushar ekan ) Minsu qizga qoʻl silkib "koʻrishguncha"dedi va ketdi.... Jaewon ishonib ayta oladiki....Bu tong bu kun... Hayotidagi eng baxtlisi edi...
Timeskip}
Ari va Hyunwoo suhbatlashgancha oʻz boʻlimlariga yaqinlashishar ekan... Hyunwoo joyida toʻxtab shishali oyna ortidagi odamni koʻrsatdi... Qora talstofka kiyib olgan yigit ularning boʻlimida bemalol qoʻllarini choʻntagiga solgancha aylanib yurar edi... U aylanib Arining ish stoli yoniga keldi va u yerdagi suratni olib tomosha qila boshladi... Bu yerda uni kuzatib turgan Arining birdan jahli chiqib ketdi....
Ari:Voy yaramasssse...(Deya jahl bilan boʻlimga kirib tezda borib suratni yigitni qoʻlidan tortib oldi soʻng)
Ari: Birovlarning shaxsiy buyumiga teginish odobdan emas... Va sen kimsan oʻzi...nima qilayapsan bu yerda?
Yigit:Men...
Hyunwoo:Ogʻrimisan?
Yigit:Tch... Ogʻri boʻlsam shuncha yerlar turganda palitsiyani oʻmaramanmi?...
Ari:Unda nima qilayapsan bu yerda? Nimangni yoʻqotding?(Deya suratni bigiz qilib soʻradi)
janob Choi: Hoy hoy ariii... Shoshma... U ishga kelgan... Akangni oʻrniga...(Eshikdan hotirjam kirib kelgan janob Choi birdan shoshib gapira ketdi)
Ari:Shumi? Shu ishga kelganmi? (Deb yigitga boshdan oyoq qarab chiqdi) Arining mensimaslik qiyofasi negadur yigitning yoqimli nigohlariga kelganida yumshadi.... Bir zum ularga tikilib qoldi...
Keyin bu koʻzlar tabbasum qila boshladi... Ari esa endi rosmanakasiga ularga shoʻngʻib ketdi... Ari yigitdan koʻzlarini uza olmas yigit ham kiprik qoqmay Ariga tikilib turardi....
Pov_Ari
Laʼnati bu nima?... Nega uning koʻzlari bunchalik chiroyli... Nega ulardan ajrala olmayapman...(Ari shularni oʻylar ekan Huminning yogʻon ovozi ularning diqqatini buzdi)
Humin:Yana qanchagacha shunday turmoqchisizlar... Park Jimin seni Mudir chaqirayapti... Hujjatlaring masalasida (deb yigitga murojaat qildi)Jimin hech narsa demasdan tushundim degandek bosh silkidi... Keyin haliyam oʻziga qarab turgan qizga qarab koʻz qisdiyu u yerni tark etdi....
((((((((
Turmush oʻrtogʻi bilan yoqimli suhbat qurgancha egizak akasining uyiga kelgan Minsu erini shirin boʻsalar bilan siylab mashinadan tushdi.... Toki mashina koʻrinmay qolganicha uni ortidan qarab turdi... Soʻng oʻsha oʻzi uchun uy emas zindon boʻlgan qasr tomon oʻgirildi... Chuqur nafas olib ichkariga odimladi.... Toʻyiga atiga bir oy boʻldi... Ammo u shu bir oyning ichida bu yerda boʻlgan yomon xotiralardan halos boʻla olibdi buni qaranglar.... Katta qora eshiklardan ichkariga kirar ekan toʻsatdan zinalardan otilgudek boʻlib tushayotgan qizni koʻrib bir zum qotib qoldi... Qiz oʻkirib oʻkirib yigʻlagancha yugurib uyni tark etar ekan... Minsu tezda havotir ila zinalardan koʻtarilib akasining xonasiga kirdi... Xona ichi viski va sigaret hidiga toʻlgan.... Minsu xonaga kirar ekan yoqimsiz hiddan yuzini burishtirib tezda derazalarni ochib tashladi... Endigina dushdan chiqqan Jungkook singlisini koʻrib lan chetida tabbasum qildi...
Jungkook:Hush kelibdilar...(Qoʻlidagi sochiqni yotoq ustiga otib yuborgancha)
Minsu: Jungkook.... Yana boshladingmi?...
Jungkook:Nimani... Ha... Uni aytyapsanmi.... Yoʻq boshlamadim... Davom ettirayapman...
Minsu:Senga nima degandim axir... Bas qil demaganmidim...Ularni doʻpppslab nimaga erishasan oʻzi?
Jungkook:agar sen ham otamdek aqllilik qilishga kelgan boʻlsang iltimos ket... Men seni hafa qilishni istamayman...
Minsu: Bunday yurishingdan keyin aqllilik qilamiz... Jungkook bir oʻzingga qara... Kim boʻlib qolding... (Baqirib berdi Minsu)
Jungkook:Nima qilishim kerak Seningcha... Unuta olmasam... Oʻsha laʼnati kundagi voqeani unuta olmasam... Nima qilayyyy(bu safar Jungkookning ovozi balandladi) Minsuning koʻzlari yoshlanar ekan "shunchaki bularni unuttira oladigan biror tasini top!... Oʻshanda balki bu mahluq biroz tinchlanar..."
Jungkook: Minsu bu real hayot... Sening hikoyalaring emassssss.... iltimos uygʻon
Minsu:Men hikoyalarimning barchasini hayotdan olganman...
Jungkook:Unda yordam ber... Menga ham oʻsha hikoyalaringdagi mahluqlarni sevib qoladigan birortasini topib ber... Qutqar meni bu laʼnat toʻla hayotdan...
Minsu:....
Jungkook:Hih... Koʻrdingmi?... Bu borada hatto sen ham ojizsan... Bunaqa inson yoʻq... Hammasi husning yoki puling deydi...
Minsu:U albatta seni topib keladi... Kutsang bas...
Jungkook:Chiq... Bor eringni yoniga... Ket iltimos... Seni hafa qilib qoʻysam oʻzimni kechirmayman (deya oʻzini yotoqqa otdi)Minsu ilojsiz uyni tark etar ekan... Jungkookning koʻzlaridan yosh toma boshladi... Koʻzlari bir zum yumilgan edi hamki oʻsha tundagi voqea koʻz oldiga keladi va nafasi boʻgʻildi... Qattiq qoʻrquv tufayli sakrab oʻrnidan turib chuqur nafas ola boshladi... Soʻng gʻazab bilan yonidagi yostiqni uloqtirib yubordi....
Mana ffimning yangi qismi keldi... Izoh qoldirish esdan chiqmasin 🤗