📚Koʻmikslar doʻkoni yoxud koʻzgu ortidagi olam 🪐
Taqdir bogʻlarini dushmanlar ezdi...🥺
Qancha oh urmaylik bu umr xazon 🍂
Senga yutgunimcha men doʻzax kezdim😖
Senga yetgunimcha qolmadim omon🥺
Jin oʻz ishini a'lo darajada bajardi. U ikki asirni ham tilkalab tashladi. Yoʻlak boʻylab tez tez yurib kelar ekan yuzidagi qon izlarini artar edi. Xonasiga eshikni zarb bilan ochib kirganida u yerdagi uxlab yotgan qizni koʻrib yuragi biroz tinchlandi. Eshikni oxista yopib Minsuning yoniga kelib oʻtirdi. Uning yuzlariga termulib zoʻrgʻa "kechir"dedi. Qizning yuziga tushgan sochlarini toʻgʻirlar ekan uning yuzidagi tegajonlik izlari eʼtiborini tortdi. Jinga bu noqulay boʻlsa ham endi u qizning tanasiga etibor qildi. Boʻynidagi tish izlari... Tanasidagi tirnoq izlarini koʻrib koʻzlari yoshga toʻlib ingrab yubordi. Koʻz yoshlari birin ketin tomar ekan faqatgina"kechir... Kechir meni marvaridim"deb yigʻlar edi..
Shu payt uning yigʻisini Minsu uchun malham olib kelgani ketgan Harun eshikdan kirib toʻxtatdi. Jin koʻzyoshlarini tezda artib jiddiy qiyofaga kirdi va ortiga qarab endigina Harunga baqirmoqchi edi ammo uning ahvoli Minsunikidan yomonroq ekanini koʻrib toʻxtadi. Harun Jinni koʻrib unga taʼzim qildi va Minsuning yaralariga malham surmoqchi edi Jin uni toʻxtatdi.
Jin:Oʻzinga yordam kerak ku axmoq... Qanday qilib bunday ahvolda yuribsan...(Dedi salkam baqirib)
Harun: shaxzodam men...
Jin:ishora bilan gapirishni bas qil... (Dedi Harunning gapini boʻlib) Harun jim boʻlib qoldi... U Minsuning yotogʻi yonida tiz choʻkkancha oʻtirar ekan Jin uning yelkasidan ushladi. Shu payt Harun tilga kirdi.
Harun:Jin... U nega bu yerda? Nega qaytdi? Nega aynan sening shahringda paydo boʻldi? Nima uchun yana meni qarshimda turibdi? Nega yana hammasi yaxshi deya yolgʻon gapirayapti? Nima uchun uni yana qutqara olmayapman... (Harun shunday deya yigʻlar edi.) Jin uning hayollaridagi gaplarni eshitar ekan uning ham koʻzlari yoshlandi. Harun 3asr avval tanishgan bu goʻzal qizga huddi avvalgidek yordam bera olmayotgan edi. U Minsuning qoʻlidan tutib u koʻrsatgan qahramonlikni esladi
Oʻsha kun... Daxshatlarga boy jang kuni. Minsu oʻz jamoasi bilan mahluqlarni birin ketin yoʻq qilib ketar ekan... Uning eʼtiborini gulzor tomon oshiqayotgan mahluqlar tortadi... U ularni Yogʻduning ortidan ketayapti deb oʻylab u yerga shoshib boradi. Gulzor allaqachon payxon boʻlgan. Minsu u yerga qadam qoʻyar ekan Mahluqlar kimnidur qurshab olganini koʻrdi. Yaxshilab ular tomon tikildi avvaliga odam deb oʻylagan jonzoti odam emas ular kabi mahluq ekanini koʻrib ortga doʻstlariga yordamga shoshdi.Ammo oʻsha paytdagi daxshatli ingrash uni joyida toʻxtatdi... U ortiga qaradi... Mahluqlar daraxtsimon bir jonzotni tinmasdan azoblar edi. Lekin nega? Nima uchun ular oʻzlariga oʻxshagan Mahluqni azoblashayapti? Minsu oʻziga oʻzi savol berdi. Mahluq tizzalab qolgan lekin kuchi bor boʻlsa-da hujum qilmas edi. Mahluqlar birin ketin Uning qulogʻiga daxshatli ravishda qichqirar ekan Harun koʻzlarini qattiq yumib bu ovozlarga chidashga harakat qilar edi. Lekin yoʻq. Uning quloqlaridan qon oqa boshladi... Minsu nima qilishni bilmas... Yordam bersa balki u ham unga dushmanlik qilar. Yordam bermasa bu bechora nobud boʻladi ku. Minsu ortga qaytishga qaror qilib yana ortiga oʻgirildi ammo bu safargi Harunning baqirigʻi uni yordamga chorladi. Minsu qoʻlidagi qilich bilan mahluqlar tomon oshiqdi. U ular bilan jang qilar ekan koʻksiga nayza qadalgan mahluqni koʻrib unga "faqat oʻlib qolma"der edi. Mahluqlar juda kuchli chiqdi ular qizni bir necha marotaba yer tishlatishdi ammo Minsu taslim boʻlmadi. Biroq u qancha harakat qilmasin Mahluqlar undan koʻra koʻproq edi. Ularning bariga kuchi yetishi uchun Minsu biror sehrli kuchga ega boʻlishi kerak... Lekin minsuda bu kuch qayerda deysiz...U ancha holdan toydi... Mahluqlar esa hali hamon u bilan kurashish uchun u tomon yaqinlashishmoqda.Shu payt uzoqdan yugurib toʻgʻrirogʻi uchib kelgan Jinning ukasi Haejun mahluqlar bilan olisha ketdi. Minsu esa yerga biroz choʻkkalab nafsini rostlab oldi. Jin kabi boʻlmasa ham oʻz kuchiga ega boʻlgan Haejun mahluqlarni hayotiga nuqta qoʻydi. Haejun ishini bitirishi bilan Jiminning chaqirigʻi tufayli akasini yoniga ketdi. Minsu esa kelib Harunning yoniga oʻtirib unga yordam berishga uruna boshladi. Avval uni tirikmi yoʻqmi bilmoqchi boʻlganida Harunning gʻamgin nigohi uning tirik ekanini isbotladi. Minsu endi nima qilishini bilmasdi. Nima qilsin nayzani sugʻurib olsinmi... Balki boshqa birortani yordamga chaqirar... Minsu shu hayollar bilan oʻrnidan turmoqchi boʻldi ammo uning boʻyniga osilgan tumor uni qayta joyiga oʻtirishiga sabab boʻldi. Bu tumor uning onasiniki
Minsu unga bir muddat termulib turdi va "men oddiy qiz emasman... Men tilsimman"deb nigohini Harunga qaratdi.
Minsu: Havotir olma... Seni qutqaraman... Deb avval nayzani Harunning koʻksidan sugʻurib oldi. Soʻng ikki kaftini ham uning jarohati ustida muallaq ushlab turib"Lunare serath, nyon e’dhal..."
Dedi. Shu payt Minsuning koʻzlari moviy rangda tuslandi... Harunning jarohatidan ham moviy rangda nur tarala boshladi va jarohat bir necha soniyalarda bitib ketdi. Jarohat bitishi bilan Harunning nigohlari jonlandi. Minsu birinchi bor oʻzining yashirin qobiliyatidan foydalangani uchun juda ham holsizlanib qolgandi. Harun oʻrnidan sekin turdi... Minsu tomon oʻgirlib u tomon yura boshladi... Minsu esa ortga qadam tashlar Harundan negadur qoʻrqayotgandi... Bir necha qadamlardan keyin Harun Minsuning bagʻriga oʻzini otib uni qattiq quchoqladi. Minsu oʻzini ortga olishga ulgurmadi... Harun uni shunaqangi qattiq quchoqlar ediki... Minsu biroz vaqt shock holatda turdi soʻng u ham Harunni quchib qoʻydi.
Minsu:Balki yetar... Men doʻstlarimga kerakman..(deb Harundan nari boʻlishga urundi)Harun esa tezda uni qoʻyib yuborib rahmat soʻzi oʻrniga bir taʼzim qildi va tezda bu yerdan uzoqlashdi)Minsu ham biroz uning harakatlaridan hayron qolib qolganlar tomon shoshdi....
Harun shularni eslab Minsuga tikilib oʻtirar ekan... Jin Minsuni koʻtarib oldi. Harun hayron... Nima qilayapsan?degandek Jinga tikildi u boʻlsa"U bu yerda qolmaydi... Hayot saltanatiga... Yogʻduning yoniga olib boraman... Sen ham biroz dam olgach bor"deb Harundan javob kutmasdan uchib ketdi
Katta Saltanat hovlisi... Qoyalardan oqib tushib daryolarga quyilayotgan suv oy nurida shu qadar goʻzal tovlanar edikiii... Goʻyoki suv ostida xazina bordek....Samolarda uchib Saltanatni qoʻriqlash barobarida oʻz mahbubasiga uzoqdan ishq koʻzlari bilan boqayotgan yigitning eʼtiborini uzoqdan uchib kelayotgan oʻzi kabi qanotli jonzot tortdi. Soniyalar oʻtmasdan u Jinga peshvoz chiqar ekan uning yuzini toʻliq koʻrgach beixtiyor "Jinnnn"dedi. Jin esa biroz hijolatli nigohlar bilan Jiminga qaradi... Jiminning koʻzlari allaqachon Minsuda boʻlib u bu yerda nima boʻlayotganiga tushunishga harakat qilardi. Ikki yigit ham samoda sukut ichida turishar ekan... Bu sukutni oʻz xonasiga tegishli ayvondan turib "Akaaaa"deb baqirgan qiz buzdi. Yigitlar bir barakayiga qiz tomon oʻgirilishdi. U yerda turgan qizni koʻrib u tomon uchishdi... Yigitlarning ikkisi ham saroy hovlisiga qoʻnishar ekan... Daqiqalar ichida zinalardan yugurib tushgan qiz ularning yoniga yetib keldi... Jinning yoniga kelishiga ikki qadam narida toʻxtab uning qoʻlidagi qizga termulib qoldi. Soʻng koʻzlari yoshlanib.. "Minsu onni"dedi...
Jin:Ariii... (Deya gapirmoqchi boʻldi lekin u eshitmadi)Ari sekin yurib kelib Minsuning qoʻllaridan tutdi. Uning ahvoli havas qilar darajada emas edi... Ammo hali hamon u juda goʻzal edi. Ari uning qoʻlidan tutar ekan nigohlari keskinlashib "uning qoʻllari juda sovuq uni saroyga olib kiring... Mening xonamga"dedi. Jin ham bir deganda Arining aytganini qilib Minsuni Arining xonasiga olib kirdi. Ari ham uning ortidan ketmoqchi boʻlganida Jimin uni qoʻlidan tutib toʻxtatdi...
Jimin:Ari... Buning oqibati yomon boʻladi... Jin bu yerda boʻlmasligi kerak (dedi afsus qiyofasida)
Ari:Jimin... U bu yerda boʻlmasa ham hammasi yomon boʻladi... Hammasini endi taqdirga topshirish vaqti keldi (deb siniq tabbasum qildi va yugurib akasining izidan ketdi).Jimin ham ularning ortidan ergashdi. Jin qoʻlidagi qizga mehr bilan qarab qoʻygancha singlisini xonasiga olib kirib uni yotogʻiga joylashtirdi. Minsu ancha charchagani uchun deyarli hech narsani sezmasdan uxlar edi. Jin uning ustini yopib qoʻyib xonani tark etdi. Zinalardan pastlab Ari va Jimin oʻtirgan katta va keng xonaga kirdi va kamin yoniga borib turdi.
Jimin:Jin nima boʻldi oʻzi... Minsu nega bu ahvolda (Havotirlanib soʻradi)Jin istamaygina barchasini aytdi. Ari bularni eshitar ekan akasining yoniga kelib uning qarshisiga turib oldi.
Ari:Nega? Nima uchun u bu yerda ekanini menga aytmadingiz? Nega uni bu yerga olib kelmadingiz? Deb yigʻlab akasining yoqasidan ushlab siltay boshladi...
Jin esa jimgina turaverdi. Toki Haejun kelib Arini jindan ajratib olmagunicha singlisi haq ekanini aytib turgan joyidan qimirlamadi.
Haejun:Ariii... Bas qil... (Dedi singlisini tinchlantirib)
Ari: Qanday bechora qiz qay ahvolda ekanini koʻrmading....
Haejun: Seningcha bunga akam aybdormi? Unga qarasangchiii... Uning ham ahvoli joyida emas... U buni ataylab qilgan deb oʻylaysanmi? Nahotki sevgan inson oʻz sevganiga nisbatan shunday qila olsaaaa (endi Haejunning ham ovozi balandladi) Ari biroz tinchlangan boʻldiyu Jinga sekin qaradi... Negadur u parishon hol... Huddi bu dunyoda emasdek bir nuqtaga tikilib turardi. Ari Jinga termulib turdiyu soʻng tashqariga oshiqdi... Haejun u tomon ketmoqchi boʻlganida...
Jimin:Yoʻq... Sen shu yerda qol... Men oʻzim deb Arining ortidan ergashdi. Haejun gʻamli va afsus nigohlarini akasiga qadadiyu tezda borib uni bagʻriga bosdi.
Haejun: Bilaman men uchun kelmagansiz... Ammo kelganingiz uchun rahmat aka dedi...
Doimgidek Jindan javob reaksiyasi yoʻq. U shunchaki turar ekan Haejun uni qoʻyib yubordi va yuqoriga koʻtarilib ketdi
Yotoq ustida tinchgina uxlayotgan qizning uyqusi yuziga kimdur teginayotgani tufayli buzildi.
Minsu koʻzlarini ochar ekan umuman oʻziga yod bir boshqa joyda ekanini koʻrib qoʻrqdi. Joyidan turib ketmoqchi boʻlganida "ketma"degan ovozdan joyida toʻxtadi. Oʻgirilib atrofga qaradi hech kim yoʻq... Oyning nurlari xonaga tushib turgan boʻlsa ham atrofni deyarli koʻrib boʻlmas edi...U yana eshik tutqichini ushlash uchun qoʻl uzatgan edi hamki "iltimos qilaman... Seni juda sogʻingan man"deya gapirdi notanish yigit. Ovoz Jinning ovoziga oʻxshar ammo uning ovozi emasdi..
Minsu:Kimsan? Men qayerdaman?
X: Havotir olma... Sen havfsizsan... Hayot saltanatida hech kim seni azoblay olmaydi... Mening kimligim esa muhim emas.(Dedi. Ovoz biroz tarqoq eshitilar... Toʻgʻrirogʻi har tomondan kelar edi.Minsu bu sharpa kim ekanini bilishga urindi ammo qoʻlidan kelmadi... U xona oʻrtasida turar ekan nogahon ortidan kimdur kelib quchdi. Minsu baqirdi.... U yigit esa "tshshshs... Senga ziyon yetkazmayman chin soʻzim men shunchaki seni qattiq sogʻindim"deb pichirladi Minsuning qulogʻiga. Minsu jim boʻldi. Qanchalik qoʻrqqan boʻlmasin negadur bu yigitga ishongisi kelar edi.
Minsu:Kimsan? Nega oʻzingni koʻrstamayapsan
X: vaqti kelganida bilib olasan! Men yana qaytaman (Deb uning jarohatlangan boʻynidan oʻpib qoʻydi) Minsu hayrat bilan tezda ortiga oʻgirilgan edi hamki ortida faqatgina ochiq eshikni koʻrdi. Tezda tashqariga otildi... Chap tomonga choʻzilgan yoʻlakdan tez tez yurib ketar ekan qarshisidagi yigitni koʻrib toʻxtadi.Jin zinalardan chiqib ulgurgan edi hamki Minsuni koʻrib u ham joyida toʻxtadi.
Jin:Uygʻondingmi?
Minsu:Bu siz edingiz a? (Sinchiklab termulib Jinga)
Jin:Kim?
Minsu hayron qanday qilib soniyalar ichida yoʻq boʻlib qolish mumkin. U bu Jin emasligigs ishonch hosil qildi va "Alahsiradim shekilli"dedi.
Jin: Endi tinchlan havfsizsan... Bu yer Hayot Saltanati... Hech kim senga azob berolmaydi... Endi esa qayta xonaga kirib uxla"deb uni xonaga kuzatib qoʻydi.Toki Minsu yana qayta uyquga ketgunicha eshik yonida unga termulib turdi.Soʻng u ham oʻz xonasiga kirib ketdi.
~~~~
Faqatgina uyqusida erkin boʻla oladigan ammo hozir undan ham mahrum boʻlgan goʻzal qiz... Sevganining ahvolini koʻrib oʻlimga ham rozi boʻlgan shaxzoda... Oʻz akasiga nisbatan qoʻpollik qildim deb koʻzyosh toʻkayotgan kichik malika... Yuragida vulqon tursa ham oʻz sevganiga hatto quchoq bilan yordam bera olmayotgan jangchi yigit ~~
Ffimni davomi... Izohlarni kutib qolaman... Reaksiyalarni ham lozim toʻrt boʻlib kutib oʻtiraman