𝑀𝐴𝐺𝐼𝐶 ✨ 𝐴𝐶𝐴𝐷𝐸𝑀𝑌🪄
"Sehrni o‘rganish oson, ammo hislarni jilovlash — haqiqiy sinov."
Academia tomon shoshib qadam tashlayotgan qizlar yoʻllaridan chiqib qolgan Yigit sababli toʻxtashdi...
Minsu: Sunghoon?...
Sunghoon:Salom Minsu....(Deya oldi faqat... Uning koʻzlari Minsuning yonidagi qizga tushar ekan... Bamisoli telba boʻlib qolgan edi.) Qancha Jaewonga tikilmasin hech koʻzini ololmas... Aksincha yanayam oʻtkir nigoh bilan qizga qarar edi... Jaewon esa bundan hijolat boʻlib koʻzlarini olib qochar edi... Bir Sunghoonga bir Jaewongga qarayotgan Minsu.... Jaewonni tutib turgan qoʻlini qoʻyib yubordi.... Jaewon esa shoshib oʻzlaridan biroz uzoqda ketayotgan Ari tomon yugurib ketdi. Undan koʻz uzolmay qolgan Sunghoon ketar ekan ham uning ortidan qarab qoldi....Birozdan soʻng yelkasiga tegayotgan qoʻllar sababli hushini yigʻib yoniga qaradi...
Minsu:Sevib qoldingmi?...yoki shunchaki chiroyli boʻlgani uchun shunday tikildingmi?...
Sunghoon: Haligi... Ikkisi ham emas... Nega kelgan edim... Jin ursin (deya soniyalar oʻylabb turib soʻng qoʻlidagi atirgulli toʻgʻnogʻichni Minsuning qoʻliga tutqizdiyu)
Sunghoon:Kecha tushurib qoʻyibsan... (Degancha academia tomon yugurib ketdi)
Minsu:Bu... Meniki emasku... (Deb yelka qisib qoʻydi va u ham qolganlar ortidan ergashdi)....
Academyning oʻrtasidan oʻtgan...boʻlimlarga olib boruvchi uzun yoʻlakdan ichkariga sekin asta yurib borayotgan qizlarning eʼtiborini ikki tomonda... Afsonaviy janglarni oʻrganayotgan talabalar tortishdi... Birlari qilich bilan jang qilsa baʼzilari yoydan oʻq uzar... Baʼzilari qoʻlda jang qilishsa a ba'zilari nayzani uzoqqa uloqtirib kuchlarini sinashar edi.... Ari Nafaqat ularni balki academianing har bir burchagini koʻzdan kechirar ekan... Toʻsatdan "egil"degan qichqiriq keldi... Ari ovoz kelgan tomonga qarashga ulgurmasdan qayerdandir kelgan bir yigit uni mahkam quchoqlab ovoz kelgan tomonga oʻzini tutib berdi.... Biroz muddat shunday turgan qiz va yigit... Yigitning yerga choʻkkalab qolganidan soʻng bu holatni buzishdi.... Darrov ortiga oʻgirilib yigitga jahl bilan qaragan Arining nigohlari uning ahvolini koʻrib yumshadi.... Yigit choʻkkalab qolgan... Undan biroz nariroqda uzun va oʻtkir ekanligi bilinayotgan nayza va yigitning tobora alvon rangga burkanayotgan oppoq kiymi...
Ari:Yo Xudoyim.... Ahvolingiz yaxshimi?...(Uning yoniga choʻkkalab yelkasidan ushlagancha )
Jimin: Hammasi yaxshi (deya qizni qoʻlini yelkasidan tushurib tashlagancha oʻrnidan turib academia binosiga kirib keta boshladi)
Ari:Qanaqasiga yaxshi boʻlasiz axir... Yaralanibsiz... Qon oqayapti.... Shifokorga... Ey... Tabibga borishingiz kerak....(Deb yigitning qoʻlidan tutib qoldi)Yigit esa qizni qoʻlini bir siltab "kerak emas"deya boʻgʻiq ovozda gapirib... Qizga jahl nigohlarida qaradi...
Ari yana nimadir demoqchi boʻldi ammo Professor Baltazar kelib qoldi...
P. Baltazar:Men shu yerdaman... Oʻzim yordam beraman... Qani yuring shaxzoda Minho...(Deb hech kimga qaramay yigitni oʻzining xonasiga boshlab ketdi) Ari gʻalati nigoh bilan qarab qolar ekan uning yoniga bir necha oʻzidan yosh yigitlar kelib uzr soʻrab Jiminning ortidan ketishdi...
Dars... Aylana qilib talabalar uchun joylashtirilgan Stol stullar birin ketin oʻz egalarini topar ekan... Hamma hayajonda edi... Asosiy darslar boshlandi... Xar xil kuchga ega talabalar qarama qarshi yonma yon oʻtirishib professorni kuta boshlashdi... Hammaning koʻzlari eshikda... Ammo Ari va Subghoon bundan mustasno... Ari oʻsha jahl toʻla nigohlarni va issiq va yoqimli boʻlgan keng bagʻrni oʻylayotgan boʻlsa... Subghoonning fikru hayoli qarshisidagi qizda edi... U qancha urinmasin... Qanchalik harakat qilmasin... Jaewondan koʻz uzolmas... Va ayni damda buni istamas edi... Toʻsatdan aylana ichida paydo boʻlgan Professor Flora Gabriel xonim hammani eʼtiborini oʻziga tortdi...
Flora:Hammaga salom...(Biroz ingichkaroq ovozda... Har bir talabaga koʻz tashlagancha)
Flora:Ilk darsimiz... Boshlandi... Bizga ilk kundan kitoblarni keragi yoʻq... Sarguzashtlarni aynan bugundan boshlaymiz... (Deb bir qarsak chalib kitoblarni yoʻq qilib yubordi) Hamma professorga yana ham eʼtibor bilan qaray boshlashdi...
Flora xonim:Bugun siz... Sehrli oʻrmondan Moviy yogʻduni topib kelasiz... Kimdur bu haqida biladimi... (Tabbasumini yoqimliroq qilib soʻradi)Shu payt endigina xonaga kirib kelgan yigit gapira ketdi)...
Christopher:Moviy yogʻdu... Bu sehrli oʻrmondagi noyob gul boʻlib uni faqat oʻsha oʻrmonda tirik qolganlargina... Eng aniqrogʻi U yerdagi xavflarni yenga olgangina topadi... (Gapini ikkilanmasdan aytib boʻlgan Bang Chan professorning gʻalati nigohidan hijolat boʻlib koʻzlarini olib qochdi)
Flora xonim:Yo Xudoyim... Bu qanday mardlik... Nahotki qaytdingiz... Hush kelibsiz Shaxzoda Bang Christopher Chan...
Chan: Rahmat(deya hijolat ila kelib bosh bir stulga oʻtirdi) Flora xonim hayratini berkitmasdan... Toki Chan joylashib olguniga qadar undan koʻz uzmadi... Chan Kelib Minsuning yoniga oʻtirar ekan... Qolganlar kabi Minsu ham unga qarab turar... Ammo uning nigohlarida samimiylik aks etgan edi...
Chan: Salom...
Minsu:Hush kelibsan... (Deya yoqimli tabbasum qilar ekan )Chan tabbasumdanmi yoki doʻstona munosabatdanmi biroz hayratlanib Minsuga tikilib qoldi...
Ammo tezda oʻzini oʻnglab Professor Flora tomon oʻgrildi... Flora xonim ham oʻziga kelgancha davom etdi...
Flora xonim:Aynan... Chan aytganidek... Siz bu oʻrmonda oʻz qoʻrquvlaringiz va xavflarga duch kelasiz ammo sizlarga ishonaman... Siz hech biriga yengilmaysiz... Tayyormisiz....
Talabalar oʻzlaridagiga kuchgami yoki boshqa biror nimaga ishondilar mi... Bor ovozlarida Ha deya tasdiqlashdi... Flora xonim esa keng tabbasum qilgancha "Unda sizlarni guruhlarga boʻlaman ,birgalikda barchasini uddalaysiz lar"deb talablarga yoqimli tabbasum hadya qildi..
Flora xonim:Suhi -Lily-Hyunwook va DongMin...(Uch talab ismini aytib yoniga chorlagan professor academiadagi partallari hech qanday muammosiz ocha oladigan Yigit yordamida. Ayni damda ham partal eshiklarini oʻrmon tomonga toʻgʻrilab ochdi)...
Flora xonim: Partal uchun Rahmat shaxzoda Lee know...
Lee know: Arzimaydi professor (quruqqina aytilgan bu gap professorni yana tabbasumga yoʻlladi)
Talabalar birin ketin guruh boʻlib partaldan oʻtishar ekan navbat
Flora xonim: Yaxshi... Endi... Jaewon... Sunghoon.... Minsu va Changa...(Marhamat qani...)
Minsu:Ammo professor... Ari u yolgʻiz... Biz bilan bora qolsin...
Jaewon:Ha... Ularni yolgʻiz qoldirmaylik...(Malikalaring bu taklifini Professor keskin darajada rad etdi)
Flora xonim:Yoʻq... Malika Ari buni oʻzi eplaydi...
Minsu:Ammo...
Ari:Onni... Havotir olmang... Oʻzim sizlarni topib olaman..(shu gaplarni aytib oʻzining magʻrur tabbasumini qilar ekan Minsu yengil bosh silkidi va Jaewon bilan birga partaldan oʻrmonga oʻtishdi) shu tobda Partal ham yopildi... Professor Flora xonim Ari tomonga oʻgirilib jiddiy nigohlarda gap boshladi.
Flora xonim:Lee Ari... Bu topshiriq doʻstlaringiz uchun yengil boʻlishi mumkin ammo siz uchun emas... Chunki siz... Tabiatsiz... U yerdagi xavf hatarlarning barchasi sizning yengil iforingizni his qilishi bilanoq... Siz tomon yopirilishadi ammo qoʻrqmang... Kuchli boʻling... Sizni himoya qiluvchi albatta topiladi... Aynan... Yolgʻiz boʻlishingiz kerak... Sizga ishonaman Buni uddalaysiz qani endi... Olgʻa..(jiddiy nigohlari Lee know tomon borar ekan shaxzoda yana bir bor oʻz kuchidan foydalanib partal ochdi) Ari chuqur nafas olgancha partal tomon ketar ekan Lee know qizning qoʻliga sekingina nimadur tutqazdi... Va yengil ovozda "omad tilayman"dedi... Ari qisqa tabbasum va bosh silkish bilan Lee knowga javob qaytarib partaldan oʻtdi.... U qorongʻu oʻrmonga qadam qoʻyishi bilan partal yoʻq boʻldi.... Qop qorongʻu zulamt oʻrmonda... Yolgʻiz qolgan Ari... Eng avval qoʻlidagi tuhfaga qaradi... Kaftini ochar ekan qoʻlidagi kristal birdan yorishdi.... Zulmat oʻrtasida yorugʻlik paydo boʻlganidan soʻng Arining vahimaga tushayotgan qalbi biroz tinchlandi... Koʻzlarini kristaldan uzib atrofiga qarar ekan... Uni bu yerda judayam koʻp xavf kutayotganini his qildi....Ammo shunga qaramay qadamlarini oʻrmonning tumanli qismiga yoʻnaltirdi....