November 6, 2025

🦋 Moviy kapalakning hikoyasi📝

By:Yuna Kim 🦋

{small story}

> “Ba’zida eng kuchli sehr – uni faqat kuzatish. Ba’zida eng yorqin nur – uni unutmaslik.”

Shining pages-bu oddiy olam emas...u nafaqat ranglar va yorugʻliklardan balki yuraklarning yoqimli ritmidan qurilgan edi..har bir insonning his tuygʻusi.. har bir doʻstlik,har bir sevgi bu olamni tirik tutar edi...

Shining pages world🫀

Bu olamning kichik bir nuqtasi ham bor bu Moviy kapalak, u -olamning ruhini his qiluvchi, ammo u yerdagi ishlarga hech aralashmaydigan kichik kuzatuvchi.....u faqat kuzatardi... Hech narsagni oʻzgartira olmas... Barcha sehrlar,barcha moʻjizalar uning koʻz oʻngida sodir boʻlardi..

Bule butterfly 🦋

Shining pagesning yuragi tirik edi, lekin asta-sekin havoda mayin darzlar paydo boʻlgandi..Ularni moviy kapalak sezdi bu yerda nimadur notoʻgʻri... Nimadur buzilayotgan edi... Ammo doimgidek hech narsa qila olmadi...Minsu va Ari-moʻjizaviy opa singillar... Ularning mehr ila barpo qilgan bogʻlari shunchalik chuqur va tabiiy ediki olamning oʻzi ularning tuygʻularini his qilardi...

🫶

Minsu katta opa har doim masʼuliyati.. mulohazali va muloyim. U har bir odamning hissini sezardi... Ammo koʻpincha oʻzini chetda saqlardi...

MINSU🫀

Ari esa kichik singil Jasur, gʻururli... Qiziquvchan malika edi..U doim opasining yonida boʻlib uning ishlarini kuzatardi..unga yordam berardi... Lekin hech qachon unga qarshi ish qilmagan edi..

Ari🫀

Moviy kapalak ularni kuzatardi... Ularning kundalik sehrlari va moʻjizalari uning qanotlarini yengil silkitar edi...

Minsu havoga yozuvlar yoydi. Har bir so‘z uchib, havoda rangga aylanardi. Ari ularni yig‘ib, mayin musiqaga aylantirdi. Har bir qadam, har bir qarash, olamning bir bo‘lagini tirik tutardi.
Boshqalar – Jaewon, Yisu, Jia, Dahye, Somi, Bona, Ahri – olamning boshqa ustunlari edi. Ular har biri o‘z sehrli vazifasini bajarar, olamning rang-barang muvozanatini saqlardi. Lekin ular ham asta-sekin charchayotgan edi.
Moviy Kapalak shunday o‘yladi: “Agar ular ham zaiflashsa, Shining Pages nimaga tayanadi?”

Bir kun Minsu va Ari o‘rtasida kichik tortishuv yuz berdi. Bu aynan nimadan ekanini hech kim bilmaydi... Ammo ularning tortishuvi atrofga sovuqlik tushirdi... Ularning his-tuyg‘ulari havoga rangsiz yozuvlar shaklida chiqdi, lekin Moviy Kapalak ularga yordam bera olmadi. U faqat kuzatardi, qanotlari esa asta-sekin sarg‘ayardi.

> “Opam hech qachon meni tushunmagan” – .Ari jahl ustida shivirladi bu esa yuraklarning dars ketishiga sabab boʻldi.
“U meni tushunadi…” – Minsu o‘zini tinchlantirdi, lekin yuzida bir bo‘shliq bor edi.

Shining Pages asta-sekin so‘na boshladi. Kichik qora chiziqlar havoda paydo bo‘ldi, yulduzlar ham sekin asta yoʻqola boshladi va Moviy Kapalak his qildi: olamning markazidagi yorug‘lik asta-sekin so‘nmoqda.

Jaewon tartibni saqlashga urinardi

Jaewon 🫀

Yisu yorug‘likni qayta tarqatardi,

Yisu 🫀

Jia qorong‘ida yo‘l ko‘rsatardi

Jia🫀

Dahye so‘zlardan sehr yasardi,

Dahye🫀

Somi yomg‘irdan musiqani olib kelardi

Somi 🫠🫀

Bona haqiqatni ko‘zgularda saqlardi

Bona🫀

Ahri esa qalblar orasidagi sirlarni bog‘lar edi

Ahri🫀

Lekin Moviy Kapalak sezardi: ularning kuchi yetmayapti. Minsu va Ari bir-birining yonida turishga harakat qilardi, lekin olamning muvozanati asta-sekin buzilmoqda edi. Ularning har bir qarori havoda kichik titroq qoldirardi, va Moviy Kapalak ularni kuzatib, yuragi bilan his qilardi.

> “Ular hali bilmaydi…” – u shivirladi.
“Ularning dunyosi tez orada qulaydi...”
Uning qanotlari asta-sekin rangsizlana boshladi. Lekin Moviy Kapalak uchishni davom ettirdi, ularning har bir harakatini kuzatdi, ularning shodligi va xafaligi bilan yashadi.

Olam yurugʻligini asta sekin yoʻqotdi. Havoda uchib yurgan hissiyot uchqunlari parcha-parcha bo‘lib ketdi. Minsu va Ari oxirgi bor bir-birini ushlab, havoda titrab turgan sehrni his qildi.

Moviy Kapalak qanotlarini kuch bilan silkitar edi. U hali ham ularni kuzatardi, u hali ham olamni his qilardi. Ular boshqa dunyoga o‘tmoqda edi…

> Minsu oxirgi bor Ari tomon qaradi.
“Men seni himoya qilaman, doimo…” – dedi u.

Minsu🥺

Ari jilmaydi.
“Bilaman, onni…”

Ari🥺

Havo jim bo‘ldi. Ularning shakllari asta-sekin rangsizlandi, va Moviy Kapalakning ko‘zi oldida ular Shining Pages olamidan yo‘q bo‘ldi.
Olam yemirildi. Yorug‘lik yo‘qoldi. Barcha qahramonlar ketdi. Moviy Kapalak endi rangsiz edi. U uchdi, u yig‘ladi, lekin hech kim eshitmadi.

Lekin u hali ham bir joyda mayin, o‘chib-o‘chmayotgan nur sezdi. Bu – opa-singilning xotirasi, ularning mehrining qoldig‘i edi.

> “Men yolg‘izman…” – shivirladi Moviy Kapalak.
“Lekin bu nur, ularning sevgisi, ularning borligi… hali ham mavjud.”

Va shunday qilib, Moviy Kapalak oxirgi marta uchdi, yorqinlikning eng mayin zarrachasini havoga tarqatdi. Olam yo‘q, u yolg‘iz, lekin yuragi ichida ramziy umid yashadi va eng soʻngida oʻzini oʻtga otuvchi parvonaga aylandi...