June 24, 2025

📚Koʻmikslar doʻkoni yoxud koʻzgu ortidagi olam 🪐

By:Yuna🕊

Ep.10

"Chin yurak bilan sevish – o‘zingni birinchi marta butun his qilishdir."

Tonga yaqin vaqt... Qoʻrqinchli tush tufayli uygʻonib ketgan qiz... Yuragidagi qoʻrquvni bosishga harakat qilgancha chuqur chuqur nafas olar edi. Minsu oʻrnidan turib yonidagi stol ustida turgan idishdagi suvdan hoʻpladi. U aniq tiniq eslay olmaydi tushini... Lekin u tush judayam qoʻrqinchli ekanini his qilayapti. Suvni ichib oʻziga kelish uchun xona derazasini ochdi. Ochdiyu koʻzi saroy hovlisida tentirab yurgan sharpaga tushdi. Minsu uni avvaliga xonasiga kelib turadigan oʻsha yigit deb oʻyladi. Ammo u sharpa Minsuga oʻgirilib qaraganida Minsuni bu oʻylovi notoʻgʻri boʻldi. Sharpa Minsuga oʻgirilar ekan Minsu uning yuzi yoʻqligidan qoʻrqib ketdi va tezda oʻtirib oldi. Soniyalar oʻtgach biroz boshini koʻtarib oʻsha sharpa tomonga qaradi... Sharpa umidvor Minsuning xonasidagi derazaga boqar ekan... Minsuni koʻrgach... Qoʻli bilan yoniga imladi. Minsu hayron... Sharpa nega Oʻzini yoniga imlayotganini bilmas ammo uning yoniga tushish istagi paydo boʻla boshlagandi... Minsu sharpaga yaxshilab tikildi... Bu Mahluq emas... Odam ham emas... Bu arvoh edi... Juda gʻalati... Minsu unga qarab turar ekan arvoh uni imlashda davom etdi. Ammo minsu joyidan qoʻzgʻalmagach sekin saroy darvozasi tomon yura boshladi... Ora orada ortiga qarab minsuni imlar ekan... Minsu uning 3 imlashida arvoh nega bunday qilayotganini tushundi. U Minsuni ortidan yurishini istaydi. Buni tushungach Minsu eshik tomon bordi tutqichni ushlamoqchi edi toʻxtadi.
Pov_Minsu
U kim oʻzi...? Nega meni yoniga chaqirayapti? Nahot oʻldirsa meni... Yoʻq yoʻq.. bormayman.. yoʻq borolmayman.. deb orqa burildiyu keyin"lekin judayam qiziqayapman... Ehhh minsu bu qiziqishlaring bir kun kelib boshingni yemasa boʻlgani deb eshikdan tashqariga otildi. Yugurib saroy hovlisiga chiqdi. Darvoza yonida turgan arvoh... Qizni koʻrib yana imladi. Minsu sekinlik bilan uning ortidan ergashdi. Ular ancha yoʻl yurib qoʻyishdi. Minsu to daxshat vodiysiga yetib kelgunicha qaroridan afsuslanmayotgandi. Lekin bu zulmat bosgan oʻrmon... Uni daxshatga soldi. U toʻxtadi... Arvoh esa oʻrmon ichiga kirdiyu zulmat bilan qorishib yoʻq boʻlib ketdi. Minsu qoʻrqdi... Ortiga qaytishi kerak ekanini anglab ortiga oʻgirildi...Ortga ikki qadam tashlagan edi hamki oyogʻi gʻalati narsaga tegdi. Oyogʻidagi yaralar hali bitmagani uchun yengil ammo qaltis bosilgan qadam unga ogʻriq berar edi. U koʻzlarini ogʻriqdan biroz yumdi soʻng ochib oʻshs yerdagi tayoqni qoʻliga olib uloqtirmlqchi boʻldi. Lekin bu oddiy tayoq emasligini koʻrib bunday qilmadi. Bu yoy edi.... Tanasiga qirollik muxri bosilgan...va egasining ismi yozilgan yoy. Minsu sinchiklab yoyga termuldi... Yoyning ism yozilgan qismini qandaydir suyuqlik qoplagan... Minsu uni artdi. U ismga yaxshilab termuldi va beixtiyor Haejun dedi. Soʻng chap qoʻlidagi suyuqlikni tekshirdi. Avvaliga oddiy botqoq suvi deb oʻyladi... Hidlab koʻrganidan keyin esa bu qon ekanini sezdi. U endi tushundi.... Arvoh uni haejunga yordam berishi uchun daxshat vodiysiga yetaklagan... Minsu qoʻlidagi yoyni yerga tashlab oʻrmon ichiga yugurib ketdi

Minsu ichkarilab borar ekan Haejunni chaqirar edi.
Minsu:Haejun... Haejuuunnnn....(Ovozi boricha baqirdi)Ammo haejundan darak yoʻq. U oʻrmonning yanayam ichkarirogʻiga kirdi. Yigitni topish umidida yana Haejunni chaqirdi. Bu safar ham uning chaqirigʻiga javob boʻlmadi. Ammo Minsu oʻzidan biroz uzoqroqda zoʻrgʻa oʻrnidan turayotgan yigitni koʻrdi. Koʻrdiyu u tomon yugurdi. Haejun tanasidagi ogʻriq bilan oʻrnidan bir amallab turib olgan edi hamki ortidan kelgan ovozni eshitib tezda u tomon oʻgirildi.
Minsu: Haejun...? (Minsu sekingina yigitni chaqirdi)Haejun tezda ortiga oʻgirildi.
Haejun: Minsu? Bu yerda nima qilyapsan? (Qoshlarini chimirib havotirda soʻradi)
Minsu:Va nihoyat... Qoʻrqib ketdim... Oʻlib qolding deb oʻylabman... (Koʻzlari biroz yoshlanib)
Haejun: Bu yerda nima qilyapsan dedim senga.(Biroz qoʻpol gapirdi)
Minsu: menmi? seni izlab keldim. Senchi? Aslida sen nima qilyapsan bu yerda?(Jahl bilan gapirdi)
Haejun:meni izlashni hojati yoʻq edi. Bekor qilibsan...
Minsu: Yoʻgʻeee... Rostanmi... (Kesatib soʻradi)
Haejun:Ha! Dedi quruqqina. Minsu yana gapirmoqchi boʻlganida haejun "jim"deb uni toʻxtatdi.
Minsu:nega jim boʻlar ekanman a? Yarim tunda seni qidirib shu daxshatli joyga keldim. Sen boʻlsa keragi yoʻq edi deysanmi? (Gʻazab bilan yigitga baqira boshladi) Haejun esa "jim... Jim boʻl... Jimsangchi"derdi. Foydasi boʻlmagach... Tezda Minsuni yoniga kelib qoʻli bilan ogʻzini yopdi. Minsu tipirchilab Haejunning qoʻlidan chiqmoqchi edi. Haejun uning qulogʻiga yaqin kelib"jim boʻlmasang ikkimiz ham oʻlamiz"dedi soʻng qoʻlini Minsuning ogʻzidan olib sekin osmonga ishora qildi. Minsu u ishora qilgan tomonga qaradi. U yerda qanotlari boʻlgan koʻzlari yoʻq... Yuzida faqatgina qonga toʻlgan ogʻzi bor oʻnlab mahluqlar uchib... Goh gohida daraxt shoxiga qoʻnayotgan edi. Minsuning koʻzlari katta rahmat boʻlib ketdi. U Haejun tomonga qoʻrquv bilan qaradi. Haejun uning qoʻlidan tutib "ketamiz"deya pichirladi va sekin qadamlar bilan yura boshlashdi. Toki Haejun tasodifan qoʻlidagi qilichini tushirib qoʻymaguncha hammasi yaxshi ketayotgan edi. Qilich yerga tushishi bilan mahluqlarni eʼtiborini tortdi. Haejun qilichni yerdan olishi bilan yugurishni boshlashdi... Mahluqlar osmondan ularni taqib qilar ekan... Ikkisi ham bu daxshatli mavjudodlardan qocha olmasliklarini tushunib yetishdi. Ular yugurishda davom etishar ekan Mahluqlar yerga tushishni boshlashdi. Minsu toʻsatdan qarshisida paydo boʻlgan daxshatli mahluqni koʻrib toʻxtayman deb yiqildi. Ha yana oyogʻi... U yana jarohatlandi. Haejun uni turishiga yordam berdi... Va uni ortiga yashirdi. Mahluqlar ularni qurshab olgan... Ularning orasidagi eng bahaybati toʻstadan Haejun tomon otildi.
Minsu:Haejuuuuunnnn...(Qichqirdi)
<Hayot saltanatida>
Erta tongdan buyon Minsuni qidirmagan joyi qolmagan Malika Ari oxiri Jindan bu haqida soʻrashga ahd qildi. U saroy ichkarisida joylashgan harbiy boʻlinmada askarlarni shugʻullantirayotgan Jinning yoniga vahima bilan bordi.
Ari:Akaaa... Akaaaa....
Jin: Nima boʻldi?(Mashgʻulotni toʻxtatib gapirdi singlisiga)
Ari:Minsu onnimni koʻrmadingiz mi? Men uni hech qayerdan topa olmayapman...
Jin:Yoʻq koʻrmadim... Menimcha gulzorda yoki koʻl yonida boʻlsa kerak... (Hotirjam gapirdi)
Ari:Yoʻq! Yerda ham osmonda ham... Hech qayerda yoʻq.! (Baqirib berdi)Endi Jinning ham koʻngliga hovotir oraladi. Shu payt Jimin ham ularning yoniga keldi va "hey... Haligi Haejunni koʻrmadingizmi... Ertalabdan buyon qidiraman... Hech qayerda yoʻq yaramas... Bugun bellashishimiz kerak edi"dedi. Jinning qalbiga oralagan havotir endi yana kuchaydi va u rashkka aylandi.
Ari:Minsu onnim ham yoʻq... Nahotki ular birga boʻlishsa(degan edi hamki) jin "yoʻoʻoʻqqqq"deb baqirdi. Keyin singlisiga qarab"kuchingdan foydalan... Axir topa olasanku toʻgʻrimi?"dedi iltijoli nigohlar bilan.
Ari:Lekin... Aka... Men kuchimdan 2 asr avval foydalanganman... Qoʻlimdan...(U gapini tugata olmadi)Jin"keladi... Sen uddalaysan qani boʻl..."deb gapini davom ettirdi. Ari sekingina Jiminga qaradi. Jimin tabbasum qilib Jinning gapini tasdiqlagandek bosh silkidi.

Ari:Yaxshi... (Deb avvaliga chuqur nafas olib koʻzlarini yumdi va sekin ochdi.. uning koʻzlari sargʻish rangga kirgandi...soniyalar oʻtar ekan Arining nigohlarini havotir egallay boshladi... Va tezda oʻziga kelib yerga tizzalab yiqildi. Jimin ham uning yoniga choʻkkaladi...Jin ham uning yoniga kelib"Nima... Nimani koʻrding.. ular birgami? Qayerda "qoʻrquv va xavotir bilan soʻray boshladi. Ari chuqur chuqur nafas olib oʻziga kelar ekan zoʻrgʻa "daxshat... Daxshat vodiysida"dedi. Jin oʻrnidan tezda turib oʻsha yer tomon uchib ketdi.
Ari:men ham borishim.. kerak...(Oʻrnidan turmoqchi boʻlib gapirdi)
Jimin:biroz oʻzinga kel... Boramiz...

Jin uchib ketar ekan Haejun va Minsuni birga ekanligini hazm qila olmasdi.va nihoyat u yetib keldi... Jin oʻrmon ustida uchib ularni qidirar ekan hayollari faqat Minsu der edi. U topdi. Jin Oʻrmonning shimoliy qismida Mahluqlar bilan olishayotgan Haejunni koʻrishi bilan oʻsh tomon intildi.
Haejun Minsuni himoya qilgancha Birma bir mahluqlarni qilichdan oʻtkazardi. Toʻsatdan kelib unga yordam bera boshlagan yigitni sezgan Haejun hursand boʻlishni ham hafa boʻlishni ham bilmasdi. Minsu yoniga kelib qoʻngan Jinni Mahluq deb oʻylab undan uzoqlash moqchi boʻldi.yu yiqilishiga sal qoldi lekin Jin uni qoʻlidan ushlab oʻziga tortdi. Minsu bir deganda oʻzini Jinning bagʻrida koʻrdi. Jin Minsuni shunaqa mehr va hotirjamlik bilan quchar edi. Minsu sal qolsa erib ketardi. Jin uni quchish barobarida uning iforidan ham toʻyib hidlar. Bu ish esa Minsuni butun badanini titroq bosishiga hizmat qilardi.

Jin and Minsu🫶

Buni koʻrgan Haejun..."balki bas qilib menga yordam berarsizlar..."dedi gʻazab bilan. Jin Minsu qoʻyib yubordi. Uning koʻzlari alvon rangga burkandi. Minsu bu qizil koʻzlar hech qachon yaxshilikka olib kelmasligini bilardi. Jinning qoʻlida oʻz qilichi paydo boʻldi. U ham Minsuni ortiga oldi va Mahluqlar bilan jangga kirishdi. Jin tezlik bilan ularning deyarli barchasini yer tishlatdi. Haejun ham undan kam jang qilmas edi. Shunchaki ucha olmasligi unga pand berardi. Ular jang qilishar ekan... Bir mahluq Minsuni ushlab oldi.Minsu esa jon vahimada "Jinnnnnn"deya baqirdi. Soniyalar oʻtar oʻtmas Jin uchib kelib Mahluqni qanotlarini kesib tashladi. Mahluq magʻlub boʻldi. Haejun ham oxirgi Mahluqni yoʻq qildi. Shu payt Jimin bilan Ari ham yetib kelishdi.
Ari:Minsu onni(deb yugurib borib uni quchoqlab oldi)Minsu ham uni javoban quchdi.
Ari: Yaxshimisz? Nega bu yerda siz?(Dedi havotirlanib)Minsu bor gapni aytib berdi.
Haejun:Meni kechiringlar... Hammasi meni deb boʻldi.
Jin:Nimayam derdik... Hech qisi yoʻq... Endi ketamiz deb Minsuni koʻtarib oldi.
Jimin:Yoʻq... Menimcha keta olmaymiz... (Deb har tomondan bostirib kelayotgan mahluqlarni koʻrsatib gapirdi)
Haejun: Laʼnati...
Ari:Bular nima oʻzi...? (Dedi ham qoʻrquvdan ham gʻazabdan qichqirib)
Jin: Zulmat qoʻriqchilari... Daxshat vodiysida yashaydigan Sunaning mahluqlariii(dedi jirkanib..) ular yana qurshovda qolishdi. Yana jang bishlanishini sezgan Haejun qilichni.... Jimin oʻzi bilan olib kelgani yoyini... Ari oʻzining qadrdon hanjarlarini jangga tayyorlashdi.ularing bari Minsuni Himoya qilishar edi. Mahluqlar ularga yaqinlashishda davom etar ekan Jinning daxshatli ovozi ularni toʻxtatdi.Jin mahluqlarga yuzlanib "Nima kerak sizlarga"deb soʻradi. Mahluqlar tomondan ham ovoz keldi... Faqat tarqoq holda.
Monster:Barchangiz... Biz sizlarni yeyishni istaymiz...
Haejun:Ishatahalari karnayku a? (Kesatib gapirdi)
Monster:Biz bilan jang qilib ovvora boʻlmanglar... Ishonavering baribir biz sizlarni kechlik sifatida tanavvul qilamiz...
Ari:Tch... Kechlikmish... Hali tushlik boʻlmadi homkalla kechlikka balo bormi (u ham kesatdi)
Monster: Baribir oʻlasiz...
Jin: ishonchim komil emas...
Monster:Ishonaver bugun oʻlim kuningiz boʻladi... Deb Jin tomon otildi... Lekin unga yetib bormasdan yerga quladi. Unga tekkan oʻq... Mahluqni parcha parcha qilib tashlagandi. Hamma Jiminga qaradi yoʻq... Bu Jiminning ishi emas... Ularni eʼtiborini mahluqlar ortida ot ustida yoy koʻtarib turgan qiz tortdi

Ular qizni koʻrar ekanlar Ari Va Haejun tabbasum bilan "Thana "deyishdi.Lekin Jinning ensasi qotdi. Bu Sunaning bir hiylasi ekanini tushunib yetdi. Thana ot ustida mahluqlarni chetlab qolganlari yoniga keldi. Soʻng mahluqlarga "hammang bu yerdan daf boʻl"deb buyurdi.
Monster: haddingdan oshma kichik xonim... Ular bizning oʻlja...
Thana:Nima...? Voy yaramas miyyasiz ahmoqlarree dedi va sekin Ariga maʼnoli qaradi. Ari esa hammaga "quloqlaringizni yoping"dedi hamma buni bajardi. Ammo Minsu nima qilishni anglolmay qoldi. Thana bor ovozida mahluqlarga "hammang daf boʻoʻoʻoʻoʻoʻoʻoʻoʻlllllllllll"deya qichqira boshladi... Jin esa tezlikda Minsuning quloqlarini berkitdi... Minsu daraxtga suyanib qolgan Jin esa uning qarshisida quloqlarini berkitgancha turardi. Jinning boʻynidagi tomirlari koʻrina boshladi. U tishini tishiga qoʻyib ovozga chidashga harakat qilar ekan Minsu buni darhol sezdi va oʻzining qoʻllari bilan Jinning quloqlarini mahkam berkitdi. Ovoz tufayli tanasiga kirgan ogʻriqni yengish maqsadida yumib olgan koʻzlarini Jin sekin ochdi.Masofa yaqin... Yana oʻsha yoqimli hayajon ikki qalbni egalladi.Thananing kuchi ovozida boʻlib... U qichqirganida uning ovozini eshitgan har qanday mavjudodning tanasiga chidab boʻlmas ogʻriq kirar va baʼzi baʼzida oʻldirar edi ham. Mahluqlar chiyillashib qochishdi... Hammasi daf boʻlishi bilan Thananing ham ovozi tindi. U jim boʻlishi bilan jin tizzalab qoldi. Minsu unga yordam bergan boʻlsa ham Jin Thananing ovozini eshitgandi.
Ari:Akaaa... Yaxshimisz..? (Deya keldi)
Minsu: Jin... Ahvolingiz yaxshimi? Deya jinni qoʻltiqlab oʻrnidan turgʻizdi... Jin nafrat toʻla nigohlari bilan ot ustidagi qizga qarab qoʻydi. Thana esa hech narsa boʻlmagandek turar edi. Jin:yaxshiman.! Hammasi joyida. Avval singlisiga soʻng minsuga qarab gapirdi. Thana otdan tushar ekan Ari "meni qutqaruvchi farishtam... Bilardim kelishingni"dedi va borib uni quchdi.
Thana:kelmasam boʻlmas edi onni (dedi tabbasum bilan keyin Jimin bilan salomlashdi. ) Lekin Haejunning yonidan beparvolarcha oʻtdi. Tabbasum qilgancha Minsuning yoniga keldi..
Thana:Siz Minsu boʻlsangiz kerak a? Men Thanaman (deb unga qoʻl uzatdi) Minsu Jinning ortidan chiqib "Ha.....bizni qutqarib qolganingiz uchun rahmat"deya Thananing qoʻlini siqdi... Ammo bu qilgan ishiga pushaymon boʻldi. Thananing qoʻli shu qadar muzdek ediki... U ogʻriq berar edi. Minsu qoʻlini tezda tortib oldi.
Thana:Oʻ... Meni kechiring... Iltimos... Bunday qilmasligim kerak edi...
Minsu:Hech qisi yoʻq havotir olmang... Hammasi joyida... Lekin qoʻlingiz nega bunday muzdek huddi
Thana:Murdanikidekmi?Yoki Qor malikasining qoʻli kabimi?(Kulib javob qildi )va "men shundayman... Shuning uchun ham meni Thana yani oʻlim deya atashadi"dedi. Minsu tushunganini tasdiqlash uchun bosh silkidi. Thana yana gapirish uchun ogʻiz juftladi ammo
Jin:Yetarli... Tanishib oldingiz endi ketamiz... (Deya Minsuni koʻtarib oldi... Va soniyalar ichida bu yerdan uzoqlashdi)
Thana: Doimgidek qoʻpol..
Ari:Thaannnaaa...
Thana:Ha nima onni... Rostdan ham bu akangiz judayam qoʻpol...
Ari kulib qoʻydi va "qaytganing bilan...endi ketmaysan deb umid qilaman "Dedi
Thana:Yoʻq... Havotirlanmang men endi shu yerdan dedi koʻz siqib.
Ari:Yaxshi endi biz ham ketamiz... (Deb Jiminga tikildi)
Jimin:Ha... Nima?
Ari:Koʻtarib olmasang qanday ketaman...
Jimin:Yurib... Yurib ketasiz... Malikam...
Ari:Heyyy... Jiminaaaaaa...(Yengil jahl qildi)
Jimin:Hoʻp... Hoʻp mana deb Arini koʻtardiyu...u ham bu yerdan ketdi. Thana ularni ketganiga ishonch hosil qilgach... Ortida turgan yigit tomon sekin oʻgirildi... Soʻng uni borib quchoqlab oldi. Quchoqlash barobarida... "Kechir"dedi. Shundagina Haejun uning quchogʻiga javob qaytardi.

Tassavur qilamiz..oʻrmon ichida🫠🙃💫

Haaaa... Ular sevishganlarga oʻxshar edi. Ammo aslida ular egizak kabilar... Umuman bir biriga begona ikki ruh... Bir birini chorlab turardi goʻyo.Hatto yuzlari bir biriga oʻxshardi...Haejun Thanani quchib yigʻlay boshladi. Thana uning quchogʻidan chiqib "nima boʻldi? Nahotki shu qadar ogʻriyotgan boʻlsa... (Deb uning jarohatlangan koʻksiga qoʻlini qoʻyib soʻradi)
Haejun:Yoʻq... Hammasi joyida... Shunchaki koʻnglim boʻshab ketdi (oxirida kulib gapirdi)
Thana:Ahmoq... (Deya Haejunning boshiga bir tushirdi)
Haejun:Aysh... Bu nimaga?
Thana:Senga opamning gaplariga ishonma... Degandim (sen Ahmoq boʻlsa kel deyishi bilan yoniga yugurgansan)
Haejun:Oʻzimda emasdim... Bunda meni ayblay olmaysan..
Thana :Nima boʻlgan taqdirda ham boshqa bunday qilma... Endi ketdik (deb avval Haejunga otiga chiqishiga yordam berdi. Soʻng oʻzi ham otga chiqdi va Hayot Saltanati tomon ketishdi)
<Hayot saltanatida>
Minsuga anchagina tanish boʻlib qolgan xona... Jin uni oʻzining yotogʻiga oʻtirgʻizgancha oyoqlariga malham surardi va shu barobarida nega ahvoli yomonlashganini soʻrayvergan Minsuga buni sababini tushuntirar edi.
Jin:oʻsha oʻrmondagi qiz... Meni Mahluqqa aylantirgan Jodugarning singlisi..
Minsu:Nimaaaaa..? Unda nega u bizga yordam berdi?
Jin:Jim boʻlib eshit.... U qiz oʻlim... Uning ovozi oʻldirishga qodir... Men uning ovozini eshitdim shu sababli ham ahvolim yomonlashdi.
Minsu:Shuni bilar ekansiz nega meni quloqlarimni berkitdingiz.?
Jin:Aytayapmanku... Uning ovozi seni oʻldirar edi.Men esa sendan anchagina kuchliman... Uning ovozi meni holdan toydiradi lekin oʻldira olmaydi... (Deb ishini tugatdi va oʻrnidan turdi)
Minsu:Oʻlsam... Sizga nima... Sizga baribir emasmi? Men shunchaki oʻljamanku siz uchun.(Jinning koʻzlariga tik boqib soʻradi)Jin ham uning koʻzlariga termulgancha "Yoʻq! Menga baribir emas"dediyu qulogʻidagi gʻalati suyuqlikni his qildi. Qoʻli bilan artib koʻrganida bu qon ekanini bildi. Hech qanday reaksiya bildirmay... Ketmoqchi boʻlganida Minsu Uning koʻylagini yengidan ushlab qoldi.
Minsu:Quloqlaringiz... Ular qonayapti...
Jin:Hech narsa qilmaydi(deb yana ketmoqchi boʻldi. Ammo bu safar ham Minsu uni toʻxtatdi)
Minsu:Yordam berishimga ruhsat bering shaxzodam... Deb uni yoniga oʻtirgʻizdi. Va yonidagi aravadan kerakli narsalarni olib Jinning quloqlaridan oqayotgan qonni tozalay boshladi. Tozalab boʻlgach malham surmoqchi boʻldi... Malhamni olib Jinga oʻgirildi va yana uning oʻtli nigohlari asirasi boʻldi.

Jin and Minsu 🫶💫

Chin yurak bilan sevish – o‘zingni birinchi marta butun his qilishdir."

~~~
Mana ffimni yana bir qismi... Yoqayapti degan umiddaman... Va doimgidek izohlarni va reaksiyalarni intizorlik bilan kutib qolaman 🕊🫶