📚Koʻmikslar doʻkoni yoxud koʻzgu ortidagi olam 🪐
"Yurakni sevgi emas, sevgisizlik yorib tashlaydi. Chin ishq esa – yurakni yengil qiladi, hatto azobda ham."
Qop qora daraxtlar toʻlgan oʻrmonning qoq oʻrtasida hammani daxshatga soladigan zulmat bosgan qasr
Qasr ichida oʻzining shaxsiy taxtida oʻtirgan malikaning eʼtiborini u yerga kirib borgan Shaxzoda tortdi.
Suna:Yo Xudoyim kimlarni koʻrayapman a... Nahotki bu oʻsha shaxzoda Jin(Lab chetida kulgancha gapirdi)Jin uning gaplariga befarq u tomon yaqinlashishni boshladi...Suna yana ham kengroq tabbasum qilib oʻrnidan turdi.
Pov_Suna
Qoyil qariyalar uddalashibdi... Endi menikisan shaxzoda Jin. Endi Minsu yoʻq. Bu safar hammasi boshqacha boʻladi. Ammo havotir olma... Lablaringdagi kuchni olishim bilan sen ham sevgilingni yoniga ravona boʻlasan...
Deb hayol surar ekan uni hayolini ustiga bostirib kelib boʻgʻziga hanjar tiragan yigit buzdi. Sunaning koʻzlari katta katta boʻlib ketdi.
Suna:Ni...nima.. nima qilayapsan...(Jinning qoʻlidan chiqish uchun pitirlay boshladi. )Jin uni bir urinishda taxtiga qayta joylashtirib qoʻydi... Suna oʻrnidan turmoqchi edi... Jin yoʻl qoʻymaydi. Jin hanjarni gʻazab bilan Sunaning boʻynida yurgʻiza boshladi va shu bilan birga
Jin: Minsudan ham.... Mendan ham uzoq tur... Tushundingmi (dedi tishlari orasidan vishshillagancha) Sunaning yuzidagi qoʻrquv endi tabbasumga aylandi.
Suna: Xaxaxa... Nima boʻldi... Axir bu safar Minsu va Jin hikoyasi boʻlmasligi kerak edikuuuu...
Jin:Bu sening ishing emas... Daf boʻl... Mening hayotimdan... Bu olamdan... Yaqinlarim yonidan nari ket... (Gʻazabda qichqirib hanjarni Sunaning boʻynidan tortib yubordi)Lekin unga hech narsa qilmadi. Suna Boʻynidagi qonni qoʻli bilan artib unga qaradi va "hih... Ancha jasur boʻlibsan mi "deya tabbasum qildi.
Jin: ha bu uchun senga rahmat... Oʻshs laʼnat sharbati tufayli seni oʻldirishga oʻzimda kuch topdim.(Koʻzlari qizil rangda tovlanadi)soʻng yana gapida davom etdi. "menga ishon Suna... Jon tumorlarni topishim bilan seni yoʻq qilaman... Koʻramiz oʻshanda ham hozirgidek tabbasum qilarmikansan(bu safar Jin kuldi. ) Sunaning tabbasumi yana yoʻqoldi. Oʻrnini havotir egalladi.
Suna:sen.. qayerdan bilding...?
Jin uning bu savoliga javob bermay ortiga oʻgirilib keta boshladi lekin Suna uning yoʻlini toʻsdi.
Suna: Qayerdan bilding dedim senga(gʻazabdsn qizarib soʻradi)
Jin:Nari tur... (Deb uni chetlab oʻtdi). Suna taslim boʻlmay uni qoʻlidan ushlab oʻziga oʻgirdi ammo savol berishga ulgurmadi..Jin uni shunaqangi kuch bilan bar ediki Suna nafas ololmay qoldi.
Jin:Nari tur dedim ku... (Uning koʻzlari yana alvon rangdan tovlandi.)
Jin:Meni Mahluqqa aylantirgan oʻzingsan... Endi buni badalini toʻlaysan... (U qizni qoʻyib yubormay... Gapirar ekan qasr eshigi ochilib afti angori Jimin tufayli bejalgan Ayato va bir qiz kirib keldi.)Qiz ichkariga kirishi bilan qichqirdi...."Opaaaaa"... JIN ovozni eshitib Sunani yerga tashladi. Suna yerga yiqilar ekan toʻyib toʻyib nafas olar... Ora orada yoʻtalar edi. Jin sekin ortiga qaradi... Sochlari uzun qiz... Qoʻrquv ila Suna tomon yugurib kelar edi
Keliboq Sunani oʻziga keltirishga harakat qila boshladi.
Thana:Opa yaxshimisiz... Yaxshimisz... Gapirsangizchiiiii...
Suna:Men... Men yaxshiman (zoʻrgʻa gapirdi). Ayato... Ularni eshik yonida kuzatib turar edi.
Thana oʻrnidan turib Jinga hujum qilmoqchi boʻldi lekin jin tezda uning hujumiga javob qaytardi. Thana yerga yiqildi.
Jin:Tch.. yana bitta boshogʻriq... (Deb oʻgirilib ketdi. ) U qasr hovlisiga chiqqan edi hamki Thana uning ortidan baqirdi..."Opamdan uzoq turiiiiinggg". Jin buni eshitdi va Thana tomonga hiyol burilib "unda sen ham Haejun va Aridan uzoq tur"dedi. Thana nima deyishini bilmay qoldi. Jin uchib ketar ekan... Biroz koʻngli hotirjam boʻlgandi.
Thana qasr ichiga qaytdi. Suna gʻazab bilan yerni mushtlab oʻrnkdsn turdi.
Suna: La'nati... Demak oʻyin oʻynashni istayapsanmi shaxzoda Jin... Yaxshi oʻyin oʻynaymiz... Afsuslanmasang boʻlgani...(Gʻazabdan qizardi.)
~Hayot saltanati ~
Jin qasr hovlisidan oʻz honasi tomon oshiqar ekan yoʻlakning chap tomonida turgan erkakni koʻrib joyida toʻxtadi va shaxzoda boʻlsa ham hurmat yuzasidan u insonga tazim qilib qoʻyib yoʻlida davom etmoqchi edi lekin Janob Hakjin uni toʻxtatib qoldi.
Hakjin:Jiinnn...(Oʻzining yoʻgʻon ovozida uni chaqirdi)Jin u tomon oʻgirildi. Janob Hakjin esa boshi bilan sekin uni yoniga imladi. Jin istar istamas uning yoniga keldi.
Hakjin:Hoʻsh....?
Jin:Nima hoʻsh?(Soʻradi hayron boʻlib)
Hakjin: jodugarni oʻldirdingmi?
Jin:Janob Ma... Sizdan hech narsani yashirib boʻlmaydi a?
Hakjin: Shunday? Endi ayt uni oʻldirdingmi?(Jinning koʻzlariga maʼnoli tikildi)
Jin:Yoʻq... Iloji boʻlganida albatta u telbani yoʻq qilar edim.
Hakjin:Ishonib ayta olamanki uni Hursand qilib qaytmagansan... Oʻgʻlim... Uni qattiq gʻazablantirding... U bu uchun qasos olishi aniq.
Jin: nima qil deysiz...
Hakjin: avvalo qalbingdagi boʻronga barham ber... U qachon tinishini sinab koʻr... Qachonki qalbing kuchli boʻlsagina unga qarshi chiqa olasan..(deb jinning yelkasiga urib qoʻyib ketdi)Jin ham oʻz xonasiga chiqdi. Ichkariga kirib Minsuni yoniga joylashdi. Uning yuziga ancha vaqtgacha termulib turdi... U oʻzini shu qadar hotirjam his qilar edikiii... Taʼriflash uchun soʻzlar kam. Jin Janob Hakjin nima haqida gapirganini endi tushundi. U Minsudan uzoq boʻla olmaydi. U siz yashay olmaydi... Va endi u bu goʻzalni qoʻyib yubormaydi. U Minsuga tikilgancha uyquga ketdi.Ertalabga yaqin Minsu oʻrnidan qoʻzgʻalmoqchi boʻldi... Lekin beliga oʻralgan qoʻllar tufayli buni uddalay olamadi. Biroz uyqusirab bunga eʼtibor bermadi ammo soniyalar oʻtmay koʻzlari katta katta boʻlib shart yuzini ortiga oʻgirdi. Yuzini oʻgirar ekan... Jinning nigohlariga duch keldi. Yuragi shunaqangi tez urar ediki... Ayni damda u Jin buni sezib qolmasligini tilardi...
Jin qizning chiroyli koʻzlariga biroz tikilib turdi. Soʻng toʻk urgandek... Tezda Oʻrnidan turib ketdi. Minsu esa koʻra ichiga berkindi. Jin nima deyishni bilmas... U ham Minsudan kam hayajonlanmas edi. Hayajonlana hayajonlana..
Jin:Men... Kecha juda charchagan edim... Bu yerdan kiyimimni olib ketaman dedim... sen esa qoʻrqayapman shu yerda qoling deding... (Deb yolgʻon gapirar ekan Minsu koʻrpa tagidanboshini chiqarib Jinga katta katta boʻlib ketgan koʻzlari bilan tikildi)Jin esa "Shuning uchun qoldim... Yana tagʻin yomon fikrga borma"deb gapini davom ettirdi va tezda xonadan chiqib ketdi. Minsu u chiqishi bilan yuragini changallab oʻtirib oldi... Soʻng uni gaplarini esladi... Keyin oʻsha nigohlar va issiq quchoq.... Minsu beixtiyor tabbasum qilib oʻrniga qayta yotdi va "yolgʻonchi"deb kulib qoʻydi. Ozgina vaqtdan keyin nonushta uchun pastga tushdi. Hamma nonushta qilayapti... Minsu ularning yoniga borar ekan sekin Jinga qarab qoʻydi. Jin shunchaki ovqatlanar edi. Buni koʻrganidan keyin kayfiyati biroz tushdi. Axir Minsu keldi u nega unga eʼtibor bermayapti? Minsu borib bu safar Haejunning yoniga oʻtirdi. Haejun bu ishdan keng tabbasum qildi. Ular maroqli suhbat bilan nonushta qilishar ekan...Minsu boyadan beri Aridan koʻz uzmayotgan jiminni tomoq qirib oʻziga qaratdi. Jimin unga nima boʻldi deb qoshlarini chimirib qaradi. Minsu esa koʻzi bilan yonida oʻtirgan va Jiminga dargʻazab tikilib oʻtirgan Haejunga ishora qildi. Jimin uni koʻrib koʻzlarini olib qochdi va "men toʻydim "deb shart oʻrnidan turib ketdi. Uning bu qiligʻi Haejunni ham Minsu va Arini ham tabbasum qildirdi. Faqatgina Jin tabbasum qilmas... U Minsuning tabbasumiga oshiq boʻlib termulib turar edi. Minsu kulib orada bir Jinga qarab qoʻydi... Jin ham oʻziga qarab turagini koʻragnidan keyin yana oʻsha yoqimli hid butun badanini qurshab oldi. Bugungi Kun Minsu va Jin uchun yoqimli va hayajonli boshlangan edi... Nonushtadan soʻng Minsu va Ari bogʻda argʻimchoqda oʻtirib suhbatlasha boshlashdi. Ari qoʻliga kitob koʻtarib olgan... Jimin ularning yonidan oʻtsa darrov oʻzini oʻqiyotganga solar edi
Minsu esa uning ustida kular... Teskari ushlab olgan kitobni toʻgʻirlab qoʻliga tutqazar edi.
Ari:Onniiii....
Minsu:Nima..?(Kulgancha gapirdi)
Ari:Sizdan bir narsa soʻrayman...(Biroz hijolatli ovozda gapirdi)
Minsu:Hoʻp soʻra...
Ari:Sevgi nima? Sevib qolganingizni qayerdan bilasiz?(Koʻzlarini minsuga qadab soʻradi)
Minsu:Sevgimi?(Oʻylanib qoldi u)
Minsu:Sevgi bu ajib tuygʻu... Uni istab qalbinga olib kirolmaysan va uni istab qalbindan chiqara olmaysan. Bu oddiy his emas. U yoʻq boʻlsa... Yuragingda nimadur kamdek tuyuladi. Dunyo oʻsha oʻsha ammo rangsiz... Sevgi ila boshlangan tonglar huddi bayramdek. Sevgini soʻzlar bilan emas qalb bilan his qildirishadi. Sevib qolganingni bilish qiyin emas... Shunchaki koʻzlaringni yum va sen sevib qoldim deb oʻylayotgan insoningni bu dunyoda yoʻq deb hisobla... Yuragingda qanday his paydo boʻldi? Agar nafas ololmay qolgan boʻlsang... Ichingda katta bir boʻshliq paydo boʻlgandek boʻlsa... Osmon rangsiz... Dunyo bir zumga toʻxtagandek boʻlsa demak sen allaqachon sevib qolgansan (deb Jinni oʻylagancha gapirdi. ) soʻng Ariga eʼtibor berdi. U oʻzlaridan biroz uzoqda turgan Jiminga tikilgancha turar edi. Minsu unga biroz qarab turdi va"hey tikilishni bas qil... Yoqsa sevishingni bilib qoladi"deb Arini turtdi.
Ari:A..? Ha..? Nima? Men... Men uni sevmayman...
Minsu:Ha men judayam soddaman... Ammo ahmoq emasman...
Ari:Onni... Bu sevgi deganlari juda ajoyib tuygʻu ekan (tabbasum qilib gapirdi)
Minsu:HAAA..... Judayam ajoyib (dedi yana Jin haqida oʻylab) soʻng osmonga qaradi. Osmonda yulduzlar u yerdan bu yerga uchar edi...
Minsu:Hoy hoy hoy Ariii... Qara bu nima? Arini turtib osmonga ishora qildi
Ari:Ha bumi... Ertaga tilaklar kuni oʻsha kun uchun Suv parilari... Yulduz terayapti...
Minsu:Suv parilari? Qanday qilib?
Ari:Bu ularning siri... Ular yulduzlarni terishadi va bizning qasrimizga tashrif buyurishadi... (Deb oxirida )nimaaaaa(deb baqirdi va yana gapida davom etdi) ular bizning qasrimizga tashrif buyurishadi... Eh jin ursin... Men haliyam tayyor emas... (Deb soʻng oʻrnidan turib yugurib qasr ichiga qarab ketdi) Minsu esa uning yoqimli qiliqlariga yana kuldi. Bugun Kuni bilan Minsu bogʻda oʻtirdi. Ari esa Suv parilari kelishi uchun tayyorlandi. Jin ertalabdan buyon koʻrinmaydi. Hatto doim Minsuni yonida boʻlgan Haejun ham yoʻq. Minsu hayollar bilan oʻsha yerda yana yarim tungacha qoldi. Keyin oʻrnidan turib birinchi Arining xonasiga kirdi. Uning ustini yopib soʻng oʻz xonasiga kirdi. Xonaga kirdi. Xona qorogʻu... U eshik yonida turib chuqur uh tortdi va "Kelma demaganmidim"dedi... Yotoq ustidan ovoz keldi"qoyil avvalgidek qoʻrqmayapsan... Shunday ekan kel birga uxlaymiz"...
Minsu:Esingni yepsan... Chiq xonadan...
X:Hih. Nega endi... Shaxzoda Jinga mumkin menga mumkin emasmi?
Minsu: Nima deding... Sen buni qayerdan bilasan?
X: Shunchaki bilaman...
Minsu: Qayerdan?
X: ovvora boʻlma baribir aytmayman..
Minsu:Jin ursin seni... Yoʻqol xonamdan...
X:Yoʻq... Qancha qilma ketmayman... Men ham sen bilan uxlamoqchiman...
Minsu:Men buni istamayman... (Qichqirdi qiz)
X:Aysh... Hoʻp hoʻp... Tushundim dediyu keyin kim boʻlib qoldi. Minsu esa achchiq bilan borib joyiga yotdi. Deraza tomonga qarab yotgan vaqtida yoniga kelib oʻsha sharpa joylashdi. U shunchaki yotdi. Minsu buni bildi va tezda ortiga oʻgirilib yigitning qoʻlidan qattiq tishlab oldi.
X:Aysh.... Bu nima qilganing...
Minsu:belgi qoʻydim... Seni yaramasni topish uchun...
X:Tch... Meni osonlikcha topa olmaysan...
Minsu:Koʻramiz... (Dedi va)Ha aytgancha daf boʻl... Deb yigitni tepib yubordi. Yigitning yuzi ogʻriqdan burishdi.
Minsu:Ajab boʻpti... Bu yerda qolmagin degandim
X:Bu ishlaringiz uchun hali pushaymon boʻlasiz malikam dediyu yoʻq boʻldi. Xona biroz yorishdi...
Minsu:Tch...meni himoya qiladigan insonim bor deb Jinning bugun tongdagi ishini eslab kulib qoʻydi.
Qorongʻu oʻrmon... Holsiz holda oyoqlarini sudrab yurayotgan shaxzoda bir daraxt shoxiga qoqilib yiqildiyu qaytib oʻrnidan turmadi.~~~~
Muhabbat tufayli qayta yuragi urayotgan Mahluq shaxzoda.... Sevib qolganini qanday qilib sevganiga aytishni bilmay uni kuzatib oʻtirgan malika va daxshat vodiysida tanasidagi zahar tufayli yerda yiqilib yotgan yigit.~~
Ffimni yangi qismi keldi.... Yoqayapti degan umiddaman.... Reaksiya va izoh qoldirish esdan chiqmasin 🤗😉