☠𝑶‘𝑳𝑰𝑲 𝑩𝑶‘𝑺𝑨💋
𝑶‘𝒍𝒊𝒌 𝒃𝒐‘𝒔𝒂 — 𝒔𝒆𝒗𝒈𝒊 𝒉𝒂𝒎, 𝒏𝒂𝒇𝒓𝒂𝒕 𝒉𝒂𝒎 𝒆𝒎𝒂𝒔. 𝑩𝒖 — 𝒃𝒐‘𝒔𝒉𝒍𝒊𝒒.
Sovuqlik va zulmat birlashgan saltanat eshigi taraqlab ochilar ekan uning ovozi butun saroyni tutib ketdi... Tashqarida boʻlayotgan katta urushdan saroy ichida panoh topganlar eshik ochilgani sababli oʻrinlaridan sapchib turishdi... Tanasining turli qismlariga oʻqlar va hanjarlar sanchilgan shaxzoda qadamlarini zoʻrgʻa bosgancha ichkariga odimlar ekan... Hech kim unga yordam berishni istamas... U odamlarga yaqinlashgani sari odamlar ortga tisarilar edi... Uning doim yonida boʻlgan saroy aʼyonlariyu uning ayoli malika Miran Shaxzodaga shunchaki qarab turishar edi... Chunki bilishadi u baribir halok boʻladi... Unga yordam koʻrsatishning umuman foydasi yoʻq va Malika shundoq ham odam koʻrinishidagi bu mahluqni hech qachon sevmagan... Shaxzoda koʻzlarini ayoliga tikib turar ekan toʻsatdan u tomon yugurib kelayotgan qizga eʼtibori tushdi... Bu oʻsha oʻzi doim kaltaklab,tahqirlab,jazolab, hatto oʻldirib qoʻyishiga bir bahya qolgan qiz Bella edi... Qiz koʻzyoshlarini toʻxtata olmay yugurib kelib shaxzodani quchib oldi va tinmay yigʻlay boshladi... Ammo negadir Shaxzoda Jeon hech narsani his qilamas uning nigohlari ayolida edi... Va birdan oʻzini quchib turgan qizni bagʻridan chiqardi va boʻsa ola boshladi... Shaxzodaning lablari qizning lablariga tegdi,ammo bu boʻsa hayot baxsh etadigan emas aksincha jonni muzlatadigan... Majburlikdan aniqrogʻi ayoliga boʻlgan gʻazabdan tugʻilgan OʻLIK BOʻSA edi...~~~
Qop qorongʻu xonada Kichik yoritgichning yorugʻida Kitobni soʻnggi sahifasini oʻqib boʻlgan Qiz koʻzlarini shiftga tikib chuqur hoʻrsindi va koʻzlarini yumdi... Koʻzlaridan yanoqlariga sizib chiqqan koʻzyoshlar va miyyasidagi oʻylar uni yana ham yigʻlashga majbur qildi... Soʻng dastlabki holatiga qaytib kitobni yopdi... Ayni paytda esa xonasining eshigi taqilladi... Jaewon tezda kitobni javon ustiga qoʻyib koʻzyoshlarini artdi. Ikkinchi marotaba eshik taqqilagach borib eshikni ochdi va u yerdagi yigitni koʻrib biroz hayron holatda "Aka"dedi...
Taehyung:Menga nonushta qilib ber...(Dediyu jaewonning gapini eshitmasdan pastga tushib ketdi) Oʻgay akasini ilk bor unga bunday ish bilan murojaat qilayotgani unga gʻalati tuyuldi... Tae ketgan tomongga qarab hayolga berilar ekan pastdan akasining sokin ammo dagʻal ovozda "Jaewon"degan chaqirigʻi eshitildi... Jaewon esa bir sapchib tushib eshikni yopgancha pastga yugurdi.aslini olganda Tae hech Jaewonga yomon munosabatda boʻlmagan... Hammasini oʻgay onasi Shin honim va oʻzidan 15 kunlik kichkina oʻgay singlisi Mina qilar edi... Jaewon zinalardan shoshgancha tushar ekan "bugungi tong tinchgina hech qanday kaltak siz va qichqiriqlarisiz boshlanganidan hursand edi"Ammo hursandchiligi koʻpga choʻzilmadi... Zinaning pastigi qismida uni kutib turgan singlisi Mina U tushishi bilan yuziga bir tarsaki tushirdi. Jaewon nima boʻlganini anglay olmay yerga yiqilar ekan Mina uni sochidan ushlab oʻrnidan turgʻizdi "Laʼnati yaramas... Qanday qilib menga bu ishni qilding..."Jaewon nima boʻlganiga haliyam tushunmas uning eʼtibori ayni damda Minaning tinmasdan berayotgan zarbalarida edi...
Mina: Laʼnati it emgan... (Qichqirdiyu jaewonni yana bir tarsaki bilan siyladi) Shovqindan endigina uygʻongan Shin xonim shoshib pastga tushdi...
Shin xonim: Ertalabdan nima shovqin(tilidan zahar tomgancha shoshib qizini yoniga tushdi) Mina boʻlsa baqirib yigʻlab yubordi...
Mina:Oyiiiiii... Manabuni deb Sehun meni rad etdi... 😭😭😭😭.. aytishicha U Shu badbasharani sevar ekaaannn😭😭😭... Qizi yigʻlar ekan Shin xonim oʻqraygancha Jaewon tomon keldi va hali oʻrnidan turishga ulgurmagan qizni bir tepdi... Jaewon bukchayib qoldi...
Shin xonim:Oying meni baxtimni oʻgʻirlagan edi... Nima endi sen qizimni baxtini tortib olmoqchimisan(ayol bor ovozida qichqirdi)... Jaewon hech qanday javob qaytarmas faqat ogʻriqdan inqillar edi... Bir zumga telefon gaplashish uchun tashqariga chiqqan Tae onasining baqirigʻidan yugurgancha uyga kirdi... Ahvol huddi avvalgidek... Mina jaewonni yomonlagan va oyisi jaewonni urayapti... Eshikdan kirishi bilan oyisiga qarab baqirdi"Yetar". Oʻgʻilining ovozida oʻziga kelgan Shin xonim sovuq nigohini Taega qaratdi... Mina ham yigʻlashdan toʻxtab akasiga qaradi...
Taehyung:Oshirib yubordingiz... Yetar endi oyi... Sizning arzandangiz insonu jaewon odam emasmi... Qachongacha bechorani qiynamoqchisiz?... Nima otam uni sizga alamingizdan chiqish uchun tashlab ketganmi? Bas qiling endi...
Shin xonim:oʻgʻlim..
Taehyung:Bas qiling dedim... (Dedi va kelib Jaewonni oʻrnidan turishga yordam berdi)
Taehyung: Ahvoling yaxshimi..? Kel koʻtarib olaman(deya singlisiga yaqinlashmoqchi edi) jaewon oʻzini ortga oldi...
Jaewon:Yoʻq.. yoʻq... Kerak emas... Oʻzim...(Deya xonasiga emas oshxona tomonga keta boshladi)
Mina va Shin xonim ham Taega jahl qilgancha xonalariga joʻnashdi...
Tae: Jaewon kerak emas... Borib maktabga tayyorlan(deb jaewonning qoʻllaridahi tovani olib qoʻydi)
Jaewon:Aka...
Taehyung:Boraver dedim... Kech qolasan...
Jaewon oʻziga oʻzi nonushta tayyorlay boshlagan akasiga biroz qarab turdiyu soʻngra ogʻriqlar bilan xonasiga kirib maktabiga tayyorlandi... Yotogʻi ustidagi sumkasini yelkasiga ilar ekan kichik javon ustidagi qizaloq va chiroyli ayolning suratiga
qarab siniq tabbasum qilgancha "Tugʻilgan kuningiz bilan oyijon"deb xonasidan chiqib ketdi.
\\\\\\\\\\\\\\\
Politsiya idorasi..
Xona ichida toqatsizlanib uyoqdan buyoqqa yurayotgan qiz kabinet ichida birdan jarang sochgan qoʻngʻiroqqa tezda javob qildi.
Kim Ari:Qotillikka qarshi kurashish boʻlimi... Eshitaman.
☎️:....
Kim Ari:Alooooo..
☎️:....
Kim Ari:Hoy... Nega indamaysiz... Alooooo... Qizning asabiy aytgan soʻzlari qoʻngʻiroqni qoʻyib qoʻyishlariga xizmat qildi...
Ari:Ming laʼnat...
Ari boshini changallagancha asabiylashib oʻtirar ekan "nega bunday oʻtiribsan"deya akasi Seokjin ichkariga kirib keldi...
Ari:Nega deb oʻylaysiz...
Jin:Yana oʻsha qoʻngʻiroqmi?...
Ari:Aka bu nimasi a?... Kim oʻzi u..? Nega ha deb qoʻngʻiroq qilaveradi ammo gapirmaydi...
Jin:Balki bechora seni sevib qolgandir...
Ari:Nima balo harbiy tayyorgarlikda boshingizda zarba yedingizmi?... (Yuzini burishtirib soʻradi)
Jin:Qaydam balki...
Ari:Hecham unday emas... Bemaʼnilikni valdiramasangizchi...
Jin:Hoʻp.. nima telefon raqamni aniqlash shunchalik qiyintlashib ketganmi?... Qidirib koʻrsang boʻlmaydimi?(Oʻzining narsalarini yigʻgancha)
Ari: Sizningcha bunday qilmadimmi?
Jin:Topolmadingmi?...
Ari:Topganimda shunday oʻtirarmidim...(Deya koʻzoyanagini yechib anchadan beri dam olmagan koʻzlarini holsizgina yumdi) Shu payt xonaga boʻlimidagi yigit Bak Humin yugurib kirdi...
Bak Humin:Ari... (Shoshilganch xonaga kirar ekan doʻstini qidirdi va Jinga qisqa taʼzim qilib holsiz oʻziga qarab turgan qizga gapira ketdi)
Humin:Insadongda qotillik... Tezroq boʻl...
Ari:Yanami?(Yigʻlagudek boʻlib tikildi)
Humin:Ha boʻla qolsangchi....
Ari:Jin ursin... Janob Choi va Hyunwoo qayerda...(Deya oʻrnidan turib ustki kiyimi va telefonini olgancha soʻradi)
Humin:Mashina turar joyida... Bizni kutishyapti..
Ari: Yaxshi...(Deb Eshik yoniga bordi shu payt akasi)
Jin: Yaxshi ishlang... (Deya Arining ortidan baqirdi ammo javob kelmadi...) Jin yelka qisgancha qoʻlidagi bir nechta hujjatlarni koʻrib chiqa boshladi...
€€€€€€€€€€€€
Maktab🏫
Gʻalati joy.. bu yerda kimlardur baxtli kimlardur esa baxtsiz boʻladi... Shunday odamlar borki ular bu yer ular uchun jahannamning oʻzginasi... Shulardan biri bu Jaewon edi...Uyidagi azoblar yetmagandek maktabda ham Mina uni hech tinch qoʻymas... Nima qilmasin tanqid qilar... Doʻpposlashdan ham hech qaytmas edi...
Hech kimga ozori tegmay derazadan pastga aniqrogʻi u yerdagi yaqin doʻstlarga havas qilgancha qarab oʻtirgan Jaewon boshiga kelib tekkan bosh quti tufayli koʻzlarini asabiy yumdi ammo bunga eʼtibor qilmadi... Keyingi yana bir zarba ham uni jalb qila olmadi... Uzoqdan turib qizni moʻljalgs olayotgan Mina jahl bilan oʻrnidan turdi va Jaewonning yoniga kelib yana baqira boshladi
Mina:Hoy sen... Menga qara bor menga qulupnayli sut olib kel...(Jaewonning boshida turib olib gapirar ekan Jaewon uni eʼtiborsizligi bilan sharmanda qildi)
Mina:Hoyyy menga qaraaaa....tur oʻrningdan dedim.... Borib menga qulupnayli sut olib kelib berrrr...(Bu safar jaewonni siltab gapirar ekan Jaewon chidab tura olmadi)
Jaewon:Bas qil... Nima oʻzing olib kela olmaysanmi? Oyogʻing singanmi?... Indamagan sarım Haddingdan oshma Mina
Mina:hih... Sayrab qolibsanmi... Ovozingni oʻchirish kerak sen yetimchani... (Deya Jaewonga endi qil koʻtargan edi hamki xonaga oʻqituvchi Park va ikki oʻquvchi kirib keldi)
Park xonim:Bu yerda nima boʻlayapti... Jaewon Mina... (Deb qizlarga yuzlandi... )
Mina: Shunchaki ustoz doimgi ishimni... Yetimchlarni tarbiyalashni davom ettirayapman..( oʻqituvchiga eʼtibor qilmasdan Jaewonga tishlari orasidan zahar sochdi) Jaewonning alami sababli koʻzlariga yosh toʻlar ekan Mina sovuq tabbasum qildi...
Park xonim:Bas qil... Bor joyingga oʻtir.Jaewon sen ham joyinga oʻtirrrr...(Park xonimning Minaga sokin ovozda gapirib Jaewongga baqirib bergani yangi kelgan ikki oʻquvchini gʻazabdan qoshlari chimirilishiga sabab boʻldi)
Park xonim: Yaxshi.... Hamma tinchlansin.. sinfga yangi oʻquvchilar keladi... (Deya avval oʻquvchilarga soʻng)Oʻzingizni tanishtiring bolalar(deb ikki oʻquvchiga yuzlandi)
Yigit:Hammaga salom... Ismim Cha Eun woo... Bu yerga Gyeseong maktabidan keldim...
Qiz:Salomlar... Men esa Shu yigitning singlisi Cha Yunaman... Men ham oʻsha maktabdan keldim... Ha aytgancha ota onamiz yoʻq... Yetimmiz.(Deya oxirgi soʻzini choʻzib talaffuz qilgancha Mina ga qarab gapirdi)
Bu soʻz hammani hayratga soldi... Mina oʻzini biroz gʻalati his qilar... Park xonim ham oʻzini ayb ish qilib qoʻygandek bolalardan koʻzini olib qochar... Jaewon esa judayam gʻamgin nigohlari bilan Bu ikki aka singilga tikilar edi.
~Timeskip~
Koʻchani aylanib aylanib uyga qaytgan Jaewon yana Shin xonimning kaltaklariga nishon boʻldi.Astiga olib uyda tae ham yoʻq.. Shin xonimning aytishicha u otasiga qoʻngʻiroq qilib uydagi voqealardan shikoyat qilibdi...
Shin xonim:Sen kim boʻlibsankiiii meni oʻz erimga yomonlaysannn...
Jaewon:Oyiiii...
Shin xonim:Oyi dema meni laʼnati kasofat... Onang emasman... Seni onang oʻlgan... Eshitayapsanmi... Foxisha onang oʻlib ketgan... Sen ham shunday oʻlasan.. tez orada oʻlib ketishingni oʻzim kafolatlayman... Yana bir marotaba otangga qoʻngʻiroq qilsang oʻsha laʼnati otangni ham oʻlishiga oʻzim yordam beraman... Shuning uchun ogʻzingni yumib yur...(Deya Jaewonning yuziga goh tarsaki tushirib goh sochlaridan tortib gapirdi va soʻng telefonini ham olib qoʻyib xonasiga sudrab olib borgancha ovqatsiz va suvsiz qoldirib qamab qoʻydi) Ochlik va Suvsizlik Jaewonni qiynamas... Uni mehrsizlik. Eʼtiborsizlik tamom qilar edi... Deraza tokchasiga oʻtirib uzoq uzoqlarga termular ekan uyining katta darvozalari ochilib ichkariga qop qora mashina kirib keldi.. ichidan esa Tae va Mina tushdi... Ikkisi hazil huzul qilib toʻyib toʻyib kulgancha uyga kirishar ekan... Jaewon faqatgina bitta gap ayta oldi.
Jaewon:Koshki Minaning emas mening tugʻishgan akam boʻlsangiz edi...
Qiynoqlaru tuhmatlardan joni boʻgʻziga kelgan bu qiz... Doimgidek onasining suratini quchgancha tonggacha yigʻlab uxlamasdan chiqdi...