💫Baxt muqaddimasi🕊
Baxtning boshlanishi ba'zi insonlar uchun quyoshli tongda uygʻonish 💫 ba'zilar uchun tun zulmatida yolgʻiz qolish. Kimdur baxtni boshlanishi tabbasumdan topadi kimdur esa bir umr izlaydi. Lekin baxt hech qachon bir xil boshlanmaydi... U har kim uchun oʻz yoʻlidan kirib keladi✨ baʼzan koʻz yoshlar ortidan, baʼzan kutilmagan uchrashuv bilan.
Keng va yorugʻ xona.Kelin koʻylakda boʻlsa ham telefonni qoʻliga olvolib xonada uyoqdan buyoqqa tinim bilmay yurayotgan Jaewonning"Ey Xudoyim 😩 qachon kelishadiiii bular Yunaaa" deb gʻingshishi bilan "buni oʻninchi marta soʻrayapsan Wonie"deb unga eslatdim. U boʻlsa oʻzini kursilardan biriga tashlab "Bilaman"deb chuqur hoʻrsindi keyin menga qarab..
Jaewon:Yuna ular ham Minsu Ommam kabi kelishmasayaaaa..dedi koʻzlari yoshlanib.
Yuna: Jinnimisan nega kelishmas ekan... Kelishadi... Axir bugun sening toʻying boʻlsa deb uni qoʻllaridan tutib tinchlantirdim.
U boʻlsa oʻrnidan turib deraza yoniga bordi. Ishonish ishonmaslik oʻzingizdan ammo Jaewon 1 soat tashqaridan koʻz uzmadi.
Men boʻlsam bu paytda telefonimdan ayni kundagi eng shov shuvli xabarni tomosha qildim. Koʻrsatuv boshlovchisi " Bugun BTS jamoasi aʼzosi Jeon Jungkookning toʻyi boʻlmoqda...."deb xabarni jahon boʻylab ulashar ekan men oʻzimni juda ham hursand his qildim. Xabarni koʻrishda davom etayotgan edim hamki Jaewonning "Onnim keldilar"degan qichqirgʻidan oʻtakam yorilay dedi. Qoʻrqqanim sababli telefonim ham qoʻlimdan tushib ketdi. Telefonni yerdan olib stol ustiga qoʻyar ekanman tashqariga yugurib chiqib ketayotgan Jaewonni zoʻrgʻa ushlab qoldim...
Jaewon:Yuna qoʻyib yubor... Dahye onnim keldilar .. dedi erkalik qilib.
Yuna:Esingni yedingmi Jaewon.. hozir chiqa olmaysan... Dedim oʻzimcha dakki berib. Jaewon yuzlarini shishirib olib boya oʻtirgan kursisiga yana qayta oʻtirib oldi.
"Ularni ancha kutding bilaman... Ammo hozir bu yerdan chiqa olmaysan"deb uni yoniga choʻkkalab oʻtirdim.
Jaewon:Unda sen ularni bu yerga olib kel... Iltimos Yuna... 5 oydan buyon koʻrishmadik juda sogʻinganman.. deya menga shunday qaradiki men rad etolmadim.
Yuna: Yaxshi Dahye onnimni bu yerga olib kelaman... Faqat bu yerdan shoshqaloqlik qilib chiqib olma hoʻpmi deb uni ogohlantirdim u boʻlsa "hoʻp"deb gapimni tushunganini tasdiqladi. Jaewon oʻtirgan xonadan chiqib uzun yoʻlaklar boʻylab pastga olib tushuvchi zinalar tomon ketar ekanman 1 yildan buyon umuman koʻrishmagan Dahye onnimni qanchalik oʻzgarganliklari haqida oʻylab ketar edim. Mehmonxona zinalaridan sekin pastlar ekanman pastda hech kim yoʻq ekanini koʻrdim. Zinadan tushib eshik tomon yurayotgan edim hamki eshikdan kirib kelgan Dahye onnimni koʻrib hursandligimdan ichimga sigʻmay ular tomon yugurdim
Ammo soniyalar ichida boʻlgan ishdan koʻzim va ogʻzim bir xil ochilib qoldiyov...
Dahye onnim eshikdan kirishga ulgurmaslaridan butun dunyoga oʻzining mukammalligi bilan mashhur boʻlgan Kim Taehyung ularning qoʻllaridan ushlab xizmatchilar xonasi joylashgan yoʻlak tomon tortib ketdi. Bu yoʻlak kirish eshigining yonrogʻida joylashgan boʻlsa ham odamlardan holi joy edi. Toʻgʻrisi 5 daqiqa turgan joyimda nima qilishni bilmay qotib qoldim. Lekin keyin istar istamas holda ularning ortidan ergashdim. Devor oldiga kelib yoʻlak tomon sekin moʻraladim. Ishoning men moʻralaganimda dunyodagi eng yoqimli holatlardan birini koʻrdim. Taehyung Dahye onnimni quchib turar edilar. Bu oddiy quchoqlash emas edi bu uzoq ayriliqdan soʻng ikki qalbni birlashuvi edi. Ular bir birini shunday quchishar ediki... Goʻyo tanalarini oʻz bagʻrlariga singdirib yuborishni istayotgandek edilar
Ularni biroz kuzatib turdim. Ular quchoqlash barobarida suhbat qurar edilar. Ammo bu suhbat menga qorongʻu. Kamida 3 daqiqadan soʻng ular bir birlarini qoʻyib yubordilar. Taehyung Dahye onnimni quchib turganligi sababli ularni yigʻlayotganlarini sezmabman. Ammo buni keyin payqadim. Ular bir muddat soʻzsiz va sassiz bir birlariga sogʻinchli muhabbat ila tikilib turishdi soʻng Taehyung onnimni koʻzyoshlarini artdi va ularning qoʻllaridan tutib endi men tomon kela boshladilar. Shoshib... Yoʻlakdan nariroqqa yugurdim va endi kelayotgandek sekin yoʻlak tomon yaqinlashishni boshladim. Oʻzimni eshik tomon ketayotgandek tutdim.. yoʻlak yonidan sekin oʻtayotib "Onni" dedim oʻzimni hech narsadan xabarsiz qilib koʻrsatib. Ular ovozimni eshitib shoshib qoldilar va Taehyungga qarab "hamkorlik masalasini oʻylab koʻraman"... Deb mulozamat ila bosh egdilar soʻng men tomonga ikki qoʻllarini keng yoyib "Yuna" deya yaqinlasha boshladilar. Tae menga salom oʻrniga boshini biroz egdi va tezda bu yerdan uzoqlashdi. Dahye onnim tezda kelib meni qattiq bagʻrilariga bosdilar...
Dahye onnim: Yo Xudoyim toʻgʻrisi sen qochoqni bu yerda boʻlishingni kutmagan edim ..(bagʻrilariga bosgan holda hazil qildilar)
Yuna:Bu safar qocha olmadim... Tutib olishdi...
Dahye onnim: Qochishni hayol ham qilma... Jaewonga va'da bergansan axir...ovozlarini biroz koʻtarib gapirar ekanlar men ularga "Bilaman" deb tabbasum bilan javob berdim va qitmirligim tutib"Onni atringizni oʻzgartirdingizmi?"deb soʻradim. Biroz tushunqiramay menga qarab turdilar-u soʻng huddi toʻk urgandek koʻzlari katta-katta boʻlib oʻzlaridan kelayotgan ifornk tekshirdilar va hijolatli koʻz yumdilar. Ammo sal oʻtmay menga qarab" Ha... Sen bilan oxirgi marta Italiyada koʻrishganimizda... Bir kichik doʻkondan sotib olgandim" deya tushuntira ketdilar. Men esa oʻzimni zoʻrgʻa kulgudan tiyib ularni tinglar edim. Gaplarini tugatgach yana savol berdim" Juda kuchli ifor ekan... Brend ekani aniq. Kichik doʻkonlarda endi brend boʻlgan mahsulotlarni ham sotishayaptimi?" Javob berishni istamay gapni burdilar...
Dahye onnim: Ey Yuna qoʻysangchi bularni... Jae qayerda u bilan koʻrishay"
Ezmalanayotganimni tushundim...
"Hoʻp... Jaewon yuqorida yuring" deb ularga yoʻl boshladim. Zinalar tomon yurar ekanmiz" Jae sizni juda kutdi... Minsu onnimni kelmasliklarini eshitib rossa yigʻladi..."Gaplarimdan hayron boʻlib joylarida toʻxtab hayajon bilan savol berdilar "Minsu Ommam kelmaydilarmi? Nega?
Yuna:Onnim kecha tunda qoʻngʻiroq qilib Kichkina shaxzodaning tobi yoʻqligi tufayli va Koreyadan ancha uzoqroqda boʻlganliklari tufayli kela olmasliklarini aytdilar. Ha aytgancha Seokjinning ham baʼzi ishlari tugamaganligi sababli bora olmayman deb aytdilar deb gapimni hafsalasiz aytdim. Dahye onnimni ham kayfiyatlari tushib ketdi ammo qoʻlimdan qoʻllarini oʻtqazib olib "nima ham derdik majburlaganimiz bilan baribir kela olmaydilar"deb yana zina tomon yura boshladik. Shunda Onnim hammasini chetga surib shunchaki gap topolmay... Mening ishlarimdan soʻroq qilib boshladilar.
Dahye Onnim: oʻzingda qanday yangiliklar bor? Biroz hafsalasiz savollarida davom etdilar "Oxirgi marotaba ishing biroz oʻxshamayotgan edi.."
"Bilasizmi onni ayni damda ishlarim ajoyib. Ammo yana bir kasb tanladim... " Deb savollariga javob berar ekanman menga gʻalati nigoh bilan qaradilar va " qanday kasb" deb yana savol berdilar. "Photographer" qisqa javob berdim.
Dahye onnim: nima uchun...? Axir Tarjimonlikni juda yaxshi koʻrar edingku...
Yuna : hozir ham yaxshi koʻraman... Faqat qoʻshimcha kasb topdim deyapman... Ishoning men olgan suratlar juda ajoyib.
Dahye Onnim: qani koʻrsatchi oʻsha rasmlaringni...
Yuna : aha mana deb... Bir necha daqiqa avvaldagi eng goʻzal lahza muhrlangan suratni koʻrsatdim.Bu safar onnimni ogʻzi va koʻzlari teng ochilib qoldi 😄
Dahye onnim:Sen bilarmiding?
Yuna: Onni qanday bilmasligim mumkin
Dahye Onnim:Yu.. yuna Bu.. bu axir..
Yuna: hamma bilishi kerak boʻlgan haqiqat... Lekin nega buni yashirayapsizlar a? Nima qilibdi odamlar Kim Taehyung bilan unashtirilganingizni bilshsaaaa.. oxirgi gapimni biroz balandroq aytib yuborganim uchun kalatak yeb oldim. Onnim yelkamga kuchsizgina urib" sekinroq axmoq qiz" dedilar. Men esa ularni soʻroq qilishda davom etdim " nega nima uchun aytmaysizlar axir sizlar allaqachon unashtirilgansizlar bugun nafaqat Jaewon va Jungkookning balki siz va Taehyungni ham toʻyi boʻlishi kerak edi onniiii" deya gʻingshib savolimga javoban kuchliroq zarba yedim.
Dahye onnim: heyy Yunaaa sekin ular bu safar qattiqroq urdilar va " Taehyung shundoq ham ancha heyy oldi agar biz buni oshkor qilsak entertainment butunlay kasodga uchrar emish..."
Yuna: boʻlmagan gap... Qaysidir axmoq sizni aldabdi.
Dahye Onnim: nima boʻlgan taqdirda ham men u uchun hammasiga roziman.
Yuna: Biram ajoyibsizlarkiiii oʻzim olgan suratga termulib gapirdim. Onnim telefonimni tezda qoʻlimdan olib qoʻydilar... Men bu rasmni oʻchirib yuboradilar deb oʻylab ulardan bunday qilmasliklarini soʻradim ular esa" Jinni boʻlma Yuna bunday ajoyib suratni qanday qilib oʻchiraman tabbasum qilib gapirdilar 😀
Suratni oʻz telefonlariga yuborib yana yuqoriga odimlay boshladilar. Ularga ergashmoqchi edim ammo baʼzi bir deklaratsiyalarni moʻrt joylashtirishganini koʻrib qolib buni tiklash uchun men pastda qoldim. Onnim esa Jaewonning yoniga chiqdilar. Deklaratsiyalarni toʻgʻirlashlarini mexmonxona xizmatchilariga tayinladim. Ular tuzatib boʻlishlariga ishonch hosil qilib boʻlganimdan soʻng mexmonlar keladigan eshik tomon yurdim
Eshik yonida turib tashqarini kuzata boshladim. Osmon sekin astalik bilan qoronʼilashar,lekin binoning oldida nur sochayotgan qandillar va chiroqlar shahar tunini porlab yoritar edi. Eshik tashqarisida mehmonlar uchun qizil gilam toʻshalgan, atrofni esa paparatsilar va bir ikkita televideniye muxbirlari qurshab olgan. Barcha yulduzlarni osmondan yogʻishini kutishmoqda.
Birma-bir qora, hashamatli mashinalar mexmonxona oldiga yaqinlashadi. Har bir mashina toʻxtaganida, atrof yoritilib ketadi- chiroqlar yonadi, kameralarning chaqnashi ostida mashhur insonlar chiqmoqda. Aktyorlar, idollar,modellar... Har biri goʻyo podiumda yurgandek,qizil gilam boʻylab yurar ekan ular juda ajoyib koʻrinar edi. Ularning bari birin ketin mexmonxonaga tashrif buyurar ekanlar barchalarining menga mulozamat koʻrsatayotganlaridan ularning oq koʻngil ekanliklarini bilish qiyin emasdi. Tashqariga koʻz tikib turar ekanman oxirgi modeldagi qop qora mashina bino oldida toʻxtagani eʼtiborimni tortdi. Mashinadan koʻz uzmay turar ekanman... Mashinadan bugungi kechaning qirolichasi tushdi soʻng kechaning qirol va shaxzodasi ham mashinani tark etishdi
Ular mashinadan tushishlari bilan kameralarning chaqnashlari har doimgidanda yorqinroq chaqnadi.Hayratda qoldim. Ularni yonlariga yugurib chiqmaslik uchun oʻzimni zoʻrgʻa tiydim. Ularni qadamlari bino ichiga tomon yaqinlashar ekan sabrim chidamay ketaverdim. Va nihoyat ular binoga kirishdi. Ular kirishlari bilan Minsu onnimni quchoqlariga oʻzimni otdim. Ular choʻchib ketdilar. Yana ahmoqlik qilib hammani eʼtiborini tortganimni bilib ularni qoʻyib yubormoqchi boʻlganimda... Yoʻq farishta kabi boʻlgan mehribon onnim meni qoʻyib yubormadilar... Biz bir necha daqiqa shunday quchoqlashib turdik. Lekin keyin bir birimizni qoʻyib yubordik.
Minsu: Aysh...biram oʻzgarib ketibsan Yuna dedilar mehr toʻla koʻzlari bilan menga qarab turib." Siz ham onni... Siz ham juda oʻzgaribsiz...huddi Seokjinga oʻxshab qolibsiz 🥰." Dedim jumboqli gapirib.minsu onnim tushunqiramay qarab turdilar va
Minsu onnim: qanday maʼnoda? Soʻradilar
Yuna:Huddi Jin akam kabi juda chiroyli boʻlib ketibsiz (dedim kulib)
Misni onni: Qoʻysangchi...(Ular ham kulguimga qoʻshildilar.) Tabbasum vaqtida miyyam birdan ishlab ketdi. Axir borolmayman deb aytgan edilarku tezda buni sababini soʻradim...
Yuna:Heyy axir bormayman degandizkuuu
Minsu onnim:Sizlarni bir qoʻrqitay dedimda...
Yuna:Juda hafa boʻldim onni menku mayli Jaewon oʻziyam rosa yigʻladi
Minsu: Axmoq qiz! uning yaqini boʻlsamu nega endi toʻyiga kelmasligini kerak ekan 😁 qani qayerdaligini koʻrsat bir shokka tushurib qoʻyaylik deb turganlarida yonlariga Namjoonning ayoli keldi. Onnim ular bilan suhbatlashib ketdilar. Hayol bilan ularga qarab turar ekanman qoʻlimga tekkan jajji qoʻlchalardan hayollarimni yigʻib oldim. Yonimga qaraganimda kichkina Tan qovoqlari solinib menga qarab turganini koʻrdim va tezda yoniga choʻkkalab yuzini ikki kaftim orasiga olgancha gapira ketdim
Yuna:Yo Xudoyim kimlarni koʻrayapman... Shayxzoda Tanku ... Ahvolingiz qalay shaxzodam... Meni sogʻindingizmi? Tabbasum bilan bergan savollarimga qoʻpol ravishda "yoʻq "degan javobni oldim. Koʻzlarim katta katta boʻlib unga qarab turar ekanman..
🫅🏻/Tan: Doimgidek... Meni unutib qoʻyding jangchi qiz deb qatʼiy gapira boshladi. Avval biroz gapirishga qiynaladigan yigitcha 1 yılda haqiqiy shaxzodalar kabi ravon va qatʼiy gapirishni oʻrganibdi. Oʻzimni oqlashga tushib ketdim"Meni kechiring shaxzodam... Ma'zur tutasiz...Aybimni yuvish uchun nima qilishimni istaysiz?"
🫅🏻/Tan:Bilmayman hali ham qovoqlari solingan ha gapirdi. Men bu bolakayni yaxshi bilmaymanmi 😄 uning quloqlariga yaqin kelib "keling sizni oʻz qarorgohimga taklif qilaman... U yerda ajoyib jang oʻtkazamiz"dedim. Kichkina shaxzodamizning yuzlari tezda yorishdi tabbasum bilan"Rostanmii" dedi va "Jaewon onnim ham borsinlar ularni himoya qilaman"deb tabbasum qilishda davom etdi.
Men boʻlsam oʻrnimdan sakrab turib "Albatta shaxzodam unda sizni ertaga oʻz qarorgohimda kutaman"deb askarlardek hurmat koʻrsatdim. U ham"Kelishdik" deb menga hurmat koʻrstadi.
Seokjin bilan salomlashish uchun uni qidirganimda u allaqachon Namjoon va Taehyung bilan ekanligini koʻrib bu kerak emasligini tushundim. Onnim suhbatni tugatib Jaewon tomon oshiqa boshladilar zinalardan koʻtarilar ekanmiz hayajonlanayotganlarini sezdim. Jaewon oʻtirgan xona yoniga kelganimizda men sekin eshikni ochdim..Minsu onnim esa ichkariga "Men keldim"deb kirdilar. Ichkaridagi ikki qiz ham birdan baqirib yuborishdi. Men ham onnimningni ortidan xonaga kirganimda Jaewon ikki qoʻli bilan ogʻzini yopib olib yigʻlar Dahye onnim esa Minsu onnim bilan quchoqlashib salomlashar edilar. Dahye onnim Minsu onnimni qoʻyib yubordilar... Onnim jaewon tomon hali qadam bosmaslaridan Jaewonning oʻzi yugurib kelib ularni quchdi.
Minsu onnim:Hey yigʻlama jinni qiz... nega yigʻlaysan? Sochlaridan silab gapira boshladilar
Jaewon: Bormayman dedingiz...yigʻisi sabab arang gapirdi Jae
Minsu onnim:Shunday kunda qanday qilib seni yolgʻiz qoʻya olishim mumkin endi jaeni quchoqlaridan chiqarib koʻzyoshlarini artgancha gapirdilar.va "yigʻlama yuzingdagi boʻyoqlar yomon ahvolga kelib qoladi... Boʻldi yigʻlama men shu yerdaman "dedilar tabbasum bilan. Men esa ularni suratga tushira yotib Dahye onnimga koʻz qisib qoʻydim. Jaewon ham ularga tabbasum qildi va yana bagʻriga bosdi... Soʻng eshikdan kiriboq "Onni "deb qichqirgan bola hammaning eʼtiborini tortdi. Meni esa tutingan opasi qilgani kabi yana oʻtakamni yordi. Bechora telefonim yana qoʻlimdan tushib ketdi. Bugun telefonsiz uyga qaytaman deb oʻylagan edim yoʻq hammasi joyida. Tan yugurib borib Jaewonni quchdi. Jaewon yerga choʻkkalagan Tan esa uni boʻynidan quchoqlab olib yuz koʻzlaridan tinmay oʻpar edi. Jaewon esa bu shumtakaning qiliqlaridan qiqirlab kular edi
Biz shu yerdan ancha suhbat qurdik. Nikoh oʻqiladigan vaqtga yaqinlashib qoldi. Biz Jaewonni xonada yolgʻiz qoldirib oʻzimiz kelin kuyov uchun bezatilgan,nikoh xonasiga kirish uchun yana oʻshs tanish zinalardan pastalar ekanmiz pastda quyosh kabi porlayotgan juftlikni koʻrib hursandchiligimiz yana ham ortdi. Pastda Jimin va Ari Ommam turar edilar.
. Yo xudoyim Ari Ommamning qorinlari... Ular.. ular farzand kutishayotgan ekanlar... Ular juda ajoyib koʻrinar edilar juda ajoyib
Birinchi boʻlib Minsu onnim ular bilan salomlashdilar. Keyin Dahye onnim soʻng men.Barchamiz Kelin kuyov uchun bezatilgan nikoh zaliga kirdik. Hammaning eʼtibori bizda
Juda hayajonli.. atrofing toʻla mashhurlar... Qayerga qarama sen televizorda yoki internetda koʻrgan insonlarning. Boshqalar qatori biz ham u yerda bezatilgan stol atrofiga oʻtirdik.
Minsu onnim: Nega ertaroq kelmading(dedilar Ari ommamni qoʻllaridan tutib) Ommam esa sekin Jimin tomonga qaradi va anashu yaramas odam sababli dedilar. Barchamiz kuldik. BTS jamoasi aʼzolari bir joyda turib olib qadah koʻtarishar edi
Hamma baxtiyor edi. Ayniqsa Jungkook 🤭😁. Ularga qarab turar ekanmiz Jin Jungkook bir birlariga hazl qilib kulishar edi.
Minsu onnimga qaraganimda ular mehr bilan Seokjinga tikilib turar edilar. Huddi avvalgidek... Muhabbatga toʻla nigohlar
Ari ommamga qaraganimda ular ham oʻz juftlariga qarab kamroq ichishlarini tushuntirar edilar. Jimin boʻlsa shirin tabbasum qilishdan boshqasiga oʻtmasdi.
Biroz oʻtib Dahye onnimga eʼtibor berdim. Qoʻrquv aralash bir bir Taehyungga qarab qoʻyar edilar. Tae esa gʻirt teskarisini bajarayotgandi... Qarshimizdagi stullarning biriga oʻtirib olib Dahye onnimdan koʻzini uzmasdi
Biroz vaqt oʻtib Jin va Jimin bizning stol yoniga kelishdi. Jimin Ari ommamning yonlariga choʻkkalab oʻtirib ahvollarini soʻrab boshladilar.
Jimin:Oʻzingni yaxshi his qilayapsanmi azizam
Ari ommam: Ha yaxshiman dedilar Jiminning sochlarini toʻgʻrilagan boʻlib. Shu payt kichkina Tan Jinning qoʻllaridan tutib dadajon menga ham koptok kerak... Koptok deya harhashalik qila boshladi.
Jin: Koptokmi? Yaxshi men aytaman sen uchun olib qoʻyishadi. Uyga qaytganda mazza qilib oʻynaysan.Qanaqasidan boʻlsin degan edi hamki Tan Ari ommamning yonlariga yugurib borib bunaqasidan dedi ularning qorinlariga ishora qilib. Barchamiz kulib yubordik
Ari ommam uyalib ketdilar.
Minsu onnim: hey Tan... Bu koptok emas..
🫅🏻/Tan:Unda nima?
Minsu onnim: Senga oʻxshagan kichkina shahzoda faqat juda kichkina
🫅🏻/Tan:Shaxzodami? Menga oʻxshaydimi?
Minsu onnim: Ha senga oʻxshaydi... Kelishgan va yoqimtoy
🫅🏻/Tan: Yoʻq u yoqimtoy boʻlaversin lekin men yagona kelishgan shaxzoda boʻlaman...
Tanning bu gapi bizni yana tabbasum qilishimizga sabab boʻldi.
Jimin: voy otasini bolasieee deb Tanni koʻtarib oldi. Jin esa Minsu onnimning yonlaridan joy oldi ve qoʻllaridan tutib oʻpib qoydi.Jimin Tan yerga qoʻydi u esa tinmay yugurar edi... Ammo bu hech kimga halal bermasdi. Jimin ham Ari ommamning yonlariga oʻtirdi. Va yana takror ahvollarini soʻradi. Javob esa doimgidek "Men yaxshiman"boʻldi. Ularga qarama qarshi oʻtirgan boʻlsam ham toʻgʻrisi biroz shovqin tufayli ularning suhbatlarini tinglay olamadim. Lekin ular juda yoqimli bahslashayotgandilar. Bahs oxirida hech kim kutmagan ish boʻldi... Jimin Ari ommamdan qisqa va tez boʻsa oldi. Bu esa ommaning qip qizil olmaga aylanishlariga xizmat qildi.
Ari ommam: Heyy nima qilganingiz bu... nolibgina Jiminning yelkasiga urib qoʻydilar.
Jimin: Nima qilibdi barchalari yaqinlarimiz...
Ari ommam:Ammo ularchi? Atrofdagi odamlarni nazarda tutib gapirdilar
Jimin: Hech qisi yoʻq... Sen mening ayolimsan... Bunga haqqim bor.. istasam yana qilaman deb yaqinlashayotganlarida ommam Jiminning lablarini qoʻllari bilan yopib "keragi yoʻq" dedilar kulgancha. Men atrofga qarab Tanni qidirar ekanman U Namjoon va Jhopening boshini qotirayitganligini koʻrdim. Eʼtiborimni undan olib Dahye onnimga qaramoqchi boʻlganimda koʻzim biz tomon yurib kelayotgan Taehyungga tushdi. U magʻrur biz tomon qadam tashlar ekan... Dahye onnim meni oʻzlariga tortib " qimirlasang oʻldiraman" dedilar. Bu poʻpsadan negadur kulgim qistadi... Taehyung yonimizga yaqinlashib Ari ommam va Minsu onnim bilan salomlashdi. Keyin nigohlarini menga qaratdi men esa buni maʼnosini tezda tushunib oʻrnimdan turdim. Dahye onnim esa seni oʻldirman degandek qoʻllarini boʻyinlari ostidan yurgizdilar. Men esa Men ham sizni yaxshi koʻraman deb javob berdim. Taehyungni bu ishidan keyin koʻpchilikning eʼtibori ularga qaratildi. Toki bazm boshlanganligini eʼlon qilishmaguncha. Hammaning koʻzi kelin va kuyov uchun bezatilgan yoʻlakka qaratildi. Yoʻlak oxirida Jungkook hayajonlangancha Jaewonni kutar ekan eshik ochilib mening malikam kirib kela boshladi
Barcha qarsak chalib uni kutib olishdi. Hammaning nigohi Kelin va Kuyovga qadalgan. Jaewon Jungkookning yoniga bordi... Shu damda men Jungkookning lablaridan chiqqan bir seni eshitmagan boʻlsam ham tushunib qoldim u Jaewonga "Juda goʻzlasan" dedi. Ularning nikohi oʻqila boshladi. Hamma intiqlik bilan kutayotgan jumlani rohib aytdi. Hamma yana bir barakayiga qarsak chalishdi.Endi esa koʻpchilik intiq boʻlib kutgan lahza keldi. Barcha Idollar va qolgan mehmonlar "boʻsa" deb baqirisha boshladi. Jaewon jovdirabgina atrofga qarar ekan men biroz vaqt nega bunday qilganini bilmadim lekin keyin mashhurlar orasidagi Jaewonning ota onasiga koʻzim tushdi. Nima qilsak ham biz oʻzbekmiz. Barcha boʻsa deb qichiqirishda davom etar ekan... Men ularni bu lahzanini koʻrmasliklarini taʼminlashim kerak edi. Yo xudoyim.... Men ularni chalgʻitish uchun nimalar qilmadim a? Eslasam hali ham uyalib ketayapman. Hech narsa foyda bermagach doim qoʻl kelgan usulni sinab koʻrmoqchi boʻldim va foyda berdi. Jaewonning ota onasining yonidan oʻtib ketar ekanman ularning kiyimlariga sharbat toʻkib yubordim. Ular esa menga bir ikki dakki berdilaruuu keyin yuvinish xonasiga chiqib ketdilar. Shu paytdan foydalanib Jungkook tezda Jaewondan boʻsa olishga tushdi
Hammaning yuzida yana tabbasum. Ular boʻsani uzishdi toʻgʻrirogʻi Jaewon jungkookni yelkasiga bir necha marotaba urib uni oʻzidan uzoqlashtiradi.soʻng ikkalalari ham mehmonlar tomonga qarashdi. Mana endi haqiqiy bazm boshlandi. Bu ajoyib edi... Qalbimni tushunarsiz bir his egallab olgandi . Yaqinlarim baxtli ekanini koʻrib qalbim tinchlanyotgandek boʻlardi goʻya. ~~~
Va nihoyat bazm yakunlandi... Jungkook va Jaewon oʻz uylariga 15 daqiqa avval ketishdi. Biz ham ketishga tayyorlanayapmiz... Ammo hali ham binoda odamlar bor. Gavjum joylarni unchalik yoqtirmayman shuning uchun ulardan chetroq boʻlish uchun binoning bir burchagiga borib olib yaqinlarimni kuzata boshladim. Minsu onnim Kichkina Tanni koʻtarib olganlar... Ammo Jin ularning qoʻllaridan Tanni oldi. Bu tomonda esa Ari ommamni Jimin koʻtarib olib tashqariga odimlar edi. Tashqarida esa avvalgidek muxbirlar va paparatsilar yoʻq.tashqarida faqatgina oʻz hoʻjayinini kutayotgan Haydovchilar. Ularni kuzatar ekanman men ularning koʻzlarida baxtni koʻrdim. Ularning qaynoq mehri,sevgisi, sadoqati menga butun umrlik tabbasum bergandek boʻldi gʻoya. Ularni kuzatar ekanman men bilardim bu tabbasumga osonlikcha erishishmaganini.Hammalari qiynalishdi ammo Allohning vaʼdasiga ishonib koʻzlagan maqsadlari yoʻlidan qaytishmadi
Qadrli kundaligim sening soʻngi sahifalaringa bugun boʻlgan ajoyib voqealarni yozar ekanman bu hali baxtning boshlanishi ekanligini ich ichimdan his qildim 💕...
Omma onni sizlarga katta rahmat... Meni oʻzgacha bir dunyoga oʻtishimga sababchi boʻldingiz... Yaqinda tanishgan boʻlsak ham sizlarni juda qattiq yaxshi koʻrib qoldim. Sizlarni mehringiz qalbimni tinchlantiradi. Mening gʻoyibona doʻstlarim koʻp boʻlsa ham lekin men negadur oʻzimni yolgʻiz his qilaverar edim ammo endi unday emas. Meni yuragimdagi bir boʻshliq doim meni gʻamga solar edi ammo hozir u boʻshliq toʻldi. Sizlarni qattiq yaxshi koʻraman ❤"