𝑀𝐴𝐺𝐼𝐶 ✨ 𝐴𝐶𝐴𝐷𝐸𝑀𝑌🪄
Qop qorongʻu zulmatda bosgan oʻrmonda ketayotgan 4 likni hech narsa ayni damda qoʻrqita olmayotgan edi...
Sunghoon: Judayam hayron qoldim.... Bu qadar koʻp yoʻqotishlardan soʻng Qanday qilib qayta olganingizga..(Magʻrur qadamlar bilan odimlayotgan Changga gapirdi)
Chan:Hih... Ha bu yerda men juda koʻp yaqinlarimni yoʻqotdim ammo.... Aynan shu yerda eng shirin xotiralarim mavjud... Faqatgina shu yer oʻsha xotiralarni qayta janlantira oladi...
Sunghoon:Uni rostan ham sevarmidingiz...
Sunghoonning bu savoli ikki qizni hayratlanishiga Bang Channi esa qadamlarini sekinlashishiga sabab boʻldi...
Sunghoon: Nima deb oʻylaysiz... U balki oʻlmagandir... Harakatlaringizdan uni hali hamon sevishingizni tushunyapman...(Chan javob bermas gʻalati nigohlari bilan Sunghoonga qarab qoʻyardi holos)
Chan:Bu yerda ikkiga boʻlinamiz... (Deya ikkiga ajralgan soʻqmoqlarga ishora qildi)
Sunghoon: Yaxshi... Men oʻz savollarimga javob topdim... Men Jaewon bilanman... Hayr(deya Jaewonni qoʻlidan tutib chap soʻqmoq tomonga tortib ketdi)....
Minsu: Ketdikmi...
Chan:HAAA... Ketdik....(Deya yana yoʻllarida davom etishdi) Yoʻlda ketishar ekan oralariga sovuq sukunat choʻkdi... Va bu sukunatni Chan buzdi.
Chan:U Kim edi...bu yerda oʻzi nimalar boʻlgan deb soʻramaysanmi...(Birdaniga doʻstona munosabatga kirishdi)Bu savoldan yalt etib Channing yuziga qaragan qiz qisqa ammo yoqimli tabbasum qildi va"shunday savol bersam javob berasanmi"dedi... Chan ham Minsuning javobon doʻstona munosabatiga qisqa tabbasum qilib qoʻydi
Chan:Balki ha...
Minsu:Unda... Uni qattiq sevarmiding?.. deya toʻsatdan kutilmagan savol berdi...
Chan:..... (Uzoq sukunat... Gʻalati tabbasum va yoqimli nigohlar) Minsu Channi qistovga olmay deb jim turaverdi... Va birozdan keyin javob oldi..
Chan:Bilmayman... Shunchaki u boshqalarga oʻxshamas edi... Va tirik boʻlganida ham menga tegishli boʻlmas edi....
Minsu:Sevgan insoni bor edimi...
Chan: Shunday... Men kech qolganman... Tuygʻularimni tushunishda chalkashlikka uchraganman va butun umrga uni mendan tortib olishgan...
Minsu:..... Nega mening savolimga javob berding ammo Sunghoon soʻraganida jim turding...
Chan:Bilmasam... Muz malikasisanku ammo iliqlik Mavjud senda.... Doʻst sifatida ishondim balki...
Minsu:Doʻstmi... Biz doʻstmizmi?
Chan:Boʻla olmaymiz mi...
Minsu:Biroz vaqt kerak bu uchun...
Chan : Yaxshi... Vaqt boʻlsa vaqtda...
Sunghoon Jaewonni qoʻlidan tutib ketar ekan... Jaewon sirli tarzda yigitga qarab qarab qoʻyar... Qoʻlini yigitning qoʻllaridan chiqara olmas... Urinsada Sunghoon bunga yoʻl qoʻymas edi.... Tobora oʻrmon ichiga kirib borishar ekan Jaewonni qoʻrquv oʻz domiga shoʻngʻita boshladi... Endi u Subghooni qoʻllarini qoʻyib yuborish oʻrniga yana ham qattiqroq ushlab oldi... Buni sezgan Sunghoon qizga qarab sekin jilmayib qoʻydi....
Sunghoon: Jaewon... Havotir olma... Yoningdaman...
Jaewon:A? Ha rahmat...(Ularning suhbati juda qisqa boʻldi)... Shu yoʻsinda yoʻllarida davom etisha boshladi...
Chan¥Minsu.
Deyarli oʻrmonni eng chekkasiga kelib qolgan doʻstlar... Ayni damda turgan joylarida dam olishni kelishishdi....
Chan:... Dam olib boʻlib tezda yoʻlga chiqamiz...
Minsu:Yaxshi...
Hammaga tanish oʻsha sovuq sukunat... Qalbda savollar bisyor ammo ularni soʻrash uchun jurʼat kerak... Tinchlikda hayollar domiga choʻkkan Minsuni Chan gʻalati tarzda juda sekin turtib oʻziga keltirdi... Minsu unga qaraganida Chan jim eshit degandek ishora qildi... Qiz uni aytganini bajarar ekan... Gʻalati shitirlash ovozi kelar edi... Hayratomuz qiyofada oʻziga termulib. Turgan Minsuga "Kuchingdan foydalan olasanmi"deya sekin savol berdi Chan...
Minsu: Harakat qilaman...
Chan: Yaxshi... Kuching yetgan yergacha bu yerni qor bilan toʻldir... Maydonni qanchalik koʻp yerini qor egallasa shuncha yaxshi... Uddalay olasan a?
Minsu:Men... Uddalayman... Qoʻlimdan keladi... (Dediyu sekin ohista harakat bilan harakat qilib oʻrnidan turdi... Iloji boricha turgan yerining eng asosiy qismiga kelib... Koʻzlarini yumdi...Soʻng samoga yuzlarini tutib moviy tusga kirgan koʻzlarini koʻk ila tutashtirar ekan oyoqlari ostidan oppoq qorlar paydo boʻlib Zulmat bosgan oʻrmonni qisman yorita boshladi.... Qorli maydon qayergacha choʻzildi aniq emas... Ammo ilk urinish Juda ajoyib chiqdi... Endi Navbat Channiki... Minsu oʻzini chetga olmoqchi boʻlgan edi hamki koʻzlari faqatgina qonni eslatuvchi soʻyloq tishli bahaybat mahluq u tomon otildi... Ammo qizga yetib kela olmadi... Qizni oʻz himoyasiga olgan Bahaybat Boʻri... Mahluqni yelkasi bilan turtib oʻzidan ancha uzoqqa uloqtirib yubordi... Ham qoʻrquv ham hayratga tushib qolgan Minsu oldidagi Boʻridan koʻz uzolmas edi...
Jang daxshatli tarzda ketar ekan... Chan bor kuchi bilan mahluqni Minsudan uzoq qilishga harakat qilar edi... Ammo ayni damda kuchlar bir biriga teng emas... Mahluq Chandan koʻra bahaybatroq boʻlgani sababli... Oxirgi bor kuchi bilan bergan zarbasi Channi oʻzlaridan ancha uzoqda boʻlgan Katta eman daraxti ostiga uchirib yubordi... Endi Minsu ilojsiz va kuchsiz... Mahluq uni ustiga bostirib kelar U esa tobora ortga tisarilar... Ammo qor... U judayam qalin... Minsu qancha tezroq harakat qilishga urinmasin eplolmas edi va kutilganidek yiqildi... Ammo shunda ham toʻxtamay... Mahluqdan qocha boshladi...... Lekin... Bir soniya hayollaridan "qoʻrquvingdan qochsang hech narsaga erisha olmaysan...u bilan kurash"degan soʻzlar oʻtdi... Aynan ... Minsu birdan toʻxtadi... U qila oladi... Oddiy oʻzi uchun tuzoq boʻlgan bu sarobni yoʻq qila oladi... Fikrini jamlab bor tanasidagi kuchni ishlatishga harakat qildi va uddasidan chiqdi... Daqiqalar ichida qoʻlida paydo boʻlgan qilich bilan eng avvalo Oʻzi tomon koʻtarilgan Mahluqning Bahaybat qoʻllarini soʻng tanasini chopib tashladi .... Oppoq qor... Daxshatli Mahluqning qoni bilan birgalikda qoʻrqinchli va chiroyli manzara hosil qila boshladi... Minsu chuqur chuqur nafas olib... Mahluqqa jirkanib qarab qoʻygancha oʻzini soʻzgʻa oʻnglab olayotgan yigit yoniga chopdi...
Minsu:Chan... Yaxshimisan?...
Chan:Ha ha... Havotir olma hammasi joyida... Oʻzing qalaysan.. mahluq...(Dediyu oʻzidan nariroqda turgan Mahluqning tanasiga qarab hayratlandi)Soʻng yana qizga oʻgirilib "uddalading"deya uning yelkasiga qoqib qoʻydi... Shu payt Oʻsha eman daraxti ostidan moviy rangdagi gul paydo boʻldi... Albatta doʻstlar tabbasumlarini yashira olmay birdaniga gulga qoʻl choʻzishdi....