𝑀𝐴𝐺𝐼𝐶 ✨ 𝐴𝐶𝐴𝐷𝐸𝑀𝑌🪄
“Qullik ularning qismati emas, ular qulf ortida yotgan ozodlikning oʻzi.”
Academyning deyarli yarimicha keladigan katta kutubxona.... Bu yer oddiy kitoblar saqlanadigan joy emas... Bu yerlarda kitoblardan koʻproq xotiralar Mavjud... Millionlab yoqimli,qaygʻuli, qoʻrqinchli xotiralar... Kim bu yerga qadam qoʻymasin barchasi jonlanadi... Hech qachon bu xotirlar bu yerni tark etmaydi... Ular butun umr marhum egalarini kutishadi... Shuningdek hech qachon yoʻqolishmaydi... Aksincha yanada jonlanib koʻpayadilar...
Tun yarimida Kutubxona ichida doimgidek ishiga shoʻngʻib ketgan Morwen sekin va yengil qadam tovushlari tufayli sergak tortdi. Ortidan kimdur yaqinlashayotganini sezib tursa ham hech narsa qilmay ishida davom etaverdi... Yisu uning ortida turib endi u tomon qoʻlini uzatgan edi hamki...
Morwen:Qoʻlingni ol...(Degan javob oldi)
Yisu:Yo Xudoyim... Namuncha qoʻpollik qilasan... Shunchaki ovqat olib keldim...kuni boʻyi ovqatlanmading...
Morwen:Hih... Gʻalati emasmi?
Morwen: Nima?
Morwen: Boshqalarga yaqinlashmang havfli deb...oʻzing yonimda girdikapalak boʻlishing...
Yisu:Men hech kim zarar koʻrishini istamayman va senga gʻamxoʻrlik qilishni yoqtiraman...
Morwen:Soxta mehringni keragi yoʻq menga... Ket bu yerdan..
Yisu: Morwen... Oʻzingni qiynashni bas qil... Soyada tugʻilganing aybing emas...
Miss Venom:Yoʻq aybi...(Morwen hali gapirmasdan ularni chetdan kuzatib turgan Venom xonim gapira ketdi)
Yisu: Professor Venom...
Miss Venom:Yarim tunda... Yana kamiga Soyada tugʻilgan qulning yonida Malika nima qilayapti...ilk kundan jazo istaysizmi malika Yisu
Morwen:Uni jazolashning xojati yoʻq... Men unga ovqat olib kel degan edim... Rahmat Yisu(deb avval miss Venomga keyin Yisuga qarab gapirdi)
Miss Venom:Shunaqami... Qanday Hadding sigʻdi... Malikaga ish buyurishga...
Morwen: Kechiring biroz aqlimni yoʻqotdim... Boshqa qaytarilmaydi...
Miss Venom: Shunday boʻlsin... Qani malika yuring... Hozir qasringizga ketishingiz kerak ertaga academia yotoqxonasiga joylashasizlar...
(Deya Yisuni qoʻlidan ushlab kibor xonimlardek qadam tashlab yurib ketdi... Yisu nimadur demoqchi boʻldi ammo aytolmadi) Morwen esa doimgidek tushunarsiz nigohlar bilan ularning ortidan qarab qoldi...
Erta tong"..
Qizlar oʻzlariga yod boʻlgan hissiyot ila academiaga tayyorgarlik koʻrib yoʻlga tushishdi... Ammo bu safar yaqin doʻstlarisiz... Ularni ham olib ketgan boʻlishar edi ammo Ketrin Klaus xonim ularni academiada koʻrsa qattiq jazolanishlarini taʼkidlagan... Shunday ekan ular oʻzlari uchun havfsiz yerda boʻlganliklari yaxshi....
ACADEMY}
Goʻzallikda boshqalardan anchagina ajralib turgan... Yulduzlar kabi miltillab nur socha yotgan malikalar academiaga yetib kelishgach... Bir yerda toʻplanib chuqur nafas olishdi va ichkariga odimlashdi...
Minsu: Gʻalati hamma nega bir yerda toʻplanib olishgan?
Dahye:Men ham hayronman...
Jaewon:Ular yigitlarni oʻrab olishganmi?(ACADEMIA talabalari oʻrab olgan yigitlarga intilib qarab)
Ari: Shunday... Nega bunday qilishayotgan ekan?...(Degan edi hamki ularning yonidan Ahri tez tez yurib oʻtib keta boshladi)Buni koʻrgan Ari shartta uni qoʻllaridan ushlab savolga tutdi...
Ari:Hey Ahri... Bular nima qilishayapti... Kimni oʻrab olishgan?
Ahri:Hali eshitmadingizmi?...(Deb qizlarga Birma bir qarab chiqdi)
Minsu:Yoʻq..
Ahri: Bizning MAGIC Academiamizga Yetti qit'a shaxzodalari tashrif buyurishdi... Endi ular biz bilan oʻqishar ekan
Dahye: Yetti qit'a(qizlar sekin bu soʻzlarni tushunarsiz nigohda qaytarishar ekan )Ahri bir deganda Arining qoʻlidan chiqib oʻquvchilar orasidan biroz ajralib turgan shaxzoda tomon yigʻi toʻla ovozda "Felix"deya baqirib yugura ketdi.. qizlar uning ortidan hayron qarab qolishdi... Ahri boʻlsa hammani chetga surib kelishgan yigitlarning birining quchogʻiga oʻzini otdi... Yigit ham shuni kutib turgandek Ahrini mahkam quchoqlab oldi...
Bir necha talaba qizlar Ahrini yomon soʻzlar bilan siylashib ensa qotirgancha u yerdan uzoqlashishdi... Qolganlari esa U yerdagi boshqa shaxzodalari ila ovvora...A Shaxzodalarning hayollari esa allaqachon boshqalardan ajralib turgan toʻrt malikalarda... Yigitlar ulardan koʻz uzolmay qolishgan bir mahalda qizlar ham negadur ulardan nigohlarini ololmayotgan edilar... Va Doimgidek buzgʻunchi insonlar doim tayyor..
Miss Venom:Hamma yotoqxonaga.... Boʻlim sardorlari qani... Ularni oʻz yotoqxonalariga olib boringlar... (Deya hammaga qichqirdiyu)Soʻng Malika Ahri va Felix ... Oshirib yuborayapsizlar deya ikki sevishganlarga ham oʻz zahrini sochib oʻtib ketdi...Ammo yillar buyon bir birini intiq kutgan qalblarga bu oddiy gap taʼsir qilarmidi... Ular hali hamon quchoqlashishar ekan.... Felix Ahrining yuzidan bir ikki bor oʻpib oldi... Ahri esa faqat sogʻinchdan yigʻlar edi....
Toki Ari borib Ahrini Felixning qoʻlidan tortib olmagunicha ular shunday turaverishdi...
Ahri:Ari onni...
Ari:Yotoqxonangga borishing kerak yaqinda dars boshlandi...
Felix : Shunday... Keyinroq koʻrishamiz mitti pariyim...
Ahri:Yaxshi... Ketib qolishni hayolingizga ham keltirmang oʻzim oʻldiraman..(deya shirin tahdid qilib ketdi) Ketdilar ekan tez tez ortiga qarar Ari esa uni toʻgʻri yurishini muhofaza qilardi.
Felix esa uning ortidan oʻziga yarashgan shirin tabbasumi ila qoldi...
Qizlar.oʻz yotoqxonalarini topib borishlari qiyin boʻldi ammo uddalashdi... U yerda ularni Yisu kutib oldi...
Yisu:Yo Xudoyim meni kechiringlar... Bu yerni yigʻaman deb sizlarni olib kelish yodimdan chiqibdi
Minsu:Hech qisi yoʻq hammasi joyida...
Ari: Rostan ham hammasi yaxshi...
Yisu: Unday boʻlsa sizlarga oʻz xonangizni koʻrsataman(deya qizlarni oʻz xonalariga joylashishlariga yordam berdi) Ikki qasrga oʻxshash katta minoralar... Bir biriga qarama qarshi... Oʻz xonasidagi ayvonga chiqib samoga boqqancha toʻyib toʻyib nafas olgan Dahye... Birdan sergak tortib qarshisidagi Qasrga qaradi... Kutganidek u yerda bir shaxzoda unga shunday termular ediki... Dahye bir zum bu nigohlar taʼsirida yoʻq boʻlib ketaman deb oʻyladi...
Ammo unday boʻlmadi... Yigitning yoniga doʻsti chiqqani sababli nigohlar uzildi va Dahye tezda xonasiga kirib ketdi...
Jungkook:Nima qilayapsan bu yerda?..
Taehyung:qaydam oʻzim ham bir zum bila olmay qoldim...
Jungkook:Tch... Shunaqasi ham boʻlar ekanmi?..
Taehyung:Bu yerda nimadur notoʻgʻri... Endigina keldik ammo ACADEMIAdan avvalgidek qon isi kelmayapti...
Jungkook: Shunday... Va bu mening gʻashimni keltirayapti... Gʻalati gullar hidi... Ularni yoqtirmayman deb xonaga qayta kirdi... Taehyung esa yana oʻsha chiroyli chehrani koʻrish maqsadida qayta tanish joyga tikildi ammo qiz allaqachon ketib boʻlgan... U ham bir zum shu holda turdiyu soʻng yotoqxonaga kirib ketdi....
Hammasini joylab boʻlgan malikalar academiadagi katta bongning ovozidan keyin darslar tomon yoʻl olishdi... Ammo ular bilishmaydi bugun hayotlarida katta oʻzgarishlar sodir boʻlishini...