August 20, 2025

𝑀𝐴𝐺𝐼𝐶 ✨ 𝐴𝐶𝐴𝐷𝐸𝑀𝑌🪄

By:Kim Yuna🕊

{Ep.3}

♡𝒮𝑒𝓋𝑔𝒾 — 𝓆𝒶𝓁𝒷𝓃𝒾𝓃𝑔 𝓈𝑒𝒽𝓇𝒾, 𝓈𝑒𝒽𝓇 𝑒𝓈𝒶 𝓇𝓊𝒽𝓃𝒾𝓃𝑔 𝓈𝑒𝓋𝑔𝒾𝓈𝒾. ♡

Qiz yonishda davom etar ekan... Allaqachon kulishdan toʻxtagan yigitlarga oʻqrayib qarardi... Yigitlar bu nigohdan choʻchib shoshilgancha u yerdan uzoqlashishdi... Qiz ensasini qotirib oʻrnidan endigina turgan edi hamki... Qayerdandir kelgan suv qizning ustini shalabbo qildi... Qiz puf etib oʻchar ekan... Hamma hayron suv kelgan tomonga qaradi... U yerda Jia qizlarga koʻzini qisib sekin qadamlar bilan ularga yaqinlashar edi... Jahldan portlay deb turgan Yisu.. hoʻl boʻlgan sochlari sal toʻgʻirlagan boʻldiyu Jiaga gʻazsb bilan qaradi..

Tassavur qilamiz...

.Jia esa lablarini qimtib kulgancha...
Jia: Arzimaydi... (Deya kuldi... )Yisu nigohlarini yoʻqotmagancha "sen qachon odam boʻlasan a"dedi... Va Doimgidek Jianing javobi "Hech qachon"boʻldi... Yisu yuzidagi sochlarini orqaga qildi va Ari va Minsuga qarab"Katta rahmat sizlarga... Yordam qilmaganingizda yaxshi ish boʻlmas edi"deya minnatdorchilik bildirdi.
Minsu: Arzimaydi... Bu safar extiyot boʻling...
Ari: Kiyimingni alishtirib ol... Bu ahvolda yurolmaysan (deya suv sababli tanasiga yopishib qolgan kiyimiga ishora qildi va oʻzining ustidagi mantiyani yechib qizning ustiga tashladi...)Yisu ham mantiyani yaxshilab ustiga yopib olgach "katta rahmat"deya tabbasum qildi...

Yisu🔥

Bu paytda dahye va Jaewon kitoblarni yigʻib oʻsha aravachaga solishdi va Yisuning yoniga kelishib unga aravani tutqazishdi...
Yisu:Sizlarga ham katta rahmat qizlar...
Jaewon: Arzimaydi...
Dahye: 😊..
Yisu:Ha aytgancha... Ismim Yisu... Olov malikasiman...
Jaewon:Men esa Jaewon...
Minsu:Kim Minsuman..
Ari:Lee Ari.
Dahye: Chxve Dahye....
Jia:Choi...(Degan edi hamki Yisu bir qoʻli bilan uni ogʻzini yopdi va "seni taniyman"dedi... Bu ishdan qizlar tabbasum qilishdi... Biroz muddat shu yerda suhbat qurishgach... Yisu ketish uchun taraddudlandi... Ammo kitoblarni nima qilishni bilmasdi... Agar hozir u kitoblarni sehrli kutubxonaga olib borsa oʻz boʻlimidagi darsga kech qoladi.. Bordi-yu kitoblarni xonaga olib borsa kiyimlarini alishtira olmaydi... u shunday oʻylar bilan turar ekan toʻsatdan bir qiz kelib aravachani sudrab ketdi... Qizlar uni ortidan qarab qolishdi... Qiz esa hech narsa qilmagandek yoʻlida davom etardi... Yisu ham uni biroz kuzatgach qizlarga yuzlanib
Yisu:Undan uzoqroq yurishingizni maslahat berardim...
Ari:Nega?...
Yisu:Buni oʻzingiz tez orada bilib olasiz... Iltimos maslahatimni yerda qoldirmang(dediyu ortiga oʻgirilib yugurib ketdi) Qizlar bir birlariga yelka qisib qarashdi... Va barchalari boʻlimlar sardori yordamida oʻz xonalariga joʻnashayotgan vaqtida... Dahye toʻsatdan qarshisidan kelayotgan bir yigitga urilib ketdi...
Dahye:Kechirasiz...
Yigit:Hech qisi yoʻq... Hammasi joyida (deb Dahyening yelkasiga yengil urib qoʻyayotgan edi hamki... Osmondan uchib kelib ularning yonginasiga tushgan bahaybat qanotli ajdar tufayli ularning ikkisi ham yerga yiqildi... Hamma hayratda... Ajdar koʻzlarini oʻqraytirib yigitga qarab kela boshladi va shu asnosida endigina oʻrnidan turgan Dahyeni qanotlari orqali ortiga oldi... Yigit oʻtirgan holda ortga tisarilar ekan ajadar u tomon yurishdan toʻxtamas edi...

Dracarys 🫶🫀 tassavur...

Dahye nima qilishni bilmas... Ketishga harakat qilar ammo ajdar uni dumi bilan oʻrab olgan... Qancha urinmasin Ajdar toʻxtamas... Ketrin Klaus esa yuqoridan turib Dahyega "Malika ajdaringizni toʻxtating "dedi... Ayolning uchinchi bor qichqirigʻidan soʻng Dahye nimanidur eslagandek keskin Ajdarga qaradi va "Hoy Dracarys.. toʻxta "deb baqirdi... Kutilganidek Ajdar Bir onda toʻxtab Dahyega oʻgirildi... Minsu Ari va Jaewon bir birlariga hayrat nigohi bilan qarab holatni qayta kuzata boshlashdi...
Dahye: Dracarys... U bizning doʻstimiz... Doʻst...
(Deya ishoralar bilan Ajdarga tushuntirar ekan. Dracarys bosh silkib tushunganini tasdiqladi...)
Dahye:Qani keting... Keta qoling... (Deb daraxtga suyanib qolgan yigitga ishora qildi. Yigit ham tezda oʻrnidan turib ketib qoldi)Dahye chuqur nafas olgancha koʻzlarini yumdi... Toʻsatdan Issiq va bahaybat boʻlgan bir nima peshonasiga kelib tegdi... U koʻzlarini ochar ekan... Bu Dracarys ekanini koʻrdi... Dracarys ham koʻzini ochdi... Bundan keyin esa Dahye tongda koʻrgan bahaybat koʻzlar kimga tegishli ekanini tushundi.... Ular shunday turishar ekan... Dahye oʻzini hotirjam his qilardi... Ulardan nariroqdagi oʻquvchilar
Oʻquvchilar:Yo Xudoyim bu rost ekan... Moʻjizaviy ajdar va Shamol malikasi ularning ruhlari bir birlaridan kuch olar ekan...
Bu gaplarni Dahye eshitmasa ham Minsu Ari av Jaewon eshitishar edi... Dahye va Dracarys bir birlaridan ajralishgach Ketrin Klaus bor ovozi bilan "Darsgaaaa"deya qichqirdi... Shundan keyin qizlar tezda oʻzlarining boʻlimlariga ketishdi...
/////
🩵Muzlik boʻlimi🌨️
Minsu sekin qadamlar bilan oʻz xonasiga kirar ekan uni tabbasum bilan kutib olishdi... Xonada chamasi 10 ta oʻquvchi boʻlib... Ularning koʻpchiligi yigitlar edi... Minsu oʻzgacha hayajon bilan borib deraza yonidagi joyga joylashdi... Biroz vaqt derazadan pastni tomosha qildi... Yuragida kuchli hayajon... Lablarida goʻzal tabbasum... U oʻzlarining olamlarida ham academiada oʻqishar edi ammo bu academia u yerdagi kabi emas... Bu yerning oʻzi bir katta moʻjiza edi... Minsuning tabbasumi koʻpga choʻzilmadi...U derazadan koʻzini uzmay oʻtirar ekan... Biroz ingichka va gʻalati ovozdan bezovtalanib yoniga qaradi... U yerda oʻziga oʻqrayib turgan qizni koʻrib qoshlarini chimirdi.
Suhi:Yo Xudoyim... Nega oʻqrayasan... Tur oʻrningdan bu yerda men oʻtiraman...
Minsu:axir shuncha joy borku...(Deb atrofga qaradi)
Suhi: Laʼnati tagi past gapni koʻpaytirmay oʻrningdan tur....
Minsu:Haddingdan oshma...
Suhi:Jin ursin.... Shunchaki tuuurrrrr....(Negadur eshikdan kelgan ikki yigitga qarab shoshilib qoldi) Minsu tushundi... Ularning biri shu yerda oʻtiradi... Bu qiz esa u bilan oʻtirmoqchi... Ammo bitta bu ish uchun Minsu bunday chiroyli manzaradan kecha olmaydi...
Minsu:Yoʻq... Istamayman... Boshqa yerga borib oʻtir...
Suhi:Ahmoqmisan... Shunchaki tuuurrrrr oʻrningdan(endi qiz chinakamiga baqirib berdi) Minsu hali hech narsa demasdan bir yigit kelib Suhiga "Jona bu yerdan" dedi...Minsu bir yigitga bir qizga qarar ekan... Yigit dagʻal ovozda "Joʻna dedim "dedi.. qizni biroz turtib...Qiz esa birdan baqirib yigʻlab yigitning qoʻllariga osildi...
Suhi:Sunghoon kechir iltimos... Meni kechir.... Bitta imkon ber... Iltimos qilaman(deya yigʻlar ekan yigit qoʻlini qizdan siltab tortib oldi)

Suhi..

Sunghoon :Hech qachon... Men kechirmayman... Bor joʻna Oʻsha boʻsa olgan shaxzodangni yoniga bor (deb qizni oʻzidan uzoqroq qildi va Minsuning yoniga oʻtirib oldi)

Sunghoon 🫶❤️

Nima boʻlayotganini unchalik ham tushunmay qarab turgan Minsu Yigitning keskin qarashlaridan oʻzini gʻalati his qilib deraza tomonga qarab oldi... Yigit esa qisqa tabbasum qilib toʻgʻriga qarab oldi... Suhi esa nafrat bilan ularga qarab qoʻygancha boshqa joyga borib oʻtirdi...Ayni damda esa Boʻlim professori janob Karter John kirib keldi va darsni boshladi...
@@@
🌺Tabiat boʻlimi🌿
Xonaga kirib kelib allaqachon oʻzini joyini topgan Ari birdan yonida paydo boʻlib qolgan qizni koʻrib choʻchib ketdi...
Ari:Yo Xudoyim... Oʻtakam yorilay dedi... Sen kimsan?(Oʻziga termulib oʻtirgan qizga savol berdi)
Ahri:Lin Ahri... Pariman... Oʻrmon parisi...

Din din emas! AHRI🫀

Ari:HAAA... Shundaymi... Ajoyib... Iltimos keyingi safar ogohlantirib kel qoʻrqib ketdim(dedi..) Ahri esa Ariga yaqinroq kelib "siz tabiat malikasisiz a"deb soʻradi... Ari hali gapirmasdan shunchaki bosh silkigan edi hamki Ahri uni qattiq quchoqlab oldi...
Ari:Yo Xudoyim...nima qilayapsan?
Ahri:Bilasizmi... Men sizdan kuch olaman... Bu judayam YOQIMLI... (Deya.. uni qattiqroq quchoqladi) Ari hayron qoldi..
Ari:Nega aynan mendan?
Ahri: Chunki siz Tabiat siz...
Ari:Bu yerda boshqalar ham tabiat emasmi?
Ahri:Yoʻq... Bunga faqat tanlangan malikalar sazovor boʻladi..(deb quchishda davom etdi)Ahri toki Professor Flora kelguniga qadar Arini quchoqlab turdi...
\\\\\
🌬️Boʻron boʻlimi🩶
Xonaga kirgan Dahyega hamma birdan savol bera boshlashdi...
X:sen shamol malikasimisan?
X:Rostan ham ajdar bilan ruhan bogʻlanganmisiz?
X:U seni rostdan ham rashk qilar ekan a?
X:sendan boʻsa olsam u meni oʻldiradimi?..(Dahyega berilayotgan bu gʻalati savollar negadir gʻazabini keltirdi) u indamay borib derazaning yonidan joy oldi.... Ammo unga hech kim sherik boʻlmadi... Hamma tashqaridagi daxshatli ajdardan qoʻrqar edi... Faqatgina uning egasi oʻzini u borligi uchun hotirjam his qilardi...
✨Shifo boʻlimi💖
Jaewon ichkariga iymanibgina kirar ekan... Ichkarida atiga 3 kishi oʻtirganini koʻrib hayron qoldi... Ammo Jaewonni iliq kutib olishgani unga yoqdi... Yonman yon oʻtirib olgan yigitlar jaewon kirib kelishi bilan tabbasum qilishdi va "Salom chiroyli malika "deya kutib olishdi... Bitta oʻzi oʻtirgan qiz esa shart oʻrnidan turib... "salom... Siz Jaewon boʻlsangiz kerak men Bonaman... Bu Soobin bu esa Sunoo "deya oʻzlarini tanishtira ketdi...

Bona💋🫶

Jaewon ular bilan tanishganidan hursand ekanligini aytib Bonaning yoniga oʻtirdi...
Jaewon:Bona... Nega bunchalik kamchilikmiz... (Deya savol berdi)
Bona:Chunki sizlar noyobsizlsr... Shifo kuchi duch kelganga ham berilavermaydi...
Jaewon:Yani
Bona:Shifo kuchi 3 narsada... Koʻzlarda (deya Soobinni)

Soobin🫶

ovozda (deya sunooni)

Sunoo🫶

soʻng qoʻllarda (deya Jaewonni koʻrsatdi) va ularga mos insonlar gina shifo kuchini oʻzlashtira oladi....
Jaewon:Senchi?... Sen
Bona:Men.. vaqt malikasiman...
Jaewon:Unda nega bu yerdasan? Yani nega shifo boʻlimida?
Bona: Sababi men sizlarga kerakman...
Jaewon: qanday qilib... (Dedi koʻzlarini biroz qisib)
Bona biroz oʻylab turdi va bunday deb avval vaqtni sekinlashtirdi... Soʻng tezlashtirdi...
Jaewon:Qoyil sen vaqtni boshqara olasanmi?...
Bona:Yoʻq... Shunchaki unga birozgina bosim qilaman... Koʻrib turganingizdek u doim davom etadi... Va men partal ocha olaman...(Deb koʻzlarini yumib ochdi ) Koʻzlari soat holatiga kelganida u qarab turgan joyda tashqariga partal ochildi...

Bona's eyes🫀

Bu esa Toki Professor Baltazar kelgunicha davom etdi... Soʻng ular ham darsga kirishishdi....

Mana ffimning boshqa qismi ham keldi...

Menimcha sizlarni Fantastika bilan zeriktirdim... Reaksiya va izohlar orqali aniqlayman... Agar ular koʻp boʻlsa men bu partalni yopmayman... Agar koʻngildagidek boʻlmasam... Bu partal butunlay yopiladi!