🖇Secrets Academy ✨
.... Shunchaki yolgʻizlik bu... Tushuntirib boʻlmas darajada ogʻriqli ammo sukut saqlashga majbur qiladigan muhitdirr...
Deyarli butun kunini sayr bilan oʻtkazgan qiz... Quyosh botish arafasida uyiga kirib kelar ekan eshik yonida turgan joʻnatmalarga biroz tikilib turdiyu... Keyin ensa qotirgancha ularni olib uyiga kirdi... Kayfiyatsiz bir ahvolda qulay oʻringa joylashib olib joʻnatmalarni koʻrib chiqa boshladi... Har birini koʻzdan kechirar ekan qizil konvertda kelgan taklifni koʻrib biroz hayratga tushdi...
U yerda.
Hwang Nari,
Ko‘pchilik uchun bu shunchaki maktab. Ammo siz uchun — yashirin haqiqatlar ochiladigan maskandir.. Siz Secrets Academyga qabul qilindingiz.
Bu yerda oddiylik ortida yashiringan goʻzalliklar uygʻonadi. Va biz ishonamizki, siz aynan shu sabab tanlandingiz.
Academia Darvozalari siz uchun ochildi. Yangi kunda sizni kutib qolamiz...
Hurmat bilan:J.Volmant
Deya yozilgan edi..
Nari:... Shunchaki yana bir omadsizlik holos... Deb taklifni eʼtiborga olmay yana ishida davom etar ekan. tugʻilgan kuni uchun kelgan sovgʻa va tabrikni koʻrib "hih... Pul kerak shekilli eslab qolishibdi 😒"deya qoʻlidagi barcha narsani hissizgina uloqtirib yubordi... Soʻng kamin yonidagi divanga choʻzilgancha uxlab qoldi...
Tun... Ajoyib vaqt... Kimlardir bu paytda uxlaydi... Kimlardir film tomosha qiladi yana kimlardir mazza qilib ovqatlanadi... Ammo shunday insonlar ham borki ular hatto tunda ham oʻqishadi... Ha ha bu toʻgʻri... Ular tinmasdan oʻqishadi.. tinim bilmay... Va nihoyat uyiga ketish uchun ruhsat olgan Haein Yoʻlak boʻylab sekin ammo ogʻir qadamlar bilan yurib oʻz auditoriyasiga kirib narsalarni yigʻa boshladi ammo uyqusirab turgan koʻzlari oʻziga begona boʻlgan qizil konvertni koʻrib oʻziga keldi... Tezda ochib uni oʻqir ekan yuzini tushunarsiz tabbasum va koʻzlarini insonlarga hos boʻlmagan yorugʻlik egalladi...
Maktubda.
Lim Haein,
Sizni xabardor qilishdan mamnunmizkii — siz Secrets Academyga qabul qilindingiz. Har kim ham buyerga kela olmaydi , ammo sizning ichingizdagi sirli salohiyat bizning e’tiborimizdan chetda qolmadi.
Endi siz bu oddiy hayotingiz va bizning olam chegarasiga qadam qoʻydingiz. Sizni bu yerda bilim, sinovlar va hali ochilmagan haqiqatlar kutmoqda.
Secrets Academy yangi kunda sizni kutadi.
— Hurmat bilan J.Volmant
Haein: Uddalay oldim... (Deya hursandligidan uyiga yugurgilab ketdi)Aslida u eslay olmaydi qachon Bu academiaga kirish uchun imtihon topshirganini ammo u hursand... Tungi daxshatli maktabidan qutulganidan baxtli edi...
Tungi soat 3:47... Mashgʻulot xonasida holdan toygancha ham karate ham koʻcha jangi uslubida mashq qilgan qiz oʻzini polga tashladiyu shiftga qarab nafas olishini oʻnglashga urindi... Shu payt qoʻriqchi amaki koʻzlarini ishqalagancha.."Hoyy Mikasa senga Erendan maktub kelibdi... Ol buni... "Deb oʻsha tanish qizil konvertni qiz yoniga kelib unga tutdi... Qiz boʻlsam yumiq koʻzlarini ochib yonida unga qarab turgan qari kimsadan maktubni olar ekan nolibgina "Amaki men Natsukiman... Mikasa emassss"dedi biroz qatʼiy ovozda
Qoʻriqchi:Men uchun esa Mikasasaaannn...(Deb mashgʻulot xonasidan chiqib ketdi.) Qoʻlidagi maktubni hech qanday hissiyotsiz ochib oʻqir ekan... Maktub uni oʻylantirib qoʻydi...
Maktubda..
Natsuki Ootori,
Sizning ismingiz bizning ro‘yxatimizga bejizga kiritilmadi. Siz barcha jasurliklar yigʻilgan Secrets Academyga qabul qilindingiz.
Bu akademiya darvozalari faqat jasoratli va sirlarni ko‘tara oladiganlar uchun ochiladi. Endi siz ham ularning birisiz.
Yangi hayot sizni kutmoqda... Yangi kunda sizni kutib qolamiz...
Hurmat bilan:J.Volmant.
Natsuki:Qoyilll... (Dedi oʻylanib..soʻng)Yaxshi boraman... Menga chiday olsangiz boʻlgani... Deya konvertni yoniga qoʻyib... Qoyilmaqom tarzda oʻrnidan sakrab turgancha yana mashgʻulotga berilib ketdi...
Deyarli uxlamasdan tungi 4:00 gacha ishlarini bajarib olgan qiz xonasida kitob oʻqib oʻtirar ekan... Eshik tezda ochildi va kimdur yotoq ustiga bir konvert tashlab eshikni biroz tez va qattiqroq yopib ketdi... Qiz uni kimligini koʻrmadi ammo eshik ortidan kelgan ovoz bu uning onasiniki edi... Yoqimli edi Bu ayolning ovozi... Qiz tabbasum qilib kitobni yopdiyu yotogʻiga joylashib olib konvertni ochib nima tabbasum ila oʻqiy boshladi...
Boshida oddiygina koʻringan bu maktub Lacyni hursandchilikdan qichqirishiga olib keldi...
U hursand holda yugurgancha oshxonaga... Oyisining yoniga borib maktubni unga uzatdi...
Lacy's mom:bu nima... (Deya qiziga qarar ekan.. Lacy tabbasum qilar ammo gapirmas faqat maktubni oyisiga uzatar edi) Xonim ham oxiri maktubni qoʻliga olib ovoz chiqarib oʻqiy boshladi...
Hurmatli Lacy Hart,
Oʻz aql salohiyatingiz bilan bizni lol qoldirdingiz Har bir sir o‘z egasini topadi. Va biz sizni topdik.
Siz Secrets Academyga qabul qilindingiz. Bu yerda bilimdan ko‘ra ko‘proq narsa yashiringan.
Savollar ko‘p bo‘ladi. Javoblar esa faqat eng sabrli qalblarga ochiladi.Shunday ekan... Sizni yangi kunda academiamizda kutib qolamiz
Hurmat bilan:J.Volmant..
Lacy' mom:Yo xudoyim... Mening goʻzal qizim uddalabdida... Qoyil senga (deya Lacyni bagʻriga bosdi)... Bu oddiy quchoq emas..bu butun bir olam yigʻilib ham bera olmaydigan ishonch,mehr,sevgi quchogʻi edi......
Sokin va biroz vahimali koʻchada joylashgan bekat yonida uzun va bahaybat avtobus hamda uning yonida qora palto kiyib roʻyxat koʻtarib turgan haydovchi oʻzlariga tegishli insonlarni kutishda davom etishar ekan...
Uzoqda sokin qadamlar bilan Hwang Nari koʻrindi... Uning qadamlarida shoshilish yoʻq..goʻyoki bu joyga ham tasodifan kelib qolgandek... U konvertni haydovchiga koʻrsatar ekan Avtobusga qaragancha "qani olgʻa omadsizlikning boshlanishi "dedi sekin ovozda va Avtobusga chiqib ketdi...
Bir necha daqiqadan soʻng esa hayajon va qiziqish bilan yugurgancha bekatga Haein yetib keldi...U nafasi yetmay biroz toʻxtab qoldi soʻng avtobusga qarab koʻzlari yonib ketdi...
Haein:Ha uddaladim...!
U qoʻlidagi konvertni hayajon ila tutgancha haydovchiga koʻrsatdi. Haydovchi esa roʻyxatga qarab bosh irgʻagancha.."Hush kelibsiz Lim Haein"dedi...
Haein ichkariga kirar ekan... Bu yerda koʻpchilik boʻlsada uning eʼtiborini hech kimga eʼtibor bermay derazaga qarab oʻtirgan Nari tortdi... Ammo hech narsa qilmasdan shunchaki uning ortidagi joyga oʻtirdi. Yuragi esa hali hamon hayajon ostida edi... Chunki u uddaladi... Oʻzini daxshat domidan qutqara olgan edi...
Oradan bir muncha vaqt oʻtgach bekatga yana bir qiz yetib keldi ammo yugurib emas... Ishonchli va sokin qadamlar bilan Avtobusga yaqinlashdi... Qoʻlidagi sport sumkasi choʻntagidan konvertni olgancha avtobusni boshdan oyoq koʻzdan kechirdi va "Qoyilmaqom...boshlanishi yomon emas "deya haydovchiga konvertni koʻrsatib avtobusga chiqdi... Toʻgʻri yurib borib Narining yoniga oʻtirdi...
Yana biroz vaqtdan keyin esa bekatga oxirgi boʻlib Lacy Hart keldi... U tabbasum bilan kelib konvertni haydovchiga koʻrsatdi... Haydovchi ham tabbasum bilan "va nihoyat Lacy Hart yetib keldingiz"deya Roʻyxatga belgiladi... Va ikkisi birin ketin avtobusga chiqishdi... Eshiklar yopilib motor ovozi eshitilar ekan avtobus ichidagi barcha yengil nafas olishdi... Ammo ular bilishmaydi bu shunchaki oddiy sayohat emas... Bu bir oʻzgacha olamdagi sarguzashtdir...
Academianing eng yuqori qavatidan koʻzlarini yumib yuzini shamolga tutib bergan qizning sochlarini shamol erkalab oʻynatar..bu esa qizga oʻzgacha hissiyot bagʻishlardi.U tabbasum qilgancha koʻzlarini ochar ekan
uzoqdan avtobusning nurlari tuman boʻylab oʻzgacha porlab academia tomon yoʻl koʻrsatib kelayotganini koʻrdi va ..
Ara: Menimcha endi yolgʻiz emasman... (Deya ortiga oʻgirildiyu bir zumda academia darvozasi yonida paydo boʻldi)...
Bu shunchaki boshlanish edi... Daxshatli, yoqimli, qiziqarli va hissiyotli sarguzashtlarning boshlanishi holos...