January 18

Teryon darvozasi⚔⛓‍💥: Abadiyat siri✨

Teryon darvozasi⚔⛓‍💥: Abadiyat siri✨

By:Yuna🕊

Ep.1

Siz koʻrayotgan barcha narsalar ham oddiy emas... Har bir koʻzga koʻringulik narsaning oʻz ichida yashirgan siri boʻladi... Va bu insonlarda ham bor... Har bir soddalik ortida moʻjizani... Har bir nafrat ortida muhabbatni koʻrishingiz mumkin... Shunchaki ularning qalblariga boqing... Siyratlariga emas!
\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\
Bor kuchini toʻplab koʻcha boshiga tomon yugurib ketayotgan yigit u yerga yetib bordiyu... Nafas rostlab olish uchun qoʻllarini tizzalariga qoʻyib chuqur chuqur nafas ola boshladi... Oʻziga kelib olgach esa boshini koʻtarar ekan qarshisidagi qizning gʻazab toʻla nigohlariga duch keldi.
Jungkook: Hayrli tong (dedi tabbasum bilan vaziyatni yumshatish uchun)

Qiz esa ifodasini oʻzgartirmagancha maktab soʻmkasini yechib yigitga tutqazgancha avtobus bekati tomon keta boshladi... Jungkook esa uni ortidan hijolatli qadamlar bilan ergashib oʻzini oqlashga kirishdi...
Jungkook:Heyyy Jaewon... uxlab qolganligim sababli.. Qoʻngʻiroqlaringga javob bera olmadim.. Oʻqishning ilk kunidan senga bunday qilmasligim kerak edi... Kechir meni...axir 11 yillik doʻstingman...
Deya oʻzini oqlar ekan... Jaewon shunchaki qoʻlidagi kitobni oʻqib ketar edi.

Avtobusda har kungidan farqli ravishda biroz kam odam bor... Jaewon avtobusga chiqib oʻrindiqlarning biriga oʻtirdi. Jungkook uning yoniga oʻtirish uchun yaqinlashib kelar ekan. Undan avval ularning sinfdosh qizlaridan biri harakat qilib oʻtirib oldi....
Hein:Salom jaewon... (Dedi tabbasum bilan)
Jaewon:Salommm...(Deya biroz oʻylanib)...
Hein:Meni tanimadinga?...
Jaewon: kechiring lekin shunday... Taniy olmadim sizni...
Hein:Men Cha Hein... Oʻrta maktabda birga oʻqigan edik... Esladingmi...
Jaewon biroz oʻylab turgach... Koʻzlarini biroz kattalashtirib qizga qarab "yo xudoyim"dedi...
Jaewon:Hein... Juda oʻzgarib ketibsan...
Hein:Sen esa hali oʻsha holatingdasan... Judayam goʻzal...

Hein

Suhbat shu zaylda oddiy va yoqimli boshlandi... Ammo... Birdan toʻk urgandek Hein Jaewonni qoʻllarini ushladi... Uning bu ishidan Jungkook ham Jaewon ham sergak tortishdi...
Hein: Jaewon....
Jaewon:Ha...
Hein:Yo xudoyim bu nima boʻldi...Blagingdagi.. Deya Jaewonning blagiga yozilgan yozuvni koʻrsatib...

Jaewon:HAAA bumi... Ancha avval paydo boʻlgan... Menimcha chaqaloqligimdan buyon men bilan...
Hein:Yo xudoyim...
Jungkook:Nima boʻldi... Nega hayratlanayapsan?
(Shuncha payt jim turib soʻng chidolmay gapirdi)
Hein:Bu juda ajablanarli chunki... Jaewon qoʻlingdagi bu belgi... Parallel olamlarga tegishli... Teryon nomli ulkan darvoza himoyasi ostidagi Olamga tegishli yozuvlar bular... Aytishlaricha bu yozuvlar 3 ta boʻlgan... Soʻng darvoza dars ketgan undagi tilsimlarning ikkitasi bizning olmaga tushib qolgan...(Hayajon bilan gapirar ekan) Jungkook uning gaplarini shart kesdi...
Jungkook:Boʻlmagʻur gaplaringni bas qilsangchi bunday yozuv menda ham bor(deya koʻrstadi tatooni)

... Hatto senda ham... Hozirgi yoshlarning barchasida bunday tatoolar toʻlib yotibdi...
Jaewon:Meni kechir Hein ammo bu gap rost...
Hein:Balki....rostdan ham bemaʼnilik edi bu... (Deya suhbatlarini yakunlashdi) Kerakli manzilga yetib. Kelishgach oʻqish binolariga tashrif buyurishdi.... Jaewon negadur uzoqlarga qarab jim... Nimalarnidir oʻylab ketayotgan Jungkookka gʻalati qaradi... Va oʻz auditoriyalariga kirish uchun eshikni ochdi... Ochdiyu... "Yo xudoyim"deya qoʻllari bilan ogʻzini yopib oldi. Jungkook ham oʻziga kelib Jaewon qaragan tomonga qarab ensa qotirdi. Xonaning derazasi yonidagi partada bir qiz nimalarnidir yozib oʻtirar edi. ... Qulogʻida quloqchin boʻlgani sababli eng yaqin doʻstlarini kelganini sezmay qoldi...

Qachonki jaewon yugurib borib uni quchib olguniga qadar...
Yuna:Ana... Men kutgan odam keldi...
Jaewon: Qachon keldingggg.... Nega aytmading kelganingni... (Qizni tezda qoʻyib yuborib soxta arazda soʻradi)
Yuna: Syurpriz boʻlsin dedimda... (Keng tabbasum qilgancha)
Jaewon:Ihmmmm... Mayli muhimi qaytib san.... (Degancha yana Yunani qattiq bagʻriga bosdi) Ular shunday holatda turishar ekan Jungkook Yunaga gʻazab bilan tikilar edi... Uning nigohlari shu qadar sovuq ediki.... Tasvirlash mushkul.... Qizlar ancha vaqt shunday turishdi... Ularni bir biridan ajralishiga esa auditoriyaga yugurib kirib kelgan qiz sabab boʻldi.
Qiz: Suxandon Kang Jaewon.. Sizni eshittirish xonasi kutyapti..... Tezroq boʻling...(Dediyu yugurgilab ketib qoldi) Jaewon ham Yunaga qarab "tezda qaytaman "degancha deyarli oʻzining shaxsiy kabinetiga aylanib qolgan eshittirish xonasi tomon ketdi.... Yuna ham Jungkook ham bir birga nafrat ila boqishar ekan oʻrtadagi sovuq sukunatni Yuna buzdi...
Yuna:Demak niyatni chin koʻngildan qilmabman...
Yuna shunday deya gapirar ekan Jungkook tushunqiramay koʻzlarini biroz siqib qaradi.
Yuna: Qaytgunimcha oʻlishingni istagandim...
Jungkook:Buni qaranglara... Men esa seni oʻsha yerda butunlay qolib ketishingni istagandim...
Yuna:Ohoo demak men... Senga rahmdillik qilib bu niyatim bilan..
Jungkook:Tch...
Ularning suhbati balki yanada sovuqlik bilan davom etishi mumkin edi... Ammo...
Eunwoo:Bas qilinglar...(Deya xonaga kirib keldi)

Jungkook: Eunwoo?... (Deya hayratlanib bir unga bir Yunaga qaradi)
Eunwoo:Salom ogʻayni..(deb kelib Jungkookni qattiq bagʻriga bosdi)Ammo Jungkook gʻalati tarzda qotib qolgan edi...
Jungkook: Qanday qilib.... Qanday qilib qaytding...
Yuna:Bu bilan ishing boʻlmasin va ularni ortga qaytarish haqida oʻylab ham oʻtirma...(Deya bir ikki narsalarini olgancha xonadan chiqib ketdi)
Jungkook: Qanday qayting?..(yana savolini qaytardi Eunwooga qaragancha)
Eunwoo: Yunaning ishi.... Qurbonlik qilgan... Oʻz qonini...
Jungkook:Bu singling menimcha aqldan ozgan...
Eunwoo:Seningcha emas.. u haqiqatdan ham aqldan ozgan...(Ikki doʻst ham bu gapdan keyin biroz tabbasum qilishib yana bir birlarini bagʻrilariga bosishdi). Jungkook esa shu paytda
Eunwooning quloqlariga "kechir "deya gapirdi.
Eunwoo:hey bas qil hammasi joyida... (Deb uning yelkasiga qoqib qoʻydi)
Ayni paytda esa ikkisi uchun ham judayam qadrli boʻlgan "Suxandon Jaewonning ovozi" butun auditoriyada jarang socha boshladi... Bu esa ularning yanayam keng tabbasum qilishlariga sabab boʻldi.
Bir nechta dars oʻtgandan soʻng... Yuna va Jaewon birgalikda tushlik qilish uchun maktab oshxonasiga borishdi... U yerga kirishar ekan Jungkook va Eunwoo oʻtrigan stol yonida ularga suyilayotgan qizlarni koʻrib. Ikkisi ham birga ensa qotirishdi... Keyin esa u yerga borib qizlarni turtib oʻtgancha yigitlarga qarama qarshi oʻtirishdi.... Suyilayotgan qizlar esa oʻlganni kunidan ularga tabbasum qilib bir dunyo ichimlik va yeguliklarni yigitlarning oldiga qoʻyib ketib qolishdi..... Yigitlarga bir soʻz demasdan barcha narsalarni oldilariga olib yeya boshlagan qizlarga ikki doʻst ahmoqga qaragandek qarashdi... Soʻng Jungkook
Jungkook:Hey bu bizniki... (Deya norozilik bildira ekan) Yuna"nima boʻpti"deb yeyishda davom etdi ammo jaewon endi qoʻliga olgan shirinligini ham qoʻyib oldidagi narsalarni yigitlar tomonga surib qoʻydi... Bundan uning hafa boʻlganini sezish qiyin emasdi... Shunda Jungkook ham Eun woo ham birgalikda yeguliklarni qayta Jaewon tomonga surishdi... Va Jungkook
Jungkook:Hazil... Yema demadimku axir.. yeyaver .dedi... Jaewon ham biroz oʻylanib soʻng yana yeya boshladi.... Ularni ishtaha bilan ovqatlanishini koʻrib turgan yigitlarning biriga bananli birga esa qulupnayli sut uzatdi Jaewon...
Yigitlar esa tabbasum qilishib endi sutlarini olish uchun qoʻl choʻzishgan edi hamki Yuna ularni ham olib qoʻydi... Endi norozilikni Jaewon bildirildi...
Jaewon:Yuna... menimcha ularning ham ichgisi kelyapti (dedi allaqachon kichkina choʻplarni idishchalarga solib ichmoqchi boʻlib turgan qizga)Yuna shunda biroz toʻxtadi va yigitlarga qarab "Nima rostdan ham ichishni istaysizmi?"dedi... Yigitlar esa birgalikda sovuqqina "ha"deya javob qilishdi...
Yuna:Unda borib sotib oling.... deya sutlarni ichib qoʻya boshladi....yigitlar ensa qotirishdi... Jaewon doimgidek tabbasum qildi...
Sutlarni bemalol ichayotgan Yuna toʻstadan keskin tarzda qutilarni stulga qoʻyib chuqur nafas ola boshladi... Bundan jaewon va Eunwoo havotirga tushib qolishdi...
Jaewon:Yo xudoyim Yuna yaxshimisan?... Yuna... Ahvoling yaxshimi hoy...(Deb toʻxtovsiz yoʻtalayotgan Yunaning yelkalariga urar.)Ammo Yuna hech oʻziga kelmas edi... Jaewon oʻrnidan turib Yunaga suv olish uchun yugurib ketganida Yuna yuzini yerdan olib qarshisidagi ikki yigitga qaradi... Uning koʻzlari sariq rangda tovlanar ekan bu yaxshilik alomati emasligini uchalasi ham juda yaxshi bilishardi....

Suv olib qaytgan jaewon tezda uni Yunaga berdi... Suv ichib biroz oʻzigs kelib olgan qizni Jaewon hotirjamlik bilan bagʻriga bosdi
Jaewon: Qoʻrqitib yubording.... ahmoq qiz (dedi... Yigʻlamsirab)Yuna esa faqat kechir deya oldi... Qolganiga esa kuchi yetmadi.
<Timeskip>
Tunda xonasidagi ayvonga chiqib atrofni tomosha qilish barobarida bugungi holatlarni eslar ekan Yuna va boshqalarning negadur gʻalati tarzda hayrlashganliklari uni biroz oʻylantirib qoʻydi... Uni nafaqat Yuna balki Jungkook
va Eunwoo ham qattiq bagʻrilariga bosishdi. U shularni eslab turar ekan toʻstadan oʻz uyidan yugurib chiqqan Jungkook va uning yoniga yugurib kelgan Eunwoo va Yuna Jaewonning tabbasum qilishiga sabab boʻldi... Hursand holda ular tomon qoʻl koʻtarmoqchi edi ammo ular Jaewonga etibor bermasdan yugurib ketishdi...
Jaewonning goʻzal tabbasumi bir pastda soʻndi...
Timeskip
Yugura yugura eski istirohat bogʻiga yetib kelgan uchovlon qurilish boʻlayotgan maydonning oʻrtasiga borib uchburchak holda turib olishdi.... Avvaliga biroz taraddudlanib qolishdi... Atrofga alanglab har yerga qarashdi... Ammo ularni kuzatib kelgan jaewonni koʻrisha olmadi. U u yerdagi katta qurilish kranining ortiga turib olib ularni kuzata boshladi... Nafaslarini rostlab olganlaridan soʻng Eunwoo bir deganda Yunaning boshidagi toʻgʻnogʻichni olib qoʻlini kesib olding choʻzdi... Keyin toʻgʻnogʻichni Jungkook olib u ham kaftini kesib oldinga choʻzdi qoʻlini va bu ishni Yuna ham qildi... Jaewon hayrat va tushunqiramay qarab turar ekan oxiri sabri chidamay ular tomon oshiqdi... Shu dam ular turgan joydan osmonga tomon nur chiqa boshladi.... Jaewon toʻxtadi... Ayni damda esa Eunwoo Ikki mushtini birlashtirib qilichni qinidan sugʻurib olayotgan harakatni qilganida... Haqiqatdan ham moviy rangda qilich paydo boʻldi uning qoʻlida.....
Eunwoo: Qora ruhlar ovchisi Eunwoo...

Keyin Yuna yoyni ushlab turgan harakatni qildi... Va ha... Uning qoʻlida yoy paydo boʻldi.... Hayrat ila ularni kuzatayotgan Jaewon ularning koʻzlarini porlayotganini ham koʻrmasdan qolmadi...
Yuna:Ruhlar ovchisi Yuna..

Jungkook...ham bir pastda qandaydir harakat qildiyu qoʻlida qilich paydo qildi...
Jungkook:Qora ritsar Jungkook...

U shunday degan edihamki ular turgan joyda katta tuynuk paydo boʻldi va soniyalar ichida ularni tutib yubordi... Daxshatdan qotib qolgan jaewon kaftlari bilan ogʻzini yopib oldi... Oyoqlari qaltiragancha tuynuk tomon odimlar ekan qoʻrquvdanmi yoki ular ketganigami...koʻzlaridan yosh tinmasdi....

Jaewon 🫂❤️

U yerga borib tuynuk ichiga zoʻrgʻa qaradi... Gʻalati... Faqat oppoq narsa koʻrinyapti.. shu damda uning yonida nimadur miltilladi... Bu Yunaning toʻgʻnogʻichi edi... Jaewon koʻzyoshlarini aytgancha uni olgan edi hamki... Tuynuk ichidan nimadir uning qoʻlini tutdi va oʻzi ila ola ketdi.
Istirohat bogʻi esa hech narsa boʻlmagandek jimjit boʻlib qoldi....

Yoqimli mutolaa 🫀