December 6, 2025

I am HoaX 1-episode

We are enemies who are love each other .
– ,, I am HoaX "

– Eng jozibali musiqam sensan. Mening muz kabi sovuq dunyoyimda ochib chiqqan ilk chechak sensan. Lablarimni issiq tananga bosgan onim har bir hurkib qochishing , meni bot bot rad etishingda meni o'zinga yanada tortasan. Sevgilim seni hechqachon qoyib yubormayman. Men seni o'zim bilan olin ketaman hoxlasang ham hoxlamasang ham sen menga tegishlisan. Qora olamimdagi nozik lolasan. Garchi dushman bo'lsak ham sen menikisan.

Qorong'u , tor ko'cha bo'ylab bir bir qadam bosib ketayotkan qiz ortga har har zamonda qarab qo'yar , kaftlari orasidagi qon yuqilariga har qaraganda ich ichidan allanechuk vijdon azobi tirnab o'tar edi. Ammo ayni damda o'zida faqat faxr his qilardi. Osmondan oppoq qor parchalari to'kila boshladi... oradan 15 daqiqa o'tar o'tmas qor bo'ronga aylana boshladi. Atrof qop qorong'u. Faqatgina orada qahraton qishning qora qushi – qarg'a allaqayerdan o'zing honishini qiladi.

Yuragiga sanchiq turgan seoyoung qor enlab qolgan yo'l bo'ylab arang bir bir qadam bosa boshladi. Oyoqlari allaqachon sovuq yegan qiz bora bora yurishga qiynala boshladi. O'rmon orasiga kirganda tamomila holdan toygan qiz oxirigacha kurashishga harakat qilsada oyoqda tura olmay qoldi . U yiqildi. Hushini yoqota boshlagan seoyoung kaftlarini yuziga olib kelgancha qo'llari sirtidagi qora qonga qarab kula boshladi. Bu tabbasum achchiq kozyoshlar bilan qorisharkan ichidagi og'irlikdan chirrilagancha baqirgan qiz chetdan achinarli holatda ko'rinar edi. O'rmon 1soat o'tar o'tmas oq libos kiydi. Qop qora tuproqli yerni oppoq , sovuq qor qopladi. Seoyoung esa allaqachon hushidan ketgan edi.

*2soat avval
Xonada o'z aksiga qarab o'tirgan seoyoung yig'idan shishgan bo'lsada hamon yig'lashdan toxtamagan kozyoshlarini barmoqlari bilan artdi. Qo'lidagi suratga qaragan sayin yurak bag'ri ezilib ketardi.
Pov/Seoyoung
Nima uchun?! NIMA UCHUN? Men shunchaki sezgandim... Men shunchaki sevib qolgandim. Hayotimni 18bahorini qahratonga aylantirish uchun kelgan zolimga nimcha uchun qayta qayta hayot beriladi? Undagi har bir harakatlar nima uchun meni azoblashga hizmat qiladi? Han... meni kechir sevgilim. Sendan qolgan oxirgi yodigorlikni saqlab qola olmagan sevgililingni kechir yorim.
Biz sevishganlar edik. Bu suratni biz oxirgi uchrashuvimizda olgan edim. O'sha onlarga endi qaytmayman nahotki endi ular Men uchun unut bo'lsa?!
*Nim qorong'u xona derazasidan pastga qaragan qiz bosh aylanishidan bir qadam ortga bosdi va sovuq polga o'tirib qoldi. O'rnidan turgancha yotoq oldiga gandiraklagancha keldi. Atrofni kuzatgan sari xona devorlari tobora qisqarayotkanini his qilgan qiz quloqlarini qo'llari bilan yopgancha tinchlanishga harakat qildi. Bir necha soniyalardan keyin yotoq oldidagi chinni vazani kaftlari orasiga oldi va ichidagi oppoq atirgullarni Pol ustiga tashladi va tovoni bilan asta ezg'iladi. Qo'lidagi vazani olgancha burchakdagi ko'zgu oldiga keldi va biroz o'z aksiga qarab turgach Uni uloqtirdi. Ko'zga ham vaza ham chil chil bo'ldi. Siniqlar orasidan eng yirigini qo'llarida olgan seoyoung pastga cho'kkalagancha yelkalaridan osilib tushgan tundek qora sochlarini chavaqlashga tushdi. Aksincha ko'zgu parchasi sochlarni emas uni turgan kaftlarni chavaqlab tashlayotkandi.
Xona eshiklari ochilib Jimin kirib keldi xonadagi tartibsizlikni bir muddat kuzatib tahlil qilishga kirishgan yigit pastda o'tirgan qizga bir muddat qarab turdi va uni oldiga keldi.
Jimin : Seo... unday qilma azizam. Qolingdagini menga ber.
Seoyoung unga bir muddat qarab turdi va asta o'rnidan tura boshladi amml yiqildi. Kaftlari orasiga oyna parchalarini olgan qiz dodlay boshladi:
Seoyoung: NIMA UCHUN ? BU NIMASI AXIRR ?
Jimin qizning barmoqlaridan tutgan ko'yi uni bag'riga oldi.
Jimin: Bo'ldi seo hammasi yaxshi bo'ladi.. o'zingni bos hammasi yaxshi bo'ladi vada beraman Hanni o'zim senga topib kelaman vada beraman.
Seoyoung: J.jimin uni o'lgan deyishyabdi...axir uni vafot etgan deyishyabdi... unday emas deb ayt.! Sevgiling o'lmagan deb ayt jimin.
Qizni sochlarini silagan yigit uni avaylab yotoqqa yotqizdi , korpani qizninh ustiga tashladi va uning sovuqdan qizargan yuzlariga yig'idan tolliqan kozlariga uzoq termuldi qiz rostan ham Juda achinarli holatda ekanini ko'rgach uni uxlashi kerakligini his qildi va Unga dalda berishga harakat qildi. Doimgidek yana u seoyoungni aldashga tushdi. U majbur edi axir.
Jimin: Seoyoung hammasi yaxshi bo'ladi menga ishon. O'zim hammasi uchun vada beraman.
Seoyoung: agar u kelmasachi... Agar ular haq bo'lib han o'lgan bo'...
- jimin uni so'zlarini shu joyda bo'ldi.
Jimin: ozroq dam ol . Va boshqa bunday dema. U qaytadi seni tashlab ketmaydi.
Seoyoung asta burilib teskari qarab uxlay boshladi. Aslida u uxlamadi shunchaki ko'zlarini yumdi holos. Buni jimin ham yaxshi bilardi. Qizga biroz termulib turgan yigit uni oldida shu yo'sinda 10daqiqadan ortiq turdi va xonani tark etdi. Qizning Kaftlari qonayotkanini ko'rib ularni bog'lashga harakat qildi ammo seoyoung unga izn bermagach yigit noilochlikdan ham xonani tark etdi

.

Sovuq xonani tark etgan jimin yotoq ustidagi qizga so'ngi bora qaradi va xona eshiklarini yopgancha chiqib ketdi. Ikkinchi qavatga tusharkan xizmatchilardan birini xonasiga chaqirdi. Uning ortidan Xonaga kirgan xizmatchi ayol undan buyruq kutar edi.
Jimin : men kechqurun kelgunimcha Seoyoungga ko'z quloq boling shaxsan o'zingiz undan ko'z uzmang. Men kechqurun kechroq qaytaman. Qaytganimda qizni sizdan o'zim olaman. Ungacha uni oldidan bir qadam ham Siljimang. Tushunarlimi?
Xizmatchi: Tushunarli janob.
Jimin: rahmat chiqishingiz mumkin.
Pov/Jimin
1haftadan buyon shu ahvol. Bu qizning ahvoli kum sayin og'irlasha boshlayabdi. Han jisung. Bu yigitga qanday qayerda o'ralashib qolgansan Seoyoung. Qachon sendan ko'z uzdim qayerda xato qildim ? Shunchalar yaqin bolibsanki Men bilmay qoldimmi ? Sevib qolibsan Men sezmadimmi ? Nahotki?
* qo'lida qadahni asabiylik bilan siqa boshlagan yigit oxiri idishni polgan urib yubordi. Ich ichidan qizib qaynab ketgan yuragini sovutishning yagona yo'li aynan shu qiz ammo hozir vaqti emasligini o'zi ham bilar edi u. Mehmonxonaga chiqqan jimin kresloga o'zini tashlarkan ko'zlarini og'ir yumdi. U yana o'ylay boshladi. U qayerda xato qildi? Telefon qo'ng'irog'idan hayollari tarqab ketgan yigit qo'ng'iroqqa javob berdi.
– xo'jayin ,u' qochibdi.
Jimin: hozir boraman. Atrofga tarqalib qidirishni boshlang ahmoqlar.
– ho'p bo'ladi Janob.
Pov/Seoyoung
Tush koribman uning tabbasumi hamon ko'z oldimda. ,,nega qo'llaring qon?" Deb so'rayotkan emish. U hamon menga o'sha tabbasumi ila oshiq qilayotkan edi. Menga yana gitara chalib beribdi. Og'limni ehtiyot qil deya meni bag'riga bosibdi...
Men esa seni og'lingni asrab qola olmadim kechir deya olmabman. Shu yerda ham men aldamchilik qilibman lekin u hamon koz oldimda kulib turibdi . Han meni kechir...

Han in Seoyoung's dream

Tumba ustidagi uy telefoni jiringlar ekan o'rnidan arang qozg'algan seoyoung unga javob berdi.
– Seo ? Seo o'zingmisan ?
Seoyoung: Han ? Bu.u senmisan ? Qayerdasan... ? Han ?
– Seo ehtiyot bo'l. Men yaqinda boraman Seo Ji...
Qo'ng'iroq mana shu yerda uzilib qoldi.

———
Keyingi qisimda :

Jimin : uni otib tashlang.
-
Seoyoung: meni o'ldiring dada huddi onamni o'ldirganingi kabi.!
-
Janob Chang: Jiminga turmushga chiqasan.

Author : #Han Seoyoung