My bad is your mistake
Jaewon*
Oyoqlarimni sezmayabman ammo qochyabman ammo qayerga bu cho'lu biyobondan qayerga qochyabman. Qorong'ulik meni o'z domiga yutib yuborganiga ancha bo'ldi ammo hamon qochyabman. Ortimga qaraganimda o'sha lanat bosgan uydan ancha uzoqlashganimni endilikda u korinmayotganidan bildim. Faqat villa ortidagi simyog'ochdagi yagona chiroqni nurlari hamon kichik yulduzchadek Korina boshlagandi. Nafasim tiqilib qolibdi. Egnimdagi kelinlik libosi ilma teshik bo'lib ulgurgan. Tovonimni achishayotkanini endi sezdim ular qonayabdi. Derazadan sakraganimda tikon ustiga tushgan edim. Ular shu qadar og'riyotkanini endi his qilyabman. Mashina ham korinmaydi bu ovloq joyda. Bu nimasi ?!
Bugun o'zi nimalar bo'lib ketmadi...? Necha yillik muhabbat qasrini bugun bir dili kir inson vayron qildi. Dilimdagi og'riq tovonimdagidan ming chandon kuchliroq...
Endi nima qilaman degan savolga javobim yoq. Faqat endi aniqki bu tun ketadi yana quyoshning yorqin shuvlasi tushadi bu dunyoga ammo mening dunyoimga qachon yorug'lik kelishi malum emas...
*
Jaewon ko'cha o'rtasida oqsoqlangancha ketar ekan yo'lda birorta mashina chiqmaganidanmi yoki bugungi og'ir voqealardan ham ruhan ham jismonan toliqqanidanmi boshi gir aylana boshlagandi. Ammo shu holatda ham og'ir qadamlar bilan oldimlab borardi.
Uzoqdan motatsikl ovozi kelganida jaewon uni qutqarishlari mumkinligidan umid qilgandek bo'ldi. Oradan sekundlar o'tganda oldidan yeldek o'tib ketgan mototsikl qizni ko'rgach ortga qaytarkan jaewon ancha avvaldan beri o'ziga tanish bo'lgan universitetda tanishgan o'sha qora sochli yorqin kulgichli yigitni tanidi. Yigit ham unga biroz tikildida oy nurida jaewonni tiniq ammo horg'in yuzini aniq tanidi va lablarida iliq tabbasum olgancha mototsikldan tushib uni oldiga keldi.
Jaewonning boshi hamon gir aylanar atrofdagi ovozlarni elas elas eshitar ammo anglay olmas edi. Qiz o'zini ortiq ushlab tura olmaganida jungkook uni tutib qoldi.
Jungkook: oyoqlaring... jin ursin*.
Yigit uni motorsiklga mindirarkan jaewonning egnidagi kelinlik koylagini ko'rib hayron bo'ldi. Shu onda jaewon uni futbolkasi yoqasidan ushlab o'ziga tortgancha qulog'iga past ovozda gapirdi.
Jaewon : Shifoxonaga olib borma meni topib olishadi..iltimos...
Jungkook uni o'zi bilan olib ketarkan mototsikl yeldek uchganida sovuq obhavo qizning yuziga urilar u shu Onda o'ziga kelgandek bolardi. O'ziga ancha kelgan jaewon atrofga arang nazar soldi. O'sha Onda u ortga qaytayotkanini kordiyu tipirchilay boshladi. Ammo belidan maxkam qilib bog'langan qalin ipni bo'shata olmadi uni belidan aylangan arqon jungkookga maxkamlangan edi.
Ular soniyalar ichida o'rmon ichidagi qop qora qasrga o'xshash uyga kelishdi. Qizni nozik belidagi arqondan tortgancha yelkasiga olgan jungkook mototsikl kalotini qo'lida qurol ushlab turgan barzangi bir yigtga uloqtirdi.
Uyning tashqarisi qanchalar qorong'u bo'lsa ichkari ikki barovar qorqnchliroq va vahimaga soluvchi edi. Jungkookning oldiga kelgan ikki xizmatchi undan qo'rqqancha turar edi.
Jungkook : ortimdan hechkim chiqmasin. Meni bezovta qilmang.
Ikkinchi qavatga qizni osongina yelkasida qo'g'irchoqni ushlab olgandek olib chiqib ketgan yigit to'g'ri burchakdagi yotoqxonaga kirdi. Qizni avaylab yotoq ustiga qoygancha uni oldiga tizzalab otirdi.
Jaewon yig'lagancha o'tirar ammo endi avvalgidek qorqmas edi.
Jaewon: n.ega..men bu yerdaaman ?
Jungkook: men boshqa savol berdim. Yaxshimisan ?
Jaewon : MENAGA HAM QIZIQ NEGA MEN BU YERDAMAN JIN URSINNNN*!
Shu onda qiz baqirgancha yigitni qo'llarini siltab tashladi. Jungkook uni yotoqqa bosgancha kelinlik koylagi yoqasidan tortgancha uni nozik tomog'idan bo'g'gancha uni yuziga yaqin keldi va
Jungkook : MENI DEB SEN SHU YERDASAN. Yana nimani qilmoqchisan?
Jaewon: q.o'y.. qo'yibbbb yuborrr
Jungkook shu onda o'ziga kelgancha uni chindan bo'g'ib qoyayotkanini sezdiyu uni qo'yib yubordi. Jaewon bu paytda egilgancha yo'talar. Bo'ynidagi achishishdan joni og'irir edi.
Jungkook: tur kiyimlaringni almashtiramiz.
Jungkook ortga qadam bosgan edi hamki yana oldinga intildi va jaewonni kozlariga tik boqdi. Jaewonning kichik burnchasi qizarib qolgan uzun tundek qora sochlari esa tozib uni oppoq yuziga yarashib turadigan yoqimtoylik baxsh qilgan edi.
Jungkook: Jae~ seni sevishimni bilasan a ?
Jaewon : rad etaman. Rad etganman..buni sen bilasan a ?
Jungkook ko'zlarini yumib ochgancha chuqur nafas oldi va qizdan uzoqlashib burchakdagi divanga o'tirdi. Jaewon hamon yotoq ustida o'tirar. Uni tovoni hamon qonar edi.
Jungkook : ogohlantiraman jaxlim chiqqanda men seni ham ayab otirmayman shu sababli ehtiyot bol har bir gapirayotkan gaplaringa ahamiyat ber.
Jaewon: jin urgur sen kimsan men uchun bugun mening to'yim edi ota onam yangi oilam hammasini barbod qilding...
Jungkook osmonga qarab kulgancha qizni kuzata boshladi. Jaewon chindan ham achchiqlanar go'yo hozir hammasini hal qiladigandek titrab ham ketardi hatto. Jungkook uni shu onda endi qiz uniki ekanini shu paytgacha qizga barmoqlarini tekizmaganini eslab endilikda o'z bag'rida olishni o'ylab yuziga yaramas tabbasum olgan edi.
Bir ikki qadamlar bilan qizni tepasiga kelgan jungkook uni oldida otirdi va qizni belidan o'tib bir uchi yotoq ustiga yonboshlagan uzun tundek qora sochlarini barmoqlari orasiga oldi. Jaewon bu onda undan uzoqlashish uchun shaylanarkan jungkook uni belida hamon oralgan arqonda tutdi.
Jungkook : Kel janjallashmaymiz. Biror nima qilib qoyishim mumkin shu sabab injiqlim qilma.
Jaewon bu onda unga tikilib turar jungkook esa kafti orasidagi soch tutamini hidlardi..
Jaewon sochlarini undan tortib oldi va ularni yelkasidan oshirib ortga tashladida jungkookdan uzoqlashdi. Jungkook uni qochganini ko'rib yerga qaragancha avvalgidek yaramas tabbasum qildi.
Jaewon : mendan uzoq tur sen haqingda o'ylagan barcha o'ylarim xato edi. Sen ko'zimga jirkanch korina boshlading jin urgur bas qil hammasini !
Jungkook bir zumda uni belidan ko'tarib burchakdagi tungi chiroq va qum soat turadigan stol burchagiga qo'ydida uni belidan maxkam tutgancha gapira boshladi .bu paytda jaewon nima bo'lganini anglamas ham edi qimirlay olmay qolgandi
Jungkook : Iltimosli buyruq beraman balki ogohlantiraman Jaewon mening aybim sening hatoying mevasi boladi.
Meni chegaradan chiqarma ayab otirmayman sevishimni unutib qo'yaman. Hozir xonada yolg'iz qolasan eslab qol bu yerdan chiqishni iloji yoq ketishni ham iloji yoq . Yaxshi qiz bo'l va aytganimni qil. Bu xona bizniki men kechroq qaytaman shu paytgacha kiyimlaringni almashtir bu men uchun kiyilmagan koylakni egningda ko'rmay.
Jungkook shundan degancha qizni belidan ushlab o'ziga yaxshilab tortdi va lablarini jaewonning oppoq yanoqlariga bosdi chuqur o'pich qoldirgancha undan uzoqlashgan on yuziga qo'l kotargan jaewon bo'ldi. Yuziga kelib tushgan tarsakini silagan jungkook qizni sochlaridan ushlab yuziga yaqin keldi va
Jungkook: shukr qil seni sevaman.
Jaewon esa sochlaridan maxkam ushlagan yigitdan qutulishga harakat qilardi.