December 17, 2024

Just Smile

Just Smile

1-qism

Ishga qabul qilish uchun suhbatlar:
1)6-iyul
2) 29-iyul
3) 10-avgust
4) 17-avgust
5) 2-sentabr

Siz hech qaysi suhbatdan o'ta olamdingiz.)

(Pov Saena:
Koreyaning eng nufuzli univeridan biri SNUni tugatdim. 4 ta tilni mukammal bilaman. Chet elda 2 yil magistiraturada o'qidim. Endi ishga kirishim kk. Lekin hech qaysi kompaniya meni ishga olmayapti. Bu albatta dadam tufayli. Dadam bor ekan men hech qachon kompaniyalarga ishga kira olmasam kk. Buni o'zim ham bilgan edim. Menimcha boshqa yo'lim qolmadi. Menga faqat buvim yordam bera oladi.)

POV:
Saenaning ota onasi u 8 yosh bo'lgan paytda ajrashishgan. Uning ota onasi bir biriga ashaddiy dushman bo'lib ketishgan. Bunga sabab Saena edi. U 7 yosh bo'lgan paytida uyda yong'in chiqqan. Saenaning 3yoshli singlisi Minju vafot etgan. Lekin uyda faqat ikkisi bo'lishgan va Saena tirik qolgan. Bu esa 7 yoshli qizning bo'ynida qolib ketgan. Saenaning dadasi va onasi bunda haligacham Saenani ayblashadi, unga bildirishmasada. O'rtada juda ham ko'p kelishmovchiliklar bo'lib ketgan. Lekin ota onasi buni unga bildirishmaydi. Buni umuman eslatishmaydi.
Saena esa dadam meni oyim tufayli yomon ko'radi deb o'ylaydi. Oyisi Amerikaga 10 yil oldin ko'chib ketgan. Va Onasini ham dadasini ham boshqa oilasi va farzandlari bor.
Saena ota onasi ajrashishgandan so'ng 8 yoshidan boshlab buvisini qo'lida katta bo'lgan.

Saena buvisining kompaniyasi ga ketdi.

-Saena: Salomm yaxshimisz buvi
-buvisi: qachon kelding
-Saena: hozirgina. Kompaniyada ishlaringiz qanday?
-buvisi: ishlarim a'lo darajada. Ozingchi ishga kira oldingmi?
-Saena: men 5 ta kompaniyada suhbatga bordim. Lekin dadam tufayli meni ishga olishmadi.
-buvisi: men senga aytdimku Amerikaga oyingni oldiga qaytib ket.
-Saena: men shundog'am u yerda 2 yil o'qishim tufayli turishga majbur bo'ldim.
-buvisi: yana borsang hech narsa qilmaydi axir U o'zingni onang bo'lsa
-Saena: buviiiii, sizga qancha aytay oyimni oilasi bor. Farzandi ham bor. Men u yerda ortiqchaman. 2 yil davomida ham men ular bn birga yashamadim. Men yaqin mehmonxonada turdim. Qachonki oyimni uyiga borsam, uning eri meni shunchalar yomon ko'rar ediki bunga chidab bo'lmaydi.
-buvisi: biram qaysarsanki sen qiz. Oyingni farzandi ham bormi?
-Saena: bilmasmidingiz u hozir 9 yoshda va u o'g'il bola
-buvisi: yoo xudo turmushga chiqqandan farzandli bo'lib olibdida bu ayol.
-Saena:.....
-buvisi: unda meni kompaniya ga ishga kir
-Saena: bunday qila olmayman
-buvisi: nega yo'q? Nma meni kompaniyam yomonmi u senga to'g'ri kelmaydimi?
-Saena: unday emas. Axir dadam bunga yo'l qoymaydi. Agar meni ishga olsangiz dadam siz bilan hamkorlik aloqalarini uzadi va sizning kompaniyangiz kasotga uchraydi!
-buvisi: unda nima haqida oylayapsan
-Saena: menga moliyaviy yordam bering, men o'zim kompaniya ochaman.....

4 YILDAN SO'NG

POV
Saena buvisining yordami bilan kompaniya ochdi va AEN groupga asos soldi. U juda ham ko'p mashaqat chekdi. Dadasi uni haliyam tinch qoymadi. Lekin Saena taslim bo'lmadi va buvisi orqali muvaffaqiyatga erishdi. 4 yil ichida AEN kompaniyasi eng Koreyadagi eng zo'r kompaniyalardan biriga aylandi.

-kotiba: Le xonim bugun kechda
Biz xamkorlik qilmoqchi bo'lgan kompaniya BRT Group bilan kechgi ovqat bo'ladi
-Saena: bu umuman esimdan chiqibdi.

_____

Le Saena

-kotiba: Direktor Choi Wook biz bilan hamkorlik qilmoqchi bo'lgan kompaniya AEN Group bilan birga yig'ilish kechki ovqati bo'ladi.
-Choi Wook: Xo'sh men nima qilay!
-kotiba: janob Choi Wook bu hamkorlik aloqalari tuziladigan birga ovqatlanish hisoblanadi. Unga har bir kompaniyaning eng lavozimi baland 10 kishi boradi. Lekin u yerda asosiysi Kompaniya direktori borishi kerak. Siz bormasangiz bo'lmaydi.
- Wook: menga Bosh boshqaruvchi Kim Sanhani chaqir

-Sanha: nima bo'ldi meni chaqirib San?
-Choi: hooy sen meni do'stim bo'lsang da biz hozir ishdamiz va men seni direktoringman. Menga to'g'ri muomulada bo'l
-Sanha: chunarli direktor Choi😄
Menga nima gapingiz bor edi Direktor Choi?
- Wook: bo'ldi bunday muamila shart emas, kechda AEN Group bn kechki ovqat bo'ladi U yerga meni o'rniga sen borasan.
-Sanha: eey seni miyang joyidanmi? Bu hamkorlik yig'ilishi U yerda shaxsan qatnashishing kk!!! Yana Men seni oringsiz ham qatnashaman.
-Wook : nima... O'zi bu kelishuvni qabul qilmasligimiz kk edi.
-Sanha: hoy, sen AEN group haqida bilasanmi o'zi? U Koreyaning eng nufuzli kompaniyalaridan bo'lsa axir.
-Wook: bilaman, eng eng nufuzli kompaniya lekin nega ular juda ham ko'p kampaniyalar xamkorlik qilmaydi.
-Sanha: bilmayman
-Wook: shuning uchun bugungi kechki ovqatni bekor qildiramiz!
-Sanha: yo'q biz ularga aytib bo'ldik. Bunday bekor qilib bo'lmaydi. Bugungi kechgi ovqatda buni bilib olamiz
-Wook: baribir meni majbur qilding a?
-Sanha: unda borma! Qani otang dan qanday javob olar ekansan
-Wook: yo xudo

Choi Wook
Kim Sanha

Soat 8 bo'ldi. Kechki ovqat bo'ladigan joyga majlis qatnashchilari keldi. Lekin AEN Group direktori Saena va uning bosh boshqaruvchisi hali kelmagandi.

-Wook: men sanga aytdimku bekor qilaylik deb, kechikish bu endi nimasi bo'ldi? Qisqasi boshqaruvchi Sanha men ketdim. Shundoq ham qiladigan ishlarim juda ko'p
-Sanha: sabr qil!!!

Bizdan eshikdan direktor Le Saena va boshqaruvchisi kirib keldi

Le Saena
Sanhaning Saenaga qarashi

-Saena: Barchangizga salom. Mazur tutasiz men tirbandlik tufayli kech qoldim.
-Sanha: Le Saena? Bu senmi
-Saena: Kim Sanha.... Choi Wook???
Majlis q: Sizlar tanish edingizmi?
-Saena: Haa Sanha va Wook meni yuqori maktabdagi sinfdoshlarim edi.
Majlis q: qanday tasodif!!!

Hamma ovqatlanishni boshladi.
Ovqatlanib bo'lgach ular hamkorlik tuzishdi. Keyin qolgan mehmonlar ketishdi va bu yerda Sanha, Wook, Saena qolishdi.

-Saena: korishmaganimizga ancha bo'ldi yigitlar
-Wook : HA ko'p bo'ldi. Sen juda ham o'zgarib ketibsan. Bu kompaniyani o'zing ochdingmi?

Saena Kompaniya haqida ularga gapirib berardi.

(POV Sanha :
Saenani kormaganimga 8 yil bo'libdi. Unga nisbatan his tuyg'ularim allaqachon songan deb o'ylagan edim. Lekin hozir uni ko'rganimda yana qaytadan sevib qolgandek bolyapman, bu juda ham galati his ekan. Uni juda ham sog'ingan edim. U avvalgidan da go'zal bo'lib ketibdi)

Saena Wookga kompaniyasi haqida gapirib berar ekan, Sanha faqat Saena ga qarab turardi va U haqida oylashdan toxtay olmasdi.....

1-qism tugadi.

Muallik : MIKO 🤍