November 9, 2024

Nafis gul va ikki tikan

1-qism

Seouldagi eng mashhur kompaniyalardan biri Ueles kompaniyasining bosh direktori Janob Kim juda boy va shuhratli edi. Uning ayoli, Taehyung ismli o'g'li va Jia ismli qizi bor edi. Ular hali kichkina edi.
Bir kuni Janob Kim yana bir ayolni yoqtirib qoldi. Uni 2-xotin qilib oldi. Biroz vaqtdan so'ng ular qizli bo'lishdi va qiziga Sohe deb ism berishdi. Sohe va uning oyisi yashirib yashashardi. Ularning borligini Janob Kimdan boshqa hech kim bilmas edi. Ular shu tariqa 12 yil davomida, Sohe 12 yoshga kirguncha yashirib yashashdi. Kunlardan bir kun Janob Kimning xotini eri hiyonat qilganini, 12 yildan beri birga yashaydigan yana bir ayoli borligini va ularning qizi borligini bilib qoldi. 12 yil buni sezmagan xotini jahl otiga mindi. Sohening oyini uyiga shunchaki hech narsani bilmagandek chaqirdi. Chunki u tanishi edi. Oyisi Sohe bn kelishdi. Janob kimning uyi 4 qavat edi. Uni oxirgi qavatga taklif qildi. Janob Kimning Xotini Jiwoo go'yoki Soheni garovga olgandek, bo'yniga pichoq tirab tom tomon chiqib ketardi. Qo'rqib ketgan ona ularning orqasidan sekin yiģlamsirab ketardi. Tomga chiqgach Sohening oyisini tomdan itarib yubordi. U o'ldi. Bu paytda Sohe ularning oldida edi va tinmay oyiiiiiiii deb yiģlardi. Jiwoo barchasini ko'rgan qizaloqni ham itarib yubormoqchi bo'ldi. Ammo Sohe qarshilik qilardi. Shu payt Janob Kim kelib qoldi. Qizini Jiwooni qo'lidan olib, xotini bir tarsaki soldi. Lekin pasda nima bo'lganini ko'rmagandi. Sohe oyiiiii deya yiģlashda davom etdi. Janob Kim nima bo'lganini sezib pasga qaradi. Pasda qonga burkanib, 12 yildan beri sevuvchi ayoli yotardi.
Shunday qilib, Janob Kim xotini Jiwooning jinoyatini yashirdi. Barchaga uni xizmatkor ayol ekanligini aytdi va u Ƶzini tomdan tashladi deb xabar berdi. Jiwoo kamera yozuvlari, dalillarni barchasini berkitdi. Ish yopti-yopti bo'lib ketdi.
Janob Kim barchasini o'z manfaati va obro'si uchun qildi. Qizi Sohega tahdid ham qildi. Agar bu haqida oģiz ochsa uni yovuz insonlar qo'liga sotib yuborishini aytdi. Sohe dadasini uyida asrandi qiz nomi bilan yashay boshladi. Jiwoo va Janob Kim hech narsa bo'lmagandek yashashardi.
Dadasining bu ishlaridan qattiq xafa bo'lgan, dadasidan ko'ngli qolib ketgan Sohe qasos o'ti bn, alamzada yashardi. Uning hayoli faqat Jiwooni qamatish edi. Janob Kimning bolalari Taehyung Va Jia Sohega kun bermas edi. Uni azoblab, kamsitishar edi. Onalari Jiwoo ham Sohega azob berishda qolishmas edi. Dadasi bu ishlarga parvo ham qilmasdi. Etibor bermasdi. Hech kim Soheni tarafini olmagan. Sohe bu uyda tekinga yashab, tekinga ovqatlanayotgan bo'lishi mumkin, lekin unga boshqa hech narsa uchun pul berishmasdi. Sohe barcha ehtiyojlari uchun o'zi ishlab pul topardi. Ko'pimcha  oilasi bazimlarda, bayramlarda, tadbirlarda bo'lishardi. Uyda ovqatlanishmasdi. Qimmat restoranlarda ovqatlanishardi. Tabiiyki biror marta bunday joyga Soheni olib borishmagan. Sohe go'yo qafasdagi ojiz qush edi. Lekin u juda aqlli va ziyrak edi. Uyda yolģiz qolganidan unumli foydalanib, barcha yerdan Oyisi o'lgan kundagi Ogay oyisi Jiwoo yashirib qo'ygan isbot-dalil va kamera yozuvlarni qidirib yurardi va uydagilarini kelishidan oldin õzi ishtirok etgan uydagi kamera yozuvlarini o'chirib tashalardi. Ular hech narsani sezishmasdi. Bir kun Sohe Ógay oyisi Jiwooning xonasidan seyf topib oldi. Lekin uning kodini bilmas edi. Sohe sezdiki barcha u qidirgan narsa shuning ichidaa. Sohe bu seyfni ochishga ko'p urindi. Lekin buni kodsiz ochib bo'lmasdi.
2-mart Sohe 13 yoshga kiradigan kun, uning tuÄ£ilgan kuni edi. Janob Kim Sohening tuÄ£ilgan kunini nishonlashga qaror qildi. Ular 1-marta Sohe bn bir dasturxonda o'tirardi. Tort, sovÄ£alar, bezaklar yo'q edi. ƕgay oyisi, Taehyung va Jia unga xunuk qarashardi. Ular shunchaki oddiy ovqatlanishardi. So'ng Jiwoo gap boshladi: - bugun sen yetimchani tuÄ£ilgan kuning ekanšŸ˜’ lekin bu kun mening eng sevimli kunim edi. Chunki bu sanada men dadang bilan turmush qurganman. Sen iflosni deb bu kunda kayfiyatimni buzmoqchi emasman. Bor yo'qol xonangga! Sohe xonasiga chiqb ketti u tushundiki bu sana seyfning kodi

1-qism tugadi

muallif: MIKOšŸ‘‘